104
O’SIMLIK DUNYOSINI MUHOFAZA QILISHDA YURIDIK JAVOBGARLIK
EKOLOGIK MUVOZANATNI SAQLASHNING MUHIM VOSITASI
Ashurov Nuriddin
Toshkent davlat agrar universiteti
Huquqshunoslik kafedrasi assistenti
Tel: +998909403641
Elektron pochta: ashurovn92@mail.ru
https://doi.org/10.5281/zenodo.14808185
Kelgusi 5 yilda aholimiz soni 40 milliondan ortishi kutilayotganligi va bunday
demografik oʼsish, albatta, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy sohalar bilan bir qatorda
ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida ham jiddiy etibor talab qilinishi bilan bir
qatorda oldimizga yangi-yangi, ulkan vazifalarni qoʼyadi. Aholi soni ortib borishi va uning
yashash uchun zaruriy ehtiyojlari, havo va suvning ifloslanishi, tuproq erroziyasi, choʼllanish,
qazilma yoqilgʼilarni behisob ishlatish global isishga, tabiiy ofatlarning koʼpayishiga ekologik
muvozanatning buzilishiga olib kelmoqda, atrof-muhit va aholi sogʼligʼiga zarar yetkazmoqda.
Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilishning ahamiyati
Ekologik muvozanatni saqlash insoniyat uchun eng dolzarb masalalardan biridir.
Oʻsimlik dunyosi esa ekologik tizimning asosiy tarkibiy qismi boʻlib, u nafaqat atmosferani
tozalash, tuproqni muhofaza qilish va biologik xilma-xillikni saqlashda, balki iqlim
oʻzgarishiga qarshi kurashda ham muhim rol oʻynaydi. Biroq, inson faoliyati natijasida
oʻsimlik dunyosi jiddiy tahdid ostida qolmoqda. Bu muammoni hal qilishda yuridik
javobgarlik muhim vositaga aylanmoqda.
Ekologik muvozanatni saqlashning muhim omillaridan biri o’simlik dunyosini muhofaza
qilish bo’lib, atrof-muhitga har qanday nooqilona tashqi ta’sirni kamaytirish, ekologik
huquqbuzarliklarni oldini olishni, huquqiy chora-tadbirlarni belgilashni talab etadi.
Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilishda yuridik javobgarlikning roli
Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilishda yuridik javobgarlik muhim vosita hisoblanadi.
Yuridik javobgarlik atrof-muhitni ifloslantirish, oʻrmonlarni qonunsiz kesish yoki noqonuniy
ravishda oʻsimliklarni oʻzlashtirish kabi harakatlarga qarshi kurashish imkonini beradi.
Konstitutsiyamizning 49-moddasida “…davlat barqaror rivojlanish prinsipiga muvofiq,
atrof-muhitni yaxshilash, tiklash va muhofaza qilish, ekologik muvozanatni saqlash bo’yicha
chora-tadbirlarni amalga oshiradi.” Davlat vakolatli organlari orqali o’simlik dunyosidan
foydalanishni tartibga solish va ekologik muvozanatni saqlash chora-tadbirlarini amalga
oshiradi. O’simlik dunyosidan foydalanish jarayonidagi huquqbuzarlik uchun tegishli
javobgarlik belgilaydi va bu sohada davlat nazoratini amalga oshiradi, jamoatchilik nazoratini
rag’batlantiradi.
“O’simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to’g’risida”gi qonunning 26-
moddasida
o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanishga oid asosiy
talablar belgilangan bo’lib, unga ko’ra o
‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan
foydalanishga oid asosiy talablar quyidagilardan iborat:
o‘simlik dunyosining turlari xilma-xilligini va genetik fondini tabiiy sharoitlarda saqlab
qolish;
o‘simlik dunyosi o‘sadigan muhitni saqlab qolish;
o‘simlik dunyosidan oqilona foydalanish, uni tiklash va takror ko‘paytirish;
105
yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarning tarqalishini va sonini tartibga solish.
Mazkur moddada keltirilgan talablarga rioya qilmaslik natijasida o’simlik dunyosiga
zarar yetkazilishiga, huquqbuzarlik sodir etilishiga olib kelganda yoki qonunchilik hujjatlarida
belgilangan boshqa talablarga rioya etmaganlik, yuridik javobgarlik yuzaga keladi.
Huquqbuzarlik bu davlat va jamiyatda o’rnatilgan, jamiyatning barcha a’zolari
tomonidan amal qilinishi lozim bo’lgan, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy va ekologik
sohalardagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan normalarni buzishdir.
O’simlik dunyosini muhofaza qilish sohasida sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun
javobgarlik belgilashdan maqsad eng avvalo insonning yashash huquqi bilan chambarchas
bog’liq bo’lgan, shu bilan birga parallel ravishda ta’minlanishi lozim bo’lgan qulay atrof –
muhitga ega bo’lishdek konstitutsion huquqini ta’minlanishida jismoniy va yuridik
shaxslarning ekologik qonunchilik talablariga amal qilishini nazorat qilish va mazkur sohada
sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun tegishli jazo choralarini belgilashdir.
Qo’llaniladigan yuridik javobgarliklar
2020-yilning 9 oyi davomida o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish
sohasida 3572 ta (2019-yilda 3274 ta) huquqbuzarlik aniqlangan. Mazkur statistika o’simlik
dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida huquqbuzarliklar yildan-yilga ortib
borayotganligini ko’rsatmoqda.
O’zbekiston Respublikasida o’simlik dunyosini muhofaza qilish sohasidagi
huquqbuzarliklar uchun ekologiya sohasidagi javobgarliklar kabi intizomiy, fuqarolik,
ma’muriy hamda jinoiy javobgarlik turlari mavjud.
Intizomiy javobgarlik
– o’simlik dunyosidan foydalanish sohasini tartibga solish va bu
sohada faoliyat olib borayotgan davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining o’z mehnat
vazifasi, lavozim majburiyatlariga lozim darajada rioya qilmasligi natijasida Mehnat kodeksi
va “Davlat fuqarolik xizmatchilari to’g’risida”gi qonun talablari asosida qo’llaniladigan
javobgarlik turidir.
Fuqarolik-huquqiy javobgarlik
– bu Fuqarolik kodeksi va “O’simlik dunyosini
muhofaza qilish va undan foydalanish to’g’risida”gi qonun talablari asosida hamda fuqarolik-
huquqiy shartnomalardan kelib chiqadigan zararni undirish, zarar o’rnini qoplash va ularni
ko’paytirish choralarni qo’llashdir.
O’simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar
uchun qo’llaniladigan javobgarlikning eng keng tarqalgan turi
ma’muriy javobgarlik
hisoblanadi. Bunda Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeks va boshqa qonunchilik
hujjatlarida belgilangan huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun jarima, ma’muriy qamoq,
ashyoni musodara qilish, muyyan huquqdan mahrum qilish kabi ta’sir choralari belgilanishi
mumkin.
Xususan ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksining 79
1
-moddasida yovvoyi holda
o‘suvchi o‘simliklarning texnik va dorivor xomashyosini, yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni
oziq-ovqat maqsadlari uchun yig‘ish hamda tayyorlashning, shuningdek o‘simlik dunyosi
obyektlaridan madaniy-ma’rifiy, o‘quv-tarbiyaviy, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya va estetik
maqsadlarda foydalanishning belgilangan tartibini hamda shartlarini buzish, - fuqarolarga
bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga
esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi
belgilangan.
106
O’simlik dunyosini muhofaza qilish sohasidagi javobgarlikning to’rtinchi turi jinoiy
javobgarlik bo’lib, bu ekologiya va umuman tabiatga nisbatan sodir etilgan ijtimoiy xavfli
harakat yoki harakatsizlik natijasida yetkazilgan zarar uchun davlatning qonunchilikda
belgilangan jazo choralarini qo’llashidir.
Jumladan Jinoyat kodeksi 4-bo’limi ekologiya sohasidagi jinoyatlar deb nomlanib, 16
moddani o’z ichiga oladi. Kodeksning 202-moddasida “…o‘simlik dunyosidan foydalanish
tartibini buzish ancha miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo‘lsa, bazaviy hisoblash
miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha
majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi” deb
belgilangan.
Prezidentimizning 2025-yilni yurtimizda “Аtrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot
yili” deb eʼlon qilish taklifi bir ovozdan qo’llab quvvatlandi. Mazkur yilda amalga oshiriladigan
ishlar bo’yicha qabul qilinadigan davlat dasturi 3-yo’nalishi suv resurslarini tejash va atrof-
muhitni muhofaza qilish deb belgilandi. Mazkur yo’nalishda “Atrof-muhit monitoringi
to’g’risida”gi, “Chiqindilar to’g’risida”gi, “Biologik xavfsizlik to’g’risida”gi qonunlar ishlab
chiqilishi ko’rsatilgan bo’lib, ekologiya, atrof-muhitni asrash sohasidagi muhim qoidalar ishlab
chiqish nazarda tutilgan.
Xulosa o’rnida ta’kidlash lozimki, nafaqat o’simlik, hayvonot dunyosiga, ekologiyaga,
balki tabiatga yetkaziladigan kichik bir zarar faqatgina bir insonga ta'sir etibgina qolmay,
insoniyatga, jamiyat va davlatga katta talofat yetkazadi. O’simliklarning paydo bo’lishidan
tortib rivojlanishgacha bo’lgan jarayon bir necha yilni tashkil etadi. Xuddi shuningdek
ularning nobud bo’lishi, zararlanishi ham ko’plab yillarni o’z ichiga oladigan ekologik
muvozanatning buzilishiga sabab bo’ladi. Shu sababli mamlakatda atrof-muhitni muhofaza
qilish boʻyicha qonunlar va dasturlar aniq ishlab chiqilishi va ularni amalga oshirishda
jamoatchilikning keng ishtiroki mavjud bo’lishi hamda qatiy javobgarlik belgilanishi lozim.
Shu maqsadda 2013-yil 27-dekabrda qabul qilingan “Ekologik nazorat to’g’risida”gi qonunga
ham o’zgartirish kiritish lozim. Jumladan qonunning 17-moddasi 1-qism 6-bandidagi quyidagi
“..atrof muhitning holati, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, mazkur sohadagi
qonunchilik buzilishi yuzasidan aniqlangan faktni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-
tadbirlar to‘g‘risida tegishli davlat organlariga murojaat qilish va axborot olish” normani
“atrof muhitning holati, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, mazkur sohadagi qonunchilik
buzilishi yuzasidan aniqlangan faktni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar
to‘g‘risida tegishli davlat organlariga
og’zaki, yozma yoki elektron shaklda
murojaat qilish
va axborot olish” tarzida o’zgartirish hamda mazkur moddada alohida
“atrof muhitni
muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonunchilik
buzilishi fakti haqida vakolatli organlarni o’z vaqtida xabardor etganlik uchun
qonunchilikda belgilangan imtiyozlarga ega bo’lish”
band qo’shish lozim. Bu esa o’simlik
dunyosidan foydalanish sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirilishida fuqarolarning
mas’uliyatini oshiribgina qolmay, ularni atrofmuhitni asrashda qonunchilikda belgilangan
imtiyozlardan foydalanish huquqini kafolatlaydi.
References:
1.
107
2.
Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeks.
3.
4.
“O’simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to’g’risida”gi qonun. O’RQ-
5.
“Ekologik nazorat to’g’risida”gi qonun. O‘RQ-363-son. 2013-yil 27-dekabr.
https://lex.uz/ru/docs/-2304953
6.
D.N.Maxkamov. O’simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanishning huquqiy
holati. -T.: TDYU nashriyoti, 2024. -120 b.
7.
