Авторы

  • Gulhayo Abdusamatova
    Andijon davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yo’nalishi 202-guruh talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdtf.49327

Ключевые слова:

jiydanamolar qabilasi jiydadoshlar oilasi monopodial aktinomorf jiyda chakanda

Аннотация

ushbu tezisda jiydadoshlar oilasi tarqalishi asosiy turkumlari, meva tarkibi, gulining tuzulishi haqida umumiy ma’lumotlar berilgan.


background image

7

JIYDADOSHLAR OILASINING ASOSIY TURKUM VA TURLARI. TARQALISHI

VA AHAMIYATI

ОСНОВНЫЕ КАТЕГОРИИ И ВИДЫ СЕМЕЙСТВА ДЗИДДАДОШ.

РАСПРОСТРАНЕННОСТЬ И ВАЖНОСТЬ

THE MAIN GENERA AND SPECIES OF THE FAMILY OF ANTS. DISTRIBUTION

AND IMPORTANCE

Abdusamatova Gulhayo

Andijon davlat pedagogika instituti

Tabiiy fanlar fakulteti

Biologiya yo’nalishi 202-guruh talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14292169

Annotatsiya

: ushbu tezisda jiydadoshlar oilasi tarqalishi asosiy turkumlari, meva

tarkibi, gulining tuzulishi haqida umumiy ma’lumotlar berilgan.

Kalit so’zlar:

jiydanamolar qabilasi, jiydadoshlar oilasi, monopodial, aktinomorf, jiyda,

chakanda

Аннотация:

в данной диссертации даны общие сведения об основных категориях

распространения семейства джидадаш, составе плодов и строении цветка.

Ключевые слова:

племя джииданамо, семейство джииданамо, моноподии,

актиноморфы, джиида, чаканда

Abstract:

This thesis provides general information about the main groups of the

distribution of the family of Phyllanthus, the composition of the fruit, and the structure of the
flower.

Keywords:

tribe Jiydanamo, family Jiydasidae, monopodial, actinomorphic, Jiyda,

Chakanda.


Jiydanamolar qabilasi – Elaeagnales Buta qisman daraxt shaklidagi o`simliklar. Barglari

oddiy, qirralari tekis, yulduzsimon tukchalar bilan qoplangan, navbatlashib joylashgan,
yonbargchasiz. Gullari och sariq, ikki jinsli, ba`zan bir jinsli, to`g`ri, tojibarglarsiz.

Jiydadoshlar oilasi – Elaeagnaceae. Bu oila 3turkumga mansub, 40ga yaqin turni o’z

ichiga oladi. Ular Shimoliy Yarimsharning subtropik va mo’tadil iqlimli hududlarida
tarqalgan. Tanasi panjasimon qipiqlar yoki yulduzsimon tuklar bilan qalin qoplangan.
Barglari oddiy, yonbargsiz, ketma-ket yoki qarama-qarshi joylashgan. Guli monopodial
shoxlangan to`pgullarda (ratsemoz) joylashgan, qo`sh jinsli, aktinomorf, 4 a`zoli. Changchilari
kosacha barglari bilan tutash. Urug`chisi bitta meva bargidan shakllangan, tugunchasi ustki.
Gul formulasi: P4A4G1. Mevasi danakli, danagi ust tomondan shirali yoki quruq et bilan
qoplangan. Oilaning 3 turkumidan 2 187 tasi (Jiyda, chakanda) Osiyo, Yevropadada tarqalgan,
1 turkumi (Sheferdiya) Amerika qit`asida o`sadi. O`zbekistonda 2 ta turkumga oid 4 ta turi
o`sadi. Bitta turkumi Avstraliyagacha boradi. Ular buta za daraxtlardan iborat. Gullari ikki
jinsli. Jiyda – Elaeagnus turkumining 40 ga yaqin turlari Shimoliy Amerika, Janubiy Yevropa,
Kichik Osiyo va MDH davlatlarida tarqalgan. O`zbekistonda jiyda turlari Sirdaryo, Amudaryo
va Zarafshon daryolaridagi to`qayzorlarda tarqalgan.


background image

8

Chakanda - Hippophae rhamnoides poyalari sertikan, barglari chizg`ichsimon, gullari

ayrim jinsli, mevasi sariq, to`q sariq, yeyish mumkin, sershox buta yoki daraxt.
O`zbekistonning yirik daryolari hosil qilgan to`qayzorlarda tarqalgan. Ikkala turkum turlari
ham dorivor va iste`mol qilinadigan o`simlik sifatida juda qadrlanadi. Mevasi oziq-ovqat
sifatida iste`mol qilinadi. Tarkibida aminokislotalar, vitamin, oshlovchi moddalar, shakar,
kraxmal va oqsil bor. Jiydalardan ixota daraxtlari sifatida foydalaniladi. Chakanda, jirgʻanoq
(Hippophae) -jiydadoshlar oilasi daraxtsimonlar yoki butasimonlar turkumi; dorivor va
mevali ekin. Yevrosiyoning iliq iqlimli mintaqalarida 3 turi tarqalgan. Sharqiy va Gʻarbiy Sibir,
Kavkaz, Oʻrta Osiyo, jumladan, Oʻzbekistonda daryo sohillari va toʻqayzorlarda Chakandaning
jumrutsimon turi (H.rhamnoides) yovvoyi holda oʻsadi. Rossiyaning Oltoy, Sibir va
Noqoratuproq zonalarida madaniylashtirilgan navlari oʻstiriladi. Tabiiy oʻsadigan
chakandazorlardan ham keng foydalaniladi. Chakanda yorugʻsevar, qurg’oqchilik va sovuqqa
chidamli. Boʻyi 2—5 m, sershox, bargi nashtarsimon zich, usti kulrang, osti kumushsimon.
Chakanda ikki uyli (erkak va urgʻochi daraxtli) oʻsimlik. Bahorda barg chiqarishi bilan
gullaydi, shamol yordamida changlanadi. Gullari mayda sargʻish, hidli. Mevasi avgust oxiri
sentabr boshlarida pishib yetiladi, mayda, tuxumsimon yoki dumaloq, novdalarga zich
yopishgan, rangi och sariq yoki sargʻishqizil, taʼmi nordonshirin. Tarkibida organik kislotalar,
qand, S va V, Ye, Gʻ guruhi vitaminlari, karotin hamda tibbiyotda ishlatiladigan shifobaxsh moy
bor.

Chakanda

bachki, parxish hamda

qalamchasidan

koʻpaytiriladi.

Qumliklarni,

qirgʻoqlarni, temir yo’l boʻylarini mustahkamlash, yoʻlaklarni qordan ximoya qilish maqsadida
ham ekiladi. Mevalari yangiligida yeyiladi, murabbo, jem, sharbat tayyorlanadi, moy
olinadi. Bog’ va xiyobonlarda manzarali oʻsimlik sifatida oʻstiriladi.

Sharq jiydasi (Elaeagnus orientalis L) mevalari azaldan xalq tabobati obyekti sifatida

oʻrganilgan yirik mevali shakllari ajratib olingan va oziq-ovqat va dorivor sifatida
foydalanilgan hamda ilmiy jihatdan oʻrganilgan. Ming yillar davomida Sharq jiydasining yirik
mevali shakllari yaratilganki, ular nafaqat yirik mevalari, serhosilligi, tez hosilga kirishi hamda
turli tuproq va iqlim sharoitlariga moslashib oʻsa olishi bilan ajralib turadi. Jiyda daraxti juda
plastik oʻsimlik. Shu sababli ham jiydaning ekologik tabiatini anglash bir buncha murakkab.
Sharq jiydasining bargi oddiy, ensiz kumushrang, daraxti 8–10 m, shoxlari siyrak, tikanakli
yoki tikansiz, guli 2 jinsli, sariq serasal, xushboʻy efir moyli, mevasi sargʻish, magʻizsiz danakli,
eti unsimon, xushxoʻr. Jiydaning mevasi yangiligida yoki quritib isteʼmol qilinadi. Mevasidan
spirt va kuchsiz alkogolli ichimliklar tayyorlanadi. Tabobatda oshqozon-ichak kasalliklarini
davolashda ishlatiladi.Yogʻochidan turli xil buyumlar yasaladi, parfumeriya sanoatida, gulidan
efir moyi olinadi. Jiyda qurgʻoqchilikka chidamli, yer osti suvlari yuzi va shoʻr tuproqlarda
ham oʻsaveradi. Danagidan, ildiz bachkisidan va qalamchasidan koʻpayadi. Koʻchati
oʻtqazilgach, 3 -5 yilda hosilga kiradi. May- iyun oyida gullaydi, mevasi sentyabr-oktyabrda
pishadi. Bir tupi 50 kggacha hosil beradi. Jiyda 60-80 yil yashaydi. Non jiyda mevali daraxt
sifatida ekiladi, oʻrta boʻyli daraxt. Sernam joylarda yaxshi oʻsadi. Ser hosil, mevasi yirik,
mazali, qizgʻish-qoʻngʻir rangli. Oʻzbekiston oʻrmonchilik ilmiy-tadqiqot institutida 20 ga yaqin
navi taʼriflangan. Qizil jiyda, Raʼno, Urganch, Xuramoy, Toshkent deserti, Choʻli qandak, Qizil
qandak va boshqalar.


background image

9

References:

1.

Pratov O`., Shamsuvaliyeva l., Sulaymonov E., Axunov X., Ibodov K., Mahmudov V.

Botanika. Darslik. Toshkent “Таълим нашриёти” 2010,
2.

Pratov O`., Nabiyev M. O`zbekiston yuksak o`simliklarining zamonaviy tizimi. Toshkent

“O`qituvchi”, 2007
3.

X.Q.Haydarov, Y.SH.Tashpulatov, X.X. Jalov, I.U. Mukumov O’simliklar sistematikasi.

Darslik. Samarqand 2019
4.

O’.Pratov, Q.Jumayev. Yuksak o’simliklar sistematikasi. Toshkent 2003

Библиографические ссылки

Pratov O`., Shamsuvaliyeva l., Sulaymonov E., Axunov X., Ibodov K., Mahmudov V. Botanika. Darslik. Toshkent “Таълим нашриёти” 2010,

Pratov O`., Nabiyev M. O`zbekiston yuksak o`simliklarining zamonaviy tizimi. Toshkent “O`qituvchi”, 2007

X.Q.Haydarov, Y.SH.Tashpulatov, X.X. Jalov, I.U. Mukumov O’simliklar sistematikasi. Darslik. Samarqand 2019

O’.Pratov, Q.Jumayev. Yuksak o’simliklar sistematikasi. Toshkent 2003