97
SHAXS IJTIMOIYLASHUVIDA OILANING OʻRNI VA AHAMIYATI
Boboraximova Shaxnoza Rustamjonovna
University of Business and Science nodavlat oliy ta’lim muassasasi Ijtimoiy Gumanitar
fanlar fakulteti Pedagogika va psixologiya yo‘nalishi 22-20 guruh talabasi
Farg’ona viloyati Buvayda tumani Uzumzor mahallasida kompleks xizmat ko’rsatuvchi
xodim
https://doi.org/10.5281/zenodo.15304612
Annotatsiya:
bugungi kunda oila jamiyat bag’rida tashkil topib, taraqqiy etib borar ekan,
o’zi ana shu jamiyatning kichik bir bo’lagi sifatida namoyon bo’ladi. Jamiyatdagi ijtimoiy iqtisodiy
munosabatlar, oila taraqqiyotiga ta’sir etadi. Oilada ta’lim-tarbiya xususiyatlari esa jamiyatda o’z
aksini topadi. Ushbu maqolada shaxs ijtimoiylashuvida oilaning o‘rni va ahamiyati, bola
tarbiyasidagi ta’siri, va bu jarayonda mahallaning roli xaqida ma’lumotlar keltirilgan.
Kalit so‘zlar:
oila, mahalla, tashxis, ijtimoiylashuv, ijtimoiy pedagogik tashxis, mikromuhit,
psixologik tavsif, oila tarbiyasi, pedagogik jarayonlar, shaxsning individual psixologik tavsifi,
ijtimoiy pedagogik tekshiruv, oila tashxisi, oila tarbiyasi.
Аннотация:
Сегодня, по мере того как семья организуется и развивается в обществе,
она представляется небольшой частью этого общества. Социально-экономические
отношения в обществе влияют на развитие семьи. Особенности образования и воспитания
в семье отражаются в обществе. В статье представлена информация о роли и значении
семьи в социализации личности, ее влиянии на воспитание ребенка, а также роли
соседства в этом процессе.
Ключевые слова:
семья, соседство, диагностика, социализация, социально-
педагогическая диагностика, микросреда, психологическая характеристика, семейное
воспитание, педагогические процессы, индивидуально-психологическая характеристика
личности, социально-педагогическое обследование, семейная диагностика, семейное
воспитание.
Abstract:
Today, the family, as it is formed and develops within society, manifests itself as a
small part of this society. Socio-economic relations in society affect the development of the family.
The educational and upbringing characteristics of the family are reflected in society. This article
provides information on the role and importance of the family in the socialization of the individual,
its influence on child upbringing, and the role of the neighborhood in this process.
Keywords:
family, neighborhood, diagnosis, socialization, social pedagogical diagnosis,
microenvironment, psychological description, family upbringing, pedagogical processes,
individual psychological description of the individual, social pedagogical examination, family
diagnosis, family upbringing.
Bizning mamlakatimizda oilaga qaratilgan e’tibor tobora kuchayib, davlat siyosati darajasiga
xam chiqib ulgurdi. Bunga sabab, oila jamiyatning bir boʻgʻini boʻlib, unda oʻsib kelayotgan yosh
avlod tarbiyalanadi, shaxs sifatida tarkib topadi. Oila xaqida tasavvur va tushunchalar turli
davrlarda turlicha boʻlgan. Bola tarbiyasiga ham oʻzgacha yondashuv va e’tibor talab etilgan.
Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto»da: «O’g’il bolalarga nisbatan qiz bolalar
ilmu donish o’rganishga kirishsinlar. Zeroki, ular ota-ona manzilida bo’lgan vaqtlarida ota
xonadonini tartibga solib, ziynat berib yursalar, jufti xaloli manziliga borgach, bola tarbiyasi,
kelajak nasli ta’limi bilan mashxur bo’lmoqlari lozim bo’ladi». Avestoda oila butunligini saqlash
98
nikoh tartiblari, er-xotinning majburiyati, nikohni bekor qilinishi sababi va shartlari batafsil bayon
etilgan. Uylantirmoqchi, oila qurmoqchi bo’lgan har bir kishiga yo’l ko’rsatmoq va moddiy yordam
ham mazxablarning vazifasidir.
Zardusht deydi: «Ey oila qurayotganlar, ya’ni yigit, qizlar, Sizlarni ogohlantirib shuni
aytmoqchimanki, har biringiz pokiza hayot yo’lida g’ayrat qilingiz». Avestoda oila qurish jufti-xalol
tanlashda shoshma-shosharlikka yo’l qo’ymaslik, ota-ona, keksalar maslaxatiga quloq tutish
xususida ham diqqatga molik mulohazalar mavjud. Xullas, zardushtiylik dinning muqaddas kitobi
«Avesto»da ajdodlarimizning oila va xotin-qizlarni mukarram tutish haqida peshqadam fikrlarni
o’z ifodasini topgan. Eng muhim zardushtiylik e’tiqodidagi bobolarimiz oilani jamiyatning
muqaddas bo’lgan bo’lagi deb bilib, uning rivoji, ravnaqi, mustahkamligi uchun tizimlarning
o’rganish sotsiologiyani maxsus yo’nalishlari hisoblanadi.
Oila-ijtimoiy institut sifatida bir qator bosqichlardan o’tadi. Bu bosqichlarning ketma-ketligi
oilaviy jarayon yoki oilaning hayot tarzini tashkil qiladi.
Oila sotsiologiyasi oila tashkilotining quyidagi umumiy ajratish aqidalari mavjud: nikoh
shakliga qarab oila manogom va poligam oilaga bo’linadi. Oilaning birinchi vazifasi
A.G.Xarchyovning fikricha axolini tabiiy to’ldirish bolaga bo’lgan talabni qoniqtirish, bu shaxsiy
reja shu bilan bir qatorda oila bir qator quyidagi vazifalarni bajaradi:
tarbiyaviy vazifa-yosh avlodni ijtimoiylashtirish, jamiyatning madaniyatini rivojlantirish;
ho’jalik maishiy vazifa-jamiyat a’zolarining jismoniy sog’ligini saqlash, bolalar va
qariyalarga mehribonlik;
iqtisodiy vazifa-bir oila a’zolariga ikkinchi oila a’zolari uchun moddiy mablag’ olish, voyaga
yetmagan va mehnatga layoqatsiz oila a’zolarini iqtisodiy qo’llash;
birlamchi ijtimoiy nazorat muhiti-hayot faoliyatini turli muhitda oila a’zolarining xulq-
atvorini axloqiy tartibga solish, shuningdek, er-xotin, ota ona va bola, o’rta va katta avlod o’rtasida
mas’uliyat va majburiyatlarning tartibga solish;
ma’naviy muloqot-oila a’zolari shaxsiyatlarining rivojlanishi, o’zaro ma’naviy kamol
topishi;
ijtimoiy mavqe-oila a’zolarini ma’lum bir ijtimoiy mavqeni taqdim qilish, ijtimoiy tarkibni
qayta ishlash;
hordiq chiqarish-samarali dam olishni tashkillash, dunyoqarashlar, ehtiyojlarni o’zaro
rivojlanishi;
hissiyot-ruhiy himoya, his-tuyg’uni qo’llab-quvvatlash, shaxslarni emotsional barqarorligi
va ruhiy terapiya.
Oila va oilaviy munosabatlar bolaning ijtimoiylashuvida alohida vazifalarni amalga oshiradi.
A.Q.Minavarovning fikricha oilaning tarbiyaviy funktsiyasining darajasi uch yoʻnalishda boʻlishi
uning tuzilmasiga bog’liq. Bu yo’nalishlar demografik-ko‘p bolalik, kambolalik, ikki yoki uch
avlodning birgalikda yashashi, ota-onalarning ikkalasini ham bo‘lishi, oila a’zolarining ta’lim
olganliklari darajasi, bolalarni tarbiyalashda vazifalarni taqsimlash, oila tarbiyasining oʻziga
xosligi, shuningdek oilaning milliy xususiyatlari ham inobatga olinadi.
Oila tipologiyasi ijtimoiy moslashuv darajasi bo’yicha farq qiluvchi qiyidagi to’rtta asosiy
kategoriya bo`yicha farqlanadi:
Yaxshi oilalar - o’z vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishadi, o’z bolasi ehtiyojlariga tez
ko’nikishadi. Muammo paydo bo’lsa, tezlikda bartaraf etiladi.
99
Tavakkalchi oilalarda - adaptativ qobiliyatlar pastroq bo’lib, ular bola tarbiyasini qiyinchilik
bilan amalga oshiradilar hamda ijtimoiy pedagog yordami va nazoratiga ehtiyoj sezadilar.
Muvaffaqiyatsiz oilalar - hayotiy faoliyatning biror-bir sohasida past ijtimoiy maqomga ega
bo’lib, o’zlariga yuklatilgan vazifalarni bajara olmaydilar, ularning adaptativ imkoniyatlari past,
bola tarbiyasi jarayoni katta qiyinchiliklar bilan kechadi. Bu oila turi uchun ijtimoiy pedagogning
faol yordami zarur. Muammolari xarakteridan kelib chiqib pedagog ularga ta’limiy, psixologikiy
yordamlar ko’rsatadi.
G’ayri ijtimoiy oilalar - bu oilalarni tubdan isloh qilinishi lozim. Bu oilalarda ota onalar
g’ayriaxloqiy va g’ayrihuquqiy hayot tarzini olib borishadi, yashash sharoitlari oddiy tozalik-
gigienik talablarga javob bermaydi. Bolalar tarbiyasi bilan shug’ullanmaydilar, bolalar nazoratsiz
qolib, rivojlanishda ortda qolishadi. Ijtimoiy pedagog bu toifadagi oilalar bilan ishlaganda huquqni
muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda faoliyat yuritishi zarur. Oila muhitining o’zi ham
ayrim holatlarda salbiy ma’nodagi ijtimoiylashuvga aloqador bo’lib qolishi mumkin. Olimlar
o’tkazilgan qator tadqiqotlar asosida ana shunday omillarning to’rt guruhini ajratganlar:
ota-onalar o’rtasida murosaning yo’qligi, oilaviy o’zaro munosabatlarni mustahkamlash
borasida aniq belgilangan ahloqiy tamoyillarning mavjud emasligi;
ota-onalarning ruhiy nosog’lomligi va qonunbuzarligi;
yashash sharoitlarining yaxshi emasligi, bolaning to’laqonli o’sishi, dars tayyorlashi,
jismonan chiniqishi uchun sharoitlarning etarli emasligi;
maktab sharoitining talab darajasida emasligi;
mahalla xududida oila obro’sining yaxshi emasligi, notinch, noqobil oila maqomiga egalik;
global axboratlashuv sharoitida turli axborot manbalari, jumladan, Internet tarmog’i orqali
bola ongiga etib kelayotgan turli ma’lumot, ig’vo, uydirma, mish-mish, oila qadriyatlariga zid axloq
namunalari va boshqalar oxirgi yillarda bola ijtimoiylashuviga salbiy ta’sir ko’rsatayotgan ijtimoiy
omillar jumlasidandir.
Yuqoridagi holatlar ayniqsa, globallashuv davrida oila institutining bola ijtimoiylashuvida va
ijtimoiy tarbiyasidagi o’rni nechog’li sezilarli ekanligini isbotlamoqda.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentyabrdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni
2.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 fevral 25-sonli “Pedagog
kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish
to‘g‘risida”gi Qarori
3.
Egamberdieva N.M. Ijtimoiy pedagogika. Darslik.T.2009
4.
Pedagogik atamalar lug‘ati.. – Т.: “Fan”, 2008. – B. 47.
5.
Азизходжаева Н.Н. Педагогик технология ва педагогик маҳорат. Ўқув қўлл. -Т.:
Ўзбекистон ёзувчилар уюшмаси, 2006.
6.
Toxirovna, K. F. (2024). O ‘Qituvchilik Faoliyatida Deontologik Tayyorgarlikni
Oshirish.
Miasto Przyszłości
,
51
, 146-148.
7.
Kalandarova
F.T.
KOMPETENTSIYAGА
АSOSLАNGАN
YONDАSHUV
BOʼLАJАK
BOSHLАNGʼICH SINF OʼQITUVCHILАRINING DEONTOLOGIK KOMPETENTSIYALАRINI
100
SHАKLLАNTIRISHNING NАZАRIY АSOSI SIFАTIDА.
https://www.iupr.ru/5-120-2024
8.
Kalandarova, F. (2024). O‘QITUVCHILARNING KASBIY KOMMUNIKATIV QOBILYATLARINI
RIVOJLANTIRISHGA DEONTALOGIK YONDASHUV. Namangan Davlat Universiteti.
9.
Toxirovna, K. F. BO ‘AJAK BOSHLANG ‘ICH TA’LIM O ‘QITUVCHILARINING DEONTOLOGIK
KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR Abdullayeva Nasibaxon
Jo‘rayevna pfd, professor.
O ‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR
VAZIRLIGI ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI UMUMIY PEDAGOGIKA KAFEDRASI
, 120.