Авторы

  • Muxlisa Ergashova
    O‘zbekiston Milliy universiteti Psixologiya ( faoliyat turlari bo‘yicha) mutaxassisligi 2-bosqich magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdpp.80910

Аннотация

Bugungi kunda o‘smirlar muammosi dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.   Ushbu masalaga e’tibor qaratish zarurligni bir qancha sabablari ham mavjud. Bu sabablarning ba’zilari bilan tanishamiz:


background image

62

O‘SMIRLIK DAVRIDA YETAKCHI FAOLIYAT

Ergashova Muxlisa Azizjon Qizi

O‘zbekiston Milliy universiteti

Psixologiya ( faoliyat turlari bo‘yicha) mutaxassisligi

2-bosqich magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15282156

Bugungi kunda o‘smirlar muammosi dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Ushbu

masalaga e’tibor qaratish zarurligni bir qancha sabablari ham mavjud. Bu sabablarning ba’zilari
bilan tanishamiz:

1) fan va texnika rivojlanishi natijasida madaniyat, san’at va adabiyot, ijtimoiy-iqtisodiy

shart-sharoitlaming o‘zgarayotgani; 2) ommaviy axborot tizimining kengayishi tufayli o‘smirlar
ongliligi darajasining ko‘tarilgani; 3) o‘g‘il va qizlarning dunyo voqealaridan, tabiat va jamiyat
qonunlaridan, tarixdan yetarli darajada xabardorligi; 4) ularning jismoniy va aqliy kamoloti
jadallashgani; 5) o‘smirlar bilan ishlashda g‘oyaviy-siyosiy, vatanparvarlik va baynalmilal
tarbiyaga alohida yondashish zarurligi; 6) oshkoralik, ijtimoiy adolat, demokratiya
muammolarining ijtimoiy hayotga chuqur kirib borayotgani; 7) o‘quvchilar uchun mustaqil bilim
olish, ijodiy fikr yuritish, o‘zini o‘zi boshqarish, anglash, baholash va nazorat qilishga keng
imkoniyat yaratilgani.

Bilamizki, o‘smirlik yoshida bolalikdan kattalik holatiga ko‘chish jarayoni sodir bo‘ladi.

O‘smirda psixik jarayonlar keskin o‘zgarishi bilan aqliy faoliyatida ham buzilishlar sezilishi
mumkin. Shuning uchun shaxslararo munosabatda o‘quvchi bilan o‘qituvchilarning muloqotida,
katttalar va o‘smirlarda qat’iy o‘zgarishlar vujudga kelishi mumkin.[1].

Jumladan, o‘smirlik faoliyatida asosiy yetakchi jarayonlardan biri muloqot hisoblanadi.

Dastavval muloqot haqida qisqacha tanishib chiqishimiz lozim. Psixologiya lug‘atida muloqot
tushunchasiga ikki xil ta’rif beriladi:

1. Muloqot — hamkorlikdagi faoliyat ehtiyoji bilan taqozolangan aloqa o‘rnatish va uni

rivojlantirish jarayoni; 2. Muloqot — belgilar tizimi orqali subyektlaming o‘zaro ta’sirlashuvi.

Muloqot faqat insonlarga xos bo‘lgan jarayondir. Kishilarda faoliyat jarayonida bir-birlari

bilan muloqotda bo‘lish ehtiyoji tug‘iladi. O‘zaro muloqot esa, tabiiyki, kishilik jamiyati vujudga
kelishining eng asosiy unsuri hisoblanadi. Muloqot — odamlar o‘rtasida birgalikdagi faoliyat
ehtiyojlaridan kelib chiqadigan bog‘lanishlar rivojlanishining ko‘p qirrali jarayonidir. Muloqot
(munosabat) birgalikda faoliyat ko‘rsatuvchilar o‘rtasida axborot ayirboshlashni o‘z ichiga oladi.
Bunda munosabatning kommunikativ (o‘zaro aloqaga doir) jihati hisobga olinadi.

Har bir kishining o‘z ‘‘meni‘‘ atrofdagilar bilan bo‘ladigan muloqot jarayonida shakllanadi.

Shaxsning hayot yo‘llari avval oilada, bog‘cha, maktab, institut, ishxona, keksalar orasida, ya’ni
guruh va jamoalarda rivojlanadi. Muloqotga bo‘lgan ehtiyojimiz qondirilmasa, ongimiz ham
rivojlanmaydi. Kimlar bilandir bo‘lgan muloqotdan qoniqish hosil qilamiz, ayrim hollarda esa
qoniqmaslikni his qilamiz.[2].

Darhaqiqat, bu jarayon ya‘ni ehtiyoj o‘smirlik davrida ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Ushbu davrda ular yetakchi faoliyati muloqot hisoblanadi. Asosan bo‘sh vaqtlarida do‘stlari va
tanishlari bilan ko‘proq vaqt o‘tkazish va birga bo‘lish istagi kuchli bo‘ladi.

Muloqotda o‘smirlar ijtimoiy xulq-atvor, axloq me’yorlarini o‘zlashtiradilar, tenglik va bir-

biriga hurmat munosabatlarini o‘rnatadilar. Bu yoshda ikkita munosabatlar tizimi shakllanadi:
biri kattalar bilan, ikkinchisi tengdoshlari bilan. Kattalar bilan munosabatlar teng emas.


background image

63

Tengdoshlar bilan munosabatlar teng huquqli sheriklar sifatida quriladi va tenglik normalari bilan
tartibga solinadi. O‘smir tengdoshlari bilan ko‘proq vaqt o‘tkazishni boshlaydi, chunki bu muloqot
unga ko‘proq foyda keltiradi, uning haqiqiy ehtiyojlari va qiziqishlari qondiriladi. O‘smirlar
barqarorroq bo‘lgan guruhlarga birlashadilar, bu guruhlarda ma’lum qoidalar qo‘llaniladi. Bunday
guruhlardagi o‘smirlar qiziqish va muammolarning o‘xshashligi, ularni gapirish va muhokama
qilish va tushunish imkoniyati bilan o‘ziga jalb qiladi. O‘smirlikning ikkinchi yarmida tengdoshlar
bilan muloqot mustaqil faoliyatga aylanadi. O‘smir uyda o‘tirmaydi, u o‘rtoqlariga qo‘shilishga
intiladi, u jamoaviy hayot kechirishni xohlaydi. Tengdoshlar bilan munosabatlarda yuzaga
keladigan muammolar juda og‘ir boshdan kechiriladi. Tengdoshlarning e‘tiborini jalb qilish uchun
o‘smir har qanday uzoqqa borishi mumkin, hatto ijtimoiy me’yorlarni buzishi yoki kattalar bilan
ochiq ziddiyatga olib kelishi mumkin. O‘smir tengdoshlari guruhidagi bunday xatti-harakatlar
nafaqat mamnuniyat bilan qabul qilinadi, balki rad etiladi. Bunday fazilatlarni namoyon etgan
o‘smirni boykot qilish, kompaniyaga kirishni rad etish yoki har qanday biznesda birgalikda
qatnashish mumkin. O‘smirlar guruhida albatta paydo bo‘ladi yetakchi va yetakchilik
munosabatlari o‘rnatiladi. O‘smirlar rahbarning e’tiborini jalb qilishga harakat qilishadi va u bilan
do‘stlikni qadrlashadi. O‘smir, shuningdek, u yetakchi bo‘lishi yoki teng huquqli sherik bo‘lishi
mumkin bo‘lgan do‘stlarga qiziqadi. Muhim omil do‘stona yaqinlashuv manfaatlar va ishlarning
o‘xshashligidir.

O‘smirlik davrining oxiriga kelib, yaqin do‘stga bo‘lgan ehtiyoj juda katta. unga boladek emas,

balki kattalardek munosabatda bo‘lishini xohlaydi.O‘z-o‘zini anglashni rivojlantirish, shaxsiyat
idealini shakllantirish shaxsning shaxsiy xususiyatlarini tushunishga qaratilgan. Bu o‘smirning
kamchiliklariga alohida, tanqidiy munosabati bilan belgilanadi[3].

Bundan tashqari o‘smirlik davrida kattalardan masofa saqlash va begonalashish ro‘y beradi.

Haqiqatan ham o‘zini kattalarga qarshi qo‘yish, mustaqil subyekt sifatida o‘zinikini, o‘z fikrini
ajratish yaqqol namoyon boladi. O‘smirning kattalarga munosabati murakkabdir. O‘smir bir
tomondan kattalar bilan huquqlardan teng ekanligini prinsipial jihatdan talab qiladi, ikkinchi
tomondan kattalarning yordamiga, qo‘llab-quvvatlashiga, himoyasiga, bahosiga ehtiyoj sezadi.
Kattalar o‘smir uchun muhim, o‘smirda ham kattalarga nisbatan empatiya kuchli, lekin amalda
nazoratning bolalarcha saqlanib qolganligiga, haddan tashqari g‘amxo‘rlik qilishlariga qarshi
chiqadi.

Ota-onalar bilan o‘zaro munosabatlardagi muammolar, o‘qituvchilar bilan nizolashishlar —

o‘smirlik davri uchun odatiy hol bo‘lsa-da, bunday holatlarning namoyon bolish tezligi
kattalarning unga bolgan munosabatiga, oilaviy tarbiya uslubiga, o‘smir xulq-atvoriga nisbatan
hurmat bilan munosabatda bo‘lish ko‘nikmasiga bogliq. O‘smir va kattalar orasida qulay
munosabatlarni o‘rnatishning zaruriy sharti kattalarning tashabbusi bilan ular hayotida
umumiylikni yaratish, hamkorlik sohalarini kengaytirish, mazmunli aloqalarni amalga oshirish,
o‘zaro yordam va ishonch muhitini yaratishdan iborat.[4].

Xulosa qilib aytganda, o‘smir o‘zini tan oldirishni xohlaydi. Maktabda, ko‘chada do‘stlari

undan faxlanishini va o‘zini qanday kuchga ekanligini ko‘rsatishga harakat qiladi. Ko‘proq vaqtini
oilada emas, do‘stlar orasida sarflaydi. Turli muammoli vaziyatlar yuzaga kelganda qo‘lidan
kelguncha o‘zini xavfga qo‘yib bo‘lsa ham yordam beradi. Kattalar bilan muloqot jarayonida ham
o‘smirlarning fikrini eshitish, hurmat qilish ham ularda o ‘ziga nisbatan ishonchni oshiradi.
Bundan tashqari o‘z- o‘zini anglash ham shu vaqtda namoyon bo‘la boshlaydi. Shaxs sifatida


background image

64

shakllanib, jamiyatda , ya’ni kichik jamiyatida, maktabda o‘z o‘rnini izlay boshlaydi.Bu muloqot
faoliyati natijasida unda namoyon bo‘lgan ijobiy tomonlardan biri desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

E G‘oziyev.Ontogenez psixologiyasi/darslik /.Toshkent: ‘‘NIF MSH”, 2020, 149 bet.

2.

Muloqot psixologiyasi. O‘quv qo'llanma. — Т.: ‘‘Turon-Iqbol’’ nashriyoti, 2006.— 5 bet.

3.

Z.Hakimova., O ‘smirlarda yetakchi faoliyat maqola.

4.

Rivojlanish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya [Matn]; darslik / Z.T. Nishanova va boshq.

— Toshkent: « O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati» nashriyoti, 2018. — 343-344 bet.

Библиографические ссылки

E G‘oziyev.Ontogenez psixologiyasi/darslik /.Toshkent: ‘‘NIF MSH”, 2020, 149 bet.

Muloqot psixologiyasi. O‘quv qo'llanma. — Т.: ‘‘Turon-Iqbol’’ nashriyoti, 2006.— 5 bet.

Z.Hakimova., O ‘smirlarda yetakchi faoliyat maqola.

Rivojlanish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya [Matn]; darslik / Z.T. Nishanova va boshq. — Toshkent: « O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati» nashriyoti, 2018. — 343-344 bet.