Authors

  • X. A. Kayumov
    TDTrU katta o‘qituvchisi
  • B. Z. Ziyomov
    O’zbekiston milliy universiteti dotsenti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.aijmr.104364

Keywords:

Masofadan o‘qitish o‘quv-uslubiy kommunikatsiya videokonferensiya

Abstract

Ushbu maqola masofadan o‘qitishda bir ma’ruzachi yuzlab, minglab talabalarga bir vaqtning o‘zida ma’ruza o‘qishi va shu vaqt ichida talabalar bilan fikr almashishi, yukori texnikalardan samarali foydalanishni mumkinligini o'z ichiga oladi. Maqolada, zamonaviy ta'lim metodlari, interaktiv o'quv materiallari, kompyuter yordamida amalga oshiriladigan, vizual va kreativ yondashuvlar, shuningdek, talabalarning o’tiladigan faniga bo'lgan qiziqishini oshirishga oid fikrlar keltirilgan.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 5


400

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

FANLARNI O‘QITISH MASOFAVIY USLUBINING TA’LIM TIZIMIDAGI

AFZALLIKLARI

TDTrU katta o‘qituvchisi X. A. Kayumov,

O’zbekiston milliy universiteti dotsenti B. Z. Ziyomov

Annotatsiya:

Ushbu maqola masofadan o‘qitishda bir ma’ruzachi yuzlab,

minglab talabalarga bir vaqtning o‘zida ma’ruza o‘qishi va shu vaqt ichida talabalar
bilan fikr almashishi, yukori texnikalardan samarali foydalanishni mumkinligini o'z
ichiga oladi. Maqolada, zamonaviy ta'lim metodlari, interaktiv o'quv materiallari,
kompyuter yordamida amalga oshiriladigan, vizual va kreativ yondashuvlar,
shuningdek, talabalarning o’tiladigan faniga bo'lgan qiziqishini oshirishga oid fikrlar
keltirilgan.

Kalit so‘zlar:

Masofadan o‘qitish, o‘quv-uslubiy, kommunikatsiya,

videokonferensiya

Ta’lim tizimi kundan kunda juda tez rivojlanmoqda va juda tez o‘zgarmoqda.

Deyarli har daqiqada sayyoramizning turli burchaklarida o‘zgarishlar, yangilanishlar
va kutilmagan voqea-xodisalar sodir bo‘lmoqda. Har bir kunimiz kuchli informatsiya
ostida kechmoqda. Inson informatsiya ta’siridan xoli normal faoliyat yurita olmaydi.
Xayotni anglash, uni o‘rganish, informatsiyalarni yigish va o‘zlashtirish orqali kechadi.
Shuning uchun ham zamonaviy bilimlar sari keng yo‘l ochish, ta’limotni
takomillashtirishda yangi informatsion texnologiyalardan unumli foydalanish bugungi
kunning talabiga aylandi. Shulardan biri ta’lim tizimida keng foydalanilayotgan
Masofadan o‘qitish uslubi shakllari qo‘llanilmokda. Masofadan o‘qitish uslubi-bu
sirtqi o‘qishning yangi shaklidir. Masofadan o‘qitish bu mustaqil o‘qishdir. Mustaqil
o‘qish insonning mustaqil fikrlash, xolatni baholash, xulosa va bashorat qilish
qobiliyatlarini rivojlantiradi.

Masofadan o‘qitishining yana bir afzalligi shundaki, unda o‘quvchi o‘ziga qulay

vaqtda va xattoki ishdan ajralmagan xolda o‘qishi mumkin. Aynan shu afzalligi tufayli
bu uslub dunyoda hozirgi kunda keng tarqalgan. Ko‘pgina yirik korxonalar
mutaxassislari malakasini oshirish yoki o‘zgartirish uchun shu uslubdan foydalanib,
yiliga million-million dollar mablag‘lar tejalmokda. Bundan tashqari o‘qitishning yana
bir qulay tomoni shundaki, unda o‘qish muddatini o‘quvchining o‘zi belgilaydi, ya’ni
talaba ixtiyoriy paytda o‘qishni boshlaydi, materiallarni o‘qituvchi nazoratida
o‘zlashtiradi. O‘zlashtirish topshiriqlarni, testlarni bajarishiga qarab aniqlanadi.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 5


401

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

Masofadan o‘qitish ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlar uchun iktisodiy tomondan
juda kulaydir.

Masofadan o‘qitish tashkiliy va iqtisodiy afzalliklarga ham ega. Masofdan

o‘qitish uchun talabalar uchun auditoriyalar, yotoqxonalar zarur emas. Masofadan
o‘qitishda moliyaviy xarajatlar asosan o‘quv-uslubiy materiallar tayyorlash uchun,
maxsus auditoriyalar uchun sarflanadi. Bu xarajatlarning asosiy qismi bu jarayonni
tashkil etish bosqichida sarflanadi. Keyinchalik moliyaviy xarajatlar kamayadi.
Shuning uchun talabalar sonini oshishi bilan o‘qish narxi ham pasayadi. Masofadan
o‘qitishda asosiy e’tiborni o‘quv-uslubiy materiallarni tayyorlashga qaratish kerak.
Chunki o‘quv-uslubiy materiallarning sifati masofadan o‘qitish sifatining eng asosiy
omillaridan biridir.

O‘kuv-uslubiy material qanchalik tushunari va batafsil bo‘lsa, shunchalik u

o‘quvchiga foydali bo‘ladi. Ya’ni material uslubiy jixatdan puxta bo‘lmog‘i zarur.

Masofadan o‘qitish o‘zi nima? Masofadan o‘qitish bu internet tarmog‘i orqali

o‘quvchi uchun qulay bo‘lgan vaqtda o‘qishdir.

Masofadan o‘qitish uslubiy materiallari quyidagilardir:
1. Darslik;
2. Audio va video darsliklar;
3. Onlayn darslar (Internet sahifa);
4. Elektron kutubxonalar;
5. Testlar;
6. Multimedia-elektron darslik.
Multimedia darslik o‘zida ko‘pgina ma’lumotlarni mujassamlash bilan birga, bu

ma’lumotlarni ekranda namoyish etadi, hamda ovoz yordamida izoxlaydi. Multimedia
darslikning xususiyati u voqea va ma’lumotlarni yaqqol aks ettiradi. Ya’ni mul’timedia
voqea va ma’lumotlarni hayotiylashtiradi. Bu matn, videota’svir, multipikatsiya, ovoz
va musiqa yordamida amalga oshiriladi.

Masofadan o‘qitishda virtual kutubxonalar, sputnik orqali, videokonferensiyalar,

darslar, internet yordamida muloqot va informatsiya olish imkoniyatlari paydo bo‘ladi.

Xulosa o‘rinda shuni aytish lozimki, masofadan o‘qitishda bir ma’ruzachi

yuzlab, minglab talabalarga bir vaqtning o‘zida ma’ruza o‘qishi va shu vaqt ichida
talabalar bilan fikr almashishi, savollarga javob berishi mumkin. Bu usul yukori
texnikalardan samarali foydalanishni taqozo etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Tolipov U., Usmonboeva M. Pedagogik texnologiyalarning tadbikiy asoslari

- T.: 2006.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 5


402

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

2. Sayfurov D. Masofadan ukitish tizimining shakllanishi va rivojlanishi // Kasb-

xunar ta’limi j. - T.: 2004. - №6. - 16-20-b.

3. Begimkulov U.Sh. Pedagogik ta’limda zamonaviy axborot texnologiyalarini

joriy etishning ilmiy-nazariy asoslari. Monografiya. -T.: Fan, 2007.

References

Ushbu maqola masofadan o‘qitishda bir ma’ruzachi yuzlab, minglab talabalarga bir vaqtning o‘zida ma’ruza o‘qishi va shu vaqt ichida talabalar bilan fikr almashishi, yukori texnikalardan samarali foydalanishni mumkinligini o'z ichiga oladi. Maqolada, zamonaviy ta'lim metodlari, interaktiv o'quv materiallari, kompyuter yordamida amalga oshiriladigan, vizual va kreativ yondashuvlar, shuningdek, talabalarning o’tiladigan faniga bo'lgan qiziqishini oshirishga oid fikrlar keltirilgan.