
101
касби ѐрдамида ўзига ҳам, бошқаларга ҳам катта фойда келтиради. Шунинг учун касбий
маҳоратни шакллантириш, тарбиялашга ва ниҳоят уни такомиллаштиришга интилиш, уни
керакли маълумотлар, ахборот(билим)лар, малакалар билан тўлдириб бориш шу куннинг,
қолаверса таълим ислоҳотларининг долзарб масаласидир.
Мазкур масаланинг долзарблигини педагогик назария ва тажриба яна қўйидаги
ҳолат билан исботлайди: педагогик изланиш, таълимий ўқиш, ўқитишнинг меъѐрий
ҳужжатлари, дарсликлар, қўлланмалар, ахборот воситалари, қанчалик мукаммаллашган
бўлмасин, педагогик амалиѐт, таълим - тарбия ишларининг муваффақияти охир оқибатда
педагог шахсига, унинг касб – кор маҳоратига боғлиқ.
Фойдаланилган адабиѐтлар рўйхати:
1.
Монахов В.М. Аксиоматический подход к проектированию педагогические
технологии. Педагогика. 1997г. №6.
2.
Очилов М. Янги педагогик технологиялар. Қарши Насаф, 2000.
3.
Cаидахмедов Н. Янги педагогик технологиялар.Тошкент ―Молия‖- 2003.
4.
Тожиев., Салохитдинов Р., Баракаев М., Абдалова С. Таълим жараѐнида замонавий
ахборот технологиялари. – Т.: 2001.
5.
Толипов Ў., Усмонбоева М. Педагогик технологияларнинг татбиқий асослари. –
Тошкент: ―Фан‖ нашриѐти, 2006 й.
6.
Фарберман Б.Л. Илғор педагогик технологиялар. – Т.: 1999 й.
7.
Фарберман Б.Л., Мусина Р.Т., Жумабоева Ф.А. Олий ўқув юртларида ўқитишнинг
замонавий усуллари. – Т.: 2002.
BOʻLAJAK BOSHLANGʻICH SINF OʻQITUVCHILARINING METODIK
TAYYORGARLIGINI TAKOMILLASHTIRISH IMKONIYATLARI
Saidova Mohinur Jonpoʻlatovna
BuxDUPI Boshlangʻich ta‘lim nazariyasi va
metodikasi kafedrasi dotsenti p.f.f.d (PhD)
Annotatsiya:
Mazkur maqolada axborot texnologiyalarining mazmuni, boshlangʻich sinf
matematika oʻqitish jarayonida foydalanish mumkin boʻlgan axborot texnologiyalar, ularning
turlari va ahamiyati haqida fikr yuritilgan.
Kalit soʻzlar:
Dars, masala, matematika, axborot texnologiya, boshlangʻich sinf.
Jamiyatda ta'lim barqaror taraqqiyotni ta'minlovchi asosiy omil sifatida e'tirof etilib,
xalqaro ta'lim konsepsiyasida «butun hayot davomida sifatli ta'lim olishga imkoniyat yaratish»
dolzarb vazifa sifatida belgilandi. Bu ta'lim tizimida pedagoglar, jumladan, boʻlajak boshlangʻich
sinf oʻqituvchilarining kasbiy faoliyatida metodik tayyorgarlik darajasini oshirish, ijodiy
tafakkurni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan texnologiyalardan foydalanish imkoniyatini kengaytirdi.
Dunyo miqyosida ta'lim jarayoniga axborot texnologiyalarini joriy etish, ularning didaktik
asoslarini oʻrganib, yangi usul, vositalarni ishlab chiqish metodikasini va metodologik asoslarini
takomillashtirish, oʻquvchilardagi ijodiy bilish faoliyatining reproduktiv va produktiv darajalarni
modellashtirish yuzasidan qator yangi usullar va gʻoyalarni ishlab chiqish zarur. Mazkur yangi
gʻoya, yangi usullar natijasida oʻquvchi-yoshlarning erkin, mustaqil fikrlash, atrofdagi
voqeiylikka ongli munosabatda boʻlish, dahldorlik va ijtimoiy faollik kabi sifatlarini
rivojlantirish, dars jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanishning moddiy-texnika bazasi
yaratildi, me'yoriy hujjatlar ishlab chiqildi. Intellektual salohiyatli oʻquvchini tarbiyalashda
ta'lim tizimining rolini kuchaytirish boshlangʻich ta'limning yuqori sifatini ta'minlab, ilgʻor
pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini boʻlajak boshlangʻich sinf
oʻqituvchilari faoliyatiga joriy qilish uchun zamin yaratish bilan bir qatorda boshlangʻich sinf
oʻqituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishni taqozo etmoqda.
Bugungi
kunda
respublikamizning
ta'lim
sohasida
axborot
texnologiyalaridan
foydalanishning me'yoriy-huquqiy bazasini tubdan takomillashtirish, ilgʻor xorijiy tajribalar,
ilmiy izlanishlar va zamonaviy texnologiyalarni boshlangʻich ta'lim jarayoniga integratsiya

102
qilish, bilish faoliyatini shakllantirish orqali boshlangʻich sinf oʻquvchilarining bilim, koʻnikma
va malakalarini oʻstirish ustuvor vazifa qilib belgilangan. Buni esa aynan boʻlajak boshlangʻich
sinf oʻqituvchilarni, salohiyatli, metodik jihatdan kuchli qilib tarbiyalashdan boshlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasida ta'lim sifatini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar
strategiyasida ―Ta'lim jarayonida natijaviylikka erishish boʻyicha oʻquvchilarning aqliy va ijodiy
tafakkurini oʻstirish uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash, axborot texnologiyalaridan
foydalanish imkoniyatlarini ta'minlash, pedagog va mutaxassislarning malaka darajasini
yuksaltirish‖ [1] kabi muhim vazifalar belgilangan. Ta'lim tizimida boʻlajak boshlangʻich sinf
oʻqituvchilarini matematika fanini puxta oʻrgatish uchun axborot ta'lim resurslari, ijodiy
materiallar tizimini ishlab chiqish va uni amaliyotga joriy etish, fanga boʻlgan qiziqishni oʻstirish
dolzarb masalalardan hisoblanadi [2].
Axborot texnologiyalarining boshlangʻich sinf matematika darslarida foydalanish va uni
darslarda joriy etishda quyidagi bir qator muammolar oʻz yechimini topishi kerakligi
ta'kidlanadi:
1. Boshlangʻich sinf oʻquvchilarini matematikani oʻrgatishda oʻziga xos innovatsion
texnologiya turi bu - axborot texnologiyasi ekanligi;
Boshlangʻich sinf matematika darslari jarayonida har bir innovatsion texnologiyalarning oʻz
oʻrni bor. Ayniqsa, innovatsion texnologiyalarning bir turi sanalgan axborot texnologiyasi -
oʻquvchilar tafakkuri, dunyoqarashi va fikrlash qobiliyatini oʻstirish uchun xizmat qiladi.
Axborot texnologiyasi interfaol metodlar, didaktik oʻyinlardan farqli oʻlaroq, barcha matematik
tushuncha va mavzularni ekranda koʻrib, fikr yuritishda va tahlil qilish uchun yaxshi samara
beradi. Matematika darslari axborot texnologiyalari va ularning turlaridan foydalanish eng
yaxshi vosita ekanligi qayd etildi.
2. Boshlangʻich sinf matematika darslaridan axborot texnologiyalari orqali oʻtishda ehtiyoj
seziladigan mavzular bazasini shakllantirish lozim; Boshlangʻich sinf matematika darslarida
axborot texnologiyalaridan foydalanish belgilangan mavzu yuzasidan chuqur bilim olish,
tasavvur, tushuncha hosil qilish uchun zamin yaratadi. Ayniqsa, kasr va harakatga doir
masalalarni tushuntirishga doir axborot ta'lim resursini shakllantirish bolalarda mavhumlikdan
aniqlikka borish uchun yoʻl ochadi, qolaversa, bilimlarini mustahkamlashga, mavzuni chuqurroq
tahlil etishga, keyinchalik yuqori sinf mavzularni ham qiyinchiliklarsiz oʻzlashtirish uchun
poydevorni mustahkamlashga asos boʻla oladi.
3. Axborot texnologiyalaridan boshlangʻich sinf matematika darslarida foydalanish uchun
uni didaktik vositalari tizimini ishlab chiqish zarur;
4. Boshlangʻich sinf matematika darslari jarayonida yaxshi samara bera oladigan axborot
texnologiya turlarini ajrata olish va undan foydalanishni tashkillashtirish.
Oʻqituvchi boshlangʻich sinf matematika darslarida axborot texnologiyalaridan
qoʻllashda didaktik vositalardan foydalanish uchun maxsus koʻnikma va malakalarga ega
boʻlishi zarur.
Boshlangʻich sinf matematika darslarida axborot texnologiyalaridan foydalanishga doir
materiallar quyidagi muammolarni hal etishi zarur:
1. Boshlangʻich sinf matematika darslarida axborot texnologiyalaridan foydalanishga doir
materiallarni tanlash va ularni oʻqitish samaradordigini oshirishda saralangan materiallardan
nazariy (ma'ruza) va amaliy mashgʻulotlarda qanday an'anaviy, noan'anaviy metodlardan hamda
shakllardan foydalanishni aniqlash.
2. Boshlangʻich sinf matematika darslarida axborot texnologiyalaridan foydalanishga doir
tanlangan materiallar oʻquvchilarning mustaqil, ijodiy fikrlashlarini, bilish qobiliyatlarini
rivojlantirishni, mantiqiy mulohaza yuritishlarini hisobga olish.
3. Boshlangʻich sinf matematika darslarida axborot texnologiyalaridan foydalanishga doir
tanlangan materiallarni boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchilariga samarali usulda oʻqitish
metodikasini ishlab chiqish (1-jadval).
1-jadval

103
Т/r
Mavzu
lar
Tayanch
so`zlar
Fanlar
bilan
aloqadorli
k
Kasblar
Sinov savollari
1
.
B
ir xona
li
sonl
ar
S
on, bir xil
, ha
r xil,
ka
tt
a, kichik, teng,
shakl, uc
hburc
h
ak,
aylana
, ova
l
F
izika
, ona
ti
li
,
mehna
t,
chizma
chil
ik.
Tikuvc
hi,
sotuv
chi,
o`
qit
uvc
hi,
shifokor
.
1. Bir xil va har xil narsalarni
qanday farqlash mumkin?
2. Qanday shakllarni bilasiz?.
3. Shakllar soni nechta?
T
______
______
4
.
S
onlar
ni t
aqq
oslash
Ka
tt
a, teng, kic
hik,
taqqoslash, ko`
p, ka
m, uz
un,
qisqa, na
ti
ja
Ge
ogra
fiya
, iqt
is
od,
infor
matika, kimyo, zoologiya.
S
otuvchi,
h
isobchi, a
rxe
o
log,
ti
kuvc
hi.
1. Predmetlar orqali qaysi son kattaligini
topa olasizmi?
2. Rasm asosida masala tuza olasizmi?
Qoʻshiluvchilarni taqqoslay olasizmi?
Boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchilari boshlangʻich
sinf
matematika darslarida
axborot texnologiyalaridan foydalanishga doir tanlagan materiallaridan oʻquv jarayonida
foydalanishi deganda quyidagi maqsadlar tushuniladi:
1. Tanlangan materiallar matematika fanining oʻquv rejasi va fan dasturi talablariga mos
kelishi, Boshlangʻich sinf oʻquvchilarining qiynalmasdan oʻzlashtirib olishlariga yordam berishi;
2. Boshlangʻich sinf oʻquvchilarda ilmiy dunyoqarashni, abstrakt tafakkurni shakllantirish;
3. Boshlangʻich sinf oʻquvchilarda mustaqil va ijodiy fikrlashni oʻstirish;
4. Boshlangʻich sinf oʻquvchilarda abstrakt tafakkurni, mantiqiy mushohada yuritishni
rivojlantirish;
5. Boshlangʻich sinf oʻquvchilarni egallagan nazariy bilimini qiynalmasdan amaliyotda
qoʻllay bilishi;
6. Boshlangʻich sinf matematika darslarida axborot texnologiyalaridan foydalanishga doir
tanlangan materiallardan oʻquv jarayonida foydalanish maqsadli va rejali asosda boʻlishi, zaruriy
pedagogik vaziyatni aniqlangan holda tanlanishi[3].
Boshlangʻich sinf matematika darslarida axborot texnologiyalaridan foydalanishga doir
tanlangan materiallarga quyidagi didaktik talablarni qoʻyish mumkin:
1. Tanlangan materiallarning mazmuni didaktik va metodik talablarga javob berishi kerak.
2. Tanlangan materiallar mazmuni sodda, qisqa va tugallangan matnda ifodalangan boʻlishi
zarur.
3. Tanlangan materiallar mazmuni va ulardagi faktlar haqiqiy boʻlishi lozim.
4. Tanlangan materiallar va sinov savollari aniq hamda tushunarli boʻlishi darkor.
Masala yechish jarayonida boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchilari albatta qaysidir
metod, usul, va vositalardan foydalanadi. Metod tushunchasi didaktika va metodikaning asosiy
tushunchalaridan biri. Didaktika va metodikaga oid hozirgi zamon ishlarining koʻpchiligida
metodlar boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchisi va oʻquvchilarning birgalikdagi faoliyatlari

104
usullari boʻlib, bu faoliyat yordamida yangi bilimlar, koʻnikma va malakalarga erishiladi [4].
Oʻquvchilarning dunyoqarashlari shakllanadi, ularning qobiliyatlari rivojlanadi, deb tavsiflanadi.
Boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchisi boshlangʻich sinf matematika oʻqitish jarayonida qator
metod, usul va vositalardan foydalanish mumkin (1-rasm).
1-rasm. Boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchilariga matematika darslarida tanlash
tavsiya etiladigan metod, usul vositalar.
Boshlangʻich sinf matematika darslarida masala ustida ishlashda yaxshi natijaga erishish
uchun yuqorida keltirilgan metodika asosida boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchilari quyidagi
tavsiyalarini hisobga olish va shunga doir maxsus metodika ishlab chiqishi lozim.
1. Masalaning turlari, sodda masalani murakkab masalaga aylantirish, masala rejasi ustida
ishlash va qisqacha shartini tuzish jarayonidagi kamchiliklarini bartaraf etishning samarali usuli
axborot vositalardan foydalanish va ularning eng maqbulini tanlay olish.
2. Oʻquvchilarda dastlabki masala haqidagi tasavvurni shakllantirish uchun □ - □ =□, □ + □
=□ koʻrinishga mos masalalarni axborot texnologiyalarida harakatli rasmlar orqali tushuntirish
metodikasini boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchilariga oʻrgatish.
3. Dars davomida sonni ulushini, ulushga qarab sonni topish, sonni bir necha ulushini
topishga doir masalalarni oʻrgatishda shakllanishi koʻzda tutilgan kompetentlik asosida samarali
ishlar tizimini ishlab chiqish va undan foydalanishni oʻrgatish.
4. Ulush va kasrga doir masalalarni oʻquvchilar oson tushunishlari uchun axborot
texnologiyalaridan keng foydalana olish va oʻrgangan bilimlarini amaliyotga tadbiq eta olish
qobiliyatiga alohida e'tibor qaratish kerak.
5. Harakatga doir masalalar ustida ishlashning metodikasiga keng e'tibor qaratish, qisqa
yozuv koʻrinishlarni toʻgʻri tanlay olish, axborot texnologiyalari orqali tezlik, masofa va vaqtni
topa olish, turli ijodiy topshiriqlar orqali bu koʻnikmani malakaga aylantirishni oʻrgatish lozim;
Boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchilari doimo yurt va uning ravnaqi uchun xizmat
qiladigan yoshlarni tarbiyalaydi. Shunday ekan, oʻqitiladigan va oʻrgatiladigan har bir fan va
elementga alohida e'tibor berish lozim.
Zero, masalani toʻgʻri va aniq ishlashga oʻrganish, mantiqiy tafakkurni rivojlantirishga
xizmat qiladigan asosiy vosita sanaladi.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
1. O‘zbekiston Respubliksini rivojlantirishning 5 ta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar
strategiyasi F- 5024. 2017-yil.
2. Kulanov I.B.Multimediali oʻqitish tizimlarini yaratish texnologiyasiga boʻlgan talablar.
―Fizika, matematika va informatika‖ jurnali. 2009. -№2.
3. Saidova M.J. Ta‘limda multimedia texnologiyalardan foydalanish. Darslik. 2022-yil. 35-b.
4. Saidova M.J Matematika o‘qitish metodikasi. Darslik. Buxoro. 2020-yil.46-b.