Авторы

  • Go‘zal Yunusova
    Farg‘ona davlat universiteti. Psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdtf.45300

Ключевые слова:

maktabgacha yosh oila psixik jarayonlar psixologlar bolalar rivojlanish omillar tasavvur o’yinlar.

Аннотация

Mazkur maqolada Maktabgacha ta’lim tahskilotlari tarbiyachilarining oila bilan   hamkorligi haqida yozilgan bo’lib, unda bolalar bog‘chasi xodimlarini oila bilan hamkorlikdagi ishlaridan eng keng tarqalgan shakl va usullari to’g’risidagi psixolog olimlar tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlari hamda ilmiy qarashlari taxlil qilingan.


background image

4

MAKTABGACHA TA’LIM TAHSKILOTLARI TARBIYACHILARINING OILA

BILAN HAMKORLIGI

Yunusova Go‘zal Sultonovna

Farg‘ona davlat universiteti. Psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent

https://doi.org/10.5281/zenodo.12166290

Annotatsiya

Mazkur maqolada Maktabgacha ta’lim tahskilotlari tarbiyachilarining oila bilan hamkorligi
haqida yozilgan bo’lib, unda bolalar bog‘chasi xodimlarini oila bilan hamkorlikdagi ishlaridan
eng keng tarqalgan shakl va usullari to’g’risidagi psixolog olimlar tomonidan olib borilgan ilmiy
tadqiqotlari hamda ilmiy qarashlari taxlil qilingan.

Kalit so’zlar:

maktabgacha yosh, oila, psixik jarayonlar, psixologlar, bolalar, rivojlanish,omillar,

tasavvur,o’yinlar.

Maktabgacha ta’limni uzluksiz ta’lim tizimining boshlang’ich turi hisoblanib, maktabgacha
yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo’yiladigan davlat talablari asosida ishlab chiqilgan
tayanch dasdturda ham ko’rsatib o’tilgan maktabgacha ta’limining vazifalaridan biri
“maktabgacha yoshdagi bolalar bilim olish ehtiyojlarini o’qishga intilish, mayllarini
shakllantirib, ularni muntazam ravishdagi ta’lim jarayoniga tayyorlash, hamda bolalarning
tafakkurini rivojlantirish, o’zini fikrini mustaqil va erkin ifodalash malakalarini
shakllantirish”dan iborat.
Ota-onalar bilan ishlash bo‘yicha juda ko‘p ishlarni tarbiyachi – pedagog amalga oshiradi,
chunki u bola tarbiyasida yuz berayotgan o‘zgarishlarni hammadan ko‘proq ko‘radi va bolalar
hayoti bilan yaqindan tanish bo‘ladi. U ota-onalarga bolalar tarbiyasida nimalarga ko‘proq
e’tibor berish kerakligi, ularni maktab ta’limiga tayyorlash, sog‘lig‘ini saqlash, ovqati va kun
tartibini to‘g‘ri tashkil etish va boshqalar sohasida tavsiyalar berib boradi. Bolalar bog‘chasi va
oila o‘rtasida hamkorlik o‘rnatishda tarbiyachi pedagoglar jamoasi va ota-onalar birgalikda faol
ishtirok etishlari lozim. Shundagina bola tarbiyasida kutilgan natijalarga erishish mumkin.
Bolalar bog‘chasi xodimlaridan oila bilan hamkorlikdagi ishlaridan eng keng tarqalgan shakl va
usullarini keltiramiz.

ota-ona va oila bilan yakkama-yakka ishlash. Bunda oilaga tarbiyachining borishi, ota-

onalar uchun suhbat o‘tkazish, ularga maslahat berish, ota-onalarni bolaning maktabgacha
ta’lim muassasadagi hayoti bilan tanishtirish kabilar kiradi.

ota-onalar bilan jamoa tarzida tashkil qilinadigan ishlar. Bular ota-onalarning guruhiy va

umumiy majlislari, ota-onalar maktabi, anjumanlar, shanbaliklar, savol javob kechalari.

ko‘rsatmali ishlar–ishning bu turlari, ko‘rgazmalar uyushtirish, bolalarning ishlarini

namoyish qilish, ochiq eshiklar kuni, ota-onalar burchagi, ota-onalar uchun kutubxonalar
tashkil qilish.

bolaning oilasini borib ko‘rish va oila a’zolari bilan tanishish.

Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachilarining oila bilan olib boradigan ish mazmuniga
quyidagilar kiradi:

bola tarbiyasi, oilani mustahkamlash, onalik va bolalikni himoya qilish bo‘yicha

maktabgacha ta’lim muassasasida amalga oshirilayotgan ishlarning mazmuni bilan tanishtirib
borish;


background image

5

ota-onalarga o‘z farzandlarining tarbiyasi uchun davlat va jamiyat oldida javobgar

ekanliklarini tushuntirib borish;

ota-onalarni bola tarbiyasi uchun zarur bo‘lgan bilim, malakalardan habardor qilish

(bolalarning yosh, anatomik-fiziologik va ruxiy xususiyatlari, ularni oilada tarbiyalashning
mazmuni, metodi, shart-sharoitlari bilan tanishtirish);

bola tarbiyasida oila bilan hamjixatlik, bolani to‘g‘ri tarbiyalashni nazorat qilib borish, oila

tarbiyasining eng yaxshi na’munalarini o‘rganish va ommalashtirish.
Bola maktabgacha ta’lim muassasasida egallagan eng yaxshi fazilatlarni oila sharoitida davom
ettirib, oilada egallagan eng yaxshi fazilatlarni esa maktabgacha ta’lim muassasasida qo‘llasa
istalgan ijobiy natijalarga erishish mumkin.
Tarbiyachilar oila tarbiyasiga doir tajribalaridagi ijobiy ishlarni ko‘ribgina qolmay, balki uni
qo‘llab-quvvatlash va shu asosida ota-onalar e’tiborini bola tarbiyasida xali hal etilmagan
vazifalarga qaratishlari lozim. Yuqoridagi ishlarni rejalashtirish, tashkil etish va ularga
rahbarlik qilishda tarbiyachi javobgar shaxs hisoblanadi.
Ota-onalar bilan ishlash bo‘yicha yillik reja tuziladi. Bu reja pedagogik kengashda muhokama
qilinadi. Rejada umumiy va guruhiy majlislar, ota-onalar uchun ochiq eshik kunlari, suhbat va
maslahatlar, otaliq tashkilotlarida ko‘rgazmalar tashkil etish va konsertlar qo‘yib berish,
shuningdek bu tadbirlarni o‘tkazish vaqtlari va unga mas’ul bo‘lgan shaxslar belgilanadi.
Ota-onalar bilan olib boriladigan ishlarning mavzulari va mazmuni tarbiyachi uslubchining
rejasida va tarbiyachining kalendar rejasida aks etadi.
Ota-onalar bilan ishlashda quyidagi alohida ish shakllaridan foydalaniladi: suhbatlar,
maslaxatlar, oilalarga borish, ayrim ota-onalarni bog‘chaga taklif etish, alohida esdaliklar va
ko‘chma papkalardan foydalanish. Bolaning uyiga borishdan ko‘zlangan maqsad oila sharoiti,
bolaning oiladagi xulqi qiziqishlari, ota-onasi vazifalaridir. Albatta, tarbiyachining oila bilan
olib boradigan ishida bolaning yoshi, imkoniyatlari, o‘ziga xos xususiyatlari e’tiborga
olinadi.Tarbiyachining ota-onalarga beradigan tavsiya va maslahatlari ishonarli bo‘lishi uchun
ota-onalar yoki oilaning boshqa a’zolari maktabgacha ta’lim muassasasiga taklif qilinadi.
Oilaga borishning maqsad va mazmuni tarbiyachining rejasi va xisobotida, kundalik daftarida
aks yettirilishi kerak. Tarbiyachi har bir bolaning oilasiga yiliga kamida 2 marta borishi kerak.
Ota-onalarga mo‘ljallangan, ularning tafakkurini va amaliy faoliyatini kuchaytiruvchi, oilada
bolaning hulqini va o‘zlarining tarbiyaviy ta’sirini tahlil qilishga undovchi pedagogik bilimlarni
yanada kengroq targ‘ib qilish kerak.
Oiladagi ijtimoiy pedagogik omillar va oila tuzilishi bolalar soni va katta yoshli kishilarning
mavjudligi. Shuningdek, noto‘liq oilalarda tarbiya jarayonlarining bolalar tarbiyasiga ta’sirini
tahlil qilish. Mashg‘ulotda oilaviy muhit ayniqsa, ota-onaning yoshi, kasbi va ijtimoiy
tuzilishining (dehqon, ishchi, ziyoli) bolalar tarbiyasidagi o‘rni taxlil qilinadi. Yakka yolg‘iz o‘g‘il
qiz bolalari mavjud, yo aksincha ko‘p bolali oilalardagi tarbiya jarayoni o‘rganiladi. Katta
yoshdagi bobo va buvilarning yosh xususiyatlari va ularning nabiralariga tarbiyaviy ta’sirlari
tavsiflanadi. Mashg‘ulotda qanday “Oilani ideal oila deyish mumkin?» mavzusida uy inshosi
yozib kelish vazifasi beriladi. Tekshiriladi. Bu asosida baholanadi. Ota-onalarning tarbiya
madaniyatini oshirish va ularga umumiy tarbiyaga oid bilim berish zarurligini nazariy va
amaliy jihatdan o‘rganish, xulosa chiqarishdir.


background image

6

References:

1.

G‘oziyev E. Ontogenez psixologiyasi Nazariy- eksperimental tahlil. -T.: Noshir, 2010. – 356

b.
2.

Davletshin. M va boshqalar” Yosh va pedagogik psixologiya “T., 2002 y.

3.

Lyudis N.V. Rivojlanish jarayonida e’tibor. - M .: Vlados, 1991 .-- 145 p.

4.

Мухина В. С. Возрастная психология Феноменология развития. Учебник |14-е

издание «Академиа”, 2012, 256 ст.
5.

Nishonova Z.T., Alimova K.G. Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi. -T.: TDPU, 2017

– 264 b.

Библиографические ссылки

G‘oziyev E. Ontogenez psixologiyasi Nazariy- eksperimental tahlil. -T.: Noshir, 2010. – 356 b.

Davletshin. M va boshqalar” Yosh va pedagogik psixologiya “T., 2002 y.

Lyudis N.V. Rivojlanish jarayonida e’tibor. - M .: Vlados, 1991 .-- 145 p.

Мухина В. С. Возрастная психология Феноменология развития. Учебник |14-е издание «Академиа”, 2012, 256 ст.

Nishonova Z.T., Alimova K.G. Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi. -T.: TDPU, 2017 – 264 b.