38
EMOTSIYALARNING SHAXS SIFATI VA HAYOT FAOLIYATIGA TA'SIRI - SHARQ
VA G'ARB MUTAFAKKIRLARI QARASHLARI TIMSOLIDA
Dostanova Kamola Alisher qizi
Guliston Davlat universiteti tayanch doktoranti
E-mail:giribala98@mail.ru
+998973401239
https://doi.org/10.5281/zenodo.13888668
Annotatsiya
Sharq falsafasi azaldan inson ruhiyatini, uning ma’naviy olamini bilishga, odamlarning
o‘zaro munosabatlarini anglashga e’tibor bergan. Ushbu maqolada Sharq va G'arb mutafakkirlari
qarashlarida hayot faoliyatiga nazar hamda unga emotsiya-hissiyotlarning ta`siriga psixologik
nazarlar qiyosiy muhokama etiladi.
Kalit so‘zlar:
Psixologiya, Sharq, G`arb, mutafakkir, shaxs, faoliyat, dunyoqarash, emotsiya,
hissiyot, g'azab, uyat, qo'rquv.
Emotsiyalar - (lotin tilidan "zarba, hayajon, to`lqinlanish" deb tarjima qilingan) shaxs hayot
faoliyati davomida ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan tajribalarni yuzaga kelish jarayonida
paydo bo`ladigan yoqimli' yoki yoqimsiz hislar.Insonning dunyoga va odamlarga bo'lgan
munosabati, uning jarayoni va natijalari shaklida aks ettirilgan subektiv psixologik
sinf.Insonning shaxsiy qadriyatlari va maqsadlari uning hissiy reaktsiyalarda namoyon
bo'ladi.Inson hayotida emotsiyalarning o'rni nihoyatda muhimdir. Emotsiyalar - bu ijobiy yoki
salbiy xarakterdagi kechinmalar va hislar, odamning o'zini o'rab turgan dunyoni va odamlarni,
o'z harakatlari va harakatlarining natijalarini idrok etish shaklida ifodalangan sub'ektiv
xarakterdagi ruhiy holatlarning o'ziga xos guruhi.
Emotsiyalar odam Faoliyat va xulq-atvorini tartibga solish tizimida ob'ektiv ravishda
markaziy o'rinni egallaydi.Ularning ta'siri ham faoliyat natijalarida, ham tayyorgarlik jarayonida
harakatlarida va insonning o'z harakatlariga, o'ziga va atrofidagi odamlarga bo'lgan
munosabatida namoyon bo'ladi
Turli-tuman o`zgarishlarga boy bo`lgan sharoitida yashayotgan va faoliyat olib borayotgan
inson har doim ham vaziyatlarni yengishga, ularga oldindan tayyorgarlik ko'rishga muvaffaq
bo'lavermaydi. Uning tarbiya olgan muhiti va yashash sharoitlari ham turlicha bo`ladi. Shuning
uchun inson hayotida quyidagi emotsional buzilishlar uchrab turadi: vaziyatli, o'tuvchi va
barqaror, takrorlanuvchi, somatik va aqliy buzilishlarga olib keluvchi.
Emotsional buzilishlarning eng o'tkir ko'rinishlari turli stressli vaziyatlar, faoliyatda
produktivlikning yetishmasligi, "affekt holatida noadekvatlik" va ularning xulq shakllariga mos
tarzda – agressiyaning ortishi, qarshilik ko`rsatish, negativizm, asabiylashish, tormozlanish.
Aynan shu salbiy tomonlarning emotsional hayotda namoyon bo'lishi shaxs hayoti va faoliyati
bilan bog`liq muammolarning paydo bo`lish sababini tushuntiradi.
Ko'pgina tadqiqotlar inson xatti-harakatlari va xulq-atvorini emotsional regulyatsiyasi
(tartibga solish) hodisalariga bag'ishlangan va Ko'pincha turli manbalarda emotsional
regulyatsiya faoliyat va xulq-atvorni tartibga solishning hal qiluvchi deyarli eng muhimi
hisoblanadi. Shu jumladan hissiy jihatlar faoliyatni ongli ravishda o'z-o'zini tartibga solish
tizimini tadqiq qilish kontekstida tartibga solish, vaqt o'tishi bilan nafaqat hissiy komponentning
hissasini aniqlashga yordam beradiFaoliyatni boshqarish jarayoniga emotsiyalarning ta'siri
39
muammosining turli jihatlari bir necha bor muhokama qilingan va sohaning nazariy –
metodologik asoslarini tahlil qilishda ko‘plab mutaxassislar tomonidan ko‘rib chiqilgan:
Insonning emotsiyalari [Vilyunas, 1984; Simonov, 1996], faoliyatning o'ziga xos
xususiyatlari, ong [Leontyev,1972], muloqot [Bodalev, 1981], ehtiyoj-motivatsion soha
[Elfimova, 1987], ta’lim jarayoni [Vasilev, 1977, 1998], tafakkur [Breslav, 1979], xotira
[Gromova, 1980] va boshqa psixikaning aspektlari [Witt, 1981]ga bog`liqligi bo`yicha ilmiy
izlanishlar olib borilgan.
Sharq mutafakkirlari asarlarida ham emotsiyalarning shaxs faoliyati va hayot sifatiga ijobiy
hamda salbiy ta’sir ko`rsatishi haqida o`zlarining fikr-mulohazalarini bayon qilishgan.Xususan
Yusuf Xos Hojibning “Qudatg’u bilig” asarida muhabbat, uyat, nafrat, g’azab qilishlik hislari inson
organizmiga qanchalik ta’sir o`tkazishi haqida ma’lumotlar keltirib o’tilgan:
Yovuzdir kishiga bu qahr-u itob,
Bulardan shirin jon chekadi azob.
“Hasaddan yiroq tur.Uyatsiz kishidan mudom uzoq bo’l.Nomusli, uyat-andishali bilan do`st
tutin”, “G`azabingni bos, doimo og`irlik qil.Sabr qilish ham – jasurlar ishi”.
Tabiat bersa gar uyat – ko`z suvi,
Tugal kelar unga davlat – yuz suvi.
Kishiga chiroydir uyat-andisha,
U asrar nojo`ya ishdan hamisha.
Uyatsizning yuzi – go`shtsiz bir suyak,
Uyatsiz kasaldir, tuzalmas beshak.
Ushbu asarda uyatsiz insonning yuzi go`shtsiz suyakka o`xshatilgan.Go`shti shilib olingan
suyak hattoki itga ham kerak emasligi ta’kidlab o`tilgan.Uyat hissi kishining yuziga suv beradi,
yuziga suv tekkan inson chiroyli bo`ladi, jamiyatda obro`-e’tibori baland bo`ladi.Muhabbat
hissiga ham alohida to`xtalib o`tilgan bo`lib: “Do`sting senga qanchalik muhabbati borligini
bilmoqchi bo`lsang, uning eng yaxshi ko`rgan narsasini so`ra, tilingda g`azab qilib yoki yuzingni
tugib, ya’ni qovog`ingni solib ko`r.Shunda hamma narsa ayon bo`ladi”.
Kaykovusning “Qobusnoma” asarida ham: “…g`azab hayvoniy kuchning, nofaol harakatning
oqibatidur, iffat(uyat hissi) mo`tadil darajadagi shahvat quvvatining oqibatidur, donishmandlik
so`zlovchi ruhiy vazminlig`ining oqibatidur” deya emotsiyalarning fiziologik jarayonlar bilan
bog`liqligi aytib o`tilgan.
“Tanning bir holdin ikkinchi holg`a aylanishi zaruriy sabab deb ataladi.Bu 6 xildin iborat:
birinchi – havo; ikkinchi – taom; uchunchi – harakat; to`rtinchi – uyqu va bedorlik; beshinchi –
kishi tabiatining xushnudligi va ma’yusligi; oltinchi – tandagi o`zgarishlar, masalan, g`am, g`azab,
xavf va shunga o`xshash ruhiy holat”.Shaxs hayot faoliyati davomida bu 6 xil jarayon zaruriy
bo`lib, undan holi bo`la olmasigini va har biri inson tanasida harakatga ega bo`lib, bu olti xildan
noto`g`ri foydalanish – kasallik va illat paydo qilishini ta’kidlab o`tganlar.
Bugungi kunda zamonaviy psixologiyada emotsiyalarning 27xil kategoriyasi mavjud bo`lib,
u insonning xarakter xususiyatlaridan kelib chiqqan holda turli vaziyatlarda turlicha ko`rinishda
bo`ladi.Shar uyg`onish davri mutafakkirlari asarlarini o`rganish, chuqur tahlil qilish psixologiya
borasidagi mavjud bililarni yanada boyitishga xizmat qiladi.
40
References:
1.
Kaykovus “Qobusnoma”. - Tosh., 2016. – 148 b
2.
Yusuf Xos Hojib “Qudatg`u bilig”. – Tosh., 2006. – 76-77 betlar.
3.
P.K.Anoxin Emotsiyalar//Emotsiyalar psixologiyasi:matnlar. - M., 2019. – 542 b.
4.
P.I.Ivanov va M.Zufarova Umumiy psixologiya. T., 2008 yil darslik.
5.
Davletshin M. G. «Umumiy psixologiya» T-2000y.
6.
Nemov R. S. «Psixologiya» T. 1.M. 1998y.
7.
G‘oziev E. E. «Umumiy psixologiya» I—II tom. Toshkent-2002y.
8.
F.I.Xaydarov N.I. Xalilova “Umumiy psixologiya” (darslik)Toshkent -2009
9.
Рубинштейн С. Л. Основы общей психологии. — СПб.: Питер, 1999.
10.
N.F.Dianova, V.V.Vashenko “Vliyaniye emotsiy na deyatelnost cheloveka.Stepen aktivatsii
emotsii” . International Journal of Humanities and Natural Sciences, vol. 12-1 (63), 2021.