Авторы

  • Xudayar Muxitdinov
    Qarshi muhandislik - iqtisodiyot instituti professori, i.f.d

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdtf.45303

Ключевые слова:

Asalarichilik klasterlash iqtisodiy samaradorlik geografik samaradorlik biologik samaradorlik mintaqa rivojlanishi ekologik barqarorlik biologik xilma-xillik.

Аннотация

Ushbu maqola mintaqada asalarichilikni rivojlantirishda klasterlash yondashuvining iqtisodiy, geografik va biologik samaradorlikka ta'sirini tahlil qiladi. Asalarichilik klasterlari nafaqat asalarichilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni ko'paytirish, balki ushbu sohani ekologik va iqtisodiy jihatdan barqaror qilishda muhim rol o'ynaydi. Maqolada klasterlashning asalarichilik sohasidagi afzalliklari va imkoniyatlari, mintaqaning tabiiy va iqtisodiy sharoitlariga mos keluvchi strategiyalar ko'rib chiqiladi. Shuningdek, asalarichilik klasterlarining biologik xilma-xillikni saqlash va oshirishga qo'shgan hissasi ham tahlil qilinadi. Maqolada keltirilgan ma'lumotlar va tavsiyalar mintaqa asalarichilik sohasida klasterlash orqali samaradorlikni oshirish uchun amaliy yo'nalishlar taqdim etadi.


background image

6

MINTAQA ASALARICHILIGIDA KLASTERLASHDAN FOYDALANIB IQTISODIY

GEOGRAFIK VA BIOLOGIK SAMARADORLIGINI OSHIRISH

Muxitdinov Xudayar Suyunovich

Qarshi muhandislik - iqtisodiyot instituti professori, i.f.d

https://doi.org/10.5281/zenodo.13220896

Annotatsiya:

Ushbu maqola mintaqada asalarichilikni rivojlantirishda klasterlash

yondashuvining iqtisodiy, geografik va biologik samaradorlikka ta'sirini tahlil qiladi.
Asalarichilik klasterlari nafaqat asalarichilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni ko'paytirish,
balki ushbu sohani ekologik va iqtisodiy jihatdan barqaror qilishda muhim rol o'ynaydi.
Maqolada klasterlashning asalarichilik sohasidagi afzalliklari va imkoniyatlari, mintaqaning
tabiiy va iqtisodiy sharoitlariga mos keluvchi strategiyalar ko'rib chiqiladi. Shuningdek,
asalarichilik klasterlarining biologik xilma-xillikni saqlash va oshirishga qo'shgan hissasi ham
tahlil qilinadi. Maqolada keltirilgan ma'lumotlar va tavsiyalar mintaqa asalarichilik sohasida
klasterlash orqali samaradorlikni oshirish uchun amaliy yo'nalishlar taqdim etadi.

Kalit so'zlar:

Asalarichilik, klasterlash, iqtisodiy samaradorlik, geografik samaradorlik,

biologik samaradorlik, mintaqa rivojlanishi, ekologik barqarorlik, biologik xilma-xillik.

Jahonda oziq-ovqat mahsulotlari etishtirishda qishloq xo‘jaligini mintaqaviy tashkil

etishning hususan asal etishtirishning asosiy tamoyil va omillarining makon va zamonda
o‘zgarishi, asal etishtirishning iqtisodiy geografik va biologik tadqiq qilishning nazariy-
uslubiy jihatlari va asosiy yo‘nalishlari, mintaqalar ekologik hususiyatlarini belgilash va
ularga resurslarni taqsimlashning vazifalari belgilab olingan.

Qishloq xo‘jaligini hududiy tashkil etish etishda asalarichilikni – hududiy jarayonida

ma’lum vazifani bajaruvchi, majmuali tabiiy va ijtimoiy -iqtisodiy omillar ta’sirida
shakllangan asalarichilik majmualarining optimal joylashtirilish maqsadga muvofiq. Bu
yerda joylashtirishga salbiy ta’sir etuvchi omillarni bartaraf etish jamiyat ehtiyojidan kelib
chiqib, asalarichilikni rivojlantirish nuqtai-nazaridan olib boriladi.

Qishloq xo‘jaligida oziq-ovqat mahsulotlari etishtirish tarmoqlarining rivojlanishi,

hududiy tashkil etish jarayonlari munosabati bilan vujudga kelgan muammolarni o‘rganish
turli metod yoki usullar, yondashuvlar yordamida amalga oshirilishini takomillashtirishga
harakat qilamiz.

Mintaqa asalarichiligi uchun uchun eng muhim hisoblangan mintaqaviy gegrafik

taqqoslash, xaritalashtirish, rayonlashtirish, matematik modellashtirish kabilarning
nazariy-uslubiy ahamiyati kattaligi, shuningdek, asalarichilik tarmoqlarini joylashtirish va
rivojlantirishga oid klassik ilmiy g‘oya va qonuniyatlarni, respublikamiz mintaqalari
sharoiti va bozor munosabatlarini hisobga olgan holda, tanqidiy o‘rganish va ulardan
samarali foydalanish ham ilmiy ishning nazariy jihatlarini mustahkamlash ucchun ob’ektiv
zaruriyat hisoblanadi.

Tadqiqot doirasida asalarichilik tarmoqlarining rivojlanishi va hududiy tashkil

etilishi, unga ta’sir qiluvchi omillarni o‘rganish eng avvalo majmuali va tizimli
yondashuvni talab qilishi, omillarni aniqlash, ularni atroflicha tahlil qilish va baholash esa
qishloq xo‘jaligi tarmoqlarining rivojlanish va joylanish qonuniyatlarini hamda tarmoqda
vujudga kelgan muammolarni ochib berishi va ayni vaqtda bunday metodologik yondashuv
o‘rganiladigan voqeaning kelajagi, istiqbol rivojlanishidagi ustuvor yo‘nalishlarni ilmiy
nuqtai nazardan asoslab berishga xizmat qiladi

.


background image

7

Qishloq xo‘jaligida asalarichilikni iqtisodiy geografik va biologik xususiyatlaridan

foydalanib bozor iqtisodiyoti sharoitida asalarichilikni hududiy tashkil etish hamda
ekologiyaning sifat jihatdan o‘zgarishini baholash usullari ishlab chiqilgan hamda O’zbekiston
Respublikasi Qishloq xo’jaligi vazirligi va hududiy boshqarmalari tizimi amaliyotida
foydalanilgan. Natijada, agrar sektorda amalga oshiriladigan tadbirlarning samaradorligini
oshirishda hamda asalarichilikga ta'sir qiluvchi omillarni aniqlash hamda ularning
ta'sirini miqdoriy usullar yordamida baholash imkonini beradi.

Bu urinda asalarichilik rivojlanishining huquqiy-meyoriy asoslari va

landshaftlarning salohiyati, bozor iqtisodiyoti sharoitida asalarichilikni rivojlantirishning
huquqiy-meyoriy asoslari, O‘zbekiston asosiy landshaftlarining tabiiy-ekologik jihatlari va
ulardan foydalanish imkoniyatlari, O‘zbekistonda ykologiyaning buzilishiga yul
quymaslikka asos bo’ladi.

Asalarichilik mamlakatimizning oziq-ovqat mahsulotlari etishtirish tarmoqlaridan

biri sifatida nafaqat aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashda, balki
iqtisodiyotning boshqa sohalarini rivojlantirish va ekologiyani asrashda ham muhim o‘rin
egallaydi. Respublikamizda iqtisodiy islohotlarning dastlabki bosqichlaridanoq mulkni
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, turli mulk shakllarining teng huquqligiga
tayanuvchi ko‘p ukladli iqtisodiyot tizimini barpo etishga shu urinda asalarichilikni
rivojlantirishga ham alohida e’tibor berildi.

Hukumatning bir qator qarorlarida istiqbolda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab

chiqaruvchi subyektlar sifatida asalarichilik xo‘jaliklarini rivojlantirish ham nazarda tutilgan.
Bu xususda Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va bir qancha qonunlar
qishloq xo‘jaligida islohotlarning jadal olib borilishi uchun huquqiy-me’yoriy asos sifatida
xizmat qiladi.

Asalarichilik xo‘jaligi hozirgi kunda jahon, milliy va mintaqaviy iqtisodiyot tarkibida

yetakchi o‘rinlarni egallaydi. Biroq uning rivojlanishi va ixtisoslashuvi turli mamlakatlarda
turlicha kechadi; rivojlanayotgan davlatlarda asalarichilik xususan, ko‘proq ekstensiv
holatda bo‘lsa, ilg‘or mamlakatlarda u intensiv ko‘rinishga ega. Shunga mos tarzda
Asalarichilikning samaradorligi, mehnat unumdorligi ham geografik ham biologik jihatdan
farqlanadi. Ayni vaqtda, asalarichilikning asosiy xususiyatlari ushbu tarmoqning
rivojlanish va joylanishini belgilab beradi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida asalarichilikni barqaror rivojlantirish, mavjud salohiyatdan

unumli foydalanish, iqtisodiyot tarmoqlari va yo‘nalishlarini o‘zaro muvofiqlashtirish, aholi
turmush darajasini yaxshilash, ekologik muammolarni hal qilishda innovatsion nazariy va
uslubiy qarashlarni ishlab chiqish dolzarb bo‘lib turibdi. Asalarichilik hududlarining katta
qismi cho‘l zonasida joylashgan viloyatlarning mamlakat qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati
katta bo‘lib, mazkur mintaqalarda respublika agrar sohasidagi mahsulotlarining asosiy
qismi yaratilmoqda.

O‘zbekiston iqtisodiyotida agrar islohotlar va cho‘l hududlarida asalarichilikning

rivojlanishi, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligi va ekologiya xavfsizligini ta’minlashda
asalarichilik tarmoqlarini rivojlantirish imkoniyatlari, O‘zbekiston Respublikasida
aslarichilik tarmog‘i rivojlanish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda tutgan o‘rni hamda
kelgusida belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqib, ichki va tashqi bozorlar ehtiyojlari
asosida rivojlanib boradigan an’anaviy ishlab chiqarishidan zamonaviy va samarali


background image

8

agrobiznesga o‘tish qo‘llab-quvvatlanmoqda. Shu maqsadda asalarichilik ishlab
chiqarishini innovatsion rivojlantirish, yangi texnologiyalarni keng joriy etishga katta
e’tibor berilmoqda.

Qashqadaryo yalpi hududiy mahsulotining tarmoqlar bo‘yicha tarkibining

farqlanishiga iqtisodiyot tarmoqlari ixtisoslashuvining turli-tumanligi, urbanizatsiya darajasi
va tabiiy-iqlim sharoitlari kabi omillarning ta’sir doirasi kattaligi asosiy sabab bo‘ladi.
Qishloq xo’jaligining asalarichilik tarmog’ida mahsulotlarni yetishtirish hajmi viloyatlar va
iqtisodiy rayonlar kesimida bir-biridan farq qiladi. Bunga asosiy sabab sifatida hududlarning
tabiiy-iqlim sharoitlari va asalarichilik ixtisoslashuviga ta’sir ko’rsatuvchi iqtisodiy-ijtimoiy
kabi omillarni ko’rsatish mumkin.Iqtisodiy rayonlar bo’yicha asalarichilkning maydonlari
tarkibida katta qismi Janubiy (22 %) va Muborak (20,7 %) iqtisodiy rayonlarida
to’plangan bo’lib, Quyi Nishon (11,7 %) va G’uzor (9,1%) iqtisodiy rayonlarida esa bu
ko’rsatkich nisbatan kam. Mintaqa chul zonalari xususan, yaylovlarning asosiy qismi
Chiroqchi (20,7 %), Muborak (19,7 %) va Janubiy (19,3 %) iqtisodiy rayonlarida to’plangan
bo’lsa, eng kam ulush Qarshi (10 %) iqtisodiy rayoniga tegishli. Iqtisodiy rayonlarning asosiy
asal mahsulotlarini yetishtirishdagi salmog’i bo’yicha Kitob va Yakkabog’ iqtisodiy
rayonlarining yetakchiligini ko’rish mumkin.

Tarmoqda o‘sish kuzatilsada aholining domiy ko‘payishi natijasida asal mahsulotlari

bilan mamlakat to‘liq o‘z ehtiyojini qondira olmayapti. «Iste’mol savati»ning maqbul
tuzilmasini shakllantirish, innovatsion texnologiyalarni amaliyotga joriy etish, ekologik
toza hududlarni saqlash choralarini ko‘rish, milliy, mintaqaviy va xalqaro darajada ekologiya
tizimi doirasida yangi innovatsion loyihalarini amalga oshirish, xavflarni taqsimlash bo‘yicha
xalqaro va mintaqaviy kelishuvlarni ishlab chiqish, asal etishtirish samaradorligini
oshirishning eng muhim yo‘li sifatida ekologik toza maydonlarining tarkibini
takomillashtirish kabilar ham mamlakat oziqovqat xavfsizligini ta’minlashda qishloq xo‘jaligi
sohasini barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi.

Asalarichilikni rivojlantirish kalit sifatida tanlab olingan Qashqadaryo viloyatining

ixtisoslashuvi va rivojlanishi, cho‘l hududlari tarmoqlararo majmualar va agrar-
industrial siklning shakllanishi, mintaqa asalarichilik hududiy tarkibi va agrogeografik
rayonlashtirish natijalari ishlab chiqarishida ekologik sikllarning shakllantirishning iqtisodiy
va ekologik afzalliklari hamda mintaqaviy sharoitda asalarichilik xo‘jaligi rivojlanishiga ta’sir
ko‘rsatuvchi iqtisodiy geografik va biologik rayonlashtirish tamoyili asosida rivojlantirish
maqsadga muvofiq.

Asalarichilik ishlab chiqarishini hududiy ixtisoslashuvining takomillashtirish uchun

hozirgi talabga javob bera oladigan, tarmoq tarkibini shakllantirish bilan birga, ularning
intensiv tarzida rivojlantirish g‘oyat muhimdir. Mintaqaning agroiqlim, ekologik nuqtai
nazardan kelib chiqqan holda uzoq yillar davomida shakllangan asalarichilik xo‘jalik
ixtisoslashuv yo‘nalishiga ayrim o‘zgartirishlar kiritishga to‘g‘ri kelmoqda.

Qashqadaryo yangi o‘zlashtirilgan hududlari asalarichilik sikli rivojlanishida ham

ma’lum imkoniyatlar bor. Bu ikki siklning o‘zaro aloqadorlikda rivojlanishi, o‘z navbatida,
tog‘-kon hamda yoqilg‘i-energetika (neft-gaz) sikllari bilan birgalikda Janubiy O‘zbekiston
yangi o‘zlashtirilgan hududlari iqtisodiyotini shakllantiradi. Bu xususiyat respublikaning
boshqa mintaqalari uchun ham xos bo‘lib agrar-industrial siklning boshqa turdagi sikllar bilan
aloqadorlikda rivojlantirish asalarichilik xo‘jaligini intensiv rivojlantirishga sabab bo‘ladi.


background image

9

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining o‘zaro o‘xshashligi nafaqat ularning

geografik joylanishida, balki bu ma’muriy birliklarning gegrafik xususiyati, ya’ni daryo
havzasi ta’sirida tarixiy geografik jihatdan shakllangaligidir. Shu bilan birga bu o‘ziga xos
hududiy tabiiy xo‘jalik tizimi ichki tafovutlarga ega bo‘lib, geomorfologik, agroiqlimiy,
geodemografik xususiyatlari bilan bog‘liq.

Aynan shular ta’sirida har ikki viloyatda Quyi, O‘rta va Yuqori agrogeografik

rayonlar vujudga kelgan. O‘zbekiston mintaqalari asalarichilk xo‘jaligi ixtisoslashuvi va yer
maydonlaridan foydalanishda kelib chiqadigan muammolar va ularni yechimiga
qaratilgan ustuvor yo‘nalishlar tahlil qilishdan kelib chiqqan holda ko‘rib chiqqanda,
ularning muammo va istiqbollari ham har xil. Shu bilan birga ayrim mintaqalar o‘rtasida
ma’lum darajada o‘xshashliklar ham bor va ularning mamlakat asalarichilik xo‘jaligi
rivojlanishi strategiyasini aniqlashda e’tiborga olinishida asosiy ahamiyat kasb etadi.

Mintaqaviy sharoitda asalarichilik xo‘jaligi rivojlanishiga ta'sir ko‘rsatuvchi iqtisodiy

geografik va biologik omillar agrogeografik rayonlashtirish tamoyillari amaliyotda
foydalanilgan. Natijada, viloyatlar va mintaqalarda iqlim sharoitlarini hisobga olib
asalarichilik xo‘jaligi ixtisoslashuviga qaratilgan chora-tadbir loyihalarini ishlab chiqish
imkonini beradi.

Mintaqa asalarichilik xo‘jaligida yer resurslaridan oqilona foydalanishning

mintaqaviy muammolari, mamlakat yer resurslaridan samarali foydalanish va asalarichilik
xo‘jaligi hududiy tashkil etilishini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari bayon qilingan
va qo‘yilgan vazifalarni yechimiga qaratilgan ilmiy va amaliy natijalarga erishilgan. Iqlim
muhitida joylashgan mintaqa sharoitida, meliorativ holatini barqaror holatda saqlash
muhim muammo hisoblanadi. Chunki, yerlarining tabiy holatini qoniqarli darajada
baholansa-da, bu borada, xususan tekislik maydonlarida ayrim hal qilinmagan masalalar
mavjud. Bunday hududlarga yer resurslaridan qishloq xo‘jaligida foydalanish asosida
yuzaga kelgan o‘ziga xos geoekologik muammolarni bartaraf etish uchun amaliy dasturlarni
ishlab chiqish talab etiladi.

Shu nuqtai-nazardan, past sifatli yerlarning ilmiy asoslangan holda hududiy tashkil

etish, maqsadga muvofiq. Shuningdek, cho‘l hududlarida sarflanayotgan mablag‘larni
birinchi navbatda mavjud yerlarning ykologik v holatini yaxshilashga yo‘naltirish,
maqsadli mablag‘larning o‘zlashtirish samarasini oshirish uchun noqishloq xo‘jaligi
faoliyati uchun ajratish holatlariga qat’iy barham berish lozim. Bu esa kelajakda mintaqa
qishloq yerlarining umumiy sifatini yaxshilanishiga va bu borada olib boriladigan
agroiqtisodiy siyosat samaradorligining oshishiga xizmat qiladi.

References:

1.

UNEP, 2021, Towards a Green Economy: Pathways to Sustainable Development and

Poverty Eradication,

http://www.unep.org/greenekonomy

2.

Qodirov, Farrux, and Xudayar Muhitdinov. "Features that increase efficiency in the

provision of medical services and factors affecting them."

Ta'lim va rivojlanish tahlili onlayn

ilmiy jurnali

2.7 (2022): 192-199.

3.

Muxitdinov, Madina Bozorova Xudayar, and Farrux Qodirov. "THE ROLE AND

IMPORTANCE OF TELEMEDICINE IN THE PROVISION OF MEDICAL SERVICES TO THE


background image

10

POPULATION."

International Conference on Information Science and Communications

Technologies ICISCT

. Vol. 4. 2022.

4.

Мухитдинов, Худаяр Суюнович. "Анализ и прогноз потребительских расходов и

уровня доходов населения при неустойчивости цен." (1994).
5.

Suyunovich, Mukhitdinov Khudoyar. "Normahmatov Khayriddin Mingliyevich providing

health care services to the population of the region."

journal The American Journal of

Management and Economics Innovations (ISSN-2693-0811) for

3.02 (2021).

6.

Mukhitdinov Kh.S. Econometric Modeling Of Public Service Networks. Psychology and

Education (2020) 57(8): 625-632 ISSN: 00333077
7.

Suyinovich, Muxitdinov Xudoyor, Rakhimov Anvar Norimovich, and Muxitdinov

Shoxjaxon Xudoyorvich. "The forecast for the development of the public services sector." Solid
State Technology 63.6 (2020): 18671-18681.
8.

Mukhitdinov, Shoxijahon Khudoyarogli. "An imitation model of quality utility services to

the population." South Asian Journal of Marketing & Management Research 10.12 (2020): 44-
50.

9.

Юлдошев Дониёр Абдурахмонович Ш.Х.Муқхитдинов. “МИНТАҚА ТУРИЗМИНИ

РИВОЖЛАНТИРИШНИНГ ОПТИМАЛ ТАРТИБГА СОЛИШ НАЗАРИЙ АСОСЛАРИ”,
ACADEMIC

RESEARCH

IN

MODERN

SCIENCE,

2023/2,

https://doi.org/10.5281/zenodo.7623681

10.

Sh.X. Muxitdinov, “Рақамли иқтисодиёт шароити коммунал хизматлар соҳасини

ривожлантиришга таъсир қилувчи омиллар таъсирини баҳолаш”, ХОРАЗМ МАЪМУН
АКАДЕМИЯСИ АХБОРОТНОМАСИ, 2022/10, 2022/10-2

11.

Ш.Х. Мухитдинов, “Қишлоқда коммунал хизмат кўрсатиш сифатини АКТдан

фойдаланиб ошириш”, 2021/8/7

12.

Muxitdinov Shoxijaxon Hudoyorovich,” ECONOMETRIC MODEL OF IMPROVING THE

QUALITY OF PUBLIC UTILITIES”, Journal of Management Value & Ethics, Том 128, Номер
ISSN-2249-9512, Journal of Management Value & Ethics Gwalior Management Academy
(GMA) Publications.

13.

Qodirov, Farrux. "GPON TEXNOLOGIYASI-OPTIK KIRISH TARMOG'I."

АХБОРОТ-

КОММУНИКАЦИЯ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИНИНГ РИВОЖЛАНИШ ИСТИҚБОЛЛАРИ мавзусидаги
Республика илмий-амалий анжуман МАЪРУЗАЛАР ТЎПЛАМИ

(2018).

14.

Qodirov, F. "Ijtimoiy va xizmat ko ‘rsatish sohasini rivojlantirishda sog ‘liqni saqlash

xizmatlarini ekonometrik modellashtirishning ahamiyati."

O ‘zR FA VI Romanovskiy nomidagi

Matematika instituti

(2022).

15.

Qodirov, F. "Qashqadaryo hududi aholisiga xizmat ko ‘rsatish tarmoqlari va ularga ta’sir

etuvchi omillar."

O ‘zbekiston Qishloq Va Suv xo ‘jaligi” Jurnali

(2022).

16.

QODIROV, F. "Axoliga xizmat ko ‘rsatish soxasining modellashtirishni tizimli imitatsiya

qilish."

IЈTISODIY ILMIY-AMALIY OYLIK NAShR

(2022).

17.

Qodirov, F. "Hududlarda tibbiy xizmatlarni dasturiy paketlar yordamida elektron tibbiy

bazasini yaratish."

O’zbekiston Respublikasi Oliy Va o’rta Maxsus ta’lim Vazirligi Namangan

Muhandislik-Qurilish Instituti

(2022).

18.

Qodirov,

F.

"Hududlarda

tibbiy

xizmat

ko

‘rsatishni

ekonometrik


background image

11

modellashtirish."

Xorazm ma’mun akademiyasi axborotnomasi

(2022).

19.

Qodirov, F. "Qashqadaryo viloyati aholisiga tibbiy xizmat ko ‘rsatish tarmoqlarini

rivojlantirishning istiqbollari."

O ‘ZBEKISTON QISHLOQ VA SUV XO ‘JALIGI» âà «AGRO

ILM

(2022).

20.

Qodirov, F. "Qishloq aholisiga sog ‘liqni saqlash xizmatlari ko ‘rsatish tarmoqlari

rivojlanish mexanizmining statistik tahlili."

Andijon Mashinasozlik Instituti

(2022).

21.

Qodirov, Farrux. "Aholiga tibbiy xizmat ko ‘rsatishdan olingan daromad va xarajatlarni

imitatsion modeli."

Moliya bozorini rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari, zamonaviy

tendensiyalari va istiqbollari" mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallar
to’plami

11.5 (2022).

22.

Qodirov, Farrux. "O’ZGARUVCHILARI AJRALGAN VA AJRALADIGAN DIFFERENSIAL

TENGLAMALAR."

Journal of Advanced Research and Stability

(2022).

23.

Kодиров, Фаррух. "ZAMONAVIY KOMPYUTER O'YINLARI VA ULARNING

SINFLANISHI."

Scienceweb academic papers collection

(2019).

24.

Qodirov, Farrux. "YER ОSTI SUVLАRINING FIZIK ХОSSАLАRI, KIMYOVIY TАRKIBI,

HАRАKАTI VА GRUNTLАRNING SUV O’TKАZUVCHАNLIGI, FILTRАTSIYA QОNUNI."

Analytical

Journal of Education and Development

(2022).

25.

Ergash o’g’li, Qodirov Farrux. "Stoks Formulasi. Sirt Integrallari Tadbiqlari/Ijtimoiy

fanlarda innovasiya onlayn ilmiy jurnali." (2022): 15.
26.

Ergash o’g’li, Qodirov Farrux. "O’zgaruvchilari ajralgan va ajraladigan differensial

tenglamalar/Barqarorlik va yetakchi tadqiqotlar onlayn ilmiy jurnali." (2022): 20.
27.

Qodirov, Farrux. "Development of scientific and technological system of management of

industrial enterprises. Scienceweb academic papers collection." (2023): 1.
28.

Ergash o’g’li, Qodirov Farrux. "IMPORTANCE OF KASH-HEALTH WEB PORTAL IN THE

DEVELOPMENT OF MEDICAL SERVICES IN THE REGIONS."

Conferencea

(2022): 80-83.

29.

Ergash o’g’li, Qodirov Farrux. "CREATION OF ELECTRONIC MEDICAL BASE WITH THE

HELP

OF

SOFTWARE

PACKAGES

FOR

MEDICAL

SERVICES

IN

THE

REGIONS."

Conferencea

(2022): 128-130.

30.

Qodirov, F. E. "Methodological aspects and importance of development of medical

services through econometric modeling and forecasting options."

Библиографические ссылки

UNEP, 2021, Towards a Green Economy: Pathways to Sustainable Development and Poverty Eradication, http://www.unep.org/greenekonomy

Qodirov, Farrux, and Xudayar Muhitdinov. "Features that increase efficiency in the provision of medical services and factors affecting them." Ta'lim va rivojlanish tahlili onlayn ilmiy jurnali 2.7 (2022): 192-199.

Muxitdinov, Madina Bozorova Xudayar, and Farrux Qodirov. "THE ROLE AND IMPORTANCE OF TELEMEDICINE IN THE PROVISION OF MEDICAL SERVICES TO THE POPULATION." International Conference on Information Science and Communications Technologies ICISCT. Vol. 4. 2022.

Мухитдинов, Худаяр Суюнович. "Анализ и прогноз потребительских расходов и уровня доходов населения при неустойчивости цен." (1994).

Suyunovich, Mukhitdinov Khudoyar. "Normahmatov Khayriddin Mingliyevich providing health care services to the population of the region." journal The American Journal of Management and Economics Innovations (ISSN-2693-0811) for 3.02 (2021).

Mukhitdinov Kh.S. Econometric Modeling Of Public Service Networks. Psychology and Education (2020) 57(8): 625-632 ISSN: 00333077

Suyinovich, Muxitdinov Xudoyor, Rakhimov Anvar Norimovich, and Muxitdinov Shoxjaxon Xudoyorvich. "The forecast for the development of the public services sector." Solid State Technology 63.6 (2020): 18671-18681.

Mukhitdinov, Shoxijahon Khudoyarogli. "An imitation model of quality utility services to the population." South Asian Journal of Marketing & Management Research 10.12 (2020): 44-50.

Юлдошев Дониёр Абдурахмонович Ш.Х.Муқхитдинов. “МИНТАҚА ТУРИЗМИНИ РИВОЖЛАНТИРИШНИНГ ОПТИМАЛ ТАРТИБГА СОЛИШ НАЗАРИЙ АСОСЛАРИ”, ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE, 2023/2, https://doi.org/10.5281/zenodo.7623681

Sh.X. Muxitdinov, “Рақамли иқтисодиёт шароити коммунал хизматлар соҳасини ривожлантиришга таъсир қилувчи омиллар таъсирини баҳолаш”, ХОРАЗМ МАЪМУН АКАДЕМИЯСИ АХБОРОТНОМАСИ, 2022/10, 2022/10-2

Ш.Х. Мухитдинов, “Қишлоқда коммунал хизмат кўрсатиш сифатини АКТдан фойдаланиб ошириш”, 2021/8/7

Muxitdinov Shoxijaxon Hudoyorovich,” ECONOMETRIC MODEL OF IMPROVING THE QUALITY OF PUBLIC UTILITIES”, Journal of Management Value & Ethics, Том 128, Номер ISSN-2249-9512, Journal of Management Value & Ethics Gwalior Management Academy (GMA) Publications.

Qodirov, Farrux. "GPON TEXNOLOGIYASI-OPTIK KIRISH TARMOG'I." АХБОРОТ-КОММУНИКАЦИЯ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИНИНГ РИВОЖЛАНИШ ИСТИҚБОЛЛАРИ мавзусидаги Республика илмий-амалий анжуман МАЪРУЗАЛАР ТЎПЛАМИ (2018).

Qodirov, F. "Ijtimoiy va xizmat ko ‘rsatish sohasini rivojlantirishda sog ‘liqni saqlash xizmatlarini ekonometrik modellashtirishning ahamiyati." O ‘zR FA VI Romanovskiy nomidagi Matematika instituti (2022).

Qodirov, F. "Qashqadaryo hududi aholisiga xizmat ko ‘rsatish tarmoqlari va ularga ta’sir etuvchi omillar." O ‘zbekiston Qishloq Va Suv xo ‘jaligi” Jurnali (2022).

QODIROV, F. "Axoliga xizmat ko ‘rsatish soxasining modellashtirishni tizimli imitatsiya qilish." IЈTISODIY ILMIY-AMALIY OYLIK NAShR (2022).

Qodirov, F. "Hududlarda tibbiy xizmatlarni dasturiy paketlar yordamida elektron tibbiy bazasini yaratish." O’zbekiston Respublikasi Oliy Va o’rta Maxsus ta’lim Vazirligi Namangan Muhandislik-Qurilish Instituti (2022).

Qodirov, F. "Hududlarda tibbiy xizmat ko ‘rsatishni ekonometrik modellashtirish." Xorazm ma’mun akademiyasi axborotnomasi (2022).

Qodirov, F. "Qashqadaryo viloyati aholisiga tibbiy xizmat ko ‘rsatish tarmoqlarini rivojlantirishning istiqbollari." O ‘ZBEKISTON QISHLOQ VA SUV XO ‘JALIGI» âà «AGRO ILM (2022).

Qodirov, F. "Qishloq aholisiga sog ‘liqni saqlash xizmatlari ko ‘rsatish tarmoqlari rivojlanish mexanizmining statistik tahlili." Andijon Mashinasozlik Instituti (2022).

Qodirov, Farrux. "Aholiga tibbiy xizmat ko ‘rsatishdan olingan daromad va xarajatlarni imitatsion modeli." Moliya bozorini rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari, zamonaviy tendensiyalari va istiqbollari" mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallar to’plami 11.5 (2022).

Qodirov, Farrux. "O’ZGARUVCHILARI AJRALGAN VA AJRALADIGAN DIFFERENSIAL TENGLAMALAR." Journal of Advanced Research and Stability (2022).

Kодиров, Фаррух. "ZAMONAVIY KOMPYUTER O'YINLARI VA ULARNING SINFLANISHI." Scienceweb academic papers collection (2019).

Qodirov, Farrux. "YER ОSTI SUVLАRINING FIZIK ХОSSАLАRI, KIMYOVIY TАRKIBI, HАRАKАTI VА GRUNTLАRNING SUV O’TKАZUVCHАNLIGI, FILTRАTSIYA QОNUNI." Analytical Journal of Education and Development (2022).

Ergash o’g’li, Qodirov Farrux. "Stoks Formulasi. Sirt Integrallari Tadbiqlari/Ijtimoiy fanlarda innovasiya onlayn ilmiy jurnali." (2022): 15.

Ergash o’g’li, Qodirov Farrux. "O’zgaruvchilari ajralgan va ajraladigan differensial tenglamalar/Barqarorlik va yetakchi tadqiqotlar onlayn ilmiy jurnali." (2022): 20.

Qodirov, Farrux. "Development of scientific and technological system of management of industrial enterprises. Scienceweb academic papers collection." (2023): 1.

Ergash o’g’li, Qodirov Farrux. "IMPORTANCE OF KASH-HEALTH WEB PORTAL IN THE DEVELOPMENT OF MEDICAL SERVICES IN THE REGIONS." Conferencea (2022): 80-83.

Ergash o’g’li, Qodirov Farrux. "CREATION OF ELECTRONIC MEDICAL BASE WITH THE HELP OF SOFTWARE PACKAGES FOR MEDICAL SERVICES IN THE REGIONS." Conferencea (2022): 128-130.

Qodirov, F. E. "Methodological aspects and importance of development of medical services through econometric modeling and forecasting options."