9
QARAG’AYTOIFA BO’LIMI VAKILLARINING TUZILISHI SISTEMATIKASI VA
TARQALISHI
Olimjonova Mohidil Ibrohimbek qizi
Andijon Davlat Pedagogika Instituti
Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yo’nalishi 1-bosqich 103-guruh talabasi
Olimjonovamohidil251@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15110959
Abstract:
This article discusses the Gymnosperms (Gymnospermae), focusing on their
morphological characteristics, ecological role, and reproduction. Gymnosperms play a crucial
role in various ecosystems and are economically significant. The article also addresses the
ecological threats and the impact of climate change on these plants.
Аннотация:
Эта статья посвящена голосеменным растениям (Gymnospermae), их
морфологическим
характеристикам,
экологической
роли
и
размножению.
Голосеменные играют важную роль в различных экосистемах и имеют экономическое
значение. В статье также рассматриваются экологические угрозы и влияние изменения
климата на эти растения.
Keywords:
Gymnosperms,
Gymnospermae,
ecological
role,
morphological
characteristics, reproduction, ecosystems, economic importance, climate change,
environmental threats, conifers, seed plants.
Ключевые слова:
Голосеменные, Gymnospermae, экологическая роль,
морфологические характеристики, размножение, экосистемы, экономическое значение,
изменение климата, экологические угрозы, хвойные, семенные растения.
Qarag’aytoifa ( Pinophyta) bo’limi. Ochiq urug’li o’simliklar devon davrida paydo bo’lgan
yuksak o’simliklarning eng qadimgi guruhlaridan bo’lib,ular paleozoy va mezozoy eralarida
keng rivojlangan . Ular asosan Shimoliy yarimsharda tarqalgan. Yer yuzida qarag’aytoifa
o’simliklarning 700ga yaqin turi borligi aniqlangan. Bular uchun xarakterli belgilardan biri
urug’ hosil qilishidir. Urug’ning o’zi urug’kurtakdan hosil bo’ladi. Urug’kurtak esa shakli
o’zgargan megasporangiydir.u megasporofilda ochiq holda o’rnashgan. Magnoliyatoifa
o’simliklarda esa urug’kurtak urug’chi tugunchasining ichida joylashgan. Evolutsiya jarayonida
megasporangiy changdonga, mikrosporalar esa urug’kurtakka aylangan. Bu jihatdan
qaraganda qarag’aytoifa o’simliklar har xil sporali o’simliklar hisoblanadi. Qarag’aytoifalar
hayotiy shakli jihatidan daraxt, buta va ayrim lianalardan iborat. Motiopodial tipda shoxlangan
bu o’simliklarning ildiz sistemasi yaxshi tarqqiy etgan. Qarag’aytoifalarga xos xususiyatlardan
yana biri ularda qubbalarning bo’lishidir.qubbalar o’q, poya, qoplag’ich va tangacha barglardan
tashkil topgan. Koʻpchilik qaragʻaylarning poʻstlogʻi qalin, lekin baʼzi turlari yupqa poʻstloqqa
ega. Shoxlari oddiy „psevdo burmalar“ shaklida boʻlib, aslida juda qattiq spiral koʻrinishidagi
novdalar halqasiga oʻxshaydi. Koʻpgina qaragʻaylar har yili faqat bitta novda hosil qiladi, biroq
ayrimlari koʻp tugunli boʻlib yiliga ikki yoki undan ortiq novda chiqara oladi.Qaragʻaylar bir uyli
oʻsimlik boʻlib, erkak va urgʻochi qubbalari bir daraxtda joylashadi. Erkak qubbalari kichkina
(1-5 sm uzunlikda) boʻlib, faqat qisqa vaqt davomida (odatda bahorda, ayrim turlari esa kuzda)
gul changlarini tarqatadi va soʻng toʻkiladi. Urgʻochi qubbalari changlanishdan keyin 1,5-3 yil
ichida, turiga qarab, pishib yetiladi. Pishib yetgan urgʻochi qubbalarning uzunligi 3-60 sm gacha
yetadi.
10
Hozirgi klassifikatsiyalar bo’yicha qarag’aytoifalar 6ta ajdodga bo’linadi:
1.Urug’li qirqquloqsimonlar (Pteridospermae).
2. Sagovniksimonlar ( Cyacadopsida ).
3. Bennettitsimonlar ( Bennettitopsida ).
4. Gnetumsimonlar ( Gnetopsida ).
5. Ginkgosimonlar ( Ginkoopsida ).
6. Qarag’aysimonlar ( Pinopsida ).
Yuqoridagi 6ta ajdod birinchi va uchinchi ajdodlarning vakillari faqat qazilma holda
uchraydi. Qolgan ajdodlarning vakillari esa yer yuzasida ancha keng tarqalgan.
XULOSA
Qarağaytoifalar iqtisodiyotda juda katta ahamiyatga ega bo‘lib, quyidagi
sohalarda keng qo‘llaniladi:
Yog‘och va qurilish
: Qarağaytoifalar yog‘ochi qurilish materiallari,
mebel, qog‘oz ishlab chiqarishda ishlatiladi. Masalan, Pinus radiata yog‘ochi yengil va qattiq
bo‘lib, qurilish va mebelsozlikda keng ishlatiladi.
Moylar ishlab chiqarish:
Qarağaytoifalar,
masalan, Pinus pinaster (dengiz qarag‘ayi) va Abies alba (kumush archa) qatronlari va efir
moylarini ishlab chiqaradi. Bu moddalar kosmetikada, aromaterapiyada va farmatsevtikada
ishlatiladi.
Manzara
: Kiparis va qarağay o‘simliklari bog‘larni bezashda, shuningdek, uzoq
muddatli yashash uchun muhim ekosistemalar yaratishda ishlatiladi. Cupressus sempervirens
(italyan kiparisi) ko‘pincha landshaft dizaynida ishlatiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:
1.
Xo’janazarov.O’.E, Mavlonov. X, Sadinov J.S. “Botanika o’simliklar sistematikasi” Toshkent
“Innovatsiya-Ziyo” 2022.
2.
Tojiboyev. M.U, Uzoqjonova. M.D.Q. “Farg’ona vodiysida tarqalgan ruderal shifobaxsh
o’simliklar ularning tarqalishi va ahamiyati” Science and Education, 2023.
3.
Pratov O’, To’xtayev A.S, Azimova.F.O’, Saparboyev F.Z, Umaraliyeva M.T. “Biologiya”
(botanika 6-sinf darslik) Toshkent- “O’zbekiston”, 2017.
4.
Ikromov M.I, Normurodov X.N., Yuldashev A.S. “Botanika” Toshkent “O’zbekiston” 2002.
5.
Mustafayev. S, Ahmedov O’. Botanika – T: “O’zbekiston”, 2006 s