Zamonaviy texnologiyalarni kutubxona faoliyatiga tadbiq qilish

CC BY f
209-211
108
Поделиться
Таджиев, А. (2022). Zamonaviy texnologiyalarni kutubxona faoliyatiga tadbiq qilish. Современные инновационные исследования актуальные проблемы и развитие тенденции: решения и перспективы, 1(1), 209–211. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/zitdmrt/article/view/5160
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Bugungi kunda intellektual tizimlarni kutubxonalarda joriy qilish va foydalanish kutubxona sohasini yangi bosqichga olib chiqadi. Tizim yordamida ma ’lumotlarini to‘plash, saqlash, nazorat qilish va tartibga solish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu orqali kutubxonalarda о ‘qilayotgan kitoblar, janrlar, yozuvchi va shoirlarga bo ‘Igan talab, talabalaming qiziqishlari haqidagi dolzarb axborotlarga ega bo‘lish, talabalarni o'qishi, qiziqishi, faolligi, dunyoqarashi kabi muhim ко ‘rsatkichlar bo ‘yicha turli guruhlarga ajratish, xulosalar chiqarish imkoniyati paydo bo ‘ladi.

Похожие статьи


background image

209

services. While small services are preferable, it‘s important to remember that they are a means to
an end and not the primary goal. The goal of microservices is to sufficiently decompose the
application in order to facilitate agile application development and deployment.[2]

Summary

Building complex applications is inherently difficult. A Monolithic architecture only

makes sense for simple, lightweight applications. You will end up in a world of pain if you use it
for complex applications. The Microservices architecture pattern is the better choice for
complex, evolving applications despite the drawbacks and implementation challenges.

References

1.

Monolith to Microservices: Evolutionary Patterns to Transform Your Monolith by Sam

Newman Paperback Released November 2019[100-108 p]
ISBN: 9781492047841
2.

Building Microservices: Designing Fine-Grained Systems by Sam Newman Paperback [64-

108 p]
3.

Monolith to Microservices: Refactoring Approaches compared: Transforming Applications to

could-ready Software Architectures by Jonas Fritzsch /Apr 24, 2018 [64-80 p]
4.

Building Event-Driven Microservices: Leveraging Organizational Data at Scale 1st Edition

by Adam Bellemare 2020 [189-192 p]

ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARNI KUTUBXONA FAOLIYATIGA TADBIQ

QILISH

Tojiyev Alisher Hasan o‗g‗li

O‗zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali o‗qituvchisi

Annotatsiya:

Bugungi kunda intellektual tizimlarni kutubxonalarda joriy qilish va

foydalanish kutubxona sohasini yangi bosqichga olib chiqadi. Tizim yordamida ma‘lumotlarini
to‗plash, saqlash, nazorat qilish va tartibga solish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu orqali
kutubxonalarda o‗qilayotgan kitoblar, janrlar, yozuvchi va shoirlarga bo‗lgan talab,
talabalarning qiziqishlari haqidagi dolzarb axborotlarga ega bo‗lish, talabalarni o‗qishi,
qiziqishi, faolligi, dunyoqarashi kabi muhim ko‗rsatkichlar bo‗yicha turli guruhlarga ajratish,
xulosalar chiqarish imkoniyati paydo bo‗ladi.

Kalit so‗zlar:

texnologiya, kutubxona, axborot, statistika, tizim.

Bugungi kunga kelib ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma‘naviy-madaniy sohalarda tub

o‗zgarishlar jarayoni har qachongidan ham jadallashgan. Kundan-kunga axborot
kommunikatsiya texnologiyalarining hayotimizdagi roli oshib bormoqda. Mamlakatimizda ulkan
yuksalishlar qatorida kutubxona tizimi xalqaro standartlar asosida rivojlanib, tizim faoliyati
takomillashayotganiga guvoh bo‗lmoqdamiz.

Kundalik turmushimizda deyarli barcha sohalarda ma‘lumotlar bilan ishlaymiz.

Ma‘lumotlarni to‗plash, saqlash va uzatishda axborot tizimi orqali katta natijalarga erisha olamiz.
Ushbu tizimning vazifasi inson ro‗lisiz ma‘lumotlarni tahlil qilishdan iborat[5]. Zamonaviy
texnologiyalar yordamida kutubxona sohasini yangi bosqichga olib chiqish mumkin. Kutubxona
faoliyati kitobxon va kutubxona xodimi o‗rtasidagi munosabatlarga asoslanadi. Ushbu faoliyatni
tizimlashtirish vositasi yordamida to‗plab boriladigan ma‘lumotlarni tahlil qilish orqali
kutubxona faoliyati va kitobxonlarga turli xil xulosalar berish mumkin[3]. Shunday ekan shu va
shu kabi zamonaviy tizimlar yaratish, hayotga tadbiq qilish dolzarb masalalarga aylandi[1].

Ushbu intellektual tizim yordamida kutubxonada kitoblarni joylashtirish va undan

qidirish tizimi kutubxonalarda kitoblar bilan ishlashda ma‘lumotlarni to‗plash, saqlash, nazorat
qilish va tartibga solish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu orqali kutubxonalarda o‗qilayotgan
kitoblar, janrlar, yozuvchi va shoirlarga bo‗lgan talab, kitobxonlarning qiziqishlari haqidagi
dolzarb axborotlarga ega bo‗lish, kitobxonlarni o‗qishi, qiziqishi, faolligi, dunyoqarashi kabi


background image

210

muhim ko‗rsatkichlar bo‗yicha turli guruhlarga ajratish, xulosalar chiqarish imkoniyati paydo
bo‗ladi[2].

Ushbu tizim asosiy vazifasini bajaruvchi bo‗lim 2 ta qismdan iborat:
1.KITOBXON
2.KITOB
Kitobxon kim bo‘lish mumkin? Kitobxon har qanday shaxs, ya‘ni kitob o‗qish xohishida

bo‗lgan va kitobni qaytarib berish javobgarligini olgan fuqaro.

Kitobxonlar uchun kutubxona tomonidan berilgan maxsus ID karta yordamida kamera

bilan skanerlash orqali bazadan qidirib topiladi. Bunday qidiruv tizimi vaqtni ancha tejaydi.

Ushbu qidirish algoritmi ma‘lumotlar bazasining maxsus so‗rovlari yordamida berilgan.

Kitobxon qidirib topilganda unda qanday kitoblar borligi va oldin qanday kitoblardan
foydalanganligi ko‗rinib turadi(1-rasm).

1-rasm. Kitobxon bo‗limi

Demak hozirda kitobxonimizda ―O‗zbekiston Res…‖ nomli kitob bor ekan. Agar

kitobxonda yana kitob olish istagi bo‗lsa KITOB qismidan kitob qidirib topiladi va sichqoncha
yordamida tanlab ―Kitobxonga berish‖ tugmasi bosiladi(2-rasm).

2-rasm. Kitob bo‗limi

Tugma bosilsa kitob kitobxon kitoblari ro‗yxatiga qo‗shiladi. Kitobxonga kitob berilgan

sanasi, vaqti kabi ma‘lumotlarni avtomatik tizimni o‗zi yozadi, bu tizimning yana bir qulayligi
hisoblanadi. Umuman olganda bu kabi amallar kutubxona xodimi uchun sodda ish muhitini
yaratadi.

Kitobxonning to shu kungacha foydalangan kitoblar ro‗yxatini ham ko‗rish imkoniyati

mavjud. Buning uchun ―Arxiv‖ tugmachasini bosish kifoya. ―Joriy kitoblar‖ tugmasi orqali yana
ayni vaqtdagi kitoblar ro‗yxatini ko‗rish mumkin (3-rasm).


background image

211

3-rasm. Kitobxon arxividagi kitoblar

Tizmining yana bir asosiy vazifasini bajaruvchi Statistika bo‗limini ko‗rib chiqamiz.

Tizim quyidagicha statistikalarni taklif qila oladi:

1.Kitobxonlar statistikasi

2.Kitoblar statistikasi

3.Muallif statistikasi

4.Janr bo‗yicha statistika

5.Nashriyot statistikasi

Bu statistika nima uchun kerak? Nima vazifa bajaradi? Qachon kerak bo‗ladi?
Bu statistika yillar mobaynida to‗plangan ma‘lumotlarni tahlil qilish uchun juda muhim.
Ma‘lumotlar to‘plamini qayta ishlab ma‘lum bir qoidalar asosida tartibga solish bilan statistik
ma‘lumotlar shakliga o‗tkazamiz (4-rasm).

4-rasm. Statistika

Ushbu jadvaldan ko‗rinib turibdiki o‗qigan yoki foydalangan kitoblar soniga qarab

saralangan. Yoki aksincha holatda ham saralsh imkoniyati mavzud. Bu ikki holat nima uchun
kerak? Kitobxonlik tanlovini o‗tkazish maqsadida ko‗rsatkichi yuqori kitobxonni tanlash
maqsadga muvofiq. Ko‗rsatkich past bo‗lgan kitobxonni kutubxonaga yanada jalb qilish,
qiziqtirish yordamida turli xil tanlovlar o‗tkazib kutubxona reytingini oshirish mumkin. Bu o‗z
navbatida kutubxonalar o‗rtasida raqobatni yuzaga keltiradi. Hech birimizga sir emaski qayerda
raqobat bo‗lsa o‗sha joyda rivojlanish, o‗sish bo‗ladi. Bu kabi fikrlar allaqachon o‗z tasdig‗ini
topgan[4].

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Karimov U.F, Rahmatullayev M.A., Mo‗minov B., Karimov O‗.U. Axborot kutubxona

muassasalari uchun dasturiy ta‘minot(ARMAT++) Foydalanuvchilar uchun yo‗riqnoma,
Toshkent, 2017.
2.

B.I. Ganiyeva. Axborot-kutubxona katalogi va fondi. O‗quv qo‗llanma, Toshkent, 2017.

3.

Qo‗chqorova N. Axborot-kutubxona fondlarini jamlash xizmati faoliyatining tahlili. ―Infolib‖

axborot-kutubxona jurnali. 2020.
4.

Axunjanov E. Kutubxonashunoslik, arxivshunoslik, kitobshunoslik: nazariyasi va tarixi.

O‗quv qo‗llanma, Toshkent,2011.
5.

Raimberdiyeva D. Mobil kutubxona. ―Kutubxona.uz‖ ilmiy-uslubiy jurnal. №1 (45) 2020.

Библиографические ссылки

Karimov U.F, Rahmatullayev M.A., Mo‘minov B., Karimov O‘.U. Axborot kutubxona muassasalari uchun dasturiy ta’minot(ARMAT++) Foydalanuvchilar uchun yo‘riqnoma, Toshkent, 2017.

B.I. Ganiyeva. Axborot-kutubxona katalogi va fondi. O‘quv qo‘llanma, Toshkent, 2017.

Qo‘chqorova N. Axborot-kutubxona fondlarini jamlash xizmati faoliyatining tahlili. “Infolib axborot-kutubxona jumali. 2020.

Axunjanov E. Kutubxonashunoslik, arxivshunoslik, kitobshunoslik: nazariyasi va tarixi. O‘quv qo‘llanma, Toshkent,2011.

Raimberdiyeva D. Mobil kutubxona. “Kutubxona.uz” ilmiy-uslubiy jumal. №1 (45) 2020.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов