Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 1
337
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
NAFAS YO‘LLARI KASALLIKLARI KELIB CHIQISH SABABLARI
Saidov Jasur Baxtiyorovich
Abdumurotova Jasmina Baxriddin qizi
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
Tibbiyot fakulteti Tibbiy klinik fanlar kafedrasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada hozirgi kunda global muammolardan biri
hisoblanayotgan nafas olish kasalliklarining kelib chiqish sabablari o’rganildi.
Maqolamizda nafas yo’llari kasalliklarining turlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Maqoladan tibbiyot yo’nalishida o’qiydigan talabalar va tibbiyot sohasiga qiziqadigan
barcha insonlar foydalanishlari mumkin.
Kalit so’zlar:
kislarod, karbonat angdrid, nafas olish tizimi, yurak qon-tomir, o’pka
Nafas olish tizimi
kislorod va karbonat angidrid almashinuvi uchun javob beradigan
inson tanasining muhim tarkibiy qismi boʻlib, hayotni taʼminlovchi muhim
jarayondir. U atrof-muhitdan kislorod olish va hujayra nafas olishining chiqindi
mahsuloti
boʻlgan karbonat
olib
tashlash
uchun
birgalikda
ishlaydigan organlar, toʻqimalar va tuzilmalarning murakkab tarmogʻidan iborat.
Nafas olish tizimining asosiy vazifasi gazlar almashinuvini osonlashtirishdir. Nafas
olish havodan kislorodning qon oqimiga kirishiga imkon beradi, ekshalasyon (nafas
olish) esa metabolizm jarayonida hujayralar tomonidan ishlab chiqarilgan karbonat
angidridni chiqaradi.
Bronxial astma - nafas yo'llarining surunkali kasalligi bo'lib, uning asosida
xastalikning og‘ir-yengilligidan qat’i nazar saqlanib turaveradigan yalligianish
belgilari yotadi. Bu jarayonda eozinofillar, ulkan hujayra (labrotsit, mast, cell) lar,
limfotsitlar, makrofaglar, neytrofillar, epitelial hujayralar ishtirok etadi. Yallig‘lanish
bronxlarning o‘ta sezuvchan, giperreaktiv bo'lib qolishiga, keyingi bosqichlarda esa
bronx-o'pka apparati tuzilishining katta o‘zgarishlariga, epitelial qoplamning yo'qolib
borishiga, bazal membrana fibroziga, qadahsimon hujayralarning gipertrofiyalanishiga
sabab bo‘ladi. Mana shu o‘zgarishlar «Remodilling» nomi bilan yuritiladi. Bu
o‘zgarishlar bemorlarda takror-takror nafas qisilishiga, ulaming hansirab qolishiga,
ko‘krak qafasida xirillash, og'irlik paydo bo'lishiga, ayniqsa kechalari yo‘tal xurujiga
olib keladi. Kasallik tarixi juda uzoq bo'lib, o‘quvchilarimizga shu haqda ham
ma’lumot berib o‘tishimiz lozim bo‘ladi. Miloddan avvalgi 460 yili Kos deb
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 1
338
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
nomlangan yunon orolida bir bola dunyoga keladi va unga «Ot o'rgatuvchi» yoki
Gippokrat degan ism beriladi. Vaqtlar o‘tib ana shu kunni tibbiyotning dunyoga kelgan
kuni deb ham hisoblay boshlashadi. Bunga sabab Gippokratning dunyo meditsinasi,
ya’ni tibbiyoti otasi deb tan olinishidir. Gippokratning Fasos orolida o‘tkazgan
kuzatishlari diqqatga sazovordir: Orol aholisi orasida «nafas bo‘g‘iladigan kasallik»
keng uchrab, uning xuruji bahor kezlarida avj olar ekan. Bu hodisa hozir bizni hech
ajablantirmaydi, chunki ayni shu faslda o‘simliklar changining atrofga keng taralishi
va allergen tariqasida katta rol o'ynashi aniqlangan. Lekin Gippokrat zamonida
allergiya degan holatdan hech kimning xabari yo‘q edi. Aytgandek, hozirgi kunda juda
ommalashib ketgan ingalyatsion terapiya «otasi» ham aynan shu Gippokratdir.
Jumladan. u nafas qisib qolgan paytlarda efedra giyohini yoqib, tutunini nafasga olishni
tavsiya etgan. Eramizning IX asrida Sharqning buyuk hakimi Abu Bakr Muhammad
ibn Zakariya Ar-Roziy Bog‘dodda faoliyat ko'rsatgan va u o'zining «Tibbiyotga doir
mukammal kitob» degan asarida astma klinikasini batafsil bayon etib, ba’zi gullarning
hidi va ovqat mahsulotlarining bu kasallikka sabab bo'lishini ko'rsatib o‘tadi.
Bronxial astmaning kelib chiqish sabablari Bronxial astmaning sabablari juda ko‘p
bo'lib, har bir bemorda bir necha xatarli omil yoki sabablar aniqlanishi mumkin.
Bronxial astma bemorda nechog‘lik ko‘p vaqtdan buyon davom etib kelayotgan bo‘lsa,
turli nospesifik ta’sirlar shuncha ko‘p ahamiyatga ega bo lib qoladi. Bronxial astmaning
quyidagi sabablari tafovut qilinadi:
Chang - 40-50 foiz organik birikmalar va 50-60 foiz anorganik m oddalar (sement,
ohak, kvars) dan tashkil topgan har xil jinsli aralashmadir. Oson «uchuvchan» va yetarli
darajada «og‘ir» bo'lgan o‘simlik changlari faol allergenlardir.
Hayvon allergenlari. Xonaki issiqqonli hayvonlar allergen manbalari bo‘lib, ularning
sekretlari (so'lagi), ekskretlari va ko'chib tushgan epiteliysi va boshqalar shular
qatoriga kiradi.
Ovqat allergenlari. Ovqat allergiyasi m e’da-ichak yo li shilliq pardasining epiteliysi
va bazal membranasi tomonidan makromolekulalar holida bo'ladigan ovqat
qoldiqlarini qon oqimiga ko'proq o'tkazib yuborilishi sababli boshlanadi. Ayni vaqtda
bemorlarda tuxum, baliq, sut, yong‘oq, mosh kabi masalliqlarga hamda sitrus o‘simlik
mevalariga (apelsin, mandarin va hokazo) allergiya ko'proq paydo bo ladi. O simlik
changiga sensibilizatsiyalashib o‘ta sezuvchan bo‘lib qolgan bemorlarda ko‘pincha
asalga javoban ham allergik reaksiyalar kuzatiladi. Dori allergenlari. Penitsillin,
streptomitsin, tetratsiklin, sulfanilamidlar hamda aspiringa javoban ro ‘y beradigan
allergiya hammadan ko p uchraydi. Ilk bor nafas qisib, bo‘g‘ilib qolishlami ba’zan dori
allergiyasi boshlab beradi va bu prognostik jihatdan yomon belgi bo‘lib, ushbu
jarayonning zo'rayib borishi bilan xarakterlanadi.
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 1
339
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
Bronxial astmaning klinik kechishi Nafas qisishi va uning avj olib borishidauch davr
tafovut qilinadi. Ular quyidagilardir: I-x u ru j darakchilari davri. Bunda turli
bemorlarda shiddati va tabiati jihatdan liar xil ifodalanadigan simptomlar paydo
bo‘ladi. Xuruj boshlanishidan bir necha minut, b a’zida esa bir necha soat ilgari
bemorlarda yo‘tal yoki tomoq achishishi paydo bo'lib, ko‘z, quloq solinchoqlari, badan
terisi qichishib turadi, diurez haddan tashqari ko‘payadi va boshqa o'zgarishlar ham
ko'riladi. Vrach bemomi kasallik xurujlarining darakchilariga ahamiyat berib, sergak
boiishga o‘rgatishi kerak, chunki preparatlarni vaqtida ishlatish kasallik xurujlarining
tezlik bilan qaytishini ta’minlashi mumkin.
/ / - rosmana ekspirator bo ‘g'ilish belgilari yuzaga chiqadigan davr. Bu paytda bemor
ko'kragi «qisilib» borayotganini sezadi, to ia nafas chiqara olmay qoladi. Nafas
chiqarish vaqtida hushtak chalganga o'xshaydigan xirillash uzoqdan ham eshitilib
turadi. Bemor majburiy holat olib, qoMlariga tayangan holda o‘tiradi. Yuzi kerikib, bir
tekis ko'karib turadi (sianoz). Nafas olish vaqtida burun parraklari keriladi. Ko‘krak
qafasi - chuqur nafas olingan holda boiadi. Nafas vaqtida yordamchi ayniqsa k o ‘krak
m uskullarining hammasi ishtirok etadi, o ‘mrov osti chuqurchalari va qovurg‘aaro
kamgaklar odam har safar nafas olganida ichiga tortilib turadi. Bo‘yin venalari shishib
chiqadi. Vaqt-vaqtida odamni holi-joniga qo‘ymaydigan yo‘tal boshlanib, biroz
balg‘am ajraladi. Balg‘am yopishqoq, b a’zan ko'pikli bo‘ladi. O byektiv tekshirishda
quyidagi belgilarning borligi xarakterlidir. Perkussiyada b'utun o‘pka yuzasi ustida
timpanik tovush eshitiladi, o‘pkaning quyi chegaralari pastga tushgan, o‘pka
chetlarining harakatchanligi (o‘pka ekskursiyasi) cheklangan boiadi. Auskultatsiyada
o‘pkada bir talay hushtaksimon, vizillovchi quruq xirillashlar eshitiladi, bular nafas
olishdan ko‘ra ancha uzayib ketgan nafas chiqarish vaqtida ayniqsa ko‘p boiadi. 0 ‘pka
juda kengayib ketganligidan yurak chegaralari aniqlanmaydigan boiib qoladi. Yurak-
tomir sistemasida ham o‘zgarishlar yuzaga keladi. Yurak tonlari bo‘g‘iqroq boiib
eshitiladi, o ‘pka arteriyasi ustida II ton kuchaygan boiadi. Puls tezlashadi, uning
toiiqligi kam. Bo‘g‘ilish xurujlari ko'pdan buyon davom etib kelayotgan boisa, yurak
o ‘ng qorinchasi yetishmovchiligiga xos belgilar paydo boiishi - jigarning kattalashishi,
oyoqlarining shishishi mumkin. Balg‘am analizi ayniqsa xarakterlidir, unda
eozinofillar, goho Sharko-Leyden kristallari va Kurshman spirallari paydo boladi.
Bronxial astma davosi dasturi Astmaga qilinadigan davo klinik va laboratoriya
ko‘rsatkichlarini yaxshilash va kasallik ustidan nazorat olib borishga erishishni ko‘zda
tutadi. Bemorni davolash yo'nalishlari quyidagilardan iborat: - surunkasiga davom etib
kelayotgan sim ptom lar jum ladan, kasallikning tungi xurujlarini eng kam darajaga
tushirish yoki umuman bartaraf etish; - xastalikda shoshilinch yordam ko'rsatishni talab
qiladigan hollar boimasligi; - p2-agonistlarga b o'lgan ehtiyojni eng kam darajaga
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 1
340
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
tushirish yoki um um an yo'qotish; - jismoniy faollik, jum ladan sport bilan
shug‘ullanishni cheklab qo'yishga barham berish; PEF ko'rsatk ich larin in g kecha-
kunduz mobaynidagi o'zgarishlarining 20 foizdan kam bo'lishi; - PEF
ko‘rsatkichlarining normal yoki normaga yaqin bo'lishi; - dori preparatlari nojo‘ya
ta’sirlarining eng kam darajada yuzaga chiqishi yoki umuman bo'lmasligi.
Dori-darmonlar bilan qilingan davo Bronxial astma ustidan nazoratga erishish va uning
hurujini oldini olish maqsadida bemorni dorilar bilan qadam-baqadam va uzoq davolab
borish rejalarini ishlab chiqishga amal qilish zarur. Bronxial astmada yalligianishga
qarshi vositalar va ta’siri uzoq davom etadigan bronxodilatatorlar, yalligianishga qarshi
preparatlar keng qoilaniladi. Jumladan, ingalyatsion glyukokortikosteroidlar hozir
astmaning o‘tishini nazorat qilib borish uchun hammadan ko‘p naf beradigan
preparatlardan hisoblanadi. Shoshilinch yordam preparatlari qatoriga ta ’siri qisqa m
uddat davom etadigan b2-agonistlar kabi bronxodilatatorlar kiradi, ular bronxospazm
va shu bilan bogiiq yo‘ tal, ko‘krak qafasining qisilayotganidek b o iib sezilishi va
hushtakli xirillashlarni tez bartaraf etadi. Yuqorida qayd etilgan preparatlar vaziyatga
qarab ishlatiladigan yoki «qutqaruvchi» dorilar deb ataladi.
Bronxial astinani dori-darmonlarsiz davolash metodlari Bronxial astmaga davo
qilishning ko‘pgina muqobil va qo‘shimcha usullari bor. Naturoterapiya (dori-
darmonlarsiz davolash)ning afzalligi shundaki, bemor organizmining o'zidagi
kompensator imkoniyatlar ishga solinadi va davo vositalari to‘g‘ri qo‘llanilganida
boshqa a ’zolarda asoratlar qolmaydi. Davolashning muqobil metodlari vrachdan
kattagina hajmdagi maxsus bilim va malakani talab qiladi. N aturoterapiya m etodlari
patogenetik ta’sir mexanizmiga qarab 4 ta katta-katta guruhga ajratilgan: 1)
eliminatsion terapiya; 2) mashq qildiruvchi terapiya; 3) fitoterapiya; 4) aralash usullar
bilan ta’sir o‘tkazish. Bu guruhlarning birinchisiga yengillashtiruvchi parliez bilan
davolash (shifobaxsh ochlik), gemosorbsiya, plazmaferez, sitaferez, postural drenaj
kiradi. Davo metodlarining ikkinchi guruhi, ya’ni mashq qildiruvchi davo metodlari
shifobaxsh badantarbiya, nafas gimnastikasi barcha metodlari, gipo- va
giperbaroterapiya, klassik akupunkturalami o‘z icliiga oladi. SuDjok terapiya, UVCH-
terapiya, spesifïk giposensibilizatsiya, vaksinalar bilan davolash va psixoterapevtik
usullar ham shu guruhga kiradi. Uchinchi guruhga bemorlarni turli shifobaxsh
o‘simliklar, giyohlar bilan davolash usullari kiradi. Davolashning to‘rtinchi guruhi
aeroterapiya, bemorni baland tog‘ iqlim ida davolash, speleoterapiya, galoterapiya,
bem or qoniga ultrabinafsha nurlar ta’sir ettirish, lazeroterapiya, massaj, ya’ni uqalash
va sanator-kurort sharoitlarga yuborishni o‘z ichiga oladi. Ushbu metodlar biologik
yetishmovchiliklarning o'rnini to‘ldirish, ishlatilayotgan preparatlar miqdorini
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 1
341
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
kamaytirish, remissiya muddatlarini uzaytirish, bemor hayoti sifatini yaxshilashni
ko'zda tutadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
2.
https://uz.wikipedia.org/wiki/Nafas_olish_tizimi
