107
MAKTABGACHA YOSH DAVRIDA PSIXOFIZIOLOGIK TARAQQIYOTNING
UMUMIY TAVSIFI. 7 YOSH INQIROZI, UNING SABABLARI VA ALOMATLARI
Latipova M.
Ovlakulova M.
Ismoilova K.
Shahrisabz davlat pedagogika instituti
Filologiya fakulteti 3-bosqich talabalari
https://doi.org/10.5281/zenodo.15528006
Annotatsiya:
Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning psixofiziologik rivojlanishi va 7
yosh inqirozining sabablari, belgilari hamda bu davrdagi tarbiya jarayonining ahamiyati haqida
so‘z boradi. Bolaning mustaqillikka intilishi, o‘z-o‘zini anglay boshlashi va emotsional o‘zgarishlar
asosiy e’tiborga olingan.
Kalit soʻzlar:
maktabgacha yosh, psixofiziologik rivojlanish, 7 yosh inqirozi, mustaqillik,
emotsional o‘zgarish, tarbiya, o‘zini anglash.
Abstract:
The article discusses the psychophysiological development of preschool children
and the causes and symptoms of the 7-year-old crisis, as well as the importance of the upbringing
process during this period. The child's desire for independence, the beginning of self-awareness,
and emotional changes are the main focus.
Keywords:
preschool age, psychophysiological development, 7-year-old crisis,
independence, emotional change, upbringing, self-awareness.
Maktabgacha yoshdagi bolalar o’sishining umumiy shart-sharoitlari uch yoshli bolalarga
to’g’ri tarbiya berish, ta’sir o’tkazish, ularning harakatlarini maqsadga muvofiq yo’naltirish orqali
ularda mustaqil holda ovqatlanish, kiyinish, yuvinish, o’z o’rnini yig’ishtirishga oʻrgatish , ayrim
topshiriq va vazifalarni puxta bajarish malakasini shakllantirishga erishish mumkin. Mazkur yosh
xususiyatlarini tadqiq qilgan N.M.Shchelovanov, D.B.Elkonin va boshqalarning fikricha, bolaning
uch yoshgacha o’sishida erishgan yutuqlari uning xulq-atvorini, bilish jarayonlarini sifat jihatdan
ancha o’zgartirib yuboradi. Shunga qaramay, bolaning o’sishiga kattalarning ta’siri, roli
yetakchiligicha qolaveradi, lekin asta-sekin o’sib borishi mustaqilroq bo’lishini ta’minlaydi. Ammo
maktabgacha yoshdagi mustaqillik ko’pincha bolaning amaliy faoliyatda uncha kuchli bo’lmagan
shaxsiy imkoniyati doirasida kattalar yordamisiz harakat qilishida, nisbatan oz boʻlsa-da,
tobelikdan qutulish tuyg’usida ro’yobga chiqadi. Maktabgacha yoshga qadar bolalarning
psixologik xususiyatlari yuzasidan mulohaza yuritishda kimning ilmiy tadqiqoti va asari
bo’lishidan qat’i nazar, unda vujudga keladigan xohish, istak hamda niyatning qondirilishi
individni kamol toptirishga, shakllantirishga qaror qilgan kattalar tomonidan amalga oshiriladi va
boshqariladi. Mana shu yosh davrida namoyon bo’ladigan tarbiya jarayonidagi ayrim
qiyinchiliklarning tashqi va ichki alomatlari (belgilari) ham psixologik tadqiqotlarda va ilmiy-
psixologik adabiyotdarda ko’p marta ta’kidlangan bo’lib, birinchi navbatda o’jarlik, negativizm,
qaysarlik, injiqlik kattalarning bolalar nazarida obro’sizlanishi va qadrsizlanishi kabi holatlar
bilan bog’liqdir.
1
Qator ilmiy- psixologik manbalarda aytilishicha, shu yoshdagi bolalarning his-
tuyg’ulari va irodasida muhim o’zgarishlar sodir bo’ladi va bularning hammasi boladagi xudbinlik,
o’ziga bino qo’yish, aksil ijtimoiy mayl, urinish, qaysarlik, rashk kabi odatlarda yaqqol seziladi.
1
Yetti yosh inqirozi va uning sabablari. DTPI Maktabgacha ta’lim yo’nalishi 1- bosqich talabasi Abduraimova Mohichehra
Jo’ra qizi , Akmalova Laylo Turopovna , Toshmamatova Xonzoda Muzaffar qizi
108
N.A.Menchinskaya, V.S.Muxinalarning oqilona mulohazalariga qaraganda, bolalardagi
injiqliklarning bosh omili atrofdagi odamlarning ular shaxsiga adolatsiz, noto’g’ri, mensimay
munosabatda bo’lishidan iboratdir, bizningcha, o’zini tan oldirishga intilish ham bunga sababdir.
2
Kichik maktabgacha yoshdagi bolalarning psixologik xususiyatlarini o’rgangan A.N.Golubevaning
fikricha, noqulay sharoitda bolaga tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish unda o’jarlikning paydo boʻlishiga
sabab boʻladi. Shuningdek, bu yoshdagi bolalarning o’jarligi doimiy bo’lmay, o’z tengdoshlariga
nisbatan o’jarlik qilish ahyon-ahyondagina ro’y beradi, ular asosan katta yoshdagi odamlarga,
shunda ham muayyan tarbiyachiga yoki oila a’zolarining birortasiga o’jarlik qiladilar. O’jarlik,
qaysarlik, kattalarga itoatsizlikning vujudga kelishi − bolaning kattalarga qaramlikdan qutulishga
urinish va kichik maktabgacha yosh davridan maktabgacha davrga o’tishning tashqi ifodasi
hisoblanadi. Mustaqillikka intilish ushbu yosh davridagi o’zgarishlar, yangilanishlar, ya’ni shaxsiy
xatti-harakatni va “men o’zim”ni anglashning mahsuli tariqasida ro’yobga chiqish kutiladi.
Bolaning yetti yoshga to‘lishi bilan shu davrdan boshlab bolalarda o‘z-o‘zini anglash tarkib
topa boshlaydi. Shuning uchun bolalarning yetti yoshga to‘lgan davridan boshlab sistemali
suratda o‘qitishga o‘tish maqsadga muvofiqdir. K.D.Ushinskiyning fikricha, bola maktabga
oʻqish faoliyati uchun chiqmaydi , aksincha , biror maqsad faoliyat davomida paydo boʻladi va bu
maqsadlar ham tez tez oʻzgarib turadi. Bu yoshdagi bolalar boshlagan ishlarini nihoyasiga
yetkazmay, bir ishdan ikkinchi ishga oʻtib ketadilar.
3
Buning asosiy sababi shundaki, kichik
yoshdagi bog‘cha bolalarining ixtiyorsiz harakatlarida hissiyot juda katta o‘rin egallaydi. Bu
yoshdagi bolalar o‘zlarida tug‘ilgan bir talay hissiyotlar ta’siri bilan bir maqsadni belgilaydilar.
Yetti yoshga to‘lib, maktabga chikqan bolalarning psixik jihatdan bundan keyingi o‘sishi
maktabda hamda oilada olib boriladigan ta’lim tarbiyajarayonida amalga oshiriladi.
Ko‘pchilikningnazarida o‘tish davri inson hayotining faqatgina o‘smirlik qismida sodir bo‘ladi.
Ammo unday emas. Balki biz umrimiz davomida 7-8, ba’zan 10 marotabagacha o‘tish bosqichlarini
boshdan kechiramiz. Qaysi davr bo‘lmasin, ularning har birida murakkab emotsional holat
yuzaga kelishi mumkin. Bunda inson bolasining o‘zi va atrofidagilar bilan munosabati o‘zgaradi.
6-7 yoshga kelib bolada tishlarning almashishi, yuz qiyofasining o‘zgarishi, bola tanasining
tez o‘sishi, organizmi chidamliligining ortishi, mushaklarning quvvatga to‘lishi, harakatlar
muvozanatining takomillashuvi kuzatiladi. 3 yoshlilar inqirozi paytida bola o‘zining mavjudligini,
menini anglab yetgan bo‘lsa, bu yoshga kelib ijtimoiy munosabatlardagi o‘z o‘rnini topishga
harakat qila boshlaydi. Ya’ni, mavjudlikdagi “men”dan ijtimoiy “men” sari qadam tashlanadi.
Maktabgacha yoshdagi bola o‘z-o‘ziga “men mehribonman”, “men qiynalayapman”, “men yomon
ish qilayapman” degan so‘zlarni ayta oladi. O‘z harakatlariga nisbatan ongli yondashib, eski
qiziqishlar o‘rniga yangilari bilan shug‘ullana boshlaydi. Mazkur davrda bola uchun eng zarur
bo‘lgan narsa — hurmat. Agarda mazkur ehtiyoj qondirilmasa, u bilan o‘zaro tushunishga
asoslangan munosabatlarni o‘rnatish qiyinlashadi. Shu bilan birga, ota-onasining odatiy buyruq
va talablari bilan hisoblashib, muhokama qila boshlaydi, ayyorlik, o‘jarlikka moyil bo‘ladi. Tez-tez
“nima uchun?”, “qanday?”, “nega?” degan savollarni bera boshlaydi.
4
2
Oefen uz . Maktabgacha yosh davrida psixik rivojlanish xususiyatlari.
3
SH.A.DO‘STMUHAMEDOVA, X.A.TILLASHAYXOVA, G.BAYKUNUSOVA, G. ZIYAVITDINOVA . UMUMIY
PSIXOLOGIYА ( 2- KITOB) . T.: 2020
4
Yetti yosh inqirozi va uning sabablari. DTPI Maktabgacha ta’lim yo’nalishi 1- bosqich talabasi Abduraimova Mohichehra
Jo’ra qizi , Akmalova Laylo Turopovna , Toshmamatova Xonzoda Muzaffar qizi.
109
Maktabgacha yosh davri bolaning psixik va jismoniy rivojida muhim bosqich bo‘lib, ayniqsa
7 yosh inqirozi bolaning mustaqillikka intilishi va ijtimoiy muhitga moslashuvi bilan
xarakterlanadi. Bu davrda bola shaxsining shakllanishi kuchayadi. Mazkur yosh samimiylikning
yo‘qolishi bilan ham xarakterli bo‘lib, bu bolaning har bir xatti-harakatiga ehtiyotkorlik va
bosiqlik, sabr-toqat bilan javob berish lozimligini anglatadi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Sh. A. Doʻstmuhamedova, X. A. Tillashayxova, G. Baykunusova, G. Ziyavitdinova. Umumiy
psixologiya (2-kitob ) . T.: 2020
2.
Yetti yosh inqirozi va uning sabablari. DTPI Maktabgacha ta’lim yo’nalishi 1- bosqich talabasi
Abduraimova Mohichehra Jo’ra qizi , Akmalova Laylo Turopovna , Toshmamatova Xonzoda
Muzaffar qizi.
3.
Oefen uz . Maktabgacha yosh davrida psixik rivojlanish xususiyatlari