76
BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA ATROF OLAMGA NISBATAN
MAS’ULIYATLIKLIKNI TAKOMILLASHTIRISH MEXANIZMI
Xurramova Iroda
Termiz davlat pedagogika instituti
3-bosqich talabasi
Abdulhakimova Fotima Turduqil qizi
Termiz davlat pedagogika instituti o’qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15655954
Annotatsiya.
Mazkur maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilarini atrof olamga nisbatan
mas’ulyatlilikni shakllantirish, boshlang’ich sinf o’quvchilarini atrof olam bilan tanishtirish
usullari hamda shakllari bayon etilgan.
Kalit so’zlar:
ekologiya, metod, ekologik munosabat,ekologik madaniyat, atrof olam,
ekologik tarbiya, ekologik ta’lim, muloqot, sezgi, idrok, tafakkur.
Kirish:
Hozirgi kunda ta’lim jarayonida ham o’quvchilarga atrof olamga bo’lgan munosabat,
ekologik madaniyat, ekologik tarbiya va atrof olamni asrab avaylashda befarqlik bo’lmasligi
haqida fikrlar hamda ma’lumotlar berib borilmoqda. Bu borada yurtimizda bir qancha huquqiy
hujjatlar ishlab chiqildi. Asosan, maktabgacha va maktab ta’limi tizimini yanada takomillashtirish
chora-tadbirlari bo`yicha qabul qilingan huquqiy hujjarlarda “ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan
holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish sharoitlarini
yaratish, maktab ta’lim sifatini oshirish, maktab ta’lim muassasalarida boshlang’ich sinf
o’quvchilarini ta’lim va tarbiyaga sifatli tayyorlashni tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga
jahon amaliyotida keng qo‘llanadigan zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish”
kabi vazifalar belgilangan. Tabiat va jamiyat uyg‘unligi umumiy olganda insoniyatning tarixiy
rivojlanishida muhim mezon hisoblanadi. Biologik va ijtimoiy omillar ta’sirida shaxs makon va
zamonda o‘z faoliyatini amalga oshiradi. Bu faoliyat mazmunini atrof olamdagi voqea va tabiatdagi
hodisalarning mohiyati, narsa va buyumlarning nomi, vazifasi, belgi xususiyatlari hamda ularga
munosabatlar tashkil etadi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining tafakkurida atrof olam haqidagi ilk
tasavvurlar paydo bo‘ladi, atrofdagi voqea va hodisalarning oddiy o‘zaro aloqadorligi qonuniyatini
anglash ko‘nikmasi shakllanadi. Shuningdek, o’quvchilarda olgan bilimini mustaqil ravishda
amaliy faoliyatida qo‘llay oladi. Ta’lim jarayonida boshlang’ich sinf o’quvchilarini atrof olam bilan
tanishtirish ularda qiziquvchanlik, atrof olamga nisbatan munosabat hamda madaniyat tuyg’ulari
ortib boradi. Bilish qobiliyati hamda “boshlang‘ich ta’lim o‘quvchisi imidji” rivojlantiriladi. Ijodiy
tasavvur esa, o’quvchida intellektual va shaxsiy sifatlarning shakllanishiga turtki beradi. Sezgi
organlari orqali o’quvchilar atrof olamni ko‘radi, his qiladi, anglaydi. Atrof olamni anglashlari
natijasida insonning tana a’zolari va ularning vazifalari, sog‘lom hayot tarzi haqidagi
tushunchalarga ega bo‘ladi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini atrof olam bilan tanishtirishdan asosiy
maqsad shuki boshlang’ich sinf o’quvchilarini atrof olam bilan tanishtirishga oid mamlakatimiz va
xorijiy olimlarning pedagogik g‘oyalarini o‘rganish hamda amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha
tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Atrof olam bilan tanishtirish orqali o’quvchilarda bilish
jarayoni faollashadi. Sezgi, idrok, xotira va tafakkur rivojlanishida atrof olamdagi voqea va
hodisalar, narsa va buyumlarning xususiyati muhim omil hisoblanadi hamda o’quvchilarning
intellektual rivojlanishi uchun zamin yaratadi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarning o‘z shaxsiy
imkoniyatlarini namoyon etishlari, bilim olishga bo‘lgan qiziqishi va ehtiyojini qondirishda ota-
77
onaning e’tibori, kattalarning shaxsiy namunasi, o’qituvchining bilimi va mahorati alohida o‘rin
egallaydi. O’quvchilarga samimiy munosabat, ta’limga zamonaviy yondashuv, xorijiy tajribalarni
o‘rganish va ularga ko‘ra milliy ta’lim berish usullarini qo‘llash bugungi kunda pedagog-
tarbiyachilar oldidagi eng muhim asosiy vazifadir. Psixolog olim R.S.Nemovning fikricha, “Inson
barcha bilimlarni turli manbalardan olishi mumkin. Inson bolalikda atrofidagi odamlarga duch
keladi, ya’ni ota-onasi, qarindoshlari va ularning o‘rnini bosadigan boshqa kishilar bilan
muloqotda bo‘ladi. Bola kattalar bilan muloqotga kirishar ekan, ularning bolaga bildirgan
munosabati, fikri ta’sirida nutqni o‘zlashtiradi, unda o‘zini o‘zi baholash va o‘ziga ishonch hissi
paydo bo‘ladi, shaxsiy tasavvurlar shakllanadi, atrofidagi narsa va buyumlar, odamlarni
tushunishni o‘rganadi”. Natijada, o’quvchi o‘zining bilish faoliyati hamda irodaviy va boshqa
sifatini baholaydi. A.S.Simonovich “Bolalarda bir-biri va atrofidagi boshqa odamlarga bo‘lgan
ijobiy munosabatning rivojlanishiga yordam berish; o‘yinlar orqali borliq va atrof olamni tahlil
qilish; bolalarda hissiy intellektni amaliy va hayotiy yo‘llar bilan rivojlantirish; syujetli o‘yinlar
orqali xulosa chiqarish; biror bir voqelikning kelib chiqish sababi va oqibatini o‘rgatish; bolalarga
maktabda va sinfda o‘zini qanday tutish kerakligini o‘rgatish zarur” deb ta’kidlaydi. Tengdoshining
yutug‘i, o‘zining shaxsiy muvaffaqiyati va muvaffaqiyatsizligini qiyoslaydi, o‘zini tahlil qilish
ko‘nikmasi shakllanadi. Bularning barchasi atrof olamning o’quvchiga ta’siri natijasida sodir
bo‘ladi.
Atrof olam o’quvchilarni estetik tarbiyalashning asosiy vositalaridan biri hisoblanadi.
Tabiatning go`zalligi, manzarasi barchani, Yoshi kata va Yoshi kichikning ham e’tiborini o`ziga rom
qilmasdan qolmaydi. O’quvchilarning tabiatni bilish jarayonida e`tiborlarini o`rmoning
shovqinlari, qushlarning sayrashi, barglarning shakli va rangi, gullarning hidlari hayvonlarning
harakatlariga qaratishlari kerak. Buning muhim jihati kelajakda o`z hayotiga dunyoning barcha va
xilma-xil go`zalikllarini idrok eta olishga sharoit yaratishdir.
XULOSA.
O’quvchilarni atrof olam bilan tanishtirishda o’qituvchi hamda oila hamkorligi
ham muhim ahamiyatga ega. Atrof –olam tushunchasini o`rgatish maktabda va oilada birgalikda
olib borilsa, o’quvchi tabiatga nisbatan mehr-muhabbatli, muruvvatli va rahmdillik hissi yaxshi
shakllanadi. Ekologik tarbiya hamda atrof-olam tushunchasini o`rgatishda o’quvchilarda tabiat
tushunchasini shakllantirib borish, keyin metodlar haqida bilim berilsa maqsadga muvofiq bo`lar
ekan. O’quvchilarga tabiat haqidagi tushunchani muntazam amalga oshirish kerak. O’quvchilar
dunyoqarashi va fikrlari sezilarli darajada oshadi, bu birinchi navbatda o’quvchilarda tabiatga
nisbatan mehr tuyg`usini shakllantiradi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Bohonova U.A. “Boshlang’ich sinf o’quvchilarida atrof-muhitga ijobiy munosabatni
shakllantirishning psoxologik – pedagogik xususiyatlari”. Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences. 2022.
2.
Karomatova D.S. “Boshlang’ich sinf o’quvchilarida ekologik madaniyatni shakllantirishdagi
muammo va yechimlar”. Journal of new cebtury innovations .2023.
3.
“Ilk qadam” Davlat dasturi. T-2018.
4.
“Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yilgan davlat talablari” T2018.
78
5.
Ашиков В.И., Ашиков С.Г. Программа и руководство по культурно экологическому
воспитанию и развитию детей. – М.: Дошкольное воспитание 2012