V Международный конгресс стоматологов
120
KORONOVIRUS INFEKTSIYASINI O’TKAZGAN BEMORLARDA TISH
QATTIQ TO’QIMALAR HOLATI
Yusupalixodjayeva S.X., Usmonov B.A., Patxiddinova M.Sh.
Toshkent davlat stomatologiya instituti,
Andijon tibbiyot instituti
Mavzuning dolzarbligi
. Doimiy ravishda nashr etilayotgan hisobotlar va
sharhlarga ko’ra, rivojlangan mamlakatlar aholisining taxminan 1/3 qismi, agar ular
COVID-19 bilan kasallansalar, jiddiy kasalliklar xavfi yuqori bo’ladi. COVID-19
epidemiyasining namoyon bo’lishi klinik jihatdan asimptomatik yengil simptomlardan
og’ir kasallik va o’ta og’ir, o’lim bilan tugaydigan oqibatlarga olib keldi. Simptomlar
orasida isitma, yo’tal va nafas qisishi va boshqa o’ziga xos bo’lmagan ko’rinishlar
bo’lishi mumkin. COVID-19 infeksiyasi, shu jumladan og’iz kasalliklari bilan bog’liq
o’ziga xos bo’lmagan belgilar va simptomlarga ega bemorlar sonining ko’payishi
haqida tobora ko’proq xabarlar paydo bo’lmoqda. Ba’zi bemorlarda stomatologik
patologiya COVID-19 ning birinchi belgisi yoki umumiy COVID-19 simptomlari
boshlanishidan 3 kundan 31 kungacha qoladi.
Patologiyaga qarshi kurashish uchun samarali skrining va yetarli diagnostika
zarur. Bu kasallikning klinik ko’rinishlari haqida bilim talab qiladi. Shu munosabat
bilan biz COVID-19 bilan kasallangan bemorlar orasida tish qattiq to’qima holatini
ko’rib chiqdik va tahlil qildik.
Tadqiqot maqsadi -
koronavirus infektsiyasini boshidan kechirgan bemorlarda
tish qattiq to’qima holatini o'rganish.
Tadqiqot material va usullari.
Biz 30 yoshdan 56 yoshgacha bo’lgan COVID
ning turli darajadagi og’irlikdagi, kasallikning davomiyligi 3±2,5 yil bo’lgan 56
bemorni tekshirdik. Stomatologik tekshiruvga kariyes diagnostikasi, aproksimal
aloqalar holatini baholash, protezlar, ko’priklar, qoplamalar va plombalarning holatini
baholash kiradi.
Tadqiqot natijalari.
Bo’lishi mumkin bo’lgan parodont destruktiv
zararlanishning ko’payishi bilan bir vaqtda tishlarning qattiq to’qimalariga zarar yetish
intensivligining oshishi kuzatildi. Shuni ta’kidlash kerakki, dastlabki tashxis deb
ataladigan barcha tekshirilgan bemorlarda tish kariyesining 100% tarqalishi aniqlandi,
bunda COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda esa muhimroq intensivlik qayd etildi.
Shunday qilib, COVID bilan yengil shaklda kasallangan bemorlarda KPU indeksi
bo’yicha kariyesning intensivligi nazoratdan 28,85% (R<0,05) ga; o’rtacha og’irlikda
kechishida 42,48% (R<0,05) ga; va og’ir kechishida - 68,07% (R<0,01) dan ortiq oshdi.
KPO indeksining tuzilishini tahlil qilganda, kariyes bilan og’rigan bemorlarda
olib tashlangan tishlar - “U” elementi ustunlik qilishi aniqlandi; nazorat guruhida esa
plombalangan tishlar “P” elementi, yengil kechishda nazorat guruhiga nisbatan 0,52%
V Международный конгресс стоматологов
121
ga kamaydi.
Shunday qilib, “P” element plomba (p>0,05) umumiy soni COVID kasalligi
o’rtacha og’ir kechgan bemorlarda 04,25% (R<0,05) va og’ir kechganlarda 53,3%
(R<0,01) ga; kariyes tishlari element “K” soni ortishining tegishli dinamikasi mos
ravishda 29,65% (R<0,05); 70,59% (R<0,01) va 119,29% (R<0,001); “U”-oldirilgan
element esa 172,85% (R<0,01); 239,07% (R<0,001) va 374,83%(R<0,001).
Xulosa
. Shunday qilib, COVID bilan kasallangan bemorlarda ogiz
bo’shlig’ining zararlanish darajasi oshishi bu tishlarni progressiv yo’qotish va karioz
zararlanishlarning o’sishi bilan bog’liq.
Литература.
1.Глинкин, В., Клемин, В., Зайка, Т., & Иброхимов, А. (2019). Изменения
микроэлементного состава гиппокампа и твердых тканей зуоа крысы в результате
стрессового воздействия на организм. Stomatologiya, 1(4 (77)), 14-18.
2.Мелькумян, Т. В., К. Д. Махамадампнова, and Э. X. Камилов. "Оценка
краевой интеграции бпоматериала к твёрдым тканям зуба." Врач-аспирант 53.4
(2012): 44-48.
PARODONTITNING COVID-19 KECHISHIGA TA'SIRI
Yusupova N.A., Qodirova R.S.
Toshkent davlat stomatologiya instituti
Mavzuning dolzarbligi.
Betakoronavirus turkumining Sarbecovirus kichik
turiga mansub og‘ir o‘tkir respirator sindrom bilan bog‘liq bo‘lgan SARS-CoV-2
koronavirus shtammi COVID-2019 koronavirus infeksiyasining qo‘zg‘atuvchisi
hisoblanadi. Koronavirus bilan kasallanish statistikasini yurituvchi Jons Xopkins
universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yil 21-fevral holatiga ko‘ra, dunyoda 424
milliondan ortiq virus bilan kasallanish aniqlangan, 5,9 millionga yaqin kishi vafot
etgan.
COVID-19 infektsiyasining kechish og'irligi bemorlarning yondosh kasalliklari
mavjudligi, keksa yosh va semirish bilan bog'liq. Biroq, hozirgi kunga qadar yomonroq
klinik natijalarga olib keladigan o'ziga xos xavf omillari to'liq aniqlanmagan.
Periodontit eng keng tarqalgan surunkali yallig'lanish kasalliklaridan biridir).
Epidemiologik tadqiqotlarni o'rganish natijalariga ko'ra, kattalarning 50 foizi yengil va
o'rtacha darajadagi periodontitdan, 10 foizi esa og'ir periodontitdan aziyat chekishi
aniqlangan, bu esa uni butun insoniyatning oltinchi eng keng tarqalgan kasalligiga
aylantiradi.
Tadqiqot maqsadi -
ushbu tadqiqotning maqsadi periodontitning COVID-19
