QARAG'AY TOIFALAR BO'LIMINING O'ZIGA XOS BELGILARI, KO'PAYISHI VA TARQALISHI

Аннотация

Ushbu tezisda qarag‘ay toifalar bo‘limining umumiy tavsifi, o‘ziga xos xususiyatlari, ko‘payish usullari, tarqalishi va inson faoliyatidagi ahamiyati haqida ma’lumot berilgan.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
100-101
43

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Mamasobirova, S. . (2025). QARAG’AY TOIFALAR BO’LIMINING O’ZIGA XOS BELGILARI, KO’PAYISHI VA TARQALISHI. Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования, 4(3), 100–101. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/zdtf/article/view/73823
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu tezisda qarag‘ay toifalar bo‘limining umumiy tavsifi, o‘ziga xos xususiyatlari, ko‘payish usullari, tarqalishi va inson faoliyatidagi ahamiyati haqida ma’lumot berilgan.


background image

100

QARAG'AY TOIFALAR BO'LIMINING O'ZIGA XOS BELGILARI, KO'PAYISHI VA

TARQALISHI

Mamasobirova Santalatbonu Dilshodbek qizi

Andijon Davlat Pedagogika Instituti

Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya

yo’nalishi 2- bosqich 203 – guruh talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15093268

Annotatsiya:

Ushbu tezisda qarag‘ay toifalar bo‘limining umumiy tavsifi, o‘ziga xos

xususiyatlari, ko‘payish usullari, tarqalishi va inson faoliyatidagi ahamiyati haqida ma’lumot
berilgan.

Абстрактный:

В данной диссертации приведены сведения об общем описании,

видовых характеристиках, способах размножения, распространении и значении
категории сосна в деятельности человека.

Abstract:

This thesis provides information on the general description of the pine taxon,

its specific characteristics, methods of reproduction, distribution, and importance in human
activity.

Kalit so‘zlar:

Qarag‘ay, ignabargli, ochiq urug‘li, shamol changlanishi, ekologik

ahamiyat, yog‘och sanoati.

Ключевые слова:

Сосна, хвойные, открытосеменные, ветроопыление,

экологическое значение, лесная промышленность.

Keywords:

Pine, conifer, open-seeded, wind pollination, ecological importance, timber

industry.

Qarag‘ay toifalar (

Pinophita

) bo‘limi vakillarida o‘simliklar olamining boshqa bo‘limi

turlaridan farqli ravishda urug‘ hosil qilgan. Ma’lumki barcha urug‘li o‘simliklarning ya’ni
yopiq va ochiq urug‘lilar har xil sporali o‘simliklar hisoblanadi. Demak ularda spora ikki xil:
erkaklik sporalari – mikrosporalar va urg‘ochilik sporalari – makrosporalar bo‘ladi. Bunda
mikrosporalar erkaklik gametofiti, makrosporalar urg‘ochilik gametofiti boshlang‘ichini
beradi. Shu holatga ko‘ra urug‘li o‘simliklar urug‘siz turli sporali o‘simliklardan (

selaginella,

polushnik, marsiliya

yoki

salviniya

) farq qilmaydi. Shunday bo‘lsada ular orasida muxim farq

bor. Urug‘siz yuksak o‘simliklarning urug‘lanish jarayonlari suvda amalga oshadi, urug‘li
o‘simliklarda esa jinsiy ko‘payishda suvning bo‘lishi shart emas. Shu tufayli urug‘li o‘simliklar
suvsiz sahrolarda yilning yomg‘irsiz vaqtlarida ham jinsiy yo‘l bilan ko‘payaveradi.

Deyarli barcha urug‘siz yuksak o‘simliklarda megasporalar megasporangiydan chiqib

ketadi, urug‘li o‘simliklarda esa megasporangiy ichida etilgan bitta makrospora, ichkarida
qolib undan urg‘ochi gametofitning rivojlanishi va urug‘lanish jarayoni sodir bo‘ladi. Bu
jixatdan qaraganda ba’zi turli sporali yuksak o‘simliklarda shu yo‘nalishda dastlabki siljishlar
kuzatiladi. Selaginellaning ba’zi turlarida megasporalar megasporangiy ichida qoladi va
urug‘lanishdan keyin murtakning muayan o‘sishiga hatto yosh o‘simlikkacha rivojlanadi.

Yuksak o‘simliklarga o‘xshash tomonlari ko‘p bo‘lgan turlar qirilib ketgan ba’zi

plaunsimonlarda miadesma (

Miadesmia

) va lepidokarpan (

Lepidocarpon

) turkumlarida

kuzatiladi. Ularda megasporangiya sporafloidlar deb nomlanuvchi yon o‘simtalari qayrilib
o‘sib qolishidan hosil bo‘ladi. Bu holat urug‘ga eng yaqin tuzilma bo‘lsada u hozirgi urug‘ga
gomologik emas, balki analog bo‘ladi. Chunki ochiq urug‘lilarda urug‘ miadesmiya va
lepidokarpondan ancha oldinroq paydo bo‘lgan. Urug‘li o‘simliklarda megasporangiy urug‘li


background image

101

plaunsimonlardan farqli o‘laroq “integument” (lotincha – integumentum – qoplag‘ich, qoplam
degan ma’noni anglatadi) deb nomlanuvchi maxsus qoplam bilan qoplangan. Ularning kelib
chiqishi lepidokarpon yoki miadesmiya megasporangiylari qoplag‘ichidan butunlay farq
qiladi. Integument bilan qoplangan megasporangiy urug‘kurtak deb nomlanadi. Bu
haqiqatdan ham urug‘ning boshlang‘ichi bo‘lib undan urug‘lanishdan keyin urug‘ rivojlanadi.
Ma’lumki megasporaning rivojlanishi ya’ni urg‘ochi gametofitning rivojlanishi
megasporangiyada (urug‘kurtak ichida) sodir bo‘ladi. Urug‘kurtak ichida urug‘lanish sodir
bo‘lib, murtak rivojlanadi. Bu hol urug‘lanishni suvsiz sodir bo‘lishini ta’minlaydi. Murtakning
rivojlanish jarayonida urug‘kurtak urug‘ga aylanadi.

Qarag‘ay toifalari (Pinophyta, Coniferophyta yoki Gymnospermae) asosan mo‘tadil va

sovuq iqlim mintaqalarida keng tarqalgan. Ular Shimoliy Amerika, Yevropa, Osiyo va Janubiy
Amerikaning tog‘li hududlarida ko‘p uchraydi. Eng katta qarag‘ay o‘rmonlari Rossiya, Kanada
va Skandinaviya mamlakatlarida joylashgan. O‘zbekistonda esa tog‘li hududlarda, xususan,
Pomir-Oloy va Tyanshan tog‘ tizmalari bo‘ylab uchraydi. Qarag‘ay o‘rmonlari atrof-muhit
barqarorligini saqlashda muhim rol o‘ynaydi. Atmosferaga kislorod chiqarib, karbonat
angidrid miqdorini kamaytiradi. Tuproq eroziyasining oldini oladi va suv resurslarini tartibga
soladi. Biomuhitni boyitadi va ko‘plab hayvonlarning yashash joyi hisoblanadi. Qarag‘ay
yog‘ochi va undan olingan mahsulotlar turli sohalarda ishlatiladi. Qurilish sanoati
mustahkamligi va yengilligi sababli uylar, ko‘priklar va mebel ishlab chiqarishda keng
qo‘llaniladi. Tsellyuloza ishlab chiqarishda asosiy xomashyo sifatida ishlatiladi. Qarag‘ay
qatronidan tibbiyotda foydalaniladi, uning efir yog‘lari antiseptik va balg‘am ko‘chiruvchi
xususiyatga ega. Yog‘och va undan tayyorlangan briketlar yoqilg‘i sifatida ishlatiladi. Qarag‘ay
toifalari inson hayotida muhim o‘rin tutadi. Ularning ekologik ahamiyati, sanoatda va kundalik
hayotda keng qo‘llanilishi tabiiy resurslardan oqilona foydalanish zarurligini ko‘rsatadi.
Qarag‘ay o‘rmonlarini saqlash va tiklash barqaror ekologik muhitni ta’minlash uchun muhim
hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

Hamidov “Osimliklar geografiyasi” “Oqituvchi” T.: 1984.

2.

Soxabiddinov. S. “Osimliklar sistematikasi” I II bob. “Oqituvchi” T.: 1976

3.

Абдукаримов А. А., Саъдуллаев С. «Ўсимликлар систематикаси», Тошкент: Фан,

2019.
4.

Назаров Н.Н., Ташходжаев Ш.Т. «Ботаника. Юқори ўсимликлар», Тошкент:

O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi, 2006.
5.

Takhtajan A. «Diversity and Classification of Flowering Plants», Columbia University

Press, 1997.

Библиографические ссылки

Hamidov “Osimliklar geografiyasi” “Oqituvchi” T.: 1984.

Soxabiddinov. S. “Osimliklar sistematikasi” I II bob. “Oqituvchi” T.: 1976

Абдукаримов А. А., Саъдуллаев С. «Ўсимликлар систематикаси», Тошкент: Фан, 2019.

Назаров Н.Н., Ташходжаев Ш.Т. «Ботаника. Юқори ўсимликлар», Тошкент: O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi, 2006.

Takhtajan A. «Diversity and Classification of Flowering Plants», Columbia University Press, 1997.