OLMANING PAKANA KLON PAYVANDTAGLARI VA ULARNING INTENSIV BOG`LARDAGI O‘RNI.

Annotasiya

Zamonaviy intensiv bogʻdorchilik asosan past boʻyli vegetativ yoʻl bilan 
koʻpaytiriladigan payvandtaglarga asoslangan (V.I.Budagovskiy, 1976, V.A.Gryazev, 
1991, V.A.Samus, 2007). Past o'sadigan payvandtaglardagi daraxtlar baland 
ko'chatlarga qaraganda unchalik katta emas – pakana (karlik) tipidagi payvandtaglarda 
o'simliklar 30% ga, yarim pakana payvandtaglarda - an'anaviy bog'larning 60-70% ga 
etadi

ACUMEN: International journal of multidisciplinary research
Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2023
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Ahmadov Muhammadsharif Yashin o’g’li. (2025). OLMANING PAKANA KLON PAYVANDTAGLARI VA ULARNING INTENSIV BOG`LARDAGI O‘RNI. ACUMEN: International Journal of Multidisciplinary Research, 2(1), 290–294. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/aijmr/article/view/64570
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus
ACUMEN: International journal of multidisciplinary research

Annotasiya

Zamonaviy intensiv bogʻdorchilik asosan past boʻyli vegetativ yoʻl bilan 
koʻpaytiriladigan payvandtaglarga asoslangan (V.I.Budagovskiy, 1976, V.A.Gryazev, 
1991, V.A.Samus, 2007). Past o'sadigan payvandtaglardagi daraxtlar baland 
ko'chatlarga qaraganda unchalik katta emas – pakana (karlik) tipidagi payvandtaglarda 
o'simliklar 30% ga, yarim pakana payvandtaglarda - an'anaviy bog'larning 60-70% ga 
etadi


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 1

290

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

UO`Т

634.11

OLMANING PAKANA KLON PAYVANDTAGLARI VA ULARNING

INTENSIV BOG`LARDAGI O‘RNI

.

Ahmadov Muhammadsharif Yashin o’g’li

Buxoro davlat universiteti talabasi


Zamonaviy intensiv bogʻdorchilik asosan past boʻyli vegetativ yoʻl bilan

koʻpaytiriladigan payvandtaglarga asoslangan (V.I.Budagovskiy, 1976, V.A.Gryazev,
1991, V.A.Samus, 2007). Past o'sadigan payvandtaglardagi daraxtlar baland
ko'chatlarga qaraganda unchalik katta emas – pakana (karlik) tipidagi payvandtaglarda
o'simliklar 30% ga, yarim pakana payvandtaglarda - an'anaviy bog'larning 60-70% ga
etadi.

Klon payvandtaglarning afzalliklari

:

Ko'chatlarning erta meva berish darajasi ikki baravar ko'payadi;
Birinchi mevalar (hosil) ko'pincha ikkinchi yoki uchinchi yilda olinadi;
Hosildorlik jihatidan ular kuchli o`sadigan payvandtaglarga ulangan navlardan bir

yarim-ikki baravar oshadi;

Bundan tashqari, past o'sadigan ko'chatlarda barcha ishlar (kasallik va

zararkunandalarga qarshi kurashish, agrotexnik tadbirlar va b.) samaraliroq amalga
oshiriladi;

Hosildorlik, ayniqsa, yig'im-terim davrida 3-4 baravar oshadi; Pakana klon

payvandtagdagi daraxtlar tuproq-iqlim sharoitlariga yaxshi moslashadi;

Tuproq sho‘rlanishi va karbonat tarkibiga yaxshi bardosh beradi[2] ;
Qurg‘oqchilikka chidamliligi yuqori [1];
Pakana payvandtagdagi daraxtlar 15-20 kun oldin o'sishni tugatadi va buning

natijasida qish davriga yaxshi tayyorlanadi [1];

Bularning barchasi past bo`yli bog'larni noqulay o'sish sharoitlariga chidamli

qiladi;

Klon payvandtagli bog'larning mashhurligi doimiy ravishda o'sib bormoqda.

G'arbiy Yevropa mamlakatlari o'z meva hosillarining 80 foizini pakana tipdagi
payvandtaglarga ulangan meva daraxtlari plantatsiyalaridan oladi. Rossiyaning
janubida va qo'shni mamlakatlarda past o'suvchi karlik payvandtagli bog'lar allaqachon
40% ni egallaydi.

Meva ekinlarining vegetativ yo'l bilan ko'paytiriladigan klon payvandtaglari bilan

kuchli o`suvchi urug'lik payvandtaglari ishonch va dadilllik bilan tarzda
almashtirilmoqda, bu esa ildiz tizimining yuqori regenerativ qobiliyatini oshishiga


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 1

291

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

yordam beradi, ko'chatlar va bog'dagi ko'chatlarning yuqori darajada chidamlilik
darajasini ta'minlaydi. Bunday zamonaviy yondashuv har 10-15 yilda bir marta
ekiladigan ona ko`chatzoridan arzimas kuch va mablagʻ sarflagan holda gektariga 100-
150 ming standart qalamchalar yetishtirishni kafolatlaydi.

Hozirgi davrda bog`dorchilik xo‘jaliklarida aynan mana shunday sifatli klon

payvandtaglarga zarurat borligi sezilmoqda.

1-rasm. M9 klon sust o`suvchi payvandtag


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 1

292

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

2-rasm.MM106 o`rta o`suvchi klon payvandtag

Klon payvandtaglarning qisqacha tarixi

. Klon payvandtaglarni vatani Old

Osiyodir. Bularga Kavkaz va Kavkaz orti mamlakatlari ham kiradi [1]. Rim imperiyasi
davrida bu yerlar Yevropaga qarashli bo’lgan. Klon payvandtaglardan XV asrda
Frantsiyada foydalana boshlashgan. G’arbiy Yevropada XVIII asrda keng qo’lamda
qo’llana boshlangan. XIX asrda Qrimga olib kirilgan, bizning diyorimizga ham 1902
y. R.R.SHreder tomonidan olib kirilgan. Bu Dusen, Paradizka turlari edi.
Payvandtaglar turi ko’p bo’lsa ham boshida ularni ajratadigan guruh va raqamlari
bo’lmagan [2,3].

1912-yili

Angliyaning

Ist-Moling

tajriba

stantsiyasida

R.G.Xerton

payvandtaglarni har xil davlatlardan bir necha turlarini bir yerga jamlab, birinchi bo’lib
ularni bir tizimga soldi. U 16 turdagi olma payvandtaglarni ajratib, ularni Rim
raqamlari bilan belgiladi (I-XVI). Bir davrda noklar uchun ham vegetativ ko’payadigan
klon payvandtaglar ajratib olindi va ularni A dan S gacha bo’lgan xarflar bilan
belgilandi. Xalqaro kelishuvlar asosida olma payvandtagini raqamini oldida EM (Ist-
Moling) xarfini qo’llash qaror qilindi. Keyinchalik faqat M xarfi qo’llanadigan bo’ldi.
Hozirgi vaqtda hamma davlatda rim raqamlari o’rniga (M- I, M-P) qo’llashga
kelishilgan.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 1

293

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

O’tgan asrning 20-yillarida Ist-Moling tajriba bo’limida Mertenda bog’dorchilik

instituti bilan hamkorlikda (Shvetsiya) bir qator qon bitiga chidamli payvandtaglar
yaratildi va ularga MolingMerton nomi berildi. Ular “MM” belgisi bilan yuritila
boshladi va 101 dan 115 gacha bo’lgan raqamlar berildi. Bu guruhdan eng
ahamiyatlilari quyidagilardir MM-102, MM104, MM-106, MM-109 va MM-111. VIII
va

IX

turdagi

payvandtaglar

paradizka

deb

ataladi.

III, V va VII dusen deyiladi.

Buxoro tumani “Bog`i Kalon” MFYda joylashgan “Siyovush Agro”

bog`dorchilik fermer xo`jaligida o`tkazgan tajribamizda ham olma uchun sust o`suvchi
pakana payvandtag “M-9” dan foydalanilgan. Bu payvandtaglar olmaning “Goldspur”
va “Gala” navlariga ulangan bo`lib, har tomonlama mahsuldorlik ko`rsatkichlari
yuqori bo`lib kelmoqda. Bu pakana daraxtlar intensiv bog`da simbag’azlarga olinib,
parvarish qilinmoqda [4,5,6].

So`nggi yillardada navlar soni ancha ko’paygan, yangi va yangi kombinatsiyalar

hosil qilib, yuqoridagi payvandtaglar bilan uyg’un navlarni axtarishni davom ettirish
va bizlarni sho’r va yer osti suvimiz yaqin bo’lgan hududlarda yaxshi o’suvchi
kombinatsiyalarni topishni davom ettirish zarur. SHu bilan bir qatorda bu
payvandtaglar, sho’r va yer osti suvi yaqin yerlarda o’suvchi payvandtalarni yaratish
selektsiyasida foydalanishga loyiq deb hisoblanadi [7,8].

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

В.И.Будаговский //«Карликовые подвои для яблони»,

М.: Сельхозгиз, 1959.

С-352.

2.

Савин Е.З.1, Мурсалимова Г.Р.2, Дегтярев Н.А. //Клоновые подвои яблони и

груши в производственных условиях Оренбуржья//Вестник ОГУ.№12, 2008
3. FA Ganieva, R Yunusov // Economical innovative basis for the care of intensive
stunted apple varieties-//ajmr
- Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR)
4.GF Amrilloevna, Y Rustam - //

Studying the different formations of apple trees in

intensive orchards

// European Journal of Agricultural and Rural Education, 2021

5.G.F. Amrilloyevna, Y. Rustam, // The growth, development and yield of apple
trees in intensive fruit orchards are hardwood cutting combinations and their
dependence on the thickness of seedlings//. NVEO-Natural volatiles & essential oils
08(5), 9591-9595 (2021)

6.F.A. Ganiyeva, //

Apple tree productivity depending on planting density and

rootstock variety combinations//

. Web of E3S Web of Conferences 389, 03014

(2023) UESF-2023.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 1

294

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

7.R.Yunusov, F.A. Ganiyeva, // Agrochemical properties of the soils of intensive apple
orchards in Bukhara region//. Web of E3S Web of Conferences 116, 01005 (2023)
EBWFF-2024.
8.R.Yunusov, F.A. Ganiyeva, //Dependence of varieties, plant thickness and resource
saving technology small apples productivity//. Web of E3S Web of Conferences 116,
01023 (2023) EBWFF-2024.

Bibliografik manbalar

В.И.Будаговский //«Карликовые подвои для яблони», М.: Сельхозгиз, 1959. С-352.

Савин Е.З.1, Мурсалимова Г.Р.2, Дегтярев Н.А. //Клоновые подвои яблони и груши в производственных условиях Оренбуржья//Вестник ОГУ.№12, 2008

FA Ganieva, R Yunusov // Economical innovative basis for the care of intensive stunted apple varieties-//ajmr - Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR)

GF Amrilloevna, Y Rustam - // Studying the different formations of apple trees in intensive orchards // European Journal of Agricultural and Rural Education, 2021

G.F. Amrilloyevna, Y. Rustam, // The growth, development and yield of apple trees in intensive fruit orchards are hardwood cutting combinations and their dependence on the thickness of seedlings//. NVEO-Natural volatiles & essential oils 08(5), 9591-9595 (2021)

F.A. Ganiyeva, // Apple tree productivity depending on planting density and rootstock variety combinations//. Web of E3S Web of Conferences 389, 03014 (2023) UESF-2023.

R.Yunusov, F.A. Ganiyeva, // Agrochemical properties of the soils of intensive apple orchards in Bukhara region//. Web of E3S Web of Conferences 116, 01005 (2023) EBWFF-2024.

R.Yunusov, F.A. Ganiyeva, //Dependence of varieties, plant thickness and resource saving technology small apples productivity//. Web of E3S Web of Conferences 116, 01023 (2023) EBWFF-2024.