Авторы

  • Zarinahon Alimova
    University of business and science nodavlat oliy ta’lim muassasasi Pedagogika va psixologiya yo‘nalishi 3-bosqich talabalasi
  • Mohichehra Muqimova
    University of business and science nodavlat oliy ta’lim muassasasi Pedagogika va psixologiya yo‘nalishi 3-bosqich talabalasi
  • Mohigul Muqimova
    University of business and science nodavlat oliy ta’lim muassasasi Pedagogika va psixologiya yo‘nalishi 3-bosqich talabalasi
  • Ziyodaxon Bobayeva
    Ilmiy rahbar: University of business and science nodavlat oliy ta’lim muassasasi Pedagogika va psixologiya kafedrasi katta o’qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdpp.64989

Ключевые слова:

Zamonaviy metodlar mantiqiy fikrlar innovatsion metodlar ta’lim usullari innovatsion yondashuv qobiliyatlar va mahorat texnologiyalar.

Аннотация

Mazkur maqolada ta’lim sohasidagi yangiliklar va zamonaviy metodlar bolalarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga katta etibor qaratiladi. Shuningdek, yosh avlodning muvaffaqiyati zamonaviy ta’limda mantiqiy fikrlash asoslari shakillantiriladi.


background image

4

KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O’QUVCHILARDA MANTIQIY FIKRLASHNI

RIVOJLANTIRISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR

Alimova Zarinahon Yulchibayevna

University of business and science nodavlat oliy ta’lim muassasasi

Pedagogika va psixologiya yo‘nalishi 3-bosqich talabalasi

Muqimova Mohichehra Maksudovna

University of business and science nodavlat oliy ta’lim muassasasi

Pedagogika va psixologiya yo‘nalishi 3-bosqich talabalasi

Muqimova Mohigul Maksudovna

University of business and science nodavlat oliy ta’lim muassasasi

Pedagogika va psixologiya yo‘nalishi 3-bosqich talabalasi

Bobayeva Ziyodaxon Maxamadjon qizi

Ilmiy rahbar: University of business and science nodavlat oliy ta’lim muassasasi

Pedagogika va psixologiya kafedrasi katta o’qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14824200

Annotatsiya:

Mazkur maqolada ta’lim sohasidagi yangiliklar va zamonaviy metodlar

bolalarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga katta etibor qaratiladi. Shuningdek,
yosh avlodning muvaffaqiyati zamonaviy ta’limda mantiqiy fikrlash asoslari shakillantiriladi.

Kalit so‘zlar:

Zamonaviy metodlar, mantiqiy fikrlar, innovatsion metodlar, ta’lim usullari,

innovatsion yondashuv, qobiliyatlar va mahorat, texnologiyalar.

Аннотация:

в данной статье инновации и современные методы в сфере образования

направлены на развитие навыков логического мышления детей. Также успех
подрастающего поколения формируют основы логического мышления в современном
образовании.

Ключевые слова:

современные методы, логические мысли, инновационные

методы, методы обучения, инновационный подход, способности, технологии.

Abstract:

In this article, innovations and modern methods in the field of education focus on

the development of children’s logical thinking skills. Also, the success of the younger generation
is shaped by the foundations of logical thinking in modern education.

Key words:

Modern methods, logical thoughts, innovative methods, educational methods,

innovative approach, abilities, technologies.

Kirish:

Bugungi kunda ta’lim sohasidagi yangiliklar va zamonaviy metodlar bolalarning

mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga katta etibor qaratmoqda. Xususan, mantiqiy
fikrlash yosh bolalarning muammolarini hal qilish va mantiqiy yondashuvni rivojlantirish
qobiliyatining asosidir.

Mantiqiy fikrlash bolaning dunyoqarashini shakillantirish, muammolarini hal qilish va

yangicha fikrlash uslublarini rivojlantirishning asosidir.

Zamonaviy metodlar:

Hozirgi kunda zamonaviy metodlar turli sohalarda yangilangan,

innovatsion va ilg‘or usullar yoki yo‘llar tushuniladi. Zamonaviy metodlar ta’limda
qo’llanilayotgan innovatsion yondashuvlarni o‘z ichiga oladi, ular nafaqat bilim berish, balki
talabalarning ijodiy va kritik fikrlash qobiliyatlarini ham rivojlantiradi.

Zamonaviy metodda quyidagilarni ko‘rib chiqishimiz mumkin:

1.

Project-based learning, PBL:

Bu metodda talabalar maxsus loyihalarini amalga oshirish

orqali nazariy bilimni amaliy ko‘nikmalarga aylantiradilar;


background image

5

2.

Kooperativ ta’lim:

Bu metodda talabalar jamoaviy ishlash orqali muammolarni hal

qilishga harakat qiladilar;

3.

Interaktiv texnologiyalar:

Zamonaviy o

quv dasturlar

va multimedia vositalari (videolar

interaktiv taqta, mobil ilovalar) ta’limni qiziqarli va samarali qilib shakillantirishga yordam
beradi.

4.

Real vaqtda fikrlash va muloxazalar:

Bu metodda o

quvchilar fikrlash va muhokama

qilish uchun turli interaktiv platformalarda ishlashadi.

Mantiqiy fikrlar:

Mantiqiy fikrlash bu insonning muammolarini hal qilish, ma’lumotni

tahlil qilish va izchil hulosalarga kelish qobiliyati. Mantiqiy fikrlashda aniq va tushunarli fikrlarni
bir-biriga bog‘lash orqali natijaga erishiladi. Mantiqiy fikrlash umuman, kundalik hayotda,
ta’limda, ilmiy tadqiqotlarda va ish hayotida muhim rol o‘ynaydi. U talabalarga, va har qanday
shaxsga muammolarni yahshiroq tushunish va ularga samarali yechimlar topishda yordam
beradi.

Mantiqiy fikrlashda

quyidagilarni ko‘rib chiqishimiz mumkin:

1.

Analiz va sintez

Analiz-

malumotlarni qismlarga bo‘lish va har bir qismni alohida o‘rganish.

Sintez-

tarkibiy qismlarni birlashtirish va ulardan yangi natija yoki hulosa chiqarish.

2.

Induktiv va deduktiv fikrlash
Induktiv fikrlash-

hulosa qilishda umumiy qoidalarga kelib, mahsus holatlarni

o‘rganishdan kelib chiqadi.

Deduktiv fikrlash-

umumiy qoidalardan muayan hulosalarga kelish.

3.

Dialektik fikrlash:

Bu ham umumiy va mahsus, ham o‘tgan va kelajak, ham ma’lum va

noma’lumni o‘zaro bog‘lashga yordam beradigan fikrlash usulidir.
4.

Modellash va gipotezalar:

Mantiqiy fikrlashning yana bir muhim jihati-muammolarni

modellashtirish va gipotezalarni yaratish.

Innovatsion metodlarida

ta’limdagi yangi yondashuvlarni, texnologiyalarni va ishlash

usullarini o‘z ichiga oladi, ular o‘quvchilarning qiziqishini oshirish va ularning shaxsiy
rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan. Innovatsion metodlar ta’limni samarali va yoqimli
qilishga, o

quvchilarning o‘z imkoniyatlarini aniqlashga va ularni rivojlantirishga yordam beradi.

Innovatsion metodlar ishda yoki hayotda yangi, samarali va yangicha yondashuvlarni qo’llash.
Ushbu metodlar zamonaviy bilimlarni, texnologiyalarni va faoliyat usullarini o‘zlashtirishga
qaratilgan bo‘lib ularning maqsadi talabalarni yoki ishchilarni samarali rivojlantirish va ularning
eng yahshi natijalarga erishishini ta’minlashdir.

Ta’lim usullarida esa o‘qitish jarayonida o‘qituvchilar tomonidan o‘quvchilarga

ma’lumotlarni yetkazish, bilimlarni shakillantirish va ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun
qo‘llaniladigan turli yondashuv va strategiyalardir. Interaktiv o‘qitish usullari o‘quvchilarni faol
muloqotga jalb qiladi va ularning fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi. Bunday yondashuvlarga
quyidagilar kiradi:
1.

Munozara va baxs-munozaralar

-o‘quvchilar turli masalalar yuzasidan o‘z fikrlarini

bildirishadi qarashlaribi tahlil qilishadi.
2.

Rolli o‘yinlar

-real hayotdagi vaziyatlarni modellashtirish orqali muammolarga yechim

izlash ko‘nikmasi rivojlanadi.
3.

Jamoaviy ish usullari

-o‘quvchilar guruhlarga bo‘linib, birgalikda muammolarni hal

qilishadi, bu esa mantiqiy fikrlash va hamkorlik ko‘nikmalarini oshiradi.


background image

6

Innovatsion yondashuv

ta’lim jarayoniga yangi, zamonaviy metod va texnologiyalarni

joriy etish orqali o‘quvchilarning bilim olish samaradorligini oshirish usulidir. Uning asosiy
maqsadi-o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga, muammolarni hal qilishga va ijodiy yondashishga
o‘rgatishdan iborat. Innovatsion yondashuv usullari:
1.

STEAM-ta’lim

(Science, Technology, Engineering, Arts, Matamatics)-fanlar o‘rtasida

bog‘liqlikni shakillantirish.
2.

Fasilitsatsiya usuli-

o‘qituvchi yo‘naltiruvchi sifatida qatnashib, o‘quvchilarning mustaqil

izlanishiga yo‘l ochadi.
3.

Onlayn ta’lim platformalari

-Google Classroom, Moddle, Coursera kabi raqamli

vositalardan foydalanish.
4.

Rolli o‘yinlar va simuliyatsiyalar –o‘quvchilarni real hayotdagi muammolarni hal qilishga

o‘rgatish.

Qobiliyatlar va mahorat:

Bu insonning ma’lum bir faoliyat turini muvaffaqiyatli

bajarishga bo‘lgan shaxsiy imkoniyatlari va ichki resurslari. Qobiliyat inson tug‘ilganidan boshlab
mavjud bo‘lishi mumkin yoki tajriba, ta’lim va mashg’ulotlar orqali shakillanishi mumkin.
Qobiliyat turlari quyidagilardan iborat:
1.

Tabiiy (biologik) qobiliyatlar

-insonning tug‘ma hususiyatlari, masalan, musiqaga,

sportga yoki san’atga bo‘lgan iste’dod.
2.

Intellektual qobiliyatlar

-mantiqiy fikrlash, tahlil qilish, ijodiy yechim topish qobiliyati.

3.

Ijtimoiy qobiliyatlar

-jamoada ishlash, odamlar bilan muloqot qilish va rahbarlik

qobiliyati.
4.

Psixomotor qobiliyatlar

-jismoniy harakatlar bilan bog‘liq bo‘lgan qobiliyatlar, masalan,

sport yoki xunarmandchilik maxorat.

Qobiliyat va maxorat farqi:

1.

Qobiliyat-

insonning ma’lum bir sohada muvaffaqiyatli bo‘lishga bo‘lgan tabiiy imkoniyati.

2.

Maxorat-

mashq va tajriba natijasida shakillangan amaliy ko‘nikma.

Qobiliyatlarni rivojlantirish usullari:

1.

Maqsadga yo‘naltirilgan mashq va o‘rganish.

2.

Innovatsion metodlar va yangi tajribalardan foydalanish.

3.

Motivatsiya va o‘z ustida ishlash.

4.

Muammolarni hal qilish va tahlil qilish qobiliyatini oshirish.
Qobiliyat inson shaxsiyatining muhim qismidir va uni rivojlantirish orqali katta

muvaffaqiyatlarga erishish mumkin.

Texnologiyalar:

Bu ma’lum bir maqsadga erishish uchun resurslar, bilim va usullardan

samarali foydalanish jarayoni. Texnologiya ishlab chiqarish, ta’lim, tibbiyot, axborot-
kommunikatsiya va boshqa sohalarda qo‘llaniladi.

Texnologiyalarning asosiy xususiyatlari:

1.

Samaradorlik-

jarayonlarni tez va aniq bajarish imkoniyati.

2.

Ilmiy asoslanganlik-

fan va texnik taraqqiyotga tayanishi.

3.

Yangilik-

yangi vositalar va usullardan foydalanish.

4.

Universallik-

turli sohalarda qo‘llash imkoniyati.

Texnologiya turlari:

1.

Axborot texnologiyalari (IT

)-komputer, internet va raqamli vositalardan foydalanish.

2.

Ishlab chiqarish texnologiyalari

-sanoat va qishloq, xo‘jaligida mahsulot tayyorlash

jarayonlari.


background image

7

3.

Ta’lim texnologiyalari

-innovatsion o‘qitish usullari va raqamli platformalar.

4.

Biotexnologiya

-tibbiyot va qishloq xo‘jaligida biologik jarayonlardan foydalanish.

5.

Energetika texnologiyalari-

qayta tiklanuvchi energiya manbalari va samarali energiya

ishlab chiqarish usullari.

Texnologiyalar hayotimizni osonlashtiradi va turli sohalarda samaradorlikni oshirishga

yordam beradi.

Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki y

osh o‘quvchilarda mantiqiy fikrlashni

rivojlantirish uchun zamonaviy innovatsion yondashuvlardan foydalanish muhimdir. Interaktiv
usullar, AKT texnologiyalari, tanqidiy fikrlash mashqlari va geymifikatsiya ta’lim jarayonini
samarali qiladi.

O‘quvchilarni ijodiy va mantiqiy fikrlashga o‘rgatish orqali ularni kelajakda muvaffaqiyatli

shaxs sifatida shakillantirish mumkin.

Innovatsion yondashuv ta’lim jarayonini yanada samarali, qiziqarli va interaktiv qiladi. Bu

usullar yosh avlodning bilim olish jarayonini yaxshilash, ularni kelajakda raqobatbardosh va
ijodiy shaxs sifatida shakillantirishda muhim ahamiyatga ega.

References:

1.

Tulnova I.B. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar. Sankt-Peterburg, 2019.

2.

Polyakov B.G. Mantiqiy fikrlashni rivojlantirish. Moskva, 2015.

3.

Lipman M. Tanqidiy fikrlash nazariya va amaliy usullar. Moskva, 2018.

4.

Vinogradova N.F Maktabda inovatsion o‘qitish metodlari. Moskva, 2017.

5.

Markova A.K. Zamonaviy ta’lim texnologiyalari. Sankt-Peterburg, 2015.

6.

Robert Kigan. Fikrlashni rivojlantirish. Kembrij, 2009.

7.

Zeer E.F. Professional qobiliyatlarni rivojlantirish. Moskva, 2003.

8.

Shadrikov B.D Yoshlarda qobiliyat va ko‘nikmalarni rivojlantirish. Moskva, 2012.

9.

Бобаева, З. М. (2021). Формирование толерантности у школьников в процессе

изучения этнокультуры различных народов. In

Диалог культур и толерантность

общения

(pp. 66-71).

10.

Ibroximovna, M. S. (2024). FACTORS OF DEVELOPING OF INTERCULTURAL

COMMUNICATION COMPETENCE IN TEACHING ENGLISH TO CADETS OF MILITARY
UNIVERSITY. Лучшие интеллектуальные исследования, 15(1), 159-163.
11.

Musayeva, S. I. (2024, May). DEVELOPMENT OF INTERCULTURAL COMMUNICATION

COMPETENCE OF CADETS USING INTERACTIVE METHODS. In Proceedings of International
Conference on Scientific Research in Natural and Social Sciences (Vol. 3, No. 5, pp. 276-284).
12.

Бобаева, З. (2023). РАЗВИТИЕ ЛОГИЧЕСКОГО МЫШЛЕНИЯ НА УРОКАХ

МАТЕМАТИКИ В НАЧАЛЬНЫХ КЛАССАХ.

Namangan davlat universiteti Ilmiy axborotnomasi

,

(7), 789-795.
13.

Бобоева, З. М. (2022). Особенности развития логического мышления младших

школьников.

Ученый XXI века

, (5-1 (86)), 22-25.

14.

Бобаева, З. (2023). РАЗВИТИЕ ЛОГИЧЕСКОГО МЫШЛЕНИЯ НА УРОКАХ МАТЕМАТИКИ

В НАЧАЛЬНЫХ КЛАССАХ.

Namangan davlat universiteti Ilmiy axborotnomasi

, (7), 789-795.

Библиографические ссылки

Tulnova I.B. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar. Sankt-Peterburg, 2019.

Polyakov B.G. Mantiqiy fikrlashni rivojlantirish. Moskva, 2015.

Lipman M. Tanqidiy fikrlash nazariya va amaliy usullar. Moskva, 2018.

Vinogradova N.F Maktabda inovatsion o‘qitish metodlari. Moskva, 2017.

Markova A.K. Zamonaviy ta’lim texnologiyalari. Sankt-Peterburg, 2015.

Robert Kigan. Fikrlashni rivojlantirish. Kembrij, 2009.

Zeer E.F. Professional qobiliyatlarni rivojlantirish. Moskva, 2003.

Shadrikov B.D Yoshlarda qobiliyat va ko‘nikmalarni rivojlantirish. Moskva, 2012.

Бобаева, З. М. (2021). Формирование толерантности у школьников в процессе изучения этнокультуры различных народов. In Диалог культур и толерантность общения (pp. 66-71).

Ibroximovna, M. S. (2024). FACTORS OF DEVELOPING OF INTERCULTURAL COMMUNICATION COMPETENCE IN TEACHING ENGLISH TO CADETS OF MILITARY UNIVERSITY. Лучшие интеллектуальные исследования, 15(1), 159-163.

Musayeva, S. I. (2024, May). DEVELOPMENT OF INTERCULTURAL COMMUNICATION COMPETENCE OF CADETS USING INTERACTIVE METHODS. In Proceedings of International Conference on Scientific Research in Natural and Social Sciences (Vol. 3, No. 5, pp. 276-284).

Бобаева, З. (2023). РАЗВИТИЕ ЛОГИЧЕСКОГО МЫШЛЕНИЯ НА УРОКАХ МАТЕМАТИКИ В НАЧАЛЬНЫХ КЛАССАХ. Namangan davlat universiteti Ilmiy axborotnomasi, (7), 789-795.

Бобоева, З. М. (2022). Особенности развития логического мышления младших школьников. Ученый XXI века, (5-1 (86)), 22-25.

Бобаева, З. (2023). РАЗВИТИЕ ЛОГИЧЕСКОГО МЫШЛЕНИЯ НА УРОКАХ МАТЕМАТИКИ В НАЧАЛЬНЫХ КЛАССАХ. Namangan davlat universiteti Ilmiy axborotnomasi, (7), 789-795.