Авторы

  • Akramjon Sotiboldiyev
    ADPI Akademik litseyi kimyo fani o`qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdtf.62762

Ключевые слова:

STEAM kimyo ta’lim tabiiy fanlar texnalogiya innovatsion yondashuv muammoli usullar hayotiy vaziyat.

Аннотация

Ushbu maqolada ta’lim oluvchilarga kimyo fanini zamonaviy ta’lim bilan bog’lab o’qitishda STEAM ta’lim yondashuv texnalogiyasining ta’rifi va ushbu ta’lim texnalogiyasi asosida tabiiy fanlar, texnologiya, muhandislik, san’at va matematika fanlarini uyg’unlikda  o’qitish metodikasi yoritib berilgan.


background image

126

KIMYO FANINI O’QITISHDA ZAMONAVIY TA’LIM TEXNALOGIYALARINING

AHAMIYATI

Sotiboldiyev Akramjon Akbarali o`g`li

ADPI Akademik litseyi kimyo fani o`qituvchisi

sotvoldiyevakramjonkimyo@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14560520

ANNOTATSIYA.

Ushbu maqolada ta’lim oluvchilarga kimyo fanini zamonaviy ta’lim

bilan bog’lab o’qitishda STEAM ta’lim yondashuv texnalogiyasining ta’rifi va ushbu ta’lim
texnalogiyasi asosida tabiiy fanlar, texnologiya, muhandislik, san’at va matematika fanlarini
uyg’unlikda o’qitish metodikasi yoritib berilgan.

KALIT SO’ZLAR.

STEAM, kimyo,ta’lim, tabiiy fanlar, texnalogiya, innovatsion yondashuv,

muammoli usullar, hayotiy vaziyat.


Xalq ta’lim tizimini boshqarishning samarali mexanizmlarini joriy etish o’sib kelayotgan

yosh avlodni ma’naviy-axloqiy va intellektual rivojlantirishni sifat jihatidan yangi bosqichga
ko’tarishning eng muhim sharti hisoblanadi. Yoshlarimizning bilim egallashlari uchun barcha
shart-sharoitlarni yaratish maqsadida, Prezidentimiz tomonidan bir qancha ta’lim sohasiga
oid farmon va qarorlar ishlab chiqildi

2020-yil 12-avgust PQ-4805-son “Kimyo va biologiya yo’nalishlarida uzliksiz ta’lim

sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida” qarorlar, hamda boshqa
me’yoriy –xuquqiy xujjatlarda ta’lim tizimini rivojlantirishning zamonaviy tamoyillarini joriy
etish bo’yicha belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirishda, ta’lim sohasida faoliyat olib
borayotgan ustoz va murabbiylar oldiga bir qancha vazifalar qo’yilgan. Ta’lim jarayoniga
yangi pedagogik o’qitish texnalogiyalarni va faol metodlarni qo’llash orqali o’quvchilarda:
ijodiy fikrlash, mustaqil qaror qabul qilish, yangi bilimlarni mustaqil egallash qobiliyatini
rivojlantirishga erishish mumkin.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “O’zbekiston

Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash
to’g’risida”gi PF-5712-son farmonida, innovatsion ta’lim jarayoniga o’tish, zamonaviy
kadrlarga bo’lgan ehtiyojni inobatga olgan holda STEAM pedagogika asoslarini o’zlashtirishda,
ta’lim beruvchilarda yangi kasbiy kompetensiyalarni, zarur bilimlar bazasini shakllantirish
kabi bir qancha masalalar vazifa qilib olindi.

Bugungi kunda kimyo fanini boshlang’ich bosqichda o’rganishning nazariy darajasining

ortishi bilan mantiqiy fikrlashning yetarli darajada emasligi, o’quvchilarning fanga bo’lgan
qiziqishining pasayishiga sabab bo’lmoqda.

Shuning uchun o’quvchilarda kimyoviy moddalardan foydalanish madaniyatini, ushbu

moddalardan notanish va tanish bo’lgan vaziyatlarda ongli va xavfsiz ravishda foydalanishni,
ehtiyot choralarini, yashash muhitdagi ekalogik me’yorlar va xatti-harakat qoidalarini
shakllantirish zarurati, kimyo fanining asosiy vazifalaridan biridir.

Xalq ta’limi tizimiga ilg’or xorijiy tajribani, o’quv-tarbiya jarayoniga zamonaviy

pedagogik texnalogiyalarni, shu jumladan ta’lim berishning innovatsion usullarini joriy etish,
o’quv va o’quv-uslubiy adabiyotlarni yangi avlodini yaratish, fundamental va amaliy ilmiy
tadqiqotlarni amalga oshirish belgilangan.


background image

127

Mazkur vazifalarni bajarish uchun avvalo ta’lim ishtirokchilari-pedagoglar, metodistlar,

o’quvchilar, ota-onalar va boshqalar STEAM metodi va ta’lim sifati yo’nalishida o’tkaziladigan
xalqaro tadqiqotlar haqida ma’lumotlarni bilishi hamda ularni amaliyotda qo’llash uchun
malakalarga ega bo’lishlari zarur bo’ladi.

O’quvchilarning fanga bo’lgan qiziqishlarini oshirish uchun an’anaviy o’qitish

jarayonidan farqli ravishda ta’lim va hayot tamoyili asosida zamonaviy ta’lim
texnalogiyalarini qo’llab o’qitish, ta’lim sifat samaradorligini oshishiga, samarali natijalarga
erishishga yordam beradi.

STEAM ta’lim texnalogiyasi asosida o’qitish jarayonida o’qitishni hayot bilan bog’lash

tamoyili to’liqroq amalga oshirilsa, o’quvchilarda kimyo faniga bo’lgan qiziqish uyg’onadi,
o’qitish samaradorligi oshadi, o’z hayoti davomida ro’y beradigan kimyoviy hodisalarni to’liq
anglay oladi. Sodir bo’lgan jarayonlar haqida mustaqil izlanadi va fikr bildira oladi.

Ushbu STEAM ta’limida ijodkorlik, tanqidiy fikrlash va muammolarni hal qilish

qobiliyatlarini o’rganish va innovatsion ko’nikmalari rivojlantiriladi. Darslarda berilgan
topshiriqlarga asoslanib loyihani ishlab chiqish va uni STEAM asosiy tamoyillari bilan bog’lash
muammolari rag’batlantirildi. Bu ta’lim yondashuvida dizayn va san’at ham o’z o’rnini topgan.

Yuqorilardan kelib chiqib,ushbu loyiha ishi o’quvchilarda hamkorlikda guruh bilan

ishlash qobiliyati shakllanib, o’zaro do’stona munosabat rivojlanadi. STEAM ta’lim tizimi
hozirda kimyo fanini hayot bilan bog’lab o’qitishda har tomonlama qulay bo’layotganini
ko’rishimiz mumkin. Bu loyihadan so’ng, ularda boshqa shunga o’xshash loyihalarni
rejalashtirish va amalga oshirish qobiliyati paydo bo’ladi.

References:

1.

Sh.M. Mirziyoyev “ Kimyo va biologiya yo’nalishlarida uzluksiz ta’lim sifatini va ilm-fan

natijadorligini oshirish chora-tadbirlari” to’g’risida. 2020-yil 12-avgust. PQ-4805-sonli
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori.
2.

Sh.M.Mirziyoyev “O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha

rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-sonli
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori.
3.

CriticalReview of STEAM (Science, Technology, Engineering, Arts, and Mathematics)

Page 18 of 22 PRINTED FROM the OXFORD RESEARCH ENCYCLOPEDIA, EDUCATION
(oxfordre.com/education).
4.

http://www.eduportal.uz-

O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi axborot-ta’lim

portali.

Библиографические ссылки

Sh.M. Mirziyoyev “ Kimyo va biologiya yo’nalishlarida uzluksiz ta’lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari” to’g’risida. 2020-yil 12-avgust. PQ-4805-sonli O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori.

Sh.M.Mirziyoyev “O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-sonli O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori.

CriticalReview of STEAM (Science, Technology, Engineering, Arts, and Mathematics) Page 18 of 22 PRINTED FROM the OXFORD RESEARCH ENCYCLOPEDIA, EDUCATION (oxfordre.com/education).

http://www.eduportal.uz- O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi axborot-ta’lim portali.