4
GLOBALIZATSIYA JARAYONINING KAMBAG‘ALLIKKA TA’SIRI
Abdujalolova Farzonabegim Saydullo qizi
Andijon Davlat universiteti magistranti
axmedovafarzonabegim@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15349406
Annotatsiya
Mazkur maqolada globalizatsiya jarayonining kambag‘allik holatiga ijobiy
va salbiy ta’siri iqtisodiy va ijtimoiy geografik nuqtayi nazardan chuqur tahlil qilinadi. Global
iqtisodiy tizimdagi o‘zgarishlar, transmilliy kapitalning harakati, mehnat migratsiyasi, axborot
texnologiyalarining taraqqiyoti, xalqaro savdo va moliyaviy integratsiyaning ijtimoiy
qatlamlarga ta’siri turli makonlar misolida yoritiladi.
Kalit so‘zlar:
globalizatsiya, kambag‘allik, iqtisodiy tengsizlik, ijtimoiy adolat, xalqaro
savdo, bandlik, investitsiyalar, xalqaro tashkilotlar
Kirish.
Globalizatsiya so‘nggi o‘n yilliklarda dunyo miqyosida jamiyat taraqqiyotiga
kuchli ta’sir ko‘rsatib kelmoqda. Iqtisodiy ochilish, axborot texnologiyalarining rivojlanishi,
transmilliy korporatsiyalarning ko‘payishi va xalqaro integratsiya jarayonlari global makonda
davlatlararo bog‘liqlikni kuchaytirmoqda. Shu bilan birga, globalizatsiya nafaqat rivojlanish,
balki ijtimoiy tengsizlik, iqtisodiy zaiflik, kambag‘allik kabi muammolarni ham
keskinlashtirishi mumkin.
Kambag‘allik darajasi dunyo mintaqalarida sezilarli farq qiladi. Masalan, Sahroi Kabir
janubidagi Afrikada aholining qariyb yarmi mutlaq kambag‘allikda yashasa, Janubi-Sharqiy
Osiyoda kambag‘allik son jihatdan yuqori, ammo so‘nggi o‘n yilliklarda birmuncha kamaygan.
Rivojlangan davlatlarda esa kambag‘allik ko‘proq nisbiy shaklda namoyon bo‘ladi. Markaziy
Osiyo davlatlarida, xususan O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘izistonda esa
kambag‘allik asosan qishloq joylarga xos bo‘lib, mehnat migratsiyasi, daromadlar tengsizligi
va ijtimoiy xizmatlarning cheklanganligi bilan izohlanadi.
Asosiy qism.
Globalizatsiya bu – butun dunyo davlatlarining iqtisodiy, siyosiy, madaniy
va ekologik jihatdan o‘zaro bog‘liqligini kuchaytiruvchi jarayondir. Geografik nuqtayi
nazardan globalizatsiya hududlar o‘rtasidagi iqtisodiy va ijtimoiy tafovutlarni kuchaytirishi
yoki kamaytirishi mumkin. Bu tafovutlar ayniqsa kambag‘allik masalasida yaqqol ko‘rinadi.
Uning asosiy omillari:
xalqaro savdoning kengayishi;
transmilliy kompaniyalar faoliyati;
axborot texnologiyalari va internet orqali tezkor axborot almashinuvi;
mehnat migratsiyasi va demografik o‘zgarishlar;
xalqaro moliyaviy institutlarning siyosati.
Har bir jarayonning ijobiy va salbiy oqibatlari bo`lgani kabi, globalizatsiyaning ham
kambag`alikka ijobiy va salbiy ta`sirlari bor. Dastavval ijobiy ta`sirlarini ko`rib chiqmiz.
1. Ishlab chiqarish ko‘lamining kengayishi va yangi ish o‘rinlarini yaratilishi.
Xalqaro kompaniyalarning rivojlanayotgan mamlakatlarga sarmoya kiritishi natijasida
yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda. Yangi ish o`rinlarning yaratilishi uning aynan qayerlarda
yaratilishiga ham mutlaq bog`liq. Masalan, agar ish o`rni urbanizatsiya darajasi past, aholining
quyiroq qatlamida yaratilsa, bu – yaxshi va kutilgan natijaga erishsa bo`ladi, ya`ni
kambag`allik darajasini kamaytirishi mumkin. Agar buning aksi bo`lsachi, ya`ni yangi
kompaniyalar shahar markazlarida, aholining yuqori qatlami yashaydigan joylarda barpo
5
etilsa, bu ushbu shahar demografik yukini kuchaytiradi va aholining kambag`allik darajasini
kamayishiga deyarli ta`sir qilmaydi. Demografik yuk kuchaygan shaharda ishlash aholining
kambag`al qatlami uchun birmuncha noqulay, ya`ni kambag`al aholi qishloq joyda o`z
ehtiyojlarini qondira olmayotgan bir paytda, katta shaharda yashash narxlari sezilarli qimmat
joyda yashash, kutilgan natijaning aksini ko`rsatishi ham mumkin. Imkon qadar zavod,
Fabrika va kompaniyalarni ishchi kuchi omiliga qarab joylashtirilsagina, kambag`allik
darajasiga ijobiy ta`sir qilishi mumkin.
2. Axborot va texnologiyalarga kirish
Internet va raqamli texnologiyalar kambag‘al qatlamlar uchun ta’lim va axborotga kirish
imkonini kengaytirdi. Bu esa ularning iqtisodiy faolligini oshirishga yordam beradi. Shu
o`rinda aytishimiz mumkinki, axborotning globallashuvi Kamba`allik qatlamini kamaytirishga
keskin ta`sir qilmoqda.
Globalizatsiyaning kambag‘allikka salbiy ta’siri
1.
Ishsizlik va norasmiy bandlik
Raqobatga bardosh bera olmagan mahalliy korxonalar yopiladi. Bu esa ayniqsa
iqtisodiyoti zaif hududlarda ishsizlikni kuchaytiradi. Norasmiy mehnat bozori kengayib,
ijtimoiy himoya yo‘qoladi. Bu jarayonga Afrika davlatlarini misol keltirishiz mumkin,
2.
Resurslarning notekis taqsimlanishi
Globalizatsiyadan ko‘proq foyda ko‘radiganlar yuqori malakali va kapitalga ega
qatlamdir. Kambag‘al qatlamlar esa boylik taqsimotidan chetda qoladi.
3.
Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning inqirozi
Importga tobelik oshib borar ekan, mahalliy mahsulotlar raqobatbardosh bo‘lishdan
to‘xtaydi. Bu ayniqsa qishloq xo‘jaligi sektorida muammolarni yuzaga keltiradi.
4.
Ijtimoiy va madaniy bosimlar
G‘arb madaniyati va iste’molchiligi namunalarining yoyilishi mahalliy qadriyatlar va
jamiyatlarda ijtimoiy dissonansni yuzaga keltirmoqda. Bu esa kambag‘al qatlamlar uchun
ijtimoiy stressni oshiradi.
Xulosa. Globalizatsiya kambag‘allikni kamaytirish uchun yangi imkoniyatlar yaratgan
bo‘lsa-da, u bilan bog‘liq xavflar va tahdidlarni ham kuchaytirgan. Iqtisodiy va ijtimoiy
geografik tahlil shuni ko‘rsatadiki, bu jarayon ijobiy samara berishi uchun har bir hudud o‘z
makoniy xususiyatlarini hisobga olgan holda global integratsiyani boshqarishi zarur.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Sachs, Jeffri. (2005).
Qashshoqlikka barham berish: Bizning davrimizda iqtisodiy
imkoniyatlar
. Penguin Press.
2.
Kuznets, Saymon. (1955). "Iqtisodiy o‘sish va daromadlar tengsizligi."
3.
G‘ulomov, A. va boshqalar. (2021).
Iqtisodiyot nazariyasi
. Toshkent: Iqtisodiyot
nashriyoti.
4.
Dollar, Devid, va Kraay, Art. (2004).
Savdo, o‘sish va kambag‘allik
.