
634
asr boshlari Mirzachoʻl vohasi tarixini batafsil oʻrganish va yoritishda asosiy birlamchi
manbalardan biri boʻlib hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
1. Бушеeв М. К вопросу об орошение Голодная степи, в связи с заболачиванием
почвы и распространениемъ малярии //Туркестанское сельское хозяйство. – Ташкент,
1915. -№1-6. – С.1-11
2. Имина.В.М. Ирригация имеетъ также//Туркестанское сельское хозяйство. –
Ташкент, 1906. - №7. – С.25-35
3. Фомченко А. П.. Русские поселения в Туркестанском крае в конце XIX—начале
XX в.-Ташкент: Фан,1983. -130 с.
4. Караваев В.Ф. Голодная Степь въ ея прошломъ и настоящемъ. Статистико-
экономическiй очеркъ.– Спб.: Типо-Литографiя Н.Л. Нарьекина, 1914 . – 253 с
.
5. ―Туркестанское сельское хозяйство‖ jurnali//
https://mytashkent. uz/2015/07/16//
5.02.2022.
RAQAMLI IQTISODIYOT TUSHUNCHASI VA AFZALLIKLARI
Xaydarov Baxrom Xolmurodovich
OʻzMU Jizzax filiali Iqtisodiyot kafedrasi assistenti
Saitov Sirojiddin Abduvalievich
OʻzMU Jizzax filiali Iqtisodiyot kafedrasi katta oʻqituvchisi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyotining amaliy ahamiyati, jihatlari, va
xorij tajribasi haqida so‗z yuritiladi. Bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan global iqtisodiyot
sharoitida raqamli iqtisodiyot o‗z rivojlanishining boshlang‗ich davrida bo‗lib, birinchi
navbatda insonlarning turmush darajasini sezilarli darajada oshira olishi va bu uning asosiy
foydasi ekanligi yoritib berilgan.
Kalit so`zlar:
raqamli iqtisodiyot, raqamli texnologiyalar, taraqqiyot, tizim, internet
iqtisodiyoti, xalqaro raqobat raqamli texnologiya, raqobatdosh, kommunikatsiya.
Raqamli iqtisodiyot – bu jarayonlarni tahlil qilish natijalaridan foydalanish va katta
hajmdagi ma‘lumotlarni qayta ishlash asosida turli xildagi, texnologiyalar, asbob-uskunalar,
tovar va xizmatlarni saqlash, sotish va yetkazib berish samaradorligini jiddiy ravishda oshirishga
imkon beradigan, raqamli texnologiyalarga asoslangan elektron biznes va elektron tijorat bilan
chambarchas bog‗liq iqtisodiy faoliyat, hamda shu faoliyat natijasida ishlab chiqariladigan va
sotiladigan raqamli tovarlar, xizmatlar yig‗indisidir. Ba‘zida u internet iqtisodiyoti, yangi
iqtisodiyot yoki veb-iqtisodiyot degan terminlar bilan ham ifodalanadi.
Birinchi marta 1995 yilda amerikalik dasturchi Nikolas Negroponte ―Raqamli
iqtisodiyot‖ terminini amaliyotga kiritgan bo‗lsa, hozirda bu istilohni butun dunyodagi
siyosatchilar, iqtisodchilar, jurnalistlar, tadbirkorlar – deyarli barcha qo‗llamoqda[2].
Zamonaviy taraqqiyotning keyingi istiqbolida katta hajmli ma‘lumotlar bilan ishlash
texnologiyalari (Big Data), sun‘iy intellekt, neyrotexnologiyalar, kvant texnologiyalari,
buyumlar interneti, robototexnika va sensorika, raqamli elektron platformalar, bulutli va mobil
texnologiyalar, virtual va qo‗shimcha reallik texnologiyalari, kraudsorsing, blokcheyn
texnologiyalari, kriptovalyutalar va ICO, 3D- texnologiyalari singari raqamli texnologiyalar hal
qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda.
Raqamli iqtisodiyot hozirgi mavjud sohalarning yarmidan ko‗prog‗ida beqiyos
o‗zgarishlar keltirib chiqarishi ta‘kidlanmoqda. Jumladan, Jahon banki ekspertlari fikricha,
tezkor internetdan foydalanuvchilar sonining 10 foizga ko‗payishi milliy iqtisodiyotlar yalpi
hajmini har yili o‗rtacha 0,4-1,4 foizga oshirish imkonini beradi[3,6].

635
Shuningdek raqamli iqtisodiyot – bu noldan boshlab yaratilishi lozim bo‗lgan qandaydir
boshqacha iqtisodiyot emas. Bu yangi texnologiyalar, platformalar va biznes modellari yaratish,
ularni kundalik hayotga joriy etish orqali mavjud iqtisodiyotni yangicha tizimga ko‗chirish
deganidir. Bu tizimning asosiy belgilari quyidagilardan iborat:
• yuqori darajada avtomatlashtirilganlik;
• elektron hujjat almashinuvi;
• buxgalterlik va boshqaruv tizimlarining elektron integratsiyalashuvi;
• ma‘lumotlar elektron bazalari;
• CRM (mijozlar bilan o‗zaro munosabat tizimi) mavjudligi;
• korporativ tarmoqlar.
Qulayliklari esa:
1. To‗lovlar uchun xarajatlar kamayadi (masalan, bankka borish uchun yo‗lkira va boshqa
resurslar tejaladi).
2. Tovarlar va xizmatlar haqida ko‗proq va tezroq ma‘lumot olinadi.
3. Raqamli dunyodagi tovar va xizmatlarning jahon bozoriga chiqish imkoniyatlari katta.
4. Fidbek (iste‘molchi fikri)ni tez olish hisobiga tovar va xizmatlar jadal
takomillashtiriladi.
5. Tezroq, sifatliroq, qulayroq.
Xulosa qilib aytganda, ―Raqamli‖ atamasi barcha sohalarda axborot texnologiyalaridan
faol foydalanishni anglatadi. Agar oddiy iqtisodiyotda moddiy buyumlar asosiy resurs
hisoblansa, raqamli iqtisodiyotda bu qayta ishlanadigan hamda uzatiladigan axborot –
ma‘lumotlar bo‗ladi. Ularning tahlilidan so‗ng esa to‗g‗ri boshqarish bo‗yicha yechim ishlab
chiqiladi.
Shuningdek, davlat innovatsion va raqamli ekotizimni qo‗llab-quvvatlash sohasida
raqamli ta‘limning zamonaviy metodlarini qo‗llab-quvvatlashi, innovatsion xizmatlarni samarali
tartibga solish normalarini ishlab chiqishi, yangi bozorlarni o‗zlashtirishda ko‗maklashishi
hamda texnologik jarayonlarning chuqurlashuvida yuzaga chiqadigan risklarni pasaytirish
choralarini ko‗rishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
1.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2020 yil 24 yanvarda
Oliy Majlisga yo‗llagan Murojaatnomasi.
2.
Kelly K. New Rules for the New Economy: 10 radical strategies for a connected world
/ K. Kelly. – New York: Viking, 1998.
3.
J.B. Dixit Fundamental of computer programming and IT. – Laxmi Publication PVT.
Ltd., 2011. - 557 p.
4.
Hickerson. Business and Infomiation Systems 3/e. N. Y.: John Wiley & Sons, 2000.
4.Ostanaqulov M. Iqtisodiy tahlil va audit. Darslik. - T: Talqin. 2008. 424 b
5.
Qosimova G. Davlat byudjeti ijrosining g‘aznachilik tizimi. O‘quv qo‘llanma. - T.:
"IQTISOD-MOLIYA", 2008; 372 b
6.
Хайдаров Б.Х. Иқтисодий ислоҳотларни ривожлантиришда камбағалликни
қисқартириш. Иқтисодиѐт ва таълим / 2021 йил, 4-сон. 288-292 б.
рақалпоқ жамиятида зардуштийлик урфодат ва анъаналарининг
KOʻNIKMA VA MALAKALARNI SHAKLLANTIRUVCHI OʻQITISH MASHQLARI –
KOMMUNIKATIV LEKSIKANI O‗RGATISHNING ASOSI
Shodiyev Muhiddin Berdimuradovich,
Yakubov Fazliddin Utaganovich
Jizzax politexnika instituti
Annotatsiya
: O‗quvchilar nutqini o‗stirishda nemis tili o‗quv fanidan o‗tkaziladigan
mashg‗ulotlardagi mashqlar bilan uzviy ravishda bog‗lanadi. Nemis tili darslarida o‗quvchilar