Авторы

  • Dilfuza Norova
    Navoiy davlat pedagogika instituti doktoranti. Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti akademik litseyi biologiya fani o’qituvchisi.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdpp.49233

Ключевые слова:

predreproduktiv reproduktiv postreproduktiv gastrulatsiya ektoderma endoderma mezoderma fenotipik o’zgaruvchanlik ontogenetik o’zgaruvchanlik metamorfoz lichinka.

Аннотация

Ushbu  maqolada  qora baliq(schizothorax intermedius)ning hayot  sikli  ya’ni, uning  tuxumdan  rivojlanib  chiqishidan  toki  reproduktiv  yoshga  yetguniga  qadar  va  undan keyingi  davri ham  yoritib  beriladi. Shu  bilan  bir  qatorda   uning  yoshi  bilan  bog’liq  bo’lgan  ya’ni  ontogenetik  o’zgaruvchanligiga  tegishli   ma’lumotlar  ham   beriladi.


background image

10

QORA BALIQ(SCHIZOTHORAX INTERMEDIUS)NING HAYOT SIKLI VA

ONTOGENETIK O’ZGARUVCHANLIGI

Norova Dilfuza Xolmatovna

Navoiy davlat pedagogika instituti doktoranti.

Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti akademik litseyi biologiya fani

o’qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14258324

Аnnotаtsiyа.

Ushbu maqolada qora baliq(schizothorax intermedius)ning hayot sikli

ya’ni, uning tuxumdan rivojlanib chiqishidan toki reproduktiv yoshga yetguniga qadar va
undan keyingi davri ham yoritib beriladi. Shu bilan bir qatorda uning yoshi bilan bog’liq
bo’lgan ya’ni ontogenetik o’zgaruvchanligiga tegishli ma’lumotlar ham beriladi.

Kalit so’zlar:

predreproduktiv,

reproduktiv, postreproduktiv, gastrulatsiya, ektoderma,

endoderma, mezoderma, fenotipik o’zgaruvchanlik, ontogenetik o’zgaruvchanlik, metamorfoz,
lichinka.

Abstract

. This article describes the life cycle of the blackfish (schizothorax intermedius),

i.e., from its development from the egg to the reproductive age and beyond. At the same time,
information is provided on its age-related, i.e., ontogenetic variability.

Keywords

: prereproductive, reproductive, postreproductive, gastrulation, ectoderm,

endoderm, mesoderm, phenotypic variability, ontogenetic variability, metamorphosis, larva.

Абстрактный

. В этой статье будет рассмотрен жизненный цикл черной рыбы

(schizothoraxintermedius), то есть от ее развития от икры до достижения репродуктивного
возраста и далее. Кроме того, приводятся сведения о его возрастной, то есть
онтогенетической изменчивости.

Ключевые слова:

пререпродуктивная, репродуктивная, пострепродуктивная,

гаструляция, эктодерма, энтодерма, мезодерма, фенотипическая изменчивость,
онтогенетическая изменчивость, метаморфоз, личинка.


Bizga ma’lumki har bir tirik organizm o’z shaxsiy taraqqiyotining postembrional

davrida uch bosqichni o’taydi, ya’ni:

Jinsiy jihatdan yetilmagan va hali nasl qoldira olmaydigan davri (predreproduktiv);

Jinsiy voyaga yetgan va o’zidan nasl qoldira oladigan davri (reproduktiv);

Ko’payish xususiyatini yo’qotgan, nasl bera olmaydigan qarilik davri (postreproduktiv).
Ko’payish turning saqlanib qolishi va individlari soninig ko’payib borishini

belgilaydigan muhim biologik jarayondir.

Biz o’rganayotgan turimiz hisoblangan qora baliq

(marinka) ham deyarli barcha umurtqalilar singari ayrim jinsli baliq hisoblanadi. Bularda
nozik jinsiy demarfizm kuzatiladi, ya’ni suvning ko’tarilishi bilan sodir bo’ladigan bahor va
yozning boshlariga to’g’ri keladigan ko’payish mavsumida erkaklari yorqinroq rangga ega
bo’ladi. Erkagida juft urug’don, urg’ochilarida esa juft tuxumdonlar rivojlangan. Ular urg’ochi
tomonidan chuqurliklarda yopishtiruvchi tuxum qo’yish orqali ko’payadi. Maydan
avgustgacha 13,5-28 mingtagacha uvildiriq tashlaydi. Shu paytda qorin bo’shlig’i ichki qora
pardasi zaharli bo’ladi. Ehtimol bu turning maxsus himoyalanish mexanizimidir. Urchish
davrida gonadalarning massasi baliq umumiy massasining deyarli 25% ni tashkil etadi.
Baliq tuxumlari ona tanasidan tashqarida urug’lanishi va hamma tuxumda ham
urug’lanish imkoni mavjud bo’magani hisobga olinsa, bu baliq turning serpushtligi


background image

11

sababi tushunarli bo’ladi. Bundan tashqari, suvda spermatazoidning hayotchanligi uncha
uzoq davom etmaydi.

Ernest Gekkel 1866-yilda fanga ontogenez( yunoncha onton-mavjudod, genesis-

rivojlanish so’zlaridan olingan) tushunchasini kiritgach, ontogenez uchta tipga farqlandi.
Ya’ni:

Bachadonda rivojlanish. Bu yuksak sut emizuvchilarda kuzatiladigan ona qornida

rivojlanishdir. Bunday ko’payish usulida urug’langan tuxum hujayra- tuxum yo’lida
rivojlanadi va embrion bilan ona organizm o’rtasida yo’ldosh orqali bog’lanish yuz beradi.
Embrionning barcha hayotiy jarayonlari

(oziqlanish, nafas olish, ayirish) yo’ldosh orqali ona organizmi hisobiga ta’minlanadi.

Bachadonda rivojlanish embrionning tug’ilishi bilan tugallanadi.

Tuxumda rivojlanish. Ularning tuxum hujayrasida sariqlik ko’p bo’ladi va embrion shu

sariqlik hisobiga tuxum ichida uzoq vaqt rivojlanadi.

Lichinkali rivojlanish. Bunday rivojlanadigan organizmlarning tuxum hujayrasida

sariqlik moddasi kam bo’lib, ularning tuxumidan yetuk formalardan o’z tuzulishi bilan
farq qiladigan, o’zi mustaqqil oziqlanadigan lichinka rivojlanadi. Lichinkali rivojlanadigan
organizmlarda metamorfoz hodisasi kuzatiladi. Metamorfoz organizm individual rivojlanishi
davomida tuzilishida sodir bo’ladigan chuqur o’zgarishlardir. Deyarli barcha suyakli baliq
turlari, jumladan qora baliq ham shu tipda o’z ontogenezini boshlaydi.

Ona qora baliqning naslga g’amxo’rlik refleksi sust rivojlangan bo’lib, suv havzasining

toshlar ostidan sekin oqadigan joy topib tuxum qo’yishidan iborat. Erkak qora baliq kelib
tarkibida spermatazoidlari bo’lgan sutini tuxum hujayraga sepgach, tuxumlar mutloq
qarovsiz qoladi. Oradan ma’lum soatlar o’tgach otalana olgan tuxumlar mitoz usulida bir
necha bora bo’lina boshlaydi va bu jarayon individ embrional hayotining ilk fazalari
hisoblanadi. Tuxum tarkibidagi sariqlikning kamligi hisobiga maydalanish bir tekisda
kechadi va blastoderma deb ataladigan bir qavat hujayralardan tashkil topgan devor
bilan o’ralgan sharsimon embrion-blastulaning hosil bo’lishi bilan yakunlanadi. Jarayonning
yakuni gastrulyatsiya bosqichiga ulanadi. Bu bosqichda blastula bo’shlig’idagi hujayralar
ikki qavatga:

Ektoderma deb nomlanadigan- tashqi qavatga;

Endoderma deb ataladigan- ichki qavatga taqsimlanib, keyinchalik ikkala qavat

oralig’idan

Mezoderma deb ataladigan o’rta qavatga ajralishi bilan kechadi.
Gastrulatsiyada hosil bo’lgan qavatlardan turli sistema organlarining paydo bo’lishi-

organogenez jarayonida quyudagi rivojlanishlar kechadi.

Ektoderma qavatidan : nerv sistemasi, sezgi organlari va teri epitelitsi;

Endoderma qavatidan: hazim sistemasi organlari, jumladan ichak, jigar, me’da osti

bezi va nafas sistemasi organlari;

Mezoderma qavatidan: muskul to’qimasi, yurak-qon tomir sistemasi, ayirish sistemasi

va jinsiy sistemasining organlari rivojlanadi.

Natijada barcha sistemalari taraqqiy etgan lichinka rivojlanadi. Lichinka tuxumdan

chiqqanidan ko’p vaqt o’tmay ichagi ustida ingichka naycha orqali ichakka tutashgan oqish


background image

12

rezonatorchasi- suzgich pufagini atmosfera havosi bilan to’ldirib olishi kerak. Bu jarayon
lichinka ontogenezida haqiqiy sinov davri hisoblanib, juda ko’p lichinka bu jarayonni
muvofaqqiyatsiz yakunlaydi. Suzgich pufagini atmosfera havosi bilan to’ldira olgan
lichinkalar endi suvdagi muvozanatini boshqaruvchi maxsus organga ega bo’lgan
hisoblanadi. Lichinkalar ko’pincha kattaroq o’sguncha o’simlik yoki suv ostida qolgan
tizilmalari bo’lgan joylarda boshpana izlaydi.

Qora baliqning chavaqlari turlicha oziqlanadi, dastlabki 6-7 kunligida sariqlik xalta

hisobiga, 7-8 kundan keyin sariqlik to’liq so’riladi. Bundan keyin plankton va bentos bilan
oziqlanadi. Chavaqlarning uzunligi 11-12 mm ga yetgach, hashoratlarning lichinkalari, kam
miqdorda qisqichbaqasimonlar, va soda hayvonlar bilan oziqlanadi. Chavaqlar ikkiqanotlilardan
mayda chivin lichinkalari, ninachilarning lichinkalari, siklop va mollyuskalar bilan oziqlanadi.
Lichinkalar yanada kattalashgach detrit va suvo’tlari bilan oziqlanadi. Ular 15-16 mm ga
yetguncha shunday oziqlanadi. Uzunligi 17-18 mm dan 23-24 mm gacha bo’lgan lichinkalar
detrit, suv o’tlar va qo’shqanotlilar lichinkalari bilan oziqlanishda davom etadi. Endilikda tana
uzunligi 25-50- mm gacha bo’lgan lichinkalarning oziqasining katta qismini detrit va suvo’tlar
tashkil etadi ya’ni ,ozuqasi tarkibidan hasharot lichinkalari aytarli darajada kamayadi. Baliq
lichinkalari xuddi shu xilda hammaxo’r tartibda oziqlanganligi sababli ontogenezida juda
tez rivojlanib, o’sadi. Baliqlar voyaga yetgan davrda asosan fitofag usulda oziqlanadi
ammo, ratsionidagi hashorat lichinkalaridan butkul vos kechmaydi. Ozuqa tarkibining
o’zgarishiga mos ravishda, hazm sistemasi organlarida ham murakkablashuv kuzatilib
boriladi, masalan ozuqasi tarkibida o’simliklar ko’p qismni egaallagani sari og’iz bo’shlig’ida
ixtisoslashmagan tishlar rivojlanib boradi.

Tuxumdon va urug’donidagi jinsiy hujayralar ham yiriklashib yetilib boradi. Jinsiy

demorfizm belgilari ham sezilarli darajada farqlanadi.

Xulosa o’rnida takidlashimiz mumkinki, qora baliq tanasida hayotining turli

bosqichlarida turlicha tashqi va ichki o’zgarishlar kuzatilib, bu uning ontogenetik
o’zgaruvchanligi bilan izohlanadi. Bundan tashqari yoshi bilan bog’liq o’zgarishlar baliq
etalogiyasida ya’ni xarakter-xususiyatida ham ko’zga tashlanadi.

References:

1.

Xaitov Ro’zi Xaitovich; Dushanov Abdukarim Dushanovich. Hayvonlar fiziologiyasi.

Toshkent -1975
2.

Saydulla Dadayev, Qalandar Saparov. Zoologiya (Xordalilar 2-qism). Cho’lpon nomidagi

nashriyot. Toshkent-2011.
3.

Saydulla Dadayev, Ochil Mavlonov. Zoologiya. Toshkent-2008.

4.

B.S.Salimov, A.S.Daminov. Zoologiya. Toshkent-2008.

5.

Xolboyev F, Azimov D, Shernazarov E. Zoogeografiya. Toshkent -2018.

6.

Mavlyanov O. M, Toshmanov N. J, Sanayeva L.Sh. Zoologiya. Toshkent -2013.

7.

S.P.Naumov. Umurtqali hayvonlar zoologiyasi. Toshkent-1995.

8.

J.L.L.Laxanov. O’zbekistonning umurtqali hayvonlari aniqlagichi. Toshkent-2013.

9.

G.Utenova, G. Asenov. Omirtqalilar zoologiyasi. Toshkent-2023.

10.

Abduqaxxorova Chamanoy Shavkatjon qizi. Farg’ona davlat universiteti talabasi. Qora


background image

13

baliqning xususiyatlari nomli ilmiy maqolasi.
11.

Buvrayeva N.R. Jabborova A. R. Biologiya fakulteti Samarqand davlat universiteti. Qora

baliqning (schizothorax intermedius)oziqlanishi nomidagi ilmiy maqolasi.

Библиографические ссылки

Xaitov Ro’zi Xaitovich; Dushanov Abdukarim Dushanovich. Hayvonlar fiziologiyasi. Toshkent -1975

Saydulla Dadayev, Qalandar Saparov. Zoologiya (Xordalilar 2-qism). Cho’lpon nomidagi nashriyot. Toshkent-2011.

Saydulla Dadayev, Ochil Mavlonov. Zoologiya. Toshkent-2008.

B.S.Salimov, A.S.Daminov. Zoologiya. Toshkent-2008.

Xolboyev F, Azimov D, Shernazarov E. Zoogeografiya. Toshkent -2018.

Mavlyanov O. M, Toshmanov N. J, Sanayeva L.Sh. Zoologiya. Toshkent -2013.

S.P.Naumov. Umurtqali hayvonlar zoologiyasi. Toshkent-1995.

J.L.L.Laxanov. O’zbekistonning umurtqali hayvonlari aniqlagichi. Toshkent-2013.

G.Utenova, G. Asenov. Omirtqalilar zoologiyasi. Toshkent-2023.

Abduqaxxorova Chamanoy Shavkatjon qizi. Farg’ona davlat universiteti talabasi. Qora baliqning xususiyatlari nomli ilmiy maqolasi.

Buvrayeva N.R. Jabborova A. R. Biologiya fakulteti Samarqand davlat universiteti. Qora baliqning (schizothorax intermedius)oziqlanishi nomidagi ilmiy maqolasi.