Авторы

  • Gulmira Ergasheva
    O’qituvchi, Andijon davlat universiteti
  • Bahridil Oqyolova
    Talaba, Andijon davlat universiteti
  • Zilola Mahmudjonova
    Talaba, Andijon davlat universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdtf.62745

Ключевые слова:

Efir moylari ermon lavanda karvakrol linalol terpen tinol linil atsetat.

Аннотация

Ushbu maqolada  efir moylari va ularning kimyoviy tuzulishi, xususiyatlari, qishloq xo’jaligi va inson organizmi uchun foydali hamda zararli xususiyatlari, lavanda va ermon o’simliklari tarkibidagi efir moylari va uning foydali jihatlari haqida ma’lumotlar berilgan.


background image

52

EFIR MOYLARI VA ULARNING AHAMIYATI

Ergasheva Gulmira Ostonovna

O’qituvchi, Andijon davlat universiteti

Oqyolova Bahridil Abduqodir qizi

Talaba, Andijon davlat universiteti

Mahmudjonova Zilola Mamirjon qizi

Talaba, Andijon davlat universiteti

https://doi.org/10.5281/zenodo.14504342

Annotatsiya:

Ushbu maqolada efir moylari va ularning kimyoviy tuzulishi,

xususiyatlari, qishloq xo’jaligi va inson organizmi uchun foydali hamda zararli xususiyatlari,
lavanda va ermon o’simliklari tarkibidagi efir moylari va uning foydali jihatlari haqida
ma’lumotlar berilgan.

Kalit so‘zlar:

Efir moylari, ermon, lavanda, karvakrol, linalol, terpen, tinol, linil atsetat.

Аннотация:

B данной статье представлена информация об эфирных маслах и их

химическом составе, свойствах, полезных и вредных свойствах для организма
человека, эфирных маслах, содержащихся в растениях лаванды и горностая, и их
пользе.

Ключевые слова:

Эфирные масла, горностая, лаванды, карвакрол, линалоол,

терпен, тинол, линилацетат.

Abstract:

This article provides information about essential oils and their chemical

structure, properties, beneficial and harmful properties for the human div, essential oils
contained in lavender and ermine plants and their benefits.

Key words

: Essential oils, ermine, lavender, carvacrol, linalool, terpene, tinol, linyl

acetate.

Kirish:

Efir moyi deb, o’simliklardan suv bug’i yordamida haydab olinadigan, o’ziga xos

hidi va mazaga ega bo’lgan uchuvchan organik moddalar aralashmasiga aytiladi. Xushbo’y
hidli o’simliklar va ulardan olinadigan ba’zi mahsulotlar ( hushbo’y suvlar, smolalar va efir
moylar) qadimdan ma’lum. Odamlar bu mahsulotlardan turli kasalliklarni davolashda, ovqat
tayyorlashda keng foydalanib kelganlar. O’rta asrlarda arablar o’simliklardan efir moylarini
suv bilan haydab olish va ularni suvdan ajratish usullarini yaxshi bilar edilar. XVIII asrdan
boshlab efir moylarinring xossalari va tarkibiy qismi o’rganila boshlangan bo’lsada, bu
sohadagi ishlar XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida ayniqsa avj oladi. Aniqlangan
ma’lumotlarga ko’ra yer sharining florasidagi o’simliklardan taxminan 2500 dan ortiq turi
tarkibida efir moyi bo’ladi. Shundan 77 oilaga kiradigan 1050 dan ortiq o’simlik turi Sobiq
ittifoq hududida o’sadi. Ayniqsa, yasnotkadoshlar - Lamiaceae (labguldoshlar - Labiatae),
selderdoshlar - Apiaceae (soyabon-guldoshlar Umbelliferae), astradoshlar - Asteraceae
(murakkabguldoshlar - Compositae), sho’radoshlar - Chenopodiaceae, archadoshlar
(sarvindoshlar) -Supressaceae, mirtadoshlar - Myrtaceae, rutadoshlar - Rutaceae,
ra’noguldoshlar - Rosaceae va boshqa oilalarning vakillari efir moyiga boy. Tarkibida efir moyi
bo’lgan o’simliklar asosan Ukraina, Moldova, Gruziya, Tojikiston, Qirg’iziston respublikalarida,
Shimoliy Kavkaz, Qrim, Voronej viloyatlarida ko’plab o’stiriladi.

O‘zbekistonda efir moyli o‘simliklarning 560 turi ma’lum bo‘lib, ular 233 turkumga va 50

oilaga kiradi. Mamlakatimizda tabiiy efir moylarini ishlab chiqarish bilan bir qatorda kimyoviy
usul bilan xushbo‘y hidli sintetik moddalar ham ishlab chiqarilmoqda. Bu moddalarni sintez


background image

53

qilganda xomashyo manbai bo‘lib, efir moylarining ba’zi bir komponentlari: linalol, sitral,
sitranellal, yevgenol, anetollar hamda asosan tabiiy o‘simlik qoldiqlaridan yuzaga kelgan
toshko‘mir, neft, torflar hisoblanadi. So‘nggi yillarda efir moyli o‘simliklarni yanada ko‘proq va
ilmiy asosda o‘rganishga e’tibor kuchaygan. Efir moylari o‘simlikning turli organlari (bargi,
poyasi, guli va ildizi)da hujayra va to‘qimalarning maxsus joylarida (kanalchalarda)
to‘planadi. Bundan tashqari, hujayra shirasida va parenxima hujayralarida emulsiya holida
uchraydi. O‘simlikning o‘sishi va rivojlanish sharoitiga qarab, undagi efir moylarining miqdori
o‘zgarib turadi. Efir moylari kimyoviy tarkibining juda murakkab, uchuvchan va xushbo‘y
bo‘lishi bilan o‘simlik moylaridan farq qiladi. Agar efir moylari qog‘oz yoki materialga
tegizilsa, unda hech qanday dog‘ qoldirmaydi. O‘simlik moylari esa dog‘ qoldiradi. Shuningdek,
efir moylari ovqat sifatida iste’mol qilinmaydi, o‘simlik moylari esa iste’mol qilinadi. Efir
moylari ko‘pchilik o‘simliklarda erkin holda bo‘lib, suv bug‘i yordamida haydab yoki
ekstraksiya yo‘li bilan ajratib olinadi. Ba’zi o‘simliklarda efir, moylari glyukozidlar va boshqa
moddalar bilan birikkan holda bo‘ladi. Ularni sof holda ajratib olish uchun fermentatsiya
usulidan foydalaniladi. Efir moylari bir qancha moddalarning murakkab birikmasidan hosil
bo‘lgan, ko‘pincha genetik jihatdan o‘zaro uzviy bog‘langan turli xil organik birikmalardan
iborat. Ularning komponentlari qatoriga uglevodorodlar, spirtlar, aldegidlar, ketonlar,
fenollar, laktonlar, efirlar, xinonlar, kislotalar, azotli birikmalar va .boshqa moddalar kiradi
[1].

Ermon o‘simligi (Origanum vulgare) —xushbo‘y hidga ega bo‘lgan o‘simlikdir. U

ko‘pincha oregano deb ham ataladi va asosan Yevropa, Osiyo va O‘rta Sharqda o‘sadi. Ermon
o‘simligi an'anaviy tibbiyotda, ayniqsa, dorivor o‘simlik sifatida keng qo‘llaniladi. Uning efir
moylari tibbiyot, kosmetika, parfyumeriya va oziq-ovqat sanoatida foydalanish uchun juda
qadrlanadi. Ermon o‘simligining efir moylari uning barglaridan va gullaridan olinadi. Efir
moylari o‘zida ko‘plab biologik faol moddalarga ega bo‘lib, ular tibbiyotda va boshqa
sohalarda keng qo‘llaniladi. Ermon o‘simligining efir moyi turli kimyoviy birikmalarni o‘z
ichiga oladi. Eng asosiy tarkibiy qismlar quyidagilardir:

Karvakrol bu ermon efir moyining asosiy faol moddasidir va uning antibakterial,

yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarini ta'minlaydi. Karvakrol shuningdek, antiseptik va
antifungal xususiyatlarga ham ega. Timol bu birikma ham antibakterial va antifungal ta'sirga
ega, shuningdek, immun tizimini mustahkamlashda yordam beradi. Linalol bu modda
tinchlantiruvchi va stressni kamaytiruvchi ta'sirga ega bo‘lib, ermon efir moyining boshqa
komponentlari bilan sinergik ta'sir ko‘rsatadi. Terpen bu birikma yallig‘lanishga qarshi va
antiseptik xususiyatlarga ega. Borneol bu modda ham antiseptik xususiyatlarga ega va terini
yangilashda yordam beradi.

Ermon efir moyi aromaterapiya yordamida asab tizimini tinchlantirish, stressni

kamaytirish va kayfiyatni ko‘tarish uchun ishlatiladi. U o‘zgacha xushbo‘y hidga ega, bu esa
ruhiy holatni yaxshilashga yordam beradi. Ermon efir moyi yo‘talni yengillashtirish va
bronxial yo‘llarni tozalashda samarali. Uning antibakterial xususiyatlari nafas yo‘llaridagi
infektsiyalarni davolashda yordam beradi. Ermon efir moyi terini parvarish qilishda
qo‘llaniladi, ayniqsa, akne va boshqa teri muammolarini davolashda. Bu efir moyi
yallig‘lanishlarni kamaytiradi, terini yangilaydi va bakterial infektsiyalarni oldini oladib [2].

Lavanda o‘simligi (Lavandula) tarkibida juda ko‘p foydali efir moylari mavjud. Bu

moylar ko‘plab sog‘liqni saqlash va go‘zallik mahsulotlarida ishlatiladi. Lavanda efir moyining


background image

54

tarkibida asosan quyidagi komponentlar mavjud: Linalol bu moddalar lavanda efir moyining
asosiy tarkibiy qismidir. U yengil va tinchlantiruvchi xususiyatlarga ega bo‘lib, asosan stressni
kamaytirish va uyquni yaxshilash uchun ishlatiladi. Linalil asetat bu efir moyining boshqa
muhim tarkibiy qismi bo‘lib, u tinchlantiruvchi va antibakterial xususiyatlarga ega. Ko‘pincha
teri muammolarini davolashda qo‘llaniladi. Kamfor lavanda efir moyining bir qismini tashkil
etadi va ko‘pincha muskul og‘riqlarini kamaytirish va nafas olish tizimini qo‘llab-quvvatlash
uchun ishlatiladi. Geraniol bu komponent ham lavanda moyining tarkibida bor va u
antibakterial va antifungal (zamburug‘lar qarshi) xususiyatlarga ega.

Lavanda efir moyi turli sohalarda qo‘llaniladi. Lavanda moyi asosan aromaterapiyada

ishlatiladi. U asab tizimini tinchlantiradi va stressni kamaytiradi. Ko‘plab odamlar lavanda
moyi yordamida uyquni yaxshilaydi, chunki u tinchlantiruvchi ta’sirga ega. Lavanda efir moyi
antibakterial va yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi, bu esa teridagi yallig‘lanishlar va
aknalarni davolashga yordam beradi. Ushbu efir moyi tabiiy va samarali vosita bo‘lib, uni
to‘g‘ri ishlatish orqali ko‘plab foydali xususiyatlarga ega bo‘lishi mumkin.

O‘simlik organizmida efir moylarining hosil bo‘lish sabablari va ularning ahamiyati

to‘g‘risida xilma-xil fikrlar, farazlar mavjud bo‘lib, bu fikrlar hali qat’iy kelishib olinmagan
farazlar bo‘lib kelmoqda.

Efir moylarining xalq xo‘jaligidagi ahamiyati

Juda qadim zamonlardan buyon odamlar ovqatga yaxshi, mazali ta’m va yoqimli hid

berish maqsadida turli-tuman ziravor va efir moyli o‘simliklarning barglaridan, mevalaridan
hamda urug‘laridan foydalanib kelmoqdalar. So‘nggi paytlarda xalq xo‘jaligining turli
tarmoqlarida efir moyli o‘simliklardan olinayotgan xomashyo mahsulotlari ishlatilmoqda.
Ayniqsa, efir moylaridan parfumeriya sanoatida atir-upalar, tish pastalari va kukunlari,
pomadalar hamda sovunlar ishlab chiqarishda keng foydalaniladi. Farmatsevtikada ba’zi bir
efir moylari hamda ularning aralashmalari (komponentlari) dan mentol, timol, anetol va
boshqalardan davolashda, antiseptik xususiyatlarga ega bo‘lganligi sababli turli xil (tish
og‘rig‘i, teri kasalliklari, sochlarga ishlov beradigan) dorilar tayyorlashda foydalaniladi.
Mentolning spirtli eritmasi og‘iz bo‘shlig‘i jarohatlanganda va nafas olish yo‘llari
yallig‘langanda, oshqozon-ichak yo‘llari infeksiyasiz kasalliklar bilan og‘riganda davolash
maqsadida ishlatiladi. Validol, kamforadan — yurak, timol va yevgenoldan — tish
kasalliklarini davolashda keng foydalaniladi. Efir moylari uchuvchanlik va bakterisidlik
xususiyatlariga, xushbo‘y hidga ega bo‘lgani tufayli ulardan jamoat binolarini, maktablarni,
bolalar bog‘chalarini kinoteatrlarni dizenfeksiya qilishda foydalanish mumkin. Ulardan
qiishloq xo‘jalik o‘simliklarini zararkunanda va kasalliklariga qarshi kurashishda
foydalaniladi. Efir moylari oziqovdat sanoatida katta ahamiyatga ega. Ulardan konfetlar, har
xil bulochkalar, spirtli va spirtsiz ichimliklar, vinolar, likyorlar ishlab chiqarishda
foydalaniladi. Konserva va baliqchilik sanoatlarida efir moysiz ish yuritish mumkin emas.
Ba’zi o‘simliklarning (koriandr, anis, tmin) urug‘laridan efir moylari ajratib olingandan so‘ng,
ulardan texnik maqsadlarida ishlatiladigan yog‘lar olinadi. Qolgan kunjaralari esa hayvonlar
uchun yuqori sifatli, oqsilli oziq hisoblanadi. Ko‘pchilik efir moyli o‘isimliklar atirgullar,
gulsafsarlar, rayhonlar, piyozgullar o‘z navbatida manzarali, lavanda, koriandr, marmaraklar
esa guli asalshiraga eng boy o‘simliklardandir. So‘nggi paytlarda efir moylaridan tashqari,
sun’iy yo‘l bilan xushbo‘y moddalar ham olinmoqda. Lekin ular efir moylari o‘rnini bosa
olmaydi. Sun’iy yo‘l bilan olingan hidli moddalardan konserva va baliqchilik sanoatida, aroq,


background image

55

vino va likyor ishlab chiqarishda foydalanish mumkin emas. Ulardan meva essensiyalarini
tayyorlashda foydalaniladi. Shunday qilib, efir moylari xalq xo‘jaligining turli sohalarida
ishlatilishi bilan bir qatorda xalqaro bozorda ularga bo‘lgan talab kun sayin ortib bormoqda.
Xalq xo‘jaligining ayrim tarmoqlari uchun xomashyo hisoblanuvchi, respublikamizda yovvoyi
holda o‘suvchi efirmoyli o‘simliklarning qizilarcha, avrug, yovvoyi chinnigul, oqshair,
suvyalpiz, dastarbosh, ermon, marmarak, o‘lmaso‘t, qo‘ng‘ir zira va boshqalar kiradi

References:

1.

R.N.Babayeva. Botanika va o‘simliklar fiziologiyasi. – T.: «Fan va texnologiya», 2017

2.

"Therapeutic Properties of Ermon in Traditional Medicine" L. A. Pohl, R. J. Eklund

Journal of Medicinal Plant Research 2017 35-55- betlar
3.

"Lavender Oil: Uses and Benefits" R. C. Ernst, S. G. Brown Journal of Aromatherapy and

Essential Oils Research 2018 25-45- betlar

Библиографические ссылки

R.N.Babayeva. Botanika va o‘simliklar fiziologiyasi. – T.: «Fan va texnologiya», 2017

"Therapeutic Properties of Ermon in Traditional Medicine" L. A. Pohl, R. J. Eklund Journal of Medicinal Plant Research 2017 35-55- betlar

"Lavender Oil: Uses and Benefits" R. C. Ernst, S. G. Brown Journal of Aromatherapy and Essential Oils Research 2018 25-45- betlar