Авторы

  • Alisher Jabbor
    TMC instituti dotsenti, psi.f.b.f.d (PhD) QarDU tadqiqotchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdpp.71765

Ключевые слова:

ijtimoiy tarmoq axborot internet idrok etish individual-psixologik omil.

Аннотация

Ushbu maqolada ijtimoiy tarmoqlardagi axborotlarni idrok etishning o’ziga xos individual-psixologik omillari tahlil etilgan. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarning shaxs subyektiv olamiga ta’siri hamda tushunish va idrok etishning o’zaro qiyosiy jihatlari yoritilgan.


background image

56

IJTIMOIY TARMOQLARDAGI AXBOROTLARNI IDROK ETISHNING INDIVIDUAL-

PSIXOLOGIK OMILLARI

Jabbor Alisher Musirmon o’g’li

TMC instituti dotsenti, psi.f.b.f.d (PhD)

QarDU tadqiqotchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15023786

Annotatsiya

: Ushbu maqolada ijtimoiy tarmoqlardagi axborotlarni idrok etishning o’ziga

xos individual-psixologik omillari tahlil etilgan. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarning shaxs
subyektiv olamiga ta’siri hamda tushunish va idrok etishning o’zaro qiyosiy jihatlari yoritilgan.

Kalit so’zlar:

ijtimoiy tarmoq, axborot, internet, idrok etish, individual-psixologik omil.


XXI asr tezkor, keng ko’lamdagi axborot tizimi va telekommunikatsiya texnologiyalarining

rivojlanish davri sifatida, ular hayotning deyarli barcha sohalariga va inson faoliyatiga kirib
borishi axborot makonining globallashuvi, butun jahon rivojiga ta’sir ko’rsatgan va
ko’rsatayotgan omil sifatida e’tirof etiladi. Mamlakat ichidagi va tashqi dunyodagi faol axborot
almashuviga odamlar ehtiyojining ortib borishi yaqqol sezilmoqda. Axborot sohasining bunday
tezlik bilan rivojlanishi, uning jamoatchilik va davlat hayotidagi turli xil yo’nalishlarda keng
tarzda ishlatilishi, yangi bosqichdagi odamzot taraqqiyotini aniqlab beruvchi muhim
omillarining biri bo’la oladi. Axborot sohasining tez sur’atlar bilan o’sishi, uni avtomatlashtirish
usullarining rivojlantirilishi kompyuterlarning yaratilishiga va kishilar hayotining turli
sohalarini kompyuterlashtirishga olib keldi.

Umuman olganda, kishilar ijtimoiy-psixologik tajribasi mujassamlangan xalq ongining

unsurlari-konseptlarini tadqiq etish hozirgi zamon psixolingvistikasining asosiy vazifalaridan
biri hisoblanadi. L.V. Balashovaning fikricha, inson ba’zan bilimning global birliklari tuzilmasi
kabi konseptlar yordamida fikrlaydi. Shu bilan birga, dunyoning lisoniy va konseptual manzarasi
turli xil usul va vositalar asosida shakllanadi [1]. Kognitiv lingvistikaning asosiy qoidalariga
muvofiq holda til kategoriyalari insonning lisoniy ongdagi u yoki bu ekstralingvistik, real
voqeilikni aks ettiruvchi tushunchalarga tayanadi. Shu jihatdan ham shaxs nutqida qo’llanadigan
leksik birliklarning funksional-semantik xususiyatlarini tahlil qilish orqali o’ziga xos nomlash,
atash usullari kuzatiladi. Shaxs nutqiga oid dastlabki qarashlar Germaniyada D. Tideman
tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlarda o’z aksini topgan.

Shu nuqtai nazardan axborot olish va uni o`zlashtirish modelini ishlab chiqqan frantsiyalik

olim J.Dyuran aynan inson omiliga e`tibor qaratadi. Uning fikricha kommunikatsiya tizimining
asosini tashkil qiluvchi inson axborotni qabul qilib oluvchi obyekt sifatida besh bosqichni
boshidan kechiradi. “Birinchi bosqich – axborot bilan ilk to`qnashuv bosqichi bo`lib, bu
bosqichda retsipient individ u yoki bu harakat amalga oshirish yoki amalga oshirmaslik haqida
qaror qabul qiladi.

Ikkinchi bosqich – axborotni tushunish bosqichi bo`lib, bu bosqichda individ qabul qilib

olgan axborotini o`z ongida qayta ishlaydi va uni o`zicha talqin qiladi.

Uchinchi bosqich – pozitsiyani o`zgartirish bosqichi bo`lib, bu bosqichda insonga etkazilgan

axborotlar insonga ta`sir ko`rsatib. Uning qarashlari, tuy¼ulari, pozitsiyalarini o`zgartiradi.

To`rtinchi bosqich – qabul qilingan axborotning inson ongida muhrlanishi hisoblanadi.


background image

57

Va nihoyat beshinchi bosqich – inson fe`l-atvoridagi o`zgarishlar bosqichi hisoblanib, bu

o`zgarishlarning asosini qabul qilingan axborotlari, insonning dunyoqarashi va tashqi muhit
ta`siri tashkil qiladi”.

N.A.Nosovaning ta’rificha, virtual olam vositalari – bu yangi axborot texnologiyalari,

axborot qidiruv va uzatish tizimlari, shubhasiz, yaqin kelajakda mutlaq erkinlik darajasiga
yetadi. Ushbu keng ko‘lamli axborot tuzilmalari bilan bir qatorda, unga aloqador yana bir tizim –
virtual olam taʼsiri ham yanada ortadi [2]. Virtual olam – bu insonga ko‘rish, eshitish, hidlash,
teginish va boshqa hislar orqali taqdim etilgan texnik vositalar yordamida yaratilgan dunyodir
deb ta’kidlaydi E.D.Nevesenko [3]. Virtual olamning taʼsiri o‘smirlar xulqida “simulyatsiya”
reaktsiyasi sifatida namoyon bo‘ladi, yaʼni bu o‘smirning virtual olam hodisalariga taqlid qilishi
yoki ularni o‘zlashtirish bilan yakun topadi.

Аyrim ilmiy manbalarda yozilishicha, virtual olam – bu axborot texnologiyalari orqali,

insonlarning xohishiga ko‘ra, vaqt-makon muhitini o‘zgartirish orqali shakllanadigan, yangi
sunʼiy illyuziyali olamdir. I.A.Nikolaevning yozishicha, mazkur “olam” mazmunida inson o‘z
haqiqiy dunyosiga o‘xshash yoki undan juda farq qiluvchi ko‘plab taqlid qilinadigan tajribalarni
boshdan kechirishi mumkin. Virtual olam vositalari o‘yin-kulgi (ayniqsa, video o‘yinlar), taʼlim va
o‘qitish (til o‘rganish, taʼlim olish) va biznes masalalari (masalan, virtual uchrashuvlar, yangi
loyihalar) kabilarni o‘z ichiga olgan texnologik majmualar to‘plamidir.

Jahon psixologiyasida taniqli olimlar J. Piaje va L.S. Vigotskiy asarlarida bolaning egosentrik

nutqi, ichki nutqi, maktabgacha yoshdagi bolalar nutqining rivojlanish davrlari, ularning muloqot
xulqiga xos stimullar va bunda taraqqiyotning psixologik jihatlari chuqur tahlil etilgan. Mazkur
davrda psixologiya yo’nalishi bo’yicha faoliyat ko’rsatgan ba’zi olimlar bolalar nutqini
o’rganishda tajribaviy tadqiqotlar natijasida olingan ma’lumotlardan keng foydalanganlar.
Demak, XX asrda rus tilshunoslari bolalar so’z-ijodining lingvistik jihatlariga emas, balki
psixologik xususiyatlariga jiddiy e’tibor berilgan.

Xulosa qilib aytganda, til va tafakkur munosabati fikrlash jarayoni va nutqiy jarayon.

So’zlovchi niyati va uning ifodalanishi va boshqa ko’plab muammolarni gapdan yuqori birliklarga
murojaat qilish, ularni tahlil qilish asosida yechish mumkin bo’ladi. Chunki inson alohida olingan
so’z yordamida gapirmagandek, u avvaldan o’ylangan birgina gap bilan fikrlamaydi. Odamda fikr
aytish niyati tug’ilganda uning tafakkurida yagona bir gap emas, butun boshli matn shakllanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

Балашова Л.В. Концепт детство в метофорической системе языка.М.,2004. – С.21.

2.

Арестова О.Н., Бабанин Л.Н., Войскунский А.Е. Мотивация пользователей

//Гуманитарные исследования в Интернете – под ред. А.Е.Войскунского М.: Терра-
Можайск. 2000. – С.55-76
3.

Анжелика Лучинкина.

Интернет-психология как направление психологической

науки

// Навчання і виховання обдарованої дитини: теорія та практика. — 2012. — №

8. — С. 413—420.
4.

Davis, R. A., Flett, G. L., & Besser, A.

Validation of a new scale for measuring problematic

internet use: Implications for pre-employment screening

(англ.) // CyberPsychology &

Behavior. — 2002. — No. 5. — P. 331—345.

Библиографические ссылки

Балашова Л.В. Концепт детство в метофорической системе языка.М.,2004. – С.21.

Арестова О.Н., Бабанин Л.Н., Войскунский А.Е. Мотивация пользователей //Гуманитарные исследования в Интернете – под ред. А.Е.Войскунского М.: Терра-Можайск. 2000. – С.55-76

Анжелика Лучинкина. Интернет-психология как направление психологической науки // Навчання і виховання обдарованої дитини: теорія та практика. — 2012. — № 8. — С. 413—420.

Davis, R. A., Flett, G. L., & Besser, A. Validation of a new scale for measuring problematic internet use: Implications for pre-employment screening (англ.) // CyberPsychology & Behavior. — 2002. — No. 5. — P. 331—345.