
255
Zamonaviy tibbiyotda arslonquyruq gipertenziya, koronar arteriya kasalliklarini
davolashda keng qo‗llaniladi. Boshqa o‗tlar bilan hosil qilingan to‗plamlarda arslonquyruq
depressiyani davolashda muvaffaqiyatli qo‗llanilgan. Ta'kidlanishicha, arslonquyruqning
tinchlantiruvchi xususiyatlari valeriandan 2 marta ustundir. O‗simlikning moyli ekstraktlari
anksiyolitik ta'sirga ega. Eksperimental tadqiqotlar shuni ko‗rsatdiki, 500 mg / kg dozada
arslonquyruq o‗tining og‗riq qoldiruvchi xususiyatlari borligini ko‗rsatdi. O‗simlik past
toksiklikka ega, ammo uni ehtiyotkorlik bilan past qon bosimi va bradikardiyada ishlatish kerak.
Shunday qilib ushbu ishimizning asosiy mazmuni arslonquyruq o‗simligining tarkibini
hamda uning farmakologik xususiyatlarini yanada chuqurroq o‗rganishni talab etmoqda. Ushbu
o‗simligimizning yurtimizda yurak qon-tomir kasalliklari hamda uyqusizlikka chalingan
bemorlar soni aholi tarkibining ancha ko‗p miqdorini egallagan. Bu o‗simlik esa aynan shu kabi
kasalliklarning oldini olish uchun qo‗llaniladigan dorivor o‗simlik hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
1. Abduraimov O.C., Maxmudov A.B., Mamatqulova I.E., Erdonov Sh.―Turkiston tog‗
tizmasida tarqalgan Elwendia Boiss (Apiaceae) turkumi turlari‖.
2. Abduraimov O.C., Narxadjayeva A., Maxmudov A.B., Mamatqulova I.E ―O‗zbekiston
florasidagi madaniy o‗simliklar yovvoyi ajdodlarining ozuqabob turlari‖
3. Амасиацы Амирдовлат Ненужное для неучей М., Наука 1990.
4. Арушанян Э.Б., Ованесов К.Б., Щуровская И.Ю. Влияние грандаксина и
настойки пустырника на тревожность и световосприятие у молодых людей – Психофарм.
и биол. Наркология – 2004, 1, 608-611.
5. https://fayllar.org/osimlik-toqimalaridan-dnk-ni-ajratib-olish.html
TIBBIYOT ZULUK (
HIRUDO MEDICINALIS
) LARINI LABORATORIYA
SHAROITIDA KO‘PAYTIRISH ISTIQBOLLARI
Xurramov Alisher Shukurovich
Biologiya fanlari doktori (DSc), TerDU, Surxondaryo viloyati
Bobokeldiyeva Lobar Abdusamatovna
Biologiya fanlari falsafa doktori (PhD), TerDU, Surxondaryo viloyati
Zamonova Zamira
Biologiya 4 bosqich talabasi, TerDU, Surxondaryo viloyati
Annotatsiya:
Ushbu maqolada tibbiyot zuluk (Hirudo medicinalis)larini laborotoriya
sharoitida ko‘paytirish usullari bo‘yicha ma‘lumotlar keltirilgan.
Kalit soʻzlar:
tibbiyot zuluklar, kichik mikroiqlimli laboratoriya, g‘umbak, harorat,
bonka, biogumus, girudin.
Tibbiyot zulugi (
Hirudo medicinalis
)
kenja sinfiga oid halqali
chuvalchanglar tipining tipik vakili hisoblanadi.
H. medicinalis
O‘zbekiston Respublikasi Qizil
kitobiga zaif, qisqarib borayotgan, mozaik tarqalgan tur sifatida kiritilgan [2]. Hozirgi vaqtgacha
O‘zbekistonda tibbiyot zuluklari (
H. medicinalis
) ni ko‘paytirish uchun mo‘ljallangan
laboratoriyalar hozirgacha tashkil etilmagan. Shuningdek, ushbu turlarni sun‘iy laboratoriya
sharoitida ko‘paytirish texnalogiyalari ham ishlab chiqilmagan.
Hozirgi kunda sog‘liqni saqlash tizimida va atir-upa sanoatida tibbiyot zuluk (
H.
medicinalis
)lari va ulardan olinadigan, insonlarda qon quyilishi natijasida kelib chiqadigan xavfli
kasallik bo‘lgan insultning oldini olishda, har qanday jarroxlik amaliyotlarida ham eng samarali
hisoblangan zuluklar so‘lak bezlaridan ishlab chiqariladigan girudin (gemafilin) moddasiga

256
bo‘lgan talab ortib bormoqda. Girudin tibbiyotda gipertoniyaning ba‘zi shakllari, jumladan,
tromboflebit, miokard infarkti, stenokardiya, nevrit, radikulit, chipqon va boshqa kasalliklarni
davolashda juda ham keng foydalaniladi. Hozirgi vaqtda ushbu maqsadlarda tibbiyot zuluk (
H.
medicinalis
)laridan foydalanishda ularni xorijiy davlatlardan juda qimmat bo‘lgan narxlarda
O‘zbekistonga import hisobiga kirib kelinadi. Bemorlar tomonidan foydalanishga yetib
kelguncha yanada tannarxi oshadi. Ushbularni hisobga olgan holda tibbiyot zuluklari (
H.
medicinalis
)ni sun‘iy laboratoriya sharoitida ko'paytirish nafaqat moddiy balki amaliy
ahamiyatga ham ega hisoblanadi.
Ushbu yo‘nalishdagi tadqiqotlarni olib borishning asosiy maqsadi tibbiyot zuluklari (
H.
medicinalis
)ni O‘zbekistonda sun‘iy laboratoriya sharoitida ko‘paytirish, bu orqali tabiatdagi
yovvoyi turlarini antropogen ta‘sirlardan himoya qilish, tabiatda mavjud turlarni muhofazaga
olish hamda ularni tabiatda erkin holda ko‘paytirish chora tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat
hisoblanadi.
Biz tadqiqot ishimizda belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun Temiz davlat
universiteti zoologiya kafedrasi qoshida tashkil etilgan ilmiy laboratoriyada tajriba ishlarini olib
bordik.
Tajribalarni olib borishda rus olimi G.I. Nikonovning Bankali yopiq sikl usulidan
foydalandik [3]. Bunda turli o‘lchamlardagi bankalarni xona haroratida turgan suv bilan 75 %
miqdorda to‘ldirdik. Bonkalarni suv bilan to‘ldirishda ochiq havoli qism qolishiga alohida
e‘tibor berildi. Shundan so‘ng har bir bonka 10 tadan 15 tagacha tibbiyot zuluk (
H.
medicinalis
)lari bilan to‘ldirildi. Bunga asosiy sabab zuluklar germofrodit hayvonlar bo‘lishiga
qaramay ular o‘z-o‘zini urug‘lantira olmaydi. Bunda bir organizmning yetilgan urug‘ hujayralari
ikkinchi organizmlarning tuxum hujayralari bilan qo‘shilishi orqali urug‘lanish sodir bo‘ladi.
Shuning uchun ham suv va zuluklar bilan to‘ldirilgan bonkalar 49 kun davomida suvni yangilab
turish orqali urug‘lantirish uchun qoldiriladi. Bunda xona harorati o‘rtacha 22-23 C
°
ni tashkil
etishi lozim. Shuningdek, suvning tozaligi qattiq nazoratga olinishi shart hisoblanadi. Suv
tarkibida ayniqsa Cl
2
ning konsentratsiyasi normadan oshishi zuluklar hayotining xavf ostida
qolishiga va ularning o‘limiga ham olib keladi. Bundan tashqari havoning namlik darajasi
o‘rtacha 50-60 % RH da bo‘lishi ta‘minlandi. Chunki havo namligining pasayishi zuluklar
biologik faol hayoti uchun salbiy ta‘sir ko‘rsatadi.
Shundan so‘ng urug‘lantirilgan zuluklar biogumus bilan to‘ldirilgan konteynerlarga
ko‘paytirish uchun ko‘chirildi va 22-23 C
°
harorat, 50-60 % RH tuproq namligi 53 kun davomida
ta‘minlandi.
Olingan natijalarga ko‘ra zuluklar hona harorati o‘rtacha 22-23 C
°
da 49 kun davomida
urug‘lantirishga va 53 kun davomida esa ko‘paytirishga qo‘yildi. Bundan tashqari havoning
namlik darajasi o‘rtacha 50-60 % RH da bo‘lishi ta‘minlandi. Olingan natijalarga ko‘ra, 10 ta
tibbiyot zulugi (
H. medicinalis
)dan 14 ta g‘umbak olindi. Har bir pillalar 10 kun davomida hona
harorati 30-35 C
°
da nam tuproqqa qo‘yildi. Olingan natijalarga ko‘ra, har bitta olingan
g‘umbakdan minimum 10 ta, maksimum 16 ta yosh zulukchalar olindi.
Xulosa o‘rnida aytish lozimki tabiatda tibbiyot zuluk (
H. medicinalis
)lari bir marta nasl
beradigan bo‘lsa, laboratoriya sharoitida esa ikki marta nasl olish imkonini beradi. Natijada esa
biz ularni ham tabiatga qaytarish ham tibbiyot maqsadli foydalanish imkonini beradi. Ushbularni
inobatga olib ularni laboratoriya sharoitida sun‘iy ko‘paytirish orqali tabiatga qaytarish, tur
sifatida saqlab qolish imkoniyatini ta‘minlash barobarida tibbiyot maqsadlari uchun iqtisodiy
arzon va havfsiz tibbiyot zuluk (
H. medicinalis
)larini yetkazib berish imkoniyati mavjud bo‘ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati
1.
O‗zbekiston Respublikasi ―Qizil Kitobi‖, ― Chinor ENK‖, -Toshkent, 2 Tom, -
2019, - 392 bet.
2.
Linnaeus K. Systema Naturae. – Laurentii Salvii, Tom-1, - 1758.
3.
Никонов Г. И
.
Медицинская пиявка и основы гирудотерапии. -
СПб: «СДС», 1998. - 320 с.