
471
Oila o‗zaro munosabatlarning tarkib topishi va muomala odobi o‗sishi uchun zamin
bo‗ladigan asosiy makondir. Yosh avlod ulg‗ayib borar ekan, ular bir oilaning boshlig‗i va oila
bekasi bo‗ladi. Ular ham keyingi avlodni tarbiyalay boshlaydi. Shu yosh ota-onalarning
tarbiyasida yosh davrlaridan boshlab, muloqotchanlikka kirishishni yuqorida aytib o‗tilgan
ijobiy psixologik yondashuv bilan amalga oshirilgan bo‗lsa, ular ham shu tarzda kelajak
avlodlarga muomala madaniyatini singdirishadi. Bu esa jamiyatda o‗z fikriga ega, mustaqil qaror
qabul qiladigan, har tomonlama yetuk shaxsni ko‗payishiga yordam beradi. Hamda oilalarda
tinchlik,barqarorlik hukm suradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‗yxati:
1.
―Muloqot psixologiyasi‘‘, M.Maxsudova, O‗quv qo‗llanma, ―Turon Iqbol‘‘, 2006 yil,
10-15-bet;
2.
Oila tarbiyasida milliy va umuminsoniy axloqiy qadriyatlarning o‗rni K.Najmiddinova.
Monografiya. Toshkent ―Adolat‖ 2016 yil. 103-105-bet;
3.
―Oila tarbiyasi‖, K.Najmiddinova, Toshkent ―Adolat‖-2016, 199-bet;
4.
―Oila psixologiyasi‖, G‗.B.Shoumarov, O‗quv qo‗llanma. Toshkent-2010-yil, 147-148-
bet;
5.
N.Alimov, G.Fayzullayeva. Dependence of psychological maturity on the strength of
family relationships. Belgiya jurnali. 2022-yil 20-mart, 38-41-bet.
OTA-ONA VA FARZANDLAR O‗RTASIDAGI INQIROZLI VAZIYATLARDA
PSIXOLOGIK YORDAM KO‗RSATISHNING O‗ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Ibaydullayeva Umida Rustamjonovna
O‗zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali
―Psixologiya‖ kafedrasi o‗qituvchisi
Mamatqulova Yulduz Shodiyor qizi
O‗zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali
Psixologiya KFU talabasi
Annotatsiya:
Mazkur maqolada
ota – ona va farzandlar o‗rtasidagi inqirozli
vaziyatlarda psixologik yordam ko‗rsatishning o‗ziga xos xususiyatlari to‗g‗risidagi nazariy
fikrlar tahlil etilgan hamda ota – onalar uchun uslubiy tavsiyalar berilgan.
Kalit so‗zlar:
Ota – ona, farzand, nizo, inqiroz, vaziyat, psixologik yordam.
Ma‘lumki, mamlakatimizda istiqlolning dastlabki yillaridan, barcha jabhalarda bo‗lgani
kabi, ta‘lim tizimida ham keng ko‗lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu borada
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning ―Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan
islohotlar samarasi, avvalambor, yuksak ma‘naviyatli, mustaqil fikrlaydigan, Vatanimiz taqdiri
va istiqboli uchun ma‘suliyatni o‗z zimmasiga olishga qodir yosh kadrlar safini kengaytirishga
bog‗liq‖[1]-deb bildirgan fikrlarini ta‘kidlash mumkin.
So‗nggi yillarda ilm-fan, xususan ijtimoiy gumanitar soha rivojiga ham juda katta e‘tibor
qaratilmoqda. Insonning fikrlash doirasini oshiradigan, uning atrof-muhitga nisbatan munosabati
hamda inson o‗zining borliqni bir bo‗lagi sifatida anglashi hamda alohida individ bo‗lib
shakllanishiga psixologiya fanining o‗rni, roli beqiyosdir. Bugungi kunda psixologlarning oldida
turgan dolzarb muammolardan biri bu-inqirozli vaziyatlarda shaxsda kelib chiqadigan turli
sohadagi buzilishlarni yanada chuqurroq o‗rganish, oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish
va amalyotga tadbiq etishdan iboratdir. Chunki inqirozli vaziyatlarda kelib chiqadigan turli
darajadagi psixologik buzilishlar oqibatida shaxsning ruhiy muvozanatiga zarar etadi,
shaxslararo munosabatlarida qiyinchiliklar, jamiyatdan yakkalanish kuzatiladi, hayot va
faoliyatida kamchiliklar, kelajagiga nisbatan ishonchsizlik, umidsizlik, yomon, tushkun kayfiyat
ortib boradi. Oxir oqibatda esa bunday holat inson tomonidan og‗riqli qabul qilinib, ruhiy

472
azoblar iskanjasida qoladi. Ruhiy iztiroblarni, qayg‗uni ko‗tara olmaslik natijasida ba‘zan o‗z
joniga qasd qilish, suitsidal hulq – atvor yaqqol namoyon bo‗la boshlaydi.
Inqiroz tushunchasining mazmuni psixik o‗sishdagi ziddiyat, qarama-qarshilikdan iborat.
Bu jarayonda bolalar bilan kattalar o‗rtasida kelishmovchiliklar yuzaga keladi. Inqiroz bolalarda
xilma-xil ehtiyojlarning paydo bo‗lishi bilan ularning qondirilishi imkoniyatlari o‗rtasida to‗siq
sifatida vujudga kelar ekan albatta uning ta‘sirida u yoki bu tomonga o‗zgarish ro‗y beradi.
Masalan, ma‘lum taraqqiyot bosqichida bolada vujudga kelgan mustaqil harakat qilish ehtiyoji
uni mustaqillikka erishishi uchun turtki bo‗lib xizmat qiladi va bola muayyan darajada
mustaqillikka erishadi. Ikkinchidan, kattalarning bu jarayonda yo‗l qo‗yishi mumkin ta‘lim va
tarbiyaviy xatolari oqibatida ular ruhiyatida ayrim salbiy illatlar paydo bo‗lishi mumkin. Demak
inqirozni na salbiy va na ijobiy jarayon deb baholashga to‗g‗ri keladi.
Shu tufayli ota-onalar, tarbiyachilar va pedagoglar bundan to‗g‗ri xulosa chiqargan holda
bolalar bilan inqiroz davrlarida ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‗lish talab etiladi. Yosh
davrlar psixologiyasida asosiy inqiroz davrlari sifatida bolalarning 3 yoshli, 7 yoshli hamda
o‗smirlik davri inqirozlari alohida e‘tirof etiladi.
Uch yoshli bolaga to‗g‗ri tarbiya berish, ta‘sir o‗tkazish, ularning harakatlarini maqsadga
muvofiq yo‗naltirish orqali ularda mustaqil xolda ovqatlanish, kiyinish, yuvinish, o‗z o‗rnini
yig‗ishtirishga ayrim topshiriq va vazifalarni puxta bajarishga o‗rgatish mumkin. Psixolog
olimlarning ta‘kidlashicha, bolaning uch yoshgacha o‗sishida erishgan yutuqlari uning xulq-
atvorini, bilish jarayonlarini sifat jihatdan ancha o‗zgartirib yuboradi. Shunga qaramay, bolaning
o‗sishida kattalarning ta‘siri, roli etakchiligicha qolaveradi, lekin asta-sekin o‗sib borishi
bolaning mustaqilroq bo‗lishini ta‘minlaydi.
Bolaning psixikasida vujudga keladigan inqirozning sabablari sifatida quyidagilarni
e‘tirof etish mumkin:
-kattalar bolaning jismoniy va aqliy imkoniyatlarini hisobga olmasliklari;
-xohish va istaklarini mustaqil xolda turmushda qaror toptirishga intilishlariga to‗sqinlik
qilishlari;
-ayrim ko‗zga tashlangan qiyinchiliklarni bartaraf qilishga urinishlariga yo‗l
qo‗ymasliklari;
-bola o‗z xolicha ish tutishini cheklashlari.
Kattalar bolalarning ra‘yiga, mustaqilligiga qarshi turmasdan, mumkin qadar istagiga,
intilishiga yordam bersalar, uning shaxsini shakllantirish jarayonidagi qiyinchilik o‗z-o‗zidan
barham topadi, nizo yoki ixtilofning oldi olinadi.
Psixologik inqiroz – bu tashqi sharoitlar, xavf tufayli yuzaga keladigan ichki
emotsional balansning buzilishiga aytiladi, rus psixologi L.S.Vigotskiyning fikriga ko‗ra, yosh
inqirozi – barqaror davrlar almashinuvida paydo bo‗ladigan bola shaxsidagi o‗zgarishlardir.
Inqiroz davrlarida bola qisqa vaqt mobaynida butunlay o‗zgaradi. O‗zgarishlar mazmuni hamda
jadalligi bo‗yicha jo‗shqin, revolyutsion xarakter kasb etadi[2].
Inqiroz davri uchun xos bo‗lgan xususiyatlar:
-Inqiroz davri boshlanishi va tugallanishi chegaralari juda noaniq;
-Inqiroz sezilarsiz tarzda yuzaga keladi;
-Uning kulminatsiyasi inqiroz o‗rtasiga to‗g‗ri keladi.
Ko‗pchilik psixologlarning tadqiqotlaridan ma‘lumki, bolalar mazkur inqiroz davrida bir
nechta ko‗rinishdagi qaysarlikni namoyon etadi. Ana shunday ko‗rinishlarning bittasi biz
nazarda tutgan 3 yoshli inqirozga to‗g‗ri keladi. Shu davrda uning ruhiy dunyosida sifat va
miqdor jihatdan turli o‗zgarishlar ro‗y beradi. Bu o‗zgarishlar uning olamni boshqacha kashf
qilayotganiga, psixikasi ma‘lumot va axborotlar bilan kun sayin boyib borayotganligiga
bog‗liqdir. Ayni shu yoshda bolada o‗z irodasiga ishonch hissi tug‗iladi, u o‗zligini anglay
boshlaydi. O‗zligini anglash qarama-qarshiliklarni, ziddiyatlarni yengish bilan amalga oshadi.
Vujudga kelgan ziddiyatlar va qarama-qarshiliklarni psixologik kamolotini ta‘minlash,
faoliyat turlarini murakkablashtirish orqali o‗smir shaxsida yangi psixologik fazilatlarni tarkib
toptirish bilan asta-sekin yo‗qotish mumkin. Venalik psixolog Z.Freyd va uning shogirdlari

473
o‗smirlik davrini baholashda insonga azaldan berilgan qandaydir ilk mayl nishonasi sifatida
vujudga keladigan o‗z mavqeini belgilashga ongsiz intilish deb hisoblaydilar[3].
Bizga yaxshi ma‘lumki, inqirozli holat odam hayoti va faoliyatining buzilishidir. Uning
oqibatida noadekvat ijtimoiy xulq – atvor, xatti – harakatlar, shuningdek asab – psixik va
somatik holatining buzilish kelib chiqadi. Shaxs inqirozli holatdan odatiy hayot tarziga qaytish
uchun ko‗p kuch talab qilinadi, chunki odam inqirozga nisbatan munosabatini o‗zining xulq –
atvorni o‗zgachaligi bilan adashtirishi mumkin.
Shartsiz ravishda, har bir odamning inqirozdan so‗ng shaxsiy tiklanish yo‗li bor. Shuning
uchun ham individual kechinmalarni tushunish va qadrlash kerak, ulardan qutilishga sharoit
yaratish, alohida hodisalar va me‘yordagi hayotiy faoliyatiga o‗tishiga tayyor turish zarur.
Demak, bu kabi muammolarni o‗rganish, profilaktika ishlarini olib borish inqirozli
vaziyatlar oqibatida kelib chiqadigan bir qator salbiy holatlarni oldini olishga, har qanday og‗ir
vaziyatlarda o‗zini-o‗zi boshqara oladigan, sog‗lom fikrlashga qodir bo‗lgan shaxsni voyaga
yetkazishga mustahkam poydevor yaratadi.
Yuqoridagi xulosalardan kelib chiqib, ota-ona va farzandlar o‗rtasidagi inqirozli
vaziyatlarda psixologik yordam ko‗rsatish yo‗lida quyidagi taklif va tavsiyalarni berish mumkin:
- Inqirozli salbiy holatlarning oldini olishda har bir yosh davrlarida oilada ota- onalar,
o‗qituvchilar, tarbiyachilar va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish;
- Oilada va ta‘lim muassasalarida inqirozli holatlarda o‗smirlarga bo‗sh vaqtidan
unumli foydalanish yo‗llarini o‗rgata borish va uni nazorat qilish;
- Inqirozli holatlardan chiqishda oila, maxalla va maktab hamkorligini yana
rivojlantirish;
- Inqirozli holatlarning oldini olishda bolaning qiziqish va qobiliyatini hisobga olgan
holda to‗garaklarga qatnashtirish;
- Har bir yosh davrning inqirozli holatlarida psixologik yordam ko‗rsatish mahallalarda
mutaxassislar tomonidan profilaktik tadbirlar o‗tkazilib turishi maqsadga muvofiq.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
1.Sh.M.Mirziyoyev. Konstitutsiya - erkin va farovon hayotimiz, mamlakatimizni yanada
taraqqiy ettirishning mustahkam poydevoridir. –Toshkent: O‗zbekiston, 2017. –B.22.
2.Акимова М.К., К.М.Гуревич. Психологическая диагностика. –Москва, 2005;
3.Abdurasulov R., Qarshibo yeva G., Ibaydulla yeva U. Psixologik maslahat.
O‗quv-uslubiy qo‗llanma. –Toshkent: BAYOZ, 2017. –B.168.;
4.Abdurasulov R., Meliyev X., Rixsiyeva M . Maktab psixologining kundalik
kitobi. Metodik qo‗llanma. –Jizzax: Sangzor, 2005. –B.116.;
5.Вагин И.О. Психология жизни и смерти. –Москва: Харьков. 2001.;
6.Психология қисқача изоҳли луғат. –Тошкент: 1998. –Б.164.;
7.Рогов Е.И. Настольная книга практического психолога 2 –Москва. 1999 г.;
8.Романова Е.С. Психодиагностика. –Питер: 2005.;
9.Alimova F, Asqarova N. Inqirozli vaziyatlarda psixologik yordam. Metodik qo‗llanma.
–Toshkent: 2011.
TALABALARDA AXBOROT PSIXOLOGIK XAVFSIZLIGI IMMUNITETINI
RIVOJLANTIRISH OMILLARI
Abdurazzoqov Nizomiddin Karimqul o‗g‗li
O‗zbekiston Milliy universitetining Jizzax Filiali
―Psixologiya‖ kafedrasi stajyor-o‗qituvchisi
Annotatsiya:
Talabalarda axborot-psixologik xavfsizlik immunitetining dolzarb
masalalari
va
rivojlantirish
jarayoni.
Axborot-psixologik
xavfsizlik
immunitetini