
188
rivojlantirishga, shuningdek bolalarni umumiy o‘rta ta‘limga tayyorlashga qaratilgan ta‘lim
turidir‖[3], - deyilgan.
Bugun biz axborot texnologiyalari rivojlangan, axborotlar ko‗lami benihoyat ko‗payib
ketgan asrda yashayapmiz. Ushbu asrda pedagoglar oldida turgan eng muhim vazifalardan biri
maktabgacha ta'lim tashkilotlarida, o‗quv tizimini yangidan isloh qilish, zamonaviy
texnologiyalar asosida ishlab chiqish, ularni amaliyotga keng jalb qilish, rivojlangan davlatlar
o‗quv tizimidagi yangiliklar hamda yutuqlarni o‗rganish, bilimlarni ilg‗or pedagogik va axborot-
kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yetkazib berishi hozirgi kunning muhim
talablaridan biri hisoblanadi.
Maktabgacha talim yoshidagi bolalarning rivojlanishi, ta‗lim – tarbiyasi mazmuni va
sifatiga qo‗yiladigan talablarni belgilash, ta‗lim–tarbiya jarayonida innovatsion va axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini ahamiyati Maktabgacha ta‘lim va tarbiyaning Davlat
standartining eng muhim vazifalaridandir. Bu kabi vazifalardan kelib chiqqan holda ta‗lim –
tarbiya jarayoniga eng zamonaviy, bola yoshiga mos vositalarni tanlash pedagog xodimlardan
bilim va tajriba talab qiladi. Bolaning ta‗lim olishi va rivojlanishida esa pedagoglarning ro‗li
muhim ahamiyatga ega. Chunki maktabgacha ta‗lim tashkilotlarida tarbiyachi - o‗rgatuvchi,
bolalar esa qabul qiluvchi hisoblanadi. Bu kabi vazifalarni amalga oshirishda maktabgacha
ta‗lim tashkiloti tajribali pedagoglaridan mashg‗ulotlar jarayonida innovatsion va axborot-
kommunikatsiya texnologiyalaridan unumli foydalana olishi, bilimga ega bo‘lishni talab qiladi.
Hozirgi kunda ta'lim–tarbiya tizimini takomillashtirish bevosita zamonaviy innovatsion va
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni amaliyotga samarali joriy etish darajasi bilan
bog`liqligini inkor etib bo‗lmaydi. Pedagogik texnologiya ta‗lim-tarbiya jarayoniga o‗ziga xos
bo‗lgan innovatsion yondashuvdir.
Innovatsion va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini maktabgacha ta‘lim
tashkilotlaridagi mashg‘ulotlar jarayonidagi ahamiyati foydalanishning metodik ta‘minotini
yaratish, kompyuterli ta‘limiy va rivojlantiruvchi o‘yinlarning kompyuter dasturlarini ishlab
chiqish va shu asosda tarbiyalanuvchilarning boshlang‘ich kompyuter savodxonligini
shakllantirish maqolaning ilmiy mohiyatini ifodalaydi.
Xulosa qilib aytganda, maktabgacha ta‘lim mashg‘ulotlari jarayoniga Innovatsion va
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali bolalarni ta‘lim-tarbiya jarayoniga
qiziqtirish, har tomonlama intellektual, ma‘naviy-axloqiy, jismoniy rivojlangan, kompyuter
savodxonligiga ega, raqobatbardosh, bilimli, salohiyatli, kelajagimiz davomchilarini
tarbiyalshdir.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ―O‗zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta‘lim
vazirligi faoliyatini tashkil etish to‗g‗risida‖gi
2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-son.[1]
2.
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ―Maktabgacha ta‘lim tizimiga ilg‗or
axborot va pedagogika texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi Qarori. 2019
yil 11 iyundagi 487-son.[2]
3.
O‗zbekiston Respublikasining ―Ta‘lim to‘g‘risida‖gi Qonuni. 2020 yil 23 sentabrdagi
O‗RQ-637-son. [3]
4.
Mirazimova Muxabbat (2021). Maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida mashg‘ulotlarni tashkil
etishda faollik markazlarinining mazmuni.
https://presedu.jspi.uz/index.php/presedu/authorDashboard/submission/3523
5.
Mirazimova Muxabbat. (2022). Maktabgacha ta‘lim tashkilotlari faoliyatlar jarayonida
rivojlantiruvchi muhitning ahamiyati.
https://presedu.jspi.uz/index.php/presedu/authorDashboard/submission/4727
MAKTAB O‗QUVCHILARI UCHUN MO‗LJALLANGAN ANDROID ILOVANING
IMKONIYATLARI
Mingboyev Ulug'bek Xo'jayevich

189
O‗zbekiston Milliy Universiteti Jizzax filiali dotsenti, PhD
Djumayev Sindor Ne'matovich
Toshkent Axborot Texnalogiyalari Universiteti Samarqand filiali katta o‗qituvchisi
Sindorov Abdurasul O'rolbek o'g'li
O‗zbekiston Milliy Universiteti Jizzax filiali magistranti
Annotatsiya:
Ushbu tezisda maktab boshlang‗ich sinf o‗quvchilari uchun matematika
fanidan o‗rganilgan mavzularni mustahkamlashga mo‗ljallangan Math Quiz Game mobil ilovasi
imkoniyatlari va muhimligi keltirlgan
.
Kalit so‗zlar:
Android, mobil ilova, matematika, operatsion tizim.
Hozirgi kunda Android bozori ancha rivojlanib bormoqda. Mobil ilovalar bozirini
kengayib borishi hayotimizni turli sohalari qatori ta‘lim tizimida ham bizning yaqin
ko‗makchimizga aylanib qolmoqda. Ta‘lim tizimida foydalaniladigan mobil ilovalrning ko‗payib
borayotgani o‗qituvchilar uchun ham o‗quvchilar uchun ham mustaqil o‗rganish manbalarini
ko‗payishiga va mavzularni o‗zlashtirishni sifati oshishiga sabab bo‗lmoqda.[1]
Ushbu tezisda biz boshlang‗ich sinf o‗quvchilari uchun mo‗ljallangan Matematika fanini
mustaqil o‗zlashtirishda foydlaniladigan
Math Quiz Game
ilovasini imkoniyatlari tavsifini
keltiramiz[2]:
1-rasm. Ilovani tanlash oynasi
Math Quiz Game
ilovasini tanlab ishga tushirganimizda quyidagi rasmda keltirlgan ilova bosh
oynasini ko‗rishimiz mumkin.

190
2-rasm. Math Qiuz Game bosh oynasi
Mobil ilovaning imkoniyatidan foydalanish uchun bosh oynadan
BOSHLASH
tugmasini
tanlaymiz. Natijada quyidagi oyna hosil bo‗ladi(17-rasm).
3-rasm. Savollar oynasi
Ko‗rib turganimizdek bu oynada Matematika fanidan qo‗shish arifmetik amalini bajarishga doir
savollar va javob variantlari keltirilgan. Keltirlgan javob variantlaridan birini tanlasak navbatdagi
savol chiqib keladi[3].

191
4-rasm. Savollar oynasi
Bizga keltirilgan oyna boshlang‗ich sinflarga mo‗ljallangan bo‗lib unda jami 19 ta savol berildi.
Ajratilgan vaqt esa 25 sekundni tashkil qildi. Biz 17/19 ko‗rsatgich qayd etdik.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Голощапов А.Л. Google Android. Программирование для мобильных устройств
(Профессиональное программирование). Санк-Петербург:
«БХВ - Петербург», 2011. – 438 с.
2.
2.https://scholar.google.com.do/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=zCFguOEA
AAAJ&citation_for_view=zCFguOEAAAAJ:u-x6o8ySG0sC
3.
Djumayev S. N., Narzullayeva N.U., Axrorova F. Ingliz tilini mustaqil o‗rganuvchilar
uchun my e-book android ilovasi. ―Zamonaviy axborot, kommunikatsiya texnologiyalari va at-
ta‘lim tatbiqi muammolari‖ mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani ma‘ruzalar to‗plami.
Samarqand 2021-yil, 24-25 noyabr.
INFORMATIKA FANINI O‘QITISHDA MASOFAVIY TA‘LIM TIZIMIDAN
FOYDALANISHNING QULAYLIKLARI
Mustafoyev Ahror
O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali magistranti
Annotatsiya:
Bugungi
kundagi
zamonaviy ta‗lim texnologiyalari kompyuter
texnologiyalaridan foydalanishga asoslangan. Ayniqsa, so‘nggi yillardagi karantin cheklovlari
vaqtida masofaviy ta‗limga ehtiyojning sezilarli darajada ortishi bilan kompyuter
texnologiyalarining ta‗lim jarayonidagi o‘rni yanada ortdi. Bu esa bevosita informatika fanining
o‘rganilish jarayoniga o‘z ta‘sirini ko‘rsatdi hamda ushbu fan resurslari boyishiga olib keldi. Bu
maqolada informatikani o‘qitishda masofaviy ta‘lim tizimidan foydalanishning qulayliklari va
samarasi xususida so‘z boradi.
Kalit so'zlar:
masofaviy o‗qitish, masofaviy o‗qish, platforma
.
Bugungi kunga kelib ilm-fan, texnika, qolaversa, yer yuzidagi barcha sohalar shu
darajada jadal rivojlandiki, butun insoniyat aql bovar qilmas yutuqlarga erishib, og‗iri yengil,
uzog‗i yaqin, ishlab chiqarish samaradorligi keskin ortib ketgan davrga to‗g‗ri kelmoqda.[1]
Ayniqsa, informatika va axborot texnologiyalari sohasidagi rivojlanishni, qisqa muddat ichida