Xorazm viloyati tuproq-iqlim sharoitida chigit ekishning maqbul muddatlari

CC BY f
313-315
94
14
Поделиться
Мавланова, Н., & Бабаджанова, Ш. (2022). Xorazm viloyati tuproq-iqlim sharoitida chigit ekishning maqbul muddatlari. Современные инновационные исследования актуальные проблемы и развитие тенденции: решения и перспективы, 1(1), 313–315. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/zitdmrt/article/view/5382
Насиба Мавланова, Urganch davlat universiteti

magistranti

Ширин Бабаджанова, Urganch davlat universiteti

oʻ qituvchisi

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Ключевые слова:

Аннотация

Ushbu maqolada сhigit ekishni tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda ko'p yillik ma'lumotlar haqida fikr yuritilgan.


background image

313

обменных процессов, метаболизма, что вызывает сжигание калорий и расщепление жира.
Полезен напиток и женщинам в возрасте после 50 лет.

При регулярном употреблении отваров и настоев из корня улучшается состояние

слизистых. В ротовой полости и кишечнике сокращается число болезнетворных
микроорганизмов, восстанавливается правильный баланс внутренней микрофлоры.


Напиток из корня заменитель кофе, не содержащие кофеина не имеет

противопоказания и полезен для людей, больных гипортонией, депрессий, неврастений,
мигрений.

Кому нельзя пить цикорий: Страдающим варикозном расширении вен;

Желчнокаменном болезнь; Цикорий может вызвать индивидуальную непереносимость и
аллергическую реакцию.

Джизакской области, такие как Лекарственный цикории их установление, охрана,

применение в фармацевтической промышленности имеют большое практическое
значение.

Список литературы:

1.

Губанов И. А. и др. 1380. Inula helenium L. — Девясил высокий//

Иллюстрированный определитель растений Средней России. В 3 т. —М.: Т-во науч. изд.
КМК, Ин-т технолог. иссл., 2004. — Т. 3. Покрытосеменные (двудольные:
раздельнолепестные). — С. 444.

2.

Дудченко Л. Г., Козьяков А. С., Кривенко В. В. Пряно-ароматические и пряно-

вкусовые растения: Справочник / Отв. ред. К. М. Сытник. — К.: Наукова думка, 1989. —
304 с.

3.

Универсальная энциклопедия лекарственных растений / сост. И. Н. Путырский, В.

Н. Прохоров. — М.: Махаон, 2000. — С. 115—116.

4.

To‗xtayev B.Yo., Mahkamov T.X., To‗laganov A.A. Dorivor va ozuqabop o‗simliklar

plantasiyalarini tashkil etish va xom-ashyosini tayyorlash bo‗yicha yo‗riqnoma. – Toshkent,
2015.

5.

Ҳожиматов Қ., Оллоѐров М. Ўзбекистоннинг шифобахш ўсимликлари ва уларни

муҳофаза этиш. – Т.: Фан нашриѐти, 1988.


XORAZM VILOYATI TUPROQ-IQLIM SHAROITIDA CHIGIT EKISHNING

MAQBUL MUDDATLARI

Mavlanova

Nasiba Axmedovna

Urganch davlat universiteti magistranti

Babadjanova Shirin Kadamovna

Urganch davlat universiteti oʻqituvchisi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada сhigit ekishni tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqqan

holda ko'p yillik ma'lumotlar haqida fikr yuritilgan.

Kalit soʻzlar:

Chigit, tuproq,

geotizm, ko‘chat qalinligi.

Mamlakatimiz iqtisodiyotining yuksalishida paxtachilik alohida o‘rin tutadi. Dunyo

paxtachiligida tola sifati va hosildorligi yuqori, ertapishar, kasallik va zararkunanda
hashoratlarga chidamli, tabiatni turli noqulayliklariga bardoshli go‘za navlarini yaratish eng
muhim vazifalardan biri sanaladi.

Qishloq xo'jaligidagi tub o'zgarishlar paxta va boshqa qishloq xo'jaligi ekinlaridan

muntazam yuqori hamda arzon hosil yetishtirishni ta'minlash uchun katta imkoniyatlar yaratib
bermoqda. Bunga misol qilib, Republikamizda ―Yer kodeksi‖, ―Fermer xo'jaligi to'g'risidagi‖gi,


background image

314

―Qishloq xo'jaligi to'g'risida‖gi, ―Dehqon xo'jaligi to'g'risida‖gi va boshqa qonun va hujjatlarni
kuchga kirishini ko'rsatish mumkin.

Qishloq xo'jaligini asosiy tarmoqlaridan biri hisoblangan paxtachilik sohasida kam

energiya va harajat sarflagan holda paxta hosildorligini oshirish borasida keng ko'lamda ishlar
olib borilmoqda. Paxta hosildorligini oshirish yo'llaridan biri o'ziga xos o'zgaruvchan ob-havo
sharoitida paxtadan mo'l va sifatli hosil yetishtirishda daladagi ishlarni o'z vaqtida, maromiga
yetkazib bajarish, mavjud suv, mineral va mahalliy o'g'itlardan unumli foydalanishdir.

Ma'lumki, tashqi muhit sharoitlari – harorat, namlik va tashkiliy ishlar to'g'ri

uyg'unlashtirib olib borilgandagina chigit sog'lom va qiyg'os unib chiqadi.

Unuvchanligi 90–95 foizdan kam bo'lmagan, namligi 8–10 foiz, mexanik

shikastlanganligi 7–8 foizdan oshmagan, saralangan, dorilangan, yaxshi saqlangan yuqori sifatli
urug'lik chigitlarni ekish tavsiya etiladi.

Fermer xo'jaliklari rahbarlari tukli chigitni ekishda uni namlashga e'tibor berishlari kerak.

Chunki, tukli chigitni namlash muhim tadbirlardan biridir. 1 tonna urug'lik chigitni 60 foiz
miqdorda namlash uchun 600 litr me'yorda suv sarflanadi. Chigitlar maxsus urug'lik chigit
tayyorlash tsexlarida tozalanadi, saralanadi. Chigitni namlash ishlari oldindan tayyorlangan,
betonlangan

maxsus

maydonchalarda

o'tkazish

maqsadga

muvofiqdir.

Maxsus

maydonchalarning bo'yi 3–4 metrdan 5–6 metrgacha, eni 2–3 m va chuqurligi 30–35 sm
o'lchamda bo'lishi mumkin[1].

Chigitni namlash vaqtida suvning oqib ketishiga yo'l qo'ymaslik kerak. Namlash uchun

avval chigitni 20–25 sm qalinlikda yoyish va birinchi marta uchun belgilangan (200 l)
me'yordagi suv quyilib, ishchilar bir biriga qarama-qarshi turib, yog'och kurak bilan chigitni
beto'xtov aralashtirib turishadi. Chigit talab darajasida namlangach, suv shimilgach bir joyga 60–
70 sm qalinlikda to'planadi va 3–4 soat dimlab qo'yiladi. Keyingi bosqichda yana 200 l suv
sepiladi va aralashtirilib 4–5 soat, uchinchi marta yana 200 l suv bilan aralashtirilib 5–6 soat
dimlanadi[2]. Shunday namlangan tukli chigit qobig'i yumshab, bo'kib, seyalkani ekish
apparatidan dona-dona tushadigan holatda bo'ladi hamda chigitning to'liq va sifatli namlanishiga
erishiladi, bu esa tuproq namligi kam bo'lgan suv tanqis yillari chigitning unib chiqishiga ijobiy
ta'sir etadi. Namlash bilan birgalikda ekish oldidan yoki urug'lik chigit tayyorlash zavodlarida
tukli va tuksizlantirilgan chigitlarga stimulyatorlar bilan ishlov berish sog'lom va bir tekis nihol
undirib olishni ta'minlaydi.

To'g'ri va ilmiy tavsiyalar asosida namlangan chigitni saqlanish muddati 18 soatdan

oshmasligi darkor. Urug'ni namlashda bir kunda qancha maydonga ekish, dalaga olib borish va
boshqa ishlarga ketadigan vaqt ham hisobga olinishi chigit isrofini kamaytiradi.

Tuksiz chigitlar urug'lik chigit tayyorlash sexlarida saralanib, urug'dorilar bilan dorilanib

ekishga tayyorlanadi va dalalarga olib kelingandan so'ng namlanmasdan ekiladi.

Chigitni maqbul muddatda ekish, tuproqning tabiiy namligidan oqilona foydalanib, unib

chiqishi tufayli keyinchalik g'o'zaning suvsizlikka bardoshliligini oshiradi, hosili mo'l bo'ladi.
Shu sababli fermerlar ekish mavsumini qisqa muddatlarda sifatli o'tkazish uchun chigit ekadigan
texnika va agregatlarga, mexanizator va seyalkachilarga, urug'lik chigitni namlash va yetkazib
beruvchilarga, umuman barcha tashkiliy ishlarga jiddiy e'tibor berishlari kerak.

Xorazm viloyati tuproq-iqlim sharoitlarida chigit ekishga tuproqning 0–10 sm

chuqurlikdagi o'rtacha haroratini inobatga olib, tukli chigitlarni ekish uchun tuproqning 0–10 sm
qatlamidagi o'rtacha harorat 12–14 °C, tuksizlantirilgan chigit ekish uchun 14–16 °C daraja
bo'lgani ma'qul. Tuproqning yetilganligini dalada quyidagi oddiy usulda aniqlash mumkin: chigit
ekiladigan maydondagi tuproqni qo'lda siqib, g'o'lalab yerga tashlab yuborilganda maydalanib
ketishi kerak[3].

Chigit ekishni tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda ko'p yillik ma'lumotlarga

ko'ra, Xorazm viloyatining janubiy tumanlarida 10-20 aprel, shimoliy tumanlarida 15–25 aprelda
o'tkazilgani maqbul hisoblanadi. Ammo ob-havoning kelishiga qarab, ushbu muddatlar biroz erta
o'tkazilishi mumkin. Joriy yilda bu muddatni belgilashda ob-havo sharoitini kuzatib borish zarur.


background image

315

Chigit ekishni birinchi navbatda, tez yetilib qiziydigan yengil, o'rtacha qumoq

maydonlarda, keyin esa og'ir tuproqlarda o'tkazish kerak. Tuproq harorati past bo'lganda ekilgan
chigitning bir qismi chirib ketadi va nihollar siyrak unib chiqadi, bunga yo'l ko'ymaslik lozim.

Chigit mexanik tarkibi og'ir, sekin qiziydigan tuproqlarda 3–4 sm, boshqa barcha

tuproqlarda 4–5 sm chuqurlikda ekiladi. Ob-havoning kelishiga qarab, har bir dalaning holatidan
kelib chiqib, ekish chuqurligi biroz yuza yoki chuqurroq ham bo'lishi mumkin. Dalalar cheti,
simyog'och va o'qariqlar atrofiga ham chigit to'liq ekilgandan keyingina ekish yakunlangan
hisoblanadi. Shundagina barcha maydonlarda to'liq gektarlar hosil qilinadi.

Chigit ekishda uning me'yoriga alohida ahamiyat berish darkor. Tukli chigit gektariga

45–55 kg ekilsa, tuksiz chigitlar 25–30 kg miqdorda ekiladi. Agar chigit qo'sh qator usulida
ekilsa, yakka qatorlarga nisbatan 20–25 kg ko'proq urug'lik sarflanadi. Shu me'yorlarda ekilgan
chigitlar dalada maqbul ko'chat qalinligi hosil qilishni ta'minlaydi.

Chigit ekish bilan bir vaqtda gektariga sof holda 15–20 kg azot, 20–25 kg fosforli o'g'itlar

seyalkaga o'rnatilgan maxsus moslamalar yordamida ekish chizig'idan 5–7 sm chetga, 12–14 sm
chuqurlikka solinsa, nihollar durkun va sog'lom o'sib rivojlanadi. Begona o'tlarga qarshi Stomp
(Estamp, Stop) 0,8–1,0 l/ga, Kotoran 1,0–1,2 kg/ga va boshqa gerbitsidlardan sepilsa, begona
o'tlar zarari kamayadi, ortiqcha 1–2 marta chopiq ishlarini o'tkazishga hojat qolmaydi[4].

Ta'kidlash kerakki, g'o'zani qo'shqatorlab ekish ball-boniteti 30–40 va 50 ballik, tekis,

mexanik tarkibi yengil (qumli, qumoq) va o'rta qumoq tuproqlarda, ko'p yillik va bir yillik
begona o'tlar kam uchraydigan dalalarga joylashtirilishi lozim. Ko'chat qalinligi bir qatorlab
ekishga nisbatan o'rtacha unumdor tuproqlarda 20–30, unumdorligi past tuproqlarda 35–40 foiz
ko'proq qoldiriladi. Bu usulda ekilgan maydonlarda paxta hosili 10–13 kun erta yetiladi,
hosildorlik 6–8 s/ga yuqori bo'ladi. Chigit ekishda keng qamrovli (8 qatorli) seyalkalardan
foydalanish tuproq zichlanishining oldini oladi, ish unumini oshiradi va tuproqda to'plangan
tabiiy namga qisqa muddatda chigit ekishni ta'minlaydi.

Chigit ekishni, yuqoridagi ilmiy agrotexnik talablarga to'liq rioya qilgan holda o'tkazish,

yerga qadalgan urug'ni tuproqning tabiiy namiga undirib olishni va maydonlarda sog'lom va bir
tekis nihollar hosil qilishni ta'minlaydi hamda yuqori hosil yetishtirishga zamin tayyorlaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1. Axmedov J. va boshqalar. G'o'zani parvarishlash bo'yicha tavsiyalar (Xorazm viloyati

va Qoraqalpog'iston Respublikasi uchun) // O'zPITI, - Toshkent, 2010.-Б.16.

2. Abdualimov Sh. G'o'za va kuzgi bug'doyda o'sishni sozlovchi moddalarni qo'llashning

samaradorligini baholash // Doktorlik dissertatsiyasi avtoreferati. Toshkent, 2015 yil. –B. 26.

3. Karimov R., Ibragimov X. G'o'za ekini agrotexnikasi va zararkunandalariga qarshi

kurash tadbirlari bo'yicha Xorazm viloyati fermer xo'jaliklariga tavsiyalar // ―Xorazm
nashriyoti‖, - Urganch, 2019. –Б.46.

4. Karimov R, Jumaniyozov A., Yuldashev J., Xudayberganov M., Durdiyev K., Perov B.

G'o'za qator oralarida may va iyun oylarida bajariladigan agrotexnik hamda asosiy
zararkunandalarga qarshi uyg'unlashgan kurash choralari bo'yicha tavsiyalar // ―Xorazm
nashriyoti‖, Urganch, 2008. –Б. 38.

ДЕВЯСИ Л ВЫСО КИЙ – БОТАНИЧЕСКИЙ ОПИСАНИЕ

Усманова Муштарийхон Тулкиновна,

Мирзоходжаева Жасмина Сухробовна,

Библиографические ссылки

Axmedov J. va boshqalar. G'o'zani parvarishlash bo'yicha tavsiyalar (Xorazm viloyati va Qoraqalpog'iston Respublikasi uchun) // O'zPITI. - Toshkent, 2010.-Б. 16.

Abdualimov Sh. G'o'za va kuzgi bug'doyda o'sishni sozlovchi moddalarni qo'llashning samaradorligini baholash // Doktorlik dissertatsiyasi avtoreferati. Toshkent, 2015 yil. -B. 26.

Karimov R., Ibragimov X. G'o'za ekini agrotexnikasi va zararkunandalariga qarshi kurash tadbirlari bo'yicha Xorazm viloyati fermer xo'jaliklariga tavsiyalar // “Xorazm nashriyoti”, - Urganch, 2019. -Б.46.

Karimov R, Jumaniyozov A., Yuldashev J., Xudayberganov M., Durdiyev K.. Perov B. G'o'za qator oralarida may va iyun oylarida bajariladigan agrotexnik hamda asosiy zararkunandalarga qarshi uyg'unlashgan kurash choralari bo'yicha tavsiyalar // “Xorazm nashriyoti”, Urganch, 2008. -Б. 38.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов