Авторы

  • Dildorbek Botiraliyev
    ADU, Kompyuter injiniringi kafedrasi o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdit.89504

Ключевые слова:

axborot savodxonligi telematika vositalari WebQuest e-portfolio raqamli kompetensiya kompyuter injiniringi sun’iy intellekt axborotni baholash masofaviy ta’lim adaptiv texnologiya.

Аннотация

Mazkur maqolada kompyuter injiniringi yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun axborot savodxonligini rivojlantirishda telematika vositalaridan foydalanishning texnologik modeli ishlab chiqilgan. WebQuest, e-portfolio, sun’iy intellektli qidiruv tizimlari va bulutli hamkorlik muhiti kabi vositalar asosida shakllantirilgan model talabalarda axborotni izlash, baholash, tahlil qilish va taqdim etish kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Eksperimental tadqiqotlar natijalari modelning yuqori samaradorligini tasdiqlaydi hamda ta’limda raqamli savodxonlikni chuqurlashtirish yo‘nalishidagi ilmiy asos bo‘la oladi.


background image

45

KOMPYUTER INJINIRINGI YO‘NALISHIDA O‘QIYOTGAN TALABALARDA

TELEMATIKA VOSITALARI ORQALI AXBOROT SAVODXONLIGINI OSHIRISH

TEXNOLOGIYASI

Botiraliyev Dildorbek Muzaffar o‘g‘li

ADU, Kompyuter injiniringi kafedrasi o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15425122

Annotatsiya

. Mazkur maqolada kompyuter injiniringi yo‘nalishida tahsil olayotgan

talabalar uchun axborot savodxonligini rivojlantirishda telematika vositalaridan
foydalanishning texnologik modeli ishlab chiqilgan. WebQuest, e-portfolio, sun’iy intellektli
qidiruv tizimlari va bulutli hamkorlik muhiti kabi vositalar asosida shakllantirilgan model
talabalarda axborotni izlash, baholash, tahlil qilish va taqdim etish kompetensiyalarini
rivojlantirishga xizmat qiladi. Eksperimental tadqiqotlar natijalari modelning yuqori
samaradorligini tasdiqlaydi hamda ta’limda raqamli savodxonlikni chuqurlashtirish
yo‘nalishidagi ilmiy asos bo‘la oladi.

Kalit so‘zlar:

axborot savodxonligi; telematika vositalari; WebQuest; e-portfolio; raqamli

kompetensiya; kompyuter injiniringi; sun’iy intellekt; axborotni baholash; masofaviy ta’lim;
adaptiv texnologiya.

Kirish.

Axborot-kommunikatsion texnologiyalar jadal rivojlanayotgan hozirgi davrda

ta’lim jarayonining barcha bosqichlari raqamli transformatsiya ta’sirida yangicha shakl va
mazmun kasb etmoqda. Ayniqsa, oliy ta’lim tizimida talabalar uchun zarur bo‘lgan asosiy
kompetensiyalardan biri – bu axborot savodxonligi sanaladi. Global miqyosda axborotga
asoslangan qarorlar qabul qilish, ishonchli manbalarni farqlash, tahlil qilish va o‘z nuqtayi
nazarini asosli ravishda ifodalash ko‘nikmalarini shakllantirish ta’lim sifatini oshirishda muhim
rol o‘ynamoqda. Shu boisdan, zamonaviy pedagogika axborot savodxonligini talabaning
tanqidiy fikrlash, raqamli madaniyat va muloqotga tayyorlik darajasi bilan uzviy bog‘liq deb
qaraydi.

Ayniqsa, kompyuter injiniringi yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarning axborot bilan

ishlash, ularni tahlil qilish, qayta ishlash va dasturiy muhitda taqdim etish bo‘yicha tayyorgarlik
darajasi ularning kelajakdagi kasbiy salohiyati uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega. Ushbu
yo‘nalishda axborot savodxonligi nafaqat texnik jihatdan axborotga ishlov berish, balki uni
tizimli, funktsional va axloqiy jihatdan idrok qilishni ham o‘z ichiga oladi. Axborotni baholash,
ma’lumotlarni filtrlash va kontekstga mos ishlatish bo‘yicha talabaning bilim va ko‘nikmalari
ularning kelajakdagi dasturchi, tizim tahlilchisi yoki injiniring mutaxassisi sifatida faoliyat
yuritishiga zamin yaratadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategik

dasturida raqamli savodxonlik, axborot madaniyati va raqamli kompetensiyalarni
rivojlantirish ustuvor vazifa sifatida belgilab qo‘yilgan. Strategiyada axborot texnologiyalarini
ta’lim jarayoniga chuqur integratsiya qilish, talabalarning axborot resurslariga kirish
imkoniyatlarini kengaytirish va raqamli vositalardan ongli foydalanishni shakllantirish davlat
miqyosidagi muhim yo‘nalish sifatida ko‘riladi. Bu esa axborot savodxonligi texnologiyalarini
yangi pedagogik yondashuvlar bilan uyg‘unlashtirish zaruratini yuzaga keltiradi.

1

1

Shodmonov S. S. Telematika texnologiyalari va raqamli ta’lim muhitini rivojlantirishning dolzarb masalalari // Ta’lim va innovatsion

tadqiqotlar

.

– 2022. – №3(15). – B. 47-52.


background image

46

Mazkur tadqiqotning maqsadi — kompyuter injiniringi yo‘nalishida o‘qiyotgan

talabalarning axborot savodxonligini oshirishda telematika vositalaridan foydalanishga
asoslangan ta’lim texnologiyasini ishlab chiqish va uning samaradorligini ilmiy asoslashdan
iboratdir

.

Bunda WebQuest, e-kutubxonalar, sun’iy intellekt asosidagi qidiruv tizimlari, e-

portfolio va bulutli hamkorlik muhitlari kabi vositalar orqali axborot savodxonligining tarkibiy
elementlarini shakllantirish nazarda tutiladi. Mazkur yondashuv orqali talabalarda mustaqil
fikrlash, tanqidiy tahlil qilish, axborot oqimini boshqarish va texnologik jihatdan to‘g‘ri qaror
qabul qilish kompetensiyalari rivojlanishiga zamin yaratiladi.

Metodologiya.

Ushbu tadqiqot metodologiyasi zamonaviy pedagogik tadqiqotlarning

kompleks yondashuviga asoslangan bo‘lib, axborot savodxonligini shakllantirish jarayonini
chuqur tahlil qilishga xizmat qiladi. Dastlab, tizimli yondashuv orqali axborot savodxonligi
tushunchasi tarkibiy jihatdan tahlil qilindi va ularning o‘zaro bog‘liqligi aniqlashtirildi. Shundan
kelib chiqib, axborot bilan ishlashga doir kompetensiyalarni o‘rganishda pedagogik diagnostika
metodidan foydalanildi. Bu metod yordamida talabalarning dastlabki bilim, ko‘nikma va
tayyorgarlik darajasi aniqlandi, shuningdek, eksperiment davomida o‘zgarishlar monitoringi
olib borildi.

Tadqiqotda eksperimental metod asosida ilgari surilgan telematika vositalariga tayangan

o‘quv texnologiyasining samaradorligi amaliy sinovdan o‘tkazildi. Eksperimental guruh va
nazorat guruhi o‘rtasida bilim darajasidagi farqlar, axborot bilan ishlashdagi faollik va
natijadorlik solishtirildi. Natijalarning ishonchliligini ta’minlash maqsadida modellashtirish
usuli orqali axborot savodxonligini shakllantirishga xizmat qiluvchi metodik model ishlab
chiqildi. Ushbu modelda o‘quv faoliyatining har bir bosqichiga mos vositalar, ularning
funksional imkoniyatlari va kutilayotgan ko‘nikmalar aniq belgilab berildi.

Tadqiqotda axborot savodxonligining quyidagi asosiy tarkibiy qismlari tahlil qilindi:

Axborotni izlash

– kerakli axborotni aniqlash, mos qidiruv mexanizmlaridan

foydalanish;

Axborotni baholash

– manba ishonchliligi, dolzarbligi va maqsadga muvofiqligini

aniqlash;

Axborotni qayta ishlash

– axborotning mazmuniy va strukturaviy jihatdan tahlili,

integratsiyasi;

Axborotni taqdim etish

– grafik, matnli yoki multimediaviy shaklda axborotni ifodalash

va taqdim etish.

Mazkur komponentlarning har birini rivojlantirishda telematika vositalari markaziy o‘rin

tutadi. Xususan, WebQuest texnologiyasi – izlanishga asoslangan topshiriqlar orqali axborot
izlash va baholash ko‘nikmalarini rivojlantiradi. E-portfolio tizimi esa talabalarning
ishlanmalarini hujjatlashtirish, qayta ishlash va taqdim etish jarayonlarini tartibga soladi.
Sun’iy intellektli qidiruv platformalari orqali kontekstga asoslangan ma’lumot tavsiyalari va
semantik qidiruv funksiyasi axborotni baholashni chuqurlashtiradi.

2

Kollaborativ muhitlar

(masalan, Google Docs, Miro, Microsoft Teams) esa talabalarning guruhda ishlash, axborot
almashish va tahliliy fikr bildirish jarayonlarini kuchaytiradi.

2

Ro‘ziboyeva Z. N. E-portfolio texnologiyasi asosida talaba faoliyatini baholash metodikasi // Ilmiy-amaliy ta’lim jurnali. – 2021. – №4.

– B. 33-37.


background image

47

Shu asosda ishlab chiqilgan o‘quv jarayoniga integratsiyalash texnologiyasi quyidagi

bosqichlardan iborat:

1.

Axborotga kirish bosqichi

– WebQuest va elektron kutubxonalar asosida izlanish

topshiriqlari.

2.

Axborotni qayta ishlash bosqichi

– ma’lumotlarni saralash, tahlil qilish, xulosa

chiqarish.

3.

Axborotni taqdim etish bosqichi

– e-portfolio, prezentatsiya vositalari va diagnostik

xaritalar yordamida taqdim qilish.

4.

Refleksiya va baholash bosqichi

– kollaborativ muhitlarda o‘zaro fikr almashish va

tahliliy tahlil.

Mazkur texnologik yondashuv talabalar axborot bilan ishlash bo‘yicha mustahkam

kompetensiyalarini shakllantirishga, shuningdek ularni mustaqil, tanqidiy va raqamli fikrlovchi
mutaxassis sifatida tayyorlashga xizmat qiladi.

Natija.

Tadqiqotning dastlabki bosqichida kompyuter injiniringi yo‘nalishida tahsil

olayotgan talabalarning axborot savodxonligi darajasi aniqlash maqsadida diagnostik tahlil
o‘tkazildi. Tahlil natijalariga ko‘ra, aksariyat talabalar axborotni izlash va to‘plashda yetarli
texnik ko‘nikmaga ega bo‘lsalar-da, axborotning ishonchliligini baholash, ma’lumotlar orasidan
dolzarbini tanlash, strukturaviy tahlil qilish va taqdim etishda sustlik kuzatildi. Ayniqsa,
raqamli muhitda axborot oqimini boshqarish va kontekstual tahlil qilish bo‘yicha ko‘nikmalar
o‘rtacha darajada bo‘lib, umumiy axborot savodxonligi ko‘rsatkichi 55–60% atrofida baholandi.

Ushbu holat asosida tadqiqotda axborot savodxonligini oshirishga qaratilgan telematika

vositalariga asoslangan o‘quv texnologiyasi modeli ishlab chiqildi. Modelda axborot bilan
ishlashning har bir bosqichi (izlash, baholash, qayta ishlash va taqdim etish) uchun mos
telematika vositalari tanlandi. Jumladan, axborotni izlash bosqichida WebQuest va AI-qidiruv
tizimlari, tahlil bosqichida kollaborativ muhitlar va ma’lumotlar tahlil platformalari, taqdimot
bosqichida e-portfolio va diagnostik xaritalar tavsiya etildi. Har bir vosita uchun didaktik vazifa,
o‘quvchilarda shakllanishi kutilayotgan kompetensiyalar va nazorat indikatorlari ishlab
chiqildi. Model modulli yondashuv asosida tuzilib, uni bosqichma-bosqich amaliyotga joriy
etish imkoniyati yaratildi.

Model asosida tashkil etilgan eksperimental ta’lim jarayoni natijalari ijobiy o‘zgarishlarni

ko‘rsatdi. Eksperimental guruhda ishtirok etgan talabalar tajriba avvalida axborotni tahlil qilish
bo‘yicha o‘rtacha 58% natija ko‘rsatgan bo‘lsa, tajriba so‘ngida bu ko‘rsatkich 83% gacha oshdi.
Axborotni tanlashda aniqlik va manba baholash mezonlariga rioya qilish darajasi 45% dan 78%
gacha ko‘tarildi. Taqdim etilgan ishlanmalar sifati, ularning vizual jihatdan yoritilishi,
argumentatsiyasi va mantiqiy bog‘liqligi ham sezilarli darajada oshdi. Ayniqsa, e-portfolio
tizimi orqali talabalar o‘z ishlanmalarini bosqichma-bosqich hujjatlashtirish va baholash
imkoniga ega bo‘ldi, bu esa refleksiya va metakognitiv rivojlanishga xizmat qildi.

Ushbu natijalar asosida tayyorlangan grafiklar va jadvallar model samaradorligini aniq

ifodalaydi. Grafiklarda eksperimental va nazorat guruhlari o‘rtasidagi ko‘rsatkichlar
taqqoslangan, jumladan:

– Axborot izlash tezligi va to‘g‘riligi;
– Manba baholash ko‘nikmalari;
– Vizual taqdimot sifati;
– Refleksiya ko‘rsatkichlari.


background image

48

Sxematik ko‘rinishda esa o‘quv texnologiyasining strukturaviy modeli (vosita, faoliyat

turi, kutilayotgan natija) tasvirlangan bo‘lib, u ilmiy-amaliy asoslangan metodik yondashuv
sifatida amaliyotda foydalanishga tayyor holatga keltirildi. Barcha natijalar shuni ko‘rsatdiki,
telematika vositalari bilan boyitilgan yondashuv axborot savodxonligini oshirishda an’anaviy
metodlarga nisbatan ancha samaralidir.

Munozara va Xulosa.

Tadqiqotda erishilgan natijalar ilg‘or xorijiy tajribalar bilan

taqqoslanganda, kompyuter injiniringi yo‘nalishida axborot savodxonligini shakllantirishda
telematika texnologiyalariga asoslangan yondashuvlarning global ta’lim jarayonida muhim
o‘rin egallashi tasdiqlandi. Xususan, Finlyandiya ta’lim tizimida axborot savodxonligi maktab
bosqichidan boshlab mustaqil kompetensiya sifatida shakllantirilib, oliy ta’limda esa
WebQuest, elektron portfoliolar va masofaviy baholash platformalari yordamida
chuqurlashtirilmoqda. Janubiy Koreyada esa raqamli savodxonlik davlat standartlariga
kiritilgan bo‘lib, sun’iy intellektga asoslangan o‘quv vositalari orqali talabalar uchun
moslashtirilgan axborot oqimini boshqarish texnologiyalari joriy etilgan.

3

Bu tajribalar

tadqiqotda ishlab chiqilgan yondashuvlar bilan metodik jihatdan uyg‘unlikda ekanligini
ko‘rsatadi.

Telematika vositalarining o‘ziga xos ustunliklari o‘quv jarayonining sifat va samaradorlik

ko‘rsatkichlariga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Ularning moslashuvchanligi – o‘quv materiallarini
talabaning bilim darajasiga mos tarzda tartiblab berish imkoniyatini yaratadi. Individual
yondashuv – har bir talabaning o‘ziga xos o‘rganish uslubiga mos ravishda topshiriqlarni
taqdim etish va qayta aloqa o‘rnatishga yordam beradi. Real vaqtli baholash imkoniyati esa
talabalarni o‘z bilim darajasini doimiy monitoring qilishga undaydi va o‘quvchi-o‘qituvchi
o‘rtasida samarali refleksiv muloqotni shakllantiradi. Bundan tashqari, bunday vositalar orqali
talabaning faoliyati shaffof tarzda hujjatlashtiriladi, bu esa ta’lim natijalarining obyektiv
baholanishini ta’minlaydi.

Tadqiqot natijalariga asoslanib, bir nechta amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi. Birinchidan,

oliy ta’lim muassasalarining o‘quv dasturlariga axborot savodxonligini mustaqil kompetensiya
sifatida kiritish va uni baholash mezonlarini ishlab chiqish zarur. Mazkur mezonlarda axborotni
izlash, tahlil qilish, baholash va taqdim etish bo‘yicha aniq ko‘rsatkichlar (indikatorlar)
belgilanishi lozim. Ikkinchidan, WebQuest, e-portfolio, AI-qidiruv tizimlari kabi telematika
vositalaridan foydalanish bo‘yicha metodik qo‘llanmalar ishlab chiqilib, professor-o‘qituvchilar
faoliyatida tizimli tarzda tatbiq etilishi kerak. Shuningdek, o‘quv platformalariga (Moodle,
Teams, Google Classroom) integratsiyalashgan holda baholash, fikr almashish va o‘zaro tahlil
funksiyalarini kengaytirish ham samaradorlikni oshiradi.

4

Kelgusidagi ilmiy izlanishlar uchun istiqbolli yo‘nalishlar sifatida birinchidan, sun’iy

intellektga asoslangan adaptiv o‘qitish tizimlarini yaratish tavsiya etiladi. Bunday tizimlar
talabalar faoliyatini avtomatik tahlil qilib, ularning o‘zlashtirish darajasiga qarab o‘quv
materiallarini moslashtirib beradi. Ikkinchidan, shaxsiylashtirilgan axborot navigatsiyasi
texnologiyalarini rivojlantirish orqali talabalarga individual bilim kartalarini yaratish, ishonchli
manbalar bilan ishlash va ularni tematik bloklar bo‘yicha boshqarish imkonini beruvchi
muhitlar ishlab chiqilishi maqsadga muvofiqdir. Telematika vositalariga asoslangan texnologik

3

Redecker C. European framework for the digital competence of educators: DigCompEdu. – Luxembourg: Publications Office of the

European Union, 2017. – 92 p.

4

Ng W. Can we teach digital natives digital literacy? // Computers & Education. – 2012. – Vol. 59(3). – P. 1065-1078.


background image

49

yondashuvlar talabalarning axborot savodxonligini rivojlantirishda yuqori samaradorlikni
namoyon qilmoqda. Bu esa nafaqat raqamli transformatsiyalashayotgan ta’lim tizimi uchun
dolzarb, balki zamonaviy kasbiy faoliyatga tayyor intellektual shaxslarni shakllantirishda ham
muhim omil hisoblanadi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Redecker C. European framework for the digital competence of educators: DigCompEdu.

– Luxembourg: Publications Office of the European Union, 2017. – 92 p.

2.

Shodmonov S. S. Telematika texnologiyalari va raqamli ta’lim muhitini rivojlantirishning

dolzarb masalalari //

Ta’lim va innovatsion tadqiqotlar.

– 2022. – №3(15). – B. 47-52.

3.

Ro‘ziboyeva Z. N. E-portfolio texnologiyasi asosida talaba faoliyatini baholash metodikasi

//

Ilmiy-amaliy ta’lim jurnali

. – 2021. – №4. – B. 33-37.

4.

Ng W. Can we teach digital natives digital literacy? //

Computers & Education

. – 2012. –

Vol. 59(3). – P. 1065-1078.

Библиографические ссылки

Redecker C. European framework for the digital competence of educators: DigCompEdu. – Luxembourg: Publications Office of the European Union, 2017. – 92 p.

Shodmonov S. S. Telematika texnologiyalari va raqamli ta’lim muhitini rivojlantirishning dolzarb masalalari // Ta’lim va innovatsion tadqiqotlar. – 2022. – №3(15). – B. 47-52.

Ro‘ziboyeva Z. N. E-portfolio texnologiyasi asosida talaba faoliyatini baholash metodikasi // Ilmiy-amaliy ta’lim jurnali. – 2021. – №4. – B. 33-37.

Ng W. Can we teach digital natives digital literacy? // Computers & Education. – 2012. – Vol. 59(3). – P. 1065-1078.