41
O‘ZBEKISTON SHAROITIDA DANIYA SELEKSIYASIGA MANSUB GOLSHTIN
ZOTLI TANALARNI JADAL O‘STIRISH VA OZIQLANTIRISH
Tursunboyev Shoxrux Bobir o‘g‘li
Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot institutining mustaqil izlanuvchisi
G‘iyosov Xusanjon Abdullayevich
Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot institutining
“Qoramolchilik” bo‘limi boshlig‘i, q.x.f.n., k.i.x.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15424063
Annotatsiya:
Daniya seleksiyasiga mansub turli liniyadagi golshtin zotli tanalarni
O‘zbekiston sharoitida jadal yetishtirish va butun tajriba davomida, yani tug‘lganidan to sigir
bo‘lgunicha bo‘lgan davrda bir boshga oziqa sarfi bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari
keltirilgan.
Kalit so‘zlar:
golshtin zotli tanalar ratsion, ozuqa birligi, oziqlantirish, oziqa sarfi.
Аннотация.
Представлены результаты исследования интенсивного разведения
голштинской породы крупного рогатого скота разных линий датской селекции в
Узбекистане и расход кормов на одну голову на протяжении всего опыта, то есть от
рождения до отъема.
Ключевые слова:
Рацион голштинской породы крупного рогатого скота,
единство, кормление, потребление кормов.
Kirish.
Sutdor qoramolchilik samardorligini oshirishda sigirlar podasini yosh va
mahsuldor sigirlar bilan to‘ldirib borish katta ahamiyatga ega. Buning uchun podani
to‘ldiruvchi tanalar yetishtirishning jadal texnologiyasini qo‘llash maqsadga muvofiq. Bu
texnologiyasi tanalarni 14-15 oylik yoshida samarali sun’iy urug‘lantirish va ikki yoshida sigir
qilish tizimini ko‘zda tutadi.
Germaniya, Gollandiya, Daniya, Shvesiya va Rossiyaning ayrim naslchilik zavodlarida
urg‘ochi tanalarni oziqlantirish darajasi ularni fiziologik yetilgungacha bo‘lgan o‘sish davrida
o‘rtacha 800 g kunlik o‘sish olishni va urg‘ochi tanalarni 14-15 oyligida 380-400 kg tirik
vaznga yetganda sun’iy urug‘lantirishni ta’minlaydi.
Golshtin zoti standartiga ko‘ra, 1 oylik buzoqning o‘rtacha tirik vazni kamida 54 kg ni
tashkil etib, 12 oyligida 287 kg ni, 24 oyligida, ya’ni birinchi tug‘im yoshida kamida 545 kg
tirik vaznga ega bo‘lishi lozim.
Chorvachilik fermer xo‘jaliklarida ayniqsa sanaot asosida qurilgan komplekslarida
kelgusida nasilchilikda foydaniladigan urg‘ochi buzoqlar tug‘ilgandan to voyaga yetgunga
qadar bir necha rivojlanish davrlarini boshdan kechiradi. Yosh urg‘ochi buzoqlar
organizmining shakllanishiga ularning to‘la qiymatli ratsion asosida ozuqlantirishga,
shuningdek genetik xususiyatlariga bog‘liq. Buzoqlarni boqish texnologiyasida postembrional
rivojlanishning to‘rt davri mavjud: og‘iz suti (tug‘ilgandan 10 kungacha); sut davri, dag‘al va
shirali ozuqalarga o‘tish (3-6 oygacha); o‘sish davri (6 oydan 12 oygacha); fiziologik
rivojlanish davri (12-15- oygacha) bo‘lgan davrlarni oz‘ ichiga oladi.
Daniyadan keltirilgan turli liniyalarga mansub golshtin sigirlarni sanoat asosida qurilgan
kompleksda asrab parvarishlash va sigirlardan yuqori mahsuldorlikka erishish maqsadida
tadqiqotlarda urg‘ochi buzoqlarni jadal o‘stirish texnologiyasi asosida naslli mollarning o‘ziga
xos xususiyatlaridan - hayvonning zoti, zotdorligi, liniyasi, ularning O‘zbekiston sharoitiga
42
moslashishi, xojalikda qoramollarni oziqlantirish darajasi, shuningdek, ozuqalarni mahsulot
bilan qoplash ko‘rsatkichlari hisobga olindi. Sanoat asosida qurilgan sutchilik komplekslari
sharoitida yosh mollarning o‘sish, rivojlanishi, sun’iy urug‘lanish darajasini va sut
mahsuldorligini o‘rganish orqali ularning irsiy salohiyatini qizlariga o‘tkazaolishi ilmiy asosda
o‘rganildi. Bu nasldor va mahsuldor mollar podasini yaratish muhim ilmiy-amaliy ahamiyat
kasb etadi.
Natijalar va munozara.
Podani to‘ldiruvchi naslli sigirlarni yetishtirishda urg‘ochi
tanalarni muvozanatlashtirilgan ratsion asosida oziqlantirish va buzoqlarni jadal o‘stirish
texnologiyasini qo‘llash, urg‘ochi tanalarni qochirish vazniga erta yetkazish, ularni ikki
yoshida tug‘ib sut berishini ta’minlash, tashqi muhit ta’sirida yangi muhitga moslashishiga
qanchalik bog‘liq ekanligini aniqlashda muhim ahamiyatga ega.
Butun tajriba davrida I-tajriba guruhidagi tanalarga 1110 kg beda pichani, 3650 kg silos,
1520 kg oziqabop lavlagi, 320 kg makkajo‘xori doni yormasi, 350 kg bo‘g‘doy doni yormasi,
jami EOB 2782,3 kg sarflanib, bu ko‘rsatkichlar tengqurlari II-tajriba guruhidagi tanalarga
nisbatan beda pichani 60 kg yoki 5,4%, makkajo‘xori silosi 255 kg yoki 7%-ga jami EOB
98,85 kg yoki 3,55%, Almashinuvchi energiya 404,2 Mj, quruq modda 113,5 kg, xom protein
15 kg, hazmlanuvchi protein 9,7 kg xom kletchatka 34,26 kg, qand moddasi 2,8 kg-ga, III-
tajriba guruhidagi tengdoshlaridan EOB bo‘ycha 169,6 kg yoki 6,1%-ga, almashinuvchi
energiyasi bo‘ycha 684,8 kg, yoki 4%-ga, quruq moddasi 194,5 kg yoki 7,32%, xom protein
25,5 kg, hazmlanuvchi protein 16,4 kg, xom kletchatka 58,7 kg ortiqcha oziqa tarkibidagi
to‘yimli moddalarni o‘zlashtirdi.
1.-jadval
Tajribadagi urg‘ochi tanalarning butun tajriba davomidagi oziqa sarfi, kg
Ozuqalar
Guruhlar
I-tajriba
II-tajriba
III-tajriba
Yog‘li sut
540
540
540
Beda pichani
1110
1050
1010
Makkajo‘xori silosi
3650
3395
3204
Oziqabop lavlagi
1520
1520
1520
Makkajo‘xori don yormasi
320
320
320
Bug‘doy doni yormasi
350
350
350
Jami
7490
7175
6944
EOB
2782,3
2683,45
2612,72
Almashinuvchi energiya, Mj
17057,1
16652,86
16372,26
Quriq modda
2655,9
2542,4
2461,4
Xom protein
370,8
355,8
345,3
Xazmlanuvchi protein
264,8
255,12
248,4
Xom kletchatka
596,1
561,84
537,4
Kraxmal
596,1
561,84
537,4
Qand
116,6
113,8
111,9
Xom yog‘
82,5
78,7
75,9
Sa
29,3
28,1
27,23
P
12,0
11,8
11,7
43
Magniy, g
6375
6073,5
5862
Kaliy,g
36745
35129,5
33991,6
Oltingugurt, g
4664
4595
4245,6
Temir, mg
452230
426595
408224
Mis, mg
18305
17570
17059
Rux, mg
68626
65947
64039,2
Kobalt, mg
441
429
421
Osh tuzi, g
10100
10100
10100
Mono-kalsiy fosfat, g
11700
11700
11700
Jami ozuqa birligi, kg
Xulosa.
O‘zbekiston sharoitida Daniya seleksiyasiga mansub turli liniyalardagi golshtin
zotli tanalarni jadal texnologiyasi yetishtirish natijasida ularni 14-15 oyligida 380-400 kg tirik
vaznga yetganda sun’iy urug‘lantirish va ikki yoshida sigir qilish iqtisodiy jixatdan samarali
hisoblanadi. Oman justi liniyasiga mansub I-tajriba guruhidagi urg‘ochi tanalar onalarinig
genetik salohiyatini o‘zlariga to‘liq namayon qilaolishi natijasida ozuqalarni yaxshi qoplab
tengdoshlaridan ko‘ra ko‘proq vazn olishga erishganligi aniqlandi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Асраев У.Б., Каххаров А.К., Хидиров К.И. Голштин зотли қорамолларнинг подани
тўлдиришга
мўлжалланган
бузоқларини
жадал
боқишда
ўсиш
ва
ривожланиши.//Chorvachilik va naslchilik ishi.2019. № 3.,7- 9 b.
2.
Аширов М., Нурматов А., Аллашов Б., Эшматов И., Рўзиев Р. Жумадуллаев Б,
Хидиров К., Комилов А, Жамолов С., Баҳриддинов Ф.// Фермер ва дехқон хўжаликлари
ҳамда аҳоли хонадонларида қорамолчиликни ривожлантириш бўйича амалий
қўлланма Тошкент 2019, 11 б.
3.
Батанов С.Д., Воторопина М.В., Шкарупа Э.И. Продуктивное долголетие и
воспроизводителние качества коров черно-пестрой породы отечественной и
голландской селекции. Ж. «Зоотехния», -№3, 2011. С. 2-4.
4.
Карнаухов Ю.А. Продуктивность коров черно-пестрой породы и их
голштинизированных помесей // “Зоотехния”. 2012. No 11. с. 29-30.