EMANDOSHLAR OILASI: ASOSIY TURLARI, TARQALISHI VA TABIATDAGI AHAMIYATI

Аннотация

Ushbu maqolada emandoshlar oilasi (Fagaceae) haqida batafsil ma’lumot berilgan. Unda ushbu oila tarkibiga kiruvchi asosiy turlar, ularning tarqalishi, ekologik va iqtisodiy ahamiyati yoritilgan.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
81-82
18

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Umaraliyeva, Q. (2025). EMANDOSHLAR OILASI: ASOSIY TURLARI, TARQALISHI VA TABIATDAGI AHAMIYATI. Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования, 4(3), 81–82. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/zdtf/article/view/73641
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada emandoshlar oilasi (Fagaceae) haqida batafsil ma’lumot berilgan. Unda ushbu oila tarkibiga kiruvchi asosiy turlar, ularning tarqalishi, ekologik va iqtisodiy ahamiyati yoritilgan.


background image

81

EMANDOSHLAR OILASI: ASOSIY TURLARI, TARQALISHI VA TABIATDAGI

AHAMIYATI

Umaraliyeva Qoriyaxon

Andijon Davlat Pedagogika Instituti talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15076464

Annotatsiya.

Ushbu maqolada emandoshlar oilasi (Fagaceae) haqida batafsil ma’lumot

berilgan. Unda ushbu oila tarkibiga kiruvchi asosiy turlar, ularning tarqalishi, ekologik va
iqtisodiy ahamiyati yoritilgan.

Абстрактный:

В статье представлена подробная информация о семействе

буковых (Fagaceae). В нем рассматриваются основные виды этого семейства, их
распространение, экологическое и экономическое значение.

Abstract:

This article provides detailed information about the beech family (Fagaceae).

It covers the main species included in this family, their distribution, ecological and economic
importance.

Kalit so‘zlar:

Emandoshlar oilasi, Fagaceae, eman, o‘simliklar sistematikasi, o‘rmon

ekotizimi, ekologik ahamiyat, yog‘och sanoati, dorivor o‘simliklar.

Ключевые слова:

Fagaceae, дуб, систематика растений, лесная экосистема,

экологическое значение, лесная промышленность, лекарственные растения.

Keywords:

Fagaceae, oak, plant systematics, forest ecosystem, ecological significance,

timber industry, medicinal plants.


Eman turkumi – Quercus bu turkum qoraqayindoshlar oilasining asosiy turkumlaridan

biri bo‘lib, 600 ga yaqin turi bor. Barcha turlari yirik daraxt, shox-shabbasi yoyiq, ba’zilari
butasimon. Ayrim turlarining po‘stlog‘ida po‘kak qavatlar hosil bo‘ladi. Barglari oddiy, spiral
shaklda joylashadi, ba’zi turlarida qish bo‘yi yashil holda saqlanadi, boshqalarida esa tez
to‘kilib ketadi. Gullari ayrim jinsli, bir uyli daraxt. Barg to‘kadigan turlari barg yozish bilan
bir vaqtda gullaydi. Changchi gullari osilib turadigan kuchala hosil qiladi. Urug‘chi gullari
bandsiz yoki bandli bo‘lib, barg qo‘ltig‘ida bittadan yoki bir nechtadan joylashadi. Guli shamol
vositasida changlanadi. Mevasi bir urug‘li yong‘oq, birinchi yoki ikkinchi yili yеtiladi. Ildizi o‘q
ildiz. Emanning yog‘ochi qattiq, og‘ir bo‘lib, ko‘p maqsadlarda ishlatiladi. Po‘stlog‘ida
oshlovchi moddalar bo‘lib, ulardan teri oshlash sanoatida foydalaniladi. Ba’zi turlarining
po‘stlog‘idan po‘kak olinadi. Yong‘og‘idan oziq-ovqat sanoatida soxta kofe tayyorlanadi.
Eman turkumiga 600 ga yaqin tur birlashib, ular shimoliy yarim sharning mo‘tadil va tropik
iqlimli mintaqalarida, jumladan, Yevropada, Shimoliy Afrikada, Kichik Osiyoning markazida
hamda sharqiy janubida, Amerikaning Shimoliy va Markaziy qismida tarqalgan. Uning Yozgi
yoki oddiy eman (Quercus robur L.- Q. pedunculata Ehrh.), Yirik changdonli eman (Quercus
macranthera Fisch.et Mey.), Kashtan bargli eman (Quercus castaneifolia C.A.M.), Po‘kakli
eman (Quercus suber L.), Yirik mevali eman (Quercus macrocarpa Michx.), Qizil eman
(Quercus borealis maxima Sarg.) kabi 20 dan ortiq turlari mavjud va o‘rmon xo‘jaligida
muhim ahamiyatga ega. Qo‘ng‘ir eman (Quercus robur L. yoki Q. pedunculata Ehrh.) bo‘yi 35-
40 m, diametri 1-1,5 m ga yеtadigan daraxt. 2000 yilgacha, odatda esa 300-400 yil yashaydi.
Tanasi to‘g‘ri o‘sadi, shox-shabbasi qalin. Ochiq yеrda o‘sganda shoxlari yon tomonga o‘sib,
keng shox-shabba hosil qiladi. Po‘sti to‘q kul rangda bo‘ladi. Po‘stlog‘i oshlovchi moddalar
tayyorlashda ishlatiladi Barglari oddiy, spiral shaklda joylashgan, kuzda to‘kilib ketadi. Barg


background image

82

plastinkasi teskari tuxumsimon, patsimon bo‘lakli, bo‘laklari yumaloq uchi to‘mtoq.
Barglarining tubida «quloqchalar» bor. Tomirlari patsimon. Emanning barcha turlari bir uyli,
ayrim jinsli o‘simliklardir. Otalik gullari kuchalaga. Onaligi 1 - 3 tadan bo‘lib, yosh novdalarda
to‘plangan, mevasi - gulqo‘rg‘onining qoldig‘iga joylashgan uzun bandli cho‘ziq yong‘oqcha.
Tarkibida 7-20% oshlovchi moddalar mavjud. Po‘stloq qaynatmasi antiseptik vosita sifatida
og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarida ishlatiladi. Istirohat bog‘larida, xiyobonlarda va ko‘chalarda
manzarali daraxt sifatida o‘stiriladi. Ular 8-10 yoshida hosilga kirib, har yili gullaydi. Changchi
gulli kuchalalar yosh novdalaming tubida rivojlanadi. Toʻpguli kuchala yoki boshcha. Aprel
oyida gullab (15—60 yoshidan gullay boshlaydi), sentabrda urugʻi pishadi. Mevasi yong’oqcha
(choʻchqayongʻoq). Eman yorugʻsevar, qurgʻoqchilikka chidamli daraxt. 400—1000 yilgacha
yashaydi Urug‘chi gullari 2-5 tadan bo‘lib, yuqori bargchalarning qo‘ltig‘ida joylashadi. Eman
barg yozish bilan bir vaqtda gullaydi. Shamol vositasida changlanadi. Yong‘oqlari uzun bandli.
Ular har xil shaklda va yirik-mayda bo‘lishi mumkin.

Eman turkumiga mansub o‘simliklarning xo‘jalikdagi ahamiyati juda katta.Ulardan

qimmatbaho yog‘och mahsulotlari olinadi. Po‘stlog‘i esa oshlovchi moddalar tayyorlashda
ishlatiladi. Eman manzarali o‘simlik sifatida ko‘plab ekiladi. O‘zbekistonda uning 7 ta turi
ekiladi. Istirohat bog‘larida, xiyobonlarda va ko‘chalarda manzarali daraxt sifatida o‘stiriladi.
Emandoshlar o'rmon ekotizimlarining muhim komponenti bo'lib, tuproq eroziyasini oldini
olishda va uglerod siklida ishtirok etadi.

Xulosa

Emandoshlar oilasi (Fagaceae) tabiatning beqiyos mo‘jizalaridan biri bo‘lib, nafaqat

ekologik muvozanatni saqlashda, balki inson hayotida ham katta ahamiyat kasb etadi.
Ularning mustahkam yog‘ochi qurilish va mebelsozlikda, mevasi oziq-ovqat sifatida, barg va
po‘stlog‘i esa xalq tabobatida keng qo‘llaniladi.Tabiatga mehr bilan qarash va emandoshlar
oilasining qadrini bilish – bu nafaqat ilmiy yondashuv, balki insoniyatning kelajagini asrash
yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

DJUMAYEV X.K. Botanika (O‘simliklar sistematikasi) Toshkent – 2023

2.

A.Matkarimova, T. Maxkamov, M. Maxmudova, Xamidjon Azizov, G. Vaisova BOTANIKA

Toshkent - «VNESHINVES1Т1ШМ» 2019
3.

M.T.Isag‘aliyev, S.Meliboyev, Z.J.Isomiddinov, M.V.Obidov DORIVOR O‘SIMLIKLAR

BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASFarg‘ona-2021
4.

https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Eman_(daraxt)

5.

Dorivor o'simliklar biologiyasi va ekologiyasi Qaysarov V. T. 2023 "Fan ziyosi"

6.

Dorivor o'simliklar yetishtirish texnologiyasi va ekologiyasi O'. Ahmedov 2018

"Tafakkur-bo'stoni"

Библиографические ссылки

DJUMAYEV X.K. Botanika (O‘simliklar sistematikasi) Toshkent – 2023

A.Matkarimova, T. Maxkamov, M. Maxmudova, Xamidjon Azizov, G. Vaisova BOTANIKA Toshkent - «VNESHINVES1Т1ШМ» 2019

M.T.Isag‘aliyev, S.Meliboyev, Z.J.Isomiddinov, M.V.Obidov DORIVOR O‘SIMLIKLAR BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASFarg‘ona-2021

https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Eman_(daraxt)

Dorivor o'simliklar biologiyasi va ekologiyasi Qaysarov V. T. 2023 "Fan ziyosi"

Dorivor o'simliklar yetishtirish texnologiyasi va ekologiyasi O'. Ahmedov 2018 "Tafakkur-bo'stoni"