92
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MAKTAB TA’LIMIGA
TAYYORLASHDA JISMONIY TARBIYANING AHAMIYATI
Shodiboyeva Mohinur Abdurahmon qizi
Guliston davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14538924
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada Maktabgacha ta’limda jismoniy tarbiya metodikasi kursining asosiy
maqsadi bo’lajak kadrlarga Maktabgacha ta’limda jismoniy tarbiya metodikasi bo’yicha
atroflicha va chuqur kasbiy bilimlar bilan qurollantirish mazmuni yoritilgan.
Kalit so’zlar:
Jismoniy tarbiya, kuchlilik, tetiklik, chaqqonlik, jismoniy sifatlar, sport
musobaqa, metodlar, prinsip, mazmun, sport fizologiyasi, sport psixologiyasi, jismoniy mashqlar
АННОТАЦИЯ
В данной статье основной целью курса физического воспитания в дошкольном
образовании является вооружение будущих кадров всесторонними и глубокими
профессиональными знаниями по методике физического воспитания в дошкольном
образовании.
Ключевые слова:
Физическая культура, сила, жизнеспособность, ловкость,
физические качества, спортивная конкуренция, методы, принцип, содержание,
спортивная физиология, спортивная психология, физические упражнения
ANNOTATION
In this article, the main goal of the course of physical education in preschool education is to
equip future personnel with comprehensive and deep professional knowledge on the
methodology of physical education in preschool education.
Keywords:
Physical training, strength, vitality, agility, physical qualities, sports
competition, methods, principle, content, sports physiology, sports psychology, physical
exercises
Kirish.
Mashhur Yunon donishmandi Aflotun baxt haqida zikr etib: “Inson uchun birinchi
baxt uning sogʻligʻi, ikkinchisi — goʻzallikdir” degan ekan. Darhaqiqat, salomatlik barcha
boyliklar manbaidir. Nasl-nasabi sogʻlom va maʼnaviyati yuksak xalqning avlodlari ham sogʻlom,
baquvvat, iymon-eʼtiqodli va sadoqatli boʻladiki, bu baxt ona-Vatanning shuhrati va qudratining
zoʻr omiliga aylanadi. Xalqning ana shunday baxt saodati uchun sogʻlom avlod kerak.
Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili
Buyuk hakim Abu Ali ibn Sino “Badan tarbiya –
sogʻlikni saqlashda ulugʻvor usuldir” deydiki, bu fikr “Kimki qilsa harakat – sogʻligʻida barakat”
degan naqlni eslatadi.
Jismoniy mashqlarning sihat-salomatlikka foydasi cheksizligini D.Adisson shunday
taʼriflaydi: “Mutolaa aql uchun qancha zarur boʻlsa, jismoniy mashqlar ham shuncha zarur”.
Suqrot hakim esa: “Gimnastika yordami ila men badanimning muvozanatini toʻgʻrilab olaman”
degan fikrni aytadi.
Jismoniy tarbiya toʻgʻrisidagi taʼlimot pedagogikaning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Pedagogika fanining mazkur sohasiga qarashli turli hodisalarga taʼrif berilganda, “Badantarbiya”,
“jismoniy madaniyat”, “jismoniy kamolot”, “jismoniy rivojlanish” degan asosiy tushunchalardan
foydalaniladi.
93
“Jismoniy madaniyat” tushunchasi quyidagilardan iborat: 1) mehnat va turmushdagi
koʻnikmalarni (tartiblilik, kiyimlarning ozodaligi, xonalarning tozaligi) va gigiyenik rejimga doir
odatlarni (faoliyat va dam olishning oqilona tartibi, uyqu, ovqatlanish gigiyenasi va hokazolar)ni;
2) tabiatning tabiiy sharoitlarida organizmni chiniqtirish (havo, quyosh va suv)ni; 3) jismoniy
mashqlarni oʻz ichiga oladi.
Jismoniy rivojlanish – odam organizmining tarkib topishi, uning shakllari va vazifalarining
oʻzgarishini ifodalaydigan biologik jarayondir.Maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalarning jismoniy
tarbiyasi ular hayotini saqlash, sogʻligʻini mustahkamlash, harakat malakalarini shakllantirish va
toʻla maʼnodagi jismoniy tarbiya berish, madaniy – gigiyenik malakalarni shakllantirish, batartib
hayot kechirish odatini singdirishga qaratilgan. Sogʻlom, jismonan baquvvat bolaning ish
qobiliyati ham yuqori boʻladi, sharoitga oson moslashadi, har xil topshiriqlarni osonlik bilan tez
bajaradi.
Tadqiqot natijalari.
Bolaning biologik rivojlanishi jarayonini tabiiy fanlar majmui
oʻrganadi, ularning asosini I.M.Sechenov, I.P.Pavlov va ular izdoshlarining organizm va muhit
birligi, organizmning yaxlitligi va uning hayotiy faoliyatida markaziy asab sistemasining tartibga
soluvchilik roli haqidagi taʼlimoti tashkil etadi.
Maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalar organizmining oʻziga xos tomoni shundaki, u juda tez
oʻsadi va rivojlanadi. Shu bilan birga organizm funksiyalari va sistemalarining shakllanishi hali
tugallanmagan boʻladi, shunga koʻra u tez jarohatlanadi. Shuning uchun bolalarga jismoniy
tarbiya berishda quyidagilar birinchi darajali vazifalar hisoblanadi:
Sogʻlomlashtiruvchi vazifalar. Bolalar sogʻligʻini mustahkamlash, organizmning shakl va
funksiyalarini uygʻun rivojlantirish, ish qobiliyatini oshirish, har xil tashqi taʼsirlarga
chidamliligini kuchaytirish, uzoq umr koʻrishini taʼminlash.
Taʼlimiy vazifalar. Maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalarga xos boʻlgan oʻta qabul
qiluvchanlikni, sharoitning oʻzgarishiga yеngil moslashish qobiliyati bir qator taʼlimiy vazifalarni
amalga oshirish imkoniyatini yaratadi, chunonchi: kerakli koʻnikma va malakalarni
shakllantirish, jismoniy sifatlar (chaqqonlik, kuchlilik, chidamlilik, tezkorlik, egiluvchanlik,
muvozanat, koʻz bilan chamalash)ni oʻstirish, toʻgʻri qaddi – qomat, gigiyena koʻnikmalarini
tarbiyalash, jismoniy tarbiya haqidagi bilimlarni oʻzlashtirish.
Boladagi harakat koʻnikmalari (emaklash, yurish, yugurish, velosipedda uchish va h.k)ga
nisbatan yеngil shakllanadi va ular bolaning muhit bilan aloqasini osonlashtiradi. Bola chanada
uchayotib qor, shamolning, suvda suzayotib suvning xossalari bilan tanishadi. Jismoniy
mashqlar, gigiyena malakalarini egallash bilan bogʻliq boʻlgan dastlabki bilimlar
shakllantiriladi.Jismoniy mashqlar bilan shugʻullanish jarayonida bolada tabiat hodisalari,
ijtimoiy hayot, hayvonlar, qushlar, hasharotlar haqidagi bilimlarni mustahkamlash zarur.
Tarbiyaviy vazifalar. Bolalarda sport mashgʻulotlariga muhabbatni, sportchilarning
yutuqlariga qiziqishni tarbiyalash lozim.Jismoniy mashqlarni bajarishda xarakterning ijobiy
xususiyatlari (uyushqoqlik, intizomlilik, kamtarlik, koʻngilchanlik va hokazo) va axloqiy fazilatlar
(halollik, haqqoniylik, oʻrtoqlik hissi, oʻzaro yordam), jamoada shugʻullanish malakasi, fizkultura
asboblarini ehtiyot qilish, topshiriqni masʼuliyat bilan bajarishlarini tarbiyalash, shuningdek,
ifodaviy fazilatlar (botirlik, qatʼiylik, oʻz kuchiga ishonch, qiyinchiliklarni yеngishda sabotlilik,
chidamlilik va boshqalar)ni namoyish qilish uchun juda qulay sharoit yaratiladi.
Jismoniy tarbiyaning asosiy vositalari quyidagilardan iborat:
94
Rejim (kun tartibi). Bolalar hayotining rejimi– bu bedor yurish, uxlash, ovqatlanish, faoliyat
xilma-xil turlarining har kuni muayyan izchillikda takrorlanib, oqilona almashinib turishidir
Muayyan vaqt ichida tartibning asosiy tarkibiy qismlari bir maromda va doimiy boʻlishi uning
ajralmas xususiyatlaridir.
Oqilona tartib: 1) bedor yurish va uxlashning eng maqbul nisbati asosida qoʻriladi, bu
vaqtda boshmi-ya qobigʻi uchastkalari oʻrtasidagi vazifalar qayta taqsimlanadi, olingan axborot
qayta ishlanadi; 2) aqliy va jismoniy ishlarning nisbati, ovqat hazm qilish maromini hisobga olish
asosida qoʻriladi.Tartibdan chetga chiqish darhol bolaning kayfiyatida, shu bilan birga uning
xulq-atvorida namoyon boʻladi. Gigiyenik sharoitlar.
Xulosa
. Bolalarning jismoniy toʻgʻri rivojlanishi uchun gigiyenik sharoit (bino, maydoncha,
jihozlar, kiyim – bosh, poyabzal) yaratish, bolalar hayotining ilmiy asoslangan rejimini (boʻlar
oqilona ovqatlanish, harakatlarni rivojlantirish va organizmni chiniqtirish tadbirlarini oʻz ichiga
oladi) bajarish zarur. Shu bilan birga, tibbiyot xodimlarining doimiy nazorati, zaruriy profilaktik
va davolash ishlarini olib borishi talab etiladi.
Bolalarning ovqatlanishi (nonushta, tushki ovqat, kech tushki ovqat va kechki ovqat)
osoyishta vaziyatda oʻtishi kerak.Bolalarda ovqatlanish bilan bogʻliq boʻlgan madaniy-gigiyenik
malakalarni tarbiyalash kattalardan ijobiy namuna koʻrsatishni talab etadi.
Uyqu. Bolalarni jismoniy tomondan tarbiyalashda uyqu muhim ahamiyatga egadir. Uyqu
miya katta yarimsharlarining normal ishlashi uchun zarur boʻlgan kuch-quvvatni tiklaydi.Chuqur
va yaxshi, uzoq davom yetadngan uyqu nerv sistemasining, organizm charchashining oldini
oluvchi asosiy vositadir.
Madaniy-gigiyenik koʻnikmalar va odatlarni tarbiyalash. Madaniy-gigiyenik koʻnikmalarga
badanni ozoda tutishga, toʻgʻri ovqatlanishga, atrof-muhitda tartib saqlashga rioya qilish va
bolalarning bir-birlari bilan, kattalar bilan, oʻzaro madaniy munosabatlariga doir koʻnikmalar
kiradi.
Bolalar muassasasi kun tartibida xilma-xil oʻyinlarga alohida oʻrin beriladi. Vaqtdan
toʻlaqonli foydalanish uchun tarbiyachi oʻyinchoqlar va qoʻllanmalarni oldindan tanlab qoʻyishi,
bolalarni bajarish koʻnikmalarini tarbiyalashi zarur.
Sayr qilish har tomonlama tarbiyaviy ishlar uchun keng imkoniyatlar beradi. Sayr chogʻida,
tabiat va ijtimoiy hodisalar kuzatiladi, bolalarning mehnat va oʻyin faoliyati, sport mashqlari
uyushtiriladi.
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida jismoniy tarbiyaning quyidagi oʻziga xos vositalaridan
foydalaniladi: 1) harakatli oʻyinlar oʻtkazilib, ularga eng koʻp oʻrin beriladi; 2) asosiy gimnastika
(asosiy harakatlar, umum rivojlantiruvchi va saf tortish mashqlari); 3) sport mashqlari (konkida
uchish, changʻida yurish, suzish, velosipedda uchish); 4) bolalar turizmi.
Koʻrsatilgan vositalardan uygʻun birlikda foydalanish har tomonlama jismoniy rivojlanishni
taʼminlaydi.
References:
1.
I.A.Karimov O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida (xavsizlikka taqlid, barqarorlik shartlari va
taraqqiyot kafolatlari).T.,"O’zbekiston".1997 yil.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-son
“O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi
95
qarori.
3.
Mohinur, S., & Hilola, S. (2024). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI HAR
TOMONLAMA RIVOJLANTIRISHDA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUVLAR.
Journal of new century
innovations
,
53
(6), 16-19.
4.
Shodiboyeva, M. (2022). MAKTABGACHA YOSHIDAGI BOLALARNING INTELLEKTUAL
QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHNING SAMARALI YO’LLARI.
Journal of Integrated Education
and Research
,
1
(5), 193-196.
5.
qizi Shokirova, H. A., qizi Boboqulova, M. A., & Universiteti, G. D. (2021). BOLA SHAXSINING
RIVOJLANISHIDA TARBIYANING TUTGAN O’RNI.
Science and Education
,
2
(3), 296-300.
6.
Жамолдинова, О. Р. (2014). Культура здорового образа жизни: их теоретические и
практические аспекты. Педагогика и современность, 1(1-1), 97-101.
7.
Жамолдинова, О. Р. (2010). Проблемы формирования культуры здорового образа
жизни в семье. Молодой ученый, (7), 264-266.
8.
Abdullaev, D., Shukhratovna, D. L., Rasulovna, J. O., Umirzakovich, J. U., & Staroverova, O. V.
(2024). Examining Local Item Dependence in a Cloze Test with the Rasch Model. International
Journal of Language Testing, 14(1), 75-81.