СКОРОСТНО-СИЛОВЫЕ КАЧЕСТВА БОРЦОВ 16-18 ЛЕТ УСЛУГИ РАЗРАБОТКИ | Международный научный журнал «ALFRAGANUS»

СКОРОСТНО-СИЛОВЫЕ КАЧЕСТВА БОРЦОВ 16-18 ЛЕТ УСЛУГИ РАЗРАБОТКИ

inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
Отрасль знаний
CC BY f
41-47
0
Поделиться
Pardayev, B. (2024). СКОРОСТНО-СИЛОВЫЕ КАЧЕСТВА БОРЦОВ 16-18 ЛЕТ УСЛУГИ РАЗРАБОТКИ. Международный научный журнал «ALFRAGANUS», 2(10), 41–47. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/alfraganus/article/view/44573
0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье рассматриваются развитие быстро-силовых качеств борцов 16-18 лет,
их специальные быстро-силовые качества, методика их развития, развитие физических нагрузок на тренировочных занятиях, исследование тренировочного процесса по способу их развития.


background image




16-18 YOSHLI KURASHCHILARNING TEZKOR-KUCH SIFATLARINI

RIVOJLANTIRISH USLUBI

СКОРОСТНО-СИЛОВЫЕ КАЧЕСТВА БОРЦОВ 16-18 ЛЕТ

УСЛУГИ РАЗРАБОТКИ

SPEED AND STRENGTH QUALITIES OF WRESTLERS 16-18 YEARS

OLD DEVELOPMENT SERVICES






























ALFRAGANUS UNIVERSITETI

Sport faoliyati kafedrasi o‘qituvchisi

Pardayev Baxtiyor Mustafayevich

e-mail: baxtiyor7

@mail.com

ORCID: 0009-0000-5534-5143


background image

Annatatsiya.

Ushbu maqolada 16-18 yoshli kurashchilarning tezkor-kuch sifatlarini rivojlantirish uslubini

aniqlashda o'quv-mashg’ulotlardagi mashq yuklamalarini ishlab chiqish va ularni rivojlantirish
bo'yicha trenirovka jarayoni o'rganish yoritilgan.

Kalit so'zlar

: kurash, tezkor-kuch, sifat, usuliyat, rivojlantirish, trenirovka, Antropometrik

o'lchovlar, tibbiy nazorat, ta'sir vaqti, tezkorlik qobiliyati, yuklama, mashg'ulot.



Аннотация.

В данной статье рассматриваются развитие быстро-силовых качеств борцов 16-18 лет,

их специальные быстро-силовые качества, методика их развития, развитие физических
нагрузок на тренировочных занятиях, исследование тренировочного процесса по способу
их развития.

Ключевые слова:

борьба, скоростно-силовая подготовка, качество, методика,

разработка, тренировка, антропометрические измерения, медицинский контроль, время
воздействия, скоростные способности, нагрузка, тренировка.


Annotation.

This article discusses the development of fast-strength qualities of wrestlers aged 16-18 years,

their special fast-strength qualities, methods of their development, the development of physical
activity in training sessions, and research of the training process. according to the way they
develop.

Keywords

: wrestling, speed-strength training, quality, methodology, development, training,

anthropometric measurements, medical control, exposure time, speed abilities, load, training.

Kirish

O'zbekiston Respublikasining 2015-yil 4-sentabrda yangi tahrirda qabul qilingan "Jismoniy

tarbiya va sport to'g'risida" qonunida o'sib kelayotgan yosh avlodni salomatligini asrash va
mustahkamlash, yosh avlodni har tomonlama rivojlangan inson qilib tarbiyalash ustuvor maqsad
va vazifalardan biri hisoblanadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017-yil 3-iyundagi "Jismoniy

tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora tadbirlari to'g’risida"gi PQ-3031 sonli
Qarori mamlakatimizning barcha hududlarida ommaviy sportning inson va oila hayotidagi
muhim ahamiyati, uning jismoniy va ma'naviy sog'lomlikning asosi ekanini, yoshlarni zararli
odatlardan asrash, ularga o'z qobiliyati va iste'dodlarini ro'yobga chiqarish uchun zarur shart-
sharoitlarni yaratish masalalariga e'tibor yanada kuchaytirilgan, ular orasidan iqtidorli
sportchilarni maqsadli saralab olish masalalariga e'tibor yanada kuchaytirilgan.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017- yil 2-oktabrdagi "Kurash milliy sport turini

yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PQ-3306-son Qarorida asrlar davomida
mardlik, bag'rikenglik, olijanoblik va halollikning timsoli sifatida e'zozlanib kelingan, o'zbek
xalqining tarixiy merosi — "Kurash" milliy sport turini yanada rivojlantirishga alohida e'tibor
qaratilmoqda.

Yuqoridagi qonun va qarorlar mamlakatning ijtimoiy iqtisodiy va siyosiy sharoitlariga

muvofiq holda jismoniy tarbiya sport sohasidagi hamma sub'ektlar faoliyatini muvofiqlashtiradi,


background image

shuningdek O'zbekistonda jismoniy tarbiya va sportning yuqori sifat bosqichiga ko'tarilishiga
yordam beradi.

Adabiyotlar Tahlili va Metodologiya

Bugungi kun sport amaliyotida iste'dodli sportchilarni tayyorlash masalasiga yangicha nazar

bilan yondashish zaruriyatini tug'dirmoqda. Ushbu zaruriyat, ayniqsa, kurashda yaqqol ko'zga
tashlanadi.

Kurashchilarimiz jahon sport maydonlarida muhim g'alabalarni qo'lga kiritib kelmoqda.

Ammo erishilgan yuksak o'rinlarni saqlab qolish uchun mashg’ulot jarayonini
takomillashtirishga qaratilgan tadqiqotlarni davom ettirish zarur bo'ladi.

Kurashchilar va zahira tayyorgarligini takomillashtirishning yangi mashg'ulot yuklamalarini

oqilona rejalashtirish, nazorat qilish muammosini hal etish bilan bog'liq.

1. Kurashchilarning tayyorgarligi bosqichlarida sportchilar organizmiga turlicha kattalikdagi

yuklamali va har xil yo'nalishli mashg'ulotlarning ta'siri xususiyatlarini o'rganish;

2. Kurashchilarning tayyorgarligi bosqichlarini tuzishda mashg'ulot jarayonida turli

kattalikdagi va yo'nalishdagi yuklamalarni almashib berish xususiyatlariga bog'liq
samaradorlikni aniqlash;

4. Kurashchilarda maxsus tezkor-kuch sifatlarini aniqlash va tayyorgarlik bosqichida ularni

rivojlantirish usulini aniqlashda o'quv-mashg’ulotlardagi mashq yuklamalarini ishlab chiqish;

6. Kurashchilarda maxsus tezkor-kuch sifatlarini aniqlash va tayyorgarlik bosqichida ularni

rivojlantirish usuli bo'yicha mashg’ulot jarayonini o'rganish.

Muammoning o'rganilganlik darajasi

: Sport fani sohasining taniqli olimlari ta'rificha,

sport tayyorgarligi jarayonida mashg'ulotlarni rejalashtirishda, ayniqsa, sport kurashida mahoratli
sportchilar zahiralarini va malakali sportchilarni tayyorlashda mashg'ulotlar shiddatini, mashq
samaradorligini kuchaytirish mazmuni bo'yicha har xil nuqtai nazardagi fikrlar farqi
kuzatilmoqda. Shu nuqtai nazarlarda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ilmiy-
uslubiy yondashish natijasida sportchilarning xalqaro musobaqalardagi ishtirokini va yuqori
natijalarga erishishlarini ta'minlashda, sport tayyorgarligi mashg’ulotlarining samaradorligini
oshirish bugungi kunda sport amaliyotida dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Shu jumladan,
mutaxassislar tomonidan o'rganilgan va ishlab chiqilgan maxsus va musobaqaoldi tayyorgarlik
mashg'ulotlari yuklamalari kattaligi va yo'nalishi ilmiy asoslangan mashg'ulotlarga bo'lgan
ehtiyojni ko'rsatmoqda.

Sport mashg'ulotlari jarayonida ratsional yuklamalarni bajarish, ish hajmini oshirish borasida

mikrosikllarga asoslangan optimal dasturlar tuzilishi, har bir mashg'ulot vazifasi samaradorligini
takomillashtirish masalasi sport amaliyotida katta o'rin tutadi. Shu singari, malakali kurashchilar
guruhlariga rejalashtirilgan mashg'ulotlarni, turli kattalikdagi va yo'nalishdagi yuklamalar bilan
olib boriladigan mashg'ulotlarni ratsional darajada muvofiqlashtirish, kuniga bir yoki ikki marta
mashg'ulot o'tkaziladigan mashg'ulotlar bosqichlarining asosiy uslubiy tamoyillarini
rejalashtirish usullari va tuzilishi yetarlicha aniqlanmagan.

Muhokama va Natijalar

Kurash mashg'ulotlarida turli kattalikdagi va yo'nalishdagi yuklamalarning qo'llanilishi

mazkur masalani hal etishda katta ahamiyatga ega bo'lishidan qat'iy nazar, ularning sportchilar
organizmiga ta'siri to'g'risidagi muammo hal qilinmagan.

16-18 yoshli kurashchilarni maxsus tezkor-kuch sifatlarini aniqlash va mashg'ulotlarda

rivojlanish samaradorligini tahlil qilish.


background image

Tadqiqotning ilmiy yangiligi

: kurashchilar tayyorlash tizimida organizmiga katta va turli

yo'nalishdagi yuklamalarning ta'siriga talluqli tadqiqot natijalari olinib, yosh kurashchilar
guruhlarida mashq yuklamalarining samaradorligini oshirishda quyidagi yangi uslublardan
foydalanildi:

- 16-18 yosh kurashchilarning mashg'ulot izchilligi, kunlari, kunlik va haftalik mikrosikllar

(MS);

- kurashchilar organizmiga mashg'ulotlar jarayonida harakat mexanizmining ta'siri

samaradorligini

oshirishga

yo'naltirilgan

qo'shimcha

mashg'ulotlarning

uygunligi,

mashg’ulotlarning umumiy sonini oshirish va uning natijasida maxsus ish qobiliyati
samaradorligi o'rganildi;

- kurashchilarning tayyorgarlik bosqichlarini rejalashtirish jarayonida mashg'ulot

yuklamalarining bajarilishini nazorat qilish, yuklamalarning turli kattaligi, yo'nalishi,
mashg'ulotlar turining kuchi va ta'sir qilish tavsifi o'rganildi;

- kurashchilarning tayyorgarlik bosqichlari davomiyligining o'zgaruvchan holatiga va

haftalik mikrosikl tizimida turli yo'nalishlarda bajarilgan yuklamalarning natijalari
samaradorligiga baho berildi;

Kurashchilarda maxsus tezkor-kuch sifatini rivojlantirishda trenirovka mashq

yuklamalarining yangicha taqsimlash orqali faoliyatidagi natijalarni yuqori darajaga ko'tarish.

- tadqiqot jarayonida kurashchilarning tayyorgarligi bosqichlarining tuzilishi, turli

yuklamalar va yo'nalishdagi usullarda o'rganildi va samaradorligi tadqiqotda isbotlab berildi.

18-20 yoshli kurashchilarning ish qobiliyatini oshirish borasida mavjud bo'lgan omillarning

biri sifatida tayyorgarlik bosqichlarida katta yuklamali mashg'ulotlar sonini izchillik bilan, zo'r
bermasdan oshirish uslublari ishlab chiqilib, yuklamalarning amaliy mashg'ulotlarda keng
qo'llanishi tizimlashtirildi va katta yuklamali mashg'ulotlardan so'ng tiklanish holatlariga faol
ta'sirlari aniqlandi; mashg'ulotlarni ratsional almashlash asosida kurashchilarning tayyorgarlik
bosqichlari mikrosikllari variantlari, turli kattaligi va yo'nalishiga qaratilgan mashg'ulotlarni
tashkil etish borasida tajribaviy ko'rsatkichlar olindi.

Yosh kurashchilar bilan olib boriladigan o'quv mashg’ulotlarida maxsus tezkor-kuch

sifatlarini rivojlantirish musobaqalarda yaxshi natijalarga erishishga imkon beradi.

16-18 yoshli kurashchilarning tayyorgarlik bosqichlarida mashg'ulotlar kattaligi va yo'nalishi

tizimlarini takomillashtirish, maxsus jismoniy tayyorgarligi sifatlarini rivojlantirish borasida
qo'shimcha mashg’ulotlarni uyg'unlashtirishda mikrosikl mashg'ulotlarini ratsional almashlab
o'tkazish, katta yuklamali mashg'ulotlarning umumiy sonini oshirish va uning natijasida
kurashchilarning maxsus ish qobiliyatini samarali rivojlantiradi. Kurashchilarda maxsus tezkor-
kuch sifatlarini aniqlash va ularni rivojlantirish uslubi orqali mashg’ulotdagi yuklamalarini
optimal rejalashtirish musobaqalarda yuqori natijalarni beradi.

Kurashchilarda tezkor-kuch sifatlarini rivojlantirish kurashchining raqib qarshiligini yengib

o'tish yoki mushak kuchlanishi hisobiga unga qarshilik ko'rsatish qobiliyati tushuniladi.
Kuchning quyidagi turlarini ajartish qabul qilingan: umumiy va maxsus, mutlaq va nisbiy, tezkor
va portlovchan, kuch chidamliligi.

Yuqoridagilarga asoslangan holda shunday xulosa qilish mumkin: sportchilar organizmining

shaxsiy xususiyatlari va har bir kurashchining tayyorgarlik darajasiga qarab mashg'ulot
yuklamalarining hajmi, shiddati va takrorlar soni alohida belgilanadi. Tadqiqot natijasiga har bir
kurashchining mashqlanganlik darajasi va shaxsiy xususiyatlari ta'sir qilmasligi uchun biz ilmiy
tadqiqot ma'lumotlariga mos holda solishtirma tadqiqot variantlaridan foydalandik.

Shu bilan birga kurashchilar 24 soatdan keyin uzoq muddatli, 2 kundan keyin qisqa muddatli

shiddat bilan bajariladigan ishlarni bemalol bajarishlari mumkin. Kurashchilarning maxsus
tezkor-kuch sifatlarini rivojlantirish tahlili:Kurashchilarning maxsus tezkor-kuch sifatlarini


background image

aniqlash va tayyorgarlik bosqichida ularni rivojlantirish ustida ish olib bordik. Oldimizga
qo'yilgan masalalarni o'rganish maqsadida kurashchilar bilan olib boriladigan mashg’ulot
jarayoni hamda va yetakchi trenerlar, mutaxasislar ish tajribasi umumlashtirildi hamda
tadqiqotlar olib borildi. Olingan natijalar asosida aniqlandiki, kurashchilarning maxsus tezkor-
kuch sifatlarni muayyan darajada harakatlar tezkor-kuch talab qiluvchi amallarda katta
ahamiyatga ega bo'ladi. kurashchilarda turli mushak guruhlari kuchining ortishi bir me'yorda
bo'lmaydi va yuqori shiddatga erishadi. Bunday kurash bilan shug'ullanish tezkor-kuch sifatlari
topografiyasiga, ya'ni turli mushak guruhlarining maksimal kuchi nisbatiga o'z muhrini bosadi.

Kurashchilarni maxsus tezkor-kuch sifatlarini trenirovkadagi mashq yuklama vositalarini

hajmi yig'indilarini tahlil qilish, tekshirilayotgan kurashchilarning yuqori sport natijalarini
egallashda maqsadida o'tkaziladi. Nazorat qilish uchun 20 ta kurash bilan shug'ullanuvchi
kurashchi tanlab olindi. Kurashchilar bilan olib boriladigan mashg’ulotning faqat asosiy
qismidagi maxsus tezkor-kuch sifatlarni tayyorgarlik bosqichida ularni rivojlantiruvchi
mashg’ulot yuklamalari tahlili olindi. Mashg’ulot bosqichi tayyorgarligini asosiy vositalarining
hajmi har xilligi, o'rtacha hajm, standart og'ish keltirilgan. Asosiy qilib kurashchilarning
darajasiga va murakkablik koeffisiyentiga qarab trenirovka mashqlarini taqsimlash qabul qilindi.
Hamma maxsus mashqlar o'z ichiga yuqori bo'lgan mashg’ulot vositalarini, ya'ni sherik bilan
kurashish, shartli kurash, texnik-taktik mahoratni takomillashtirish uchun sherigi bilan
bajariladigan mashqlar olgan.

Ixtisoslashtirilgan trenirovka mashqlari hajmi jihatidan ularni murakkabligiga qarab

taqsimlandi. Kuzatuvlar shuni ko'rsatadiki, ayrim trenerlar qisqa muddat ichida kurashchilarni
tayyorlash maqsadida jismoniy sifatlarni rivojlantiruvchi mashqlarni zo'rma-zo'raki qo'llaydilar.
Bu borada, ayniqsa, maxsus tezkor-kuch sifatini tarbiyalash bolaning jismoniy imkoniyatini
e'tiborga olish zaruriyatini belgilaydi. Me'yoridan ortiq beriladigan surunkali maxsus tezkor-kuch
mashqlari shug'ullanayotgan bolani zo'riqish holatiga tushirib qo'yishi muqarrar. Shuning uchun
maxsus tezkor-kuch mashqlarini qo'llashdan avval maxsus tezkor-kuch sifatini baholovchi
ommabop maxsus test mashqlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Tadqiqotlar natijasida quyidagi asos qilib olindi

: 1. Maxsus rezina bilan ishlash 30 soniya

(marta). 2.Maxsus tezkor-kuch sifatini rivojlantirish uchun 15 soniya davomida o'z vazndan
kichik sherik bilan oyoq oldida oyoq bilan chalish usullarni bajarish (marta). 3.20 soniya yotgan
holatdan gavdani orqadan ushlab sherigini ko'tarish (marta). 4.10 soniyada gimnastika
qo'shpoyada qo'llarni bukib yoyish (marta). 5.Bir daqiqa davomida katta bo’lgani o'ng va chap
tomonga harakatlantirish (marta). Kurashchilar faoliyatida, xususan, musobaqa bellashuvlarida
barcha turdagi maxsus tezkor-kuch sifatlari (umumiy va maxsus, mutlaq va nisbiy, statik va
dinamik, tezkor-portlovchi) hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lishi mumkin. Shuning uchun o'quv-
mashg’ulot jarayonida maxsus tezkor-kuchni rivojlantirishga e'tibor qaratish kurashchilar
tayyorlashning muhim shartlaridan biri. Kurashchilarda har xil turdagi maxsus tezkor-kuch
sifatlarini o'rganish qayd etilgan ko'rsatkichlar tadqiqot boshida sezilarli darajada sayoz
ekanligini ko'rsatdi. Jumladan, tajriba va nazorat guruhdagi shug'ullanuvchilarni qo'shib
hisoblaganda ham ularning ko'rsatkichlari tadqiqot boshlanmasdan avval deyarli farq qilmadi.

Kurash bilan shug'ullanuvchilarning maxsus tezkor-kuch sifatlarini rivojlanish

darajasi natijalari

(Nazorat guruh 10 kishi, Tajriba guruhi 10 kishi)

1-jadval

Tezkor-kuch testlar

Tadqiqot
guruhi

Nazorat guruhi

Tajribada
n keyin

Tajrib
adan
oldin

Tajrib
adan
keyin

Tajrib
adan
oldin

Tajrib
adan
oldin

Tajr
iba

Naz
orat


background image

1. Maxsus rezina bilan ishlash 30

soniya (marta).

24

28

21

23

4

2

2. Maxsus tezkor-kuch sifatini

rivojlantirish uchun 15 soniya
davomida o'z vazndan kichik
sherik bilan oyoq oldida oyoq
bilan chalish usullarni bajarish
(marta).

7

10

8

9

3

1

3. 20 soniya yotgan holatdan

gavdani orqadan ushlab sherigini
ko'tarish (marta).

16

18

15

16

3

1

4. 10 soniyada gimnastika

qo'shpoyada qo'llarni bukib
yoyish (marta).

10

13

9

10

3

1

5. Bir daqiqa davomida katta

bolg'ani o'ng va chap tomonga
harakatlantirish (marta)

27

30

29

30

3

1

Chunonchi, maxsus rezina bilan ishlashda tadqiqot guruhi kurashchilarda o'rtacha arifmetik

qiymati 24 ni tashkil qildi. Nazorat guruhida kurashchilarda o'rtacha arifmetik qiymati 21 ni
tashkil qildi.

Maxsus tezkor-kuch sifatini rivojlantirish uchun 15 soniyada davomida o'z vazndan kichik

sherik bilan oyoq oldida oyoq bilan chalish usullarni bajarish tadqiqot guruhi kurashchilarda
o'rtacha arifmetik qiymati 7 ni tashkil qildi. Nazorat guruhida kurashchilarda o'rtacha arifmetik
qiymati 8 ni tashkil qildi. 20 soniya yotgan holdan qo'llarni bukib yoyish tadqiqot guruhi
kurashchilarda o'rtacha arifmetik qiymati 16 ni tashkil qilodi. Nazorat guruhida kurashchilarda
o'rtacha arifmetik qiymati 15 ni tashkil qildi. 10 soniya gimnastika qo'shpoyada qo'llarni bukib
yoyish tadqiqot guruhi kurashchilarda o'rtacha arifmetik qiymati 10 ni tashkil qildi. Nazorat
guruhida kurashchilarda o'rtacha arifmetik qiymati 9 ni tashkil qildi. Bir daqiqa davomida katta
bolg'ani o'ng va chap tomonga harakatlantirish tadqiqot guruhi kurashchilarda o'rtacha arifmetik
qiymati 27 ni tashkil qildi. Nazorat guruhida kurashchilarda o'rtacha arifmetik qiymati 29 ni
tashkil qildi. Olib borilgan tadqiqotlardan so'ng aniqlandiki, yosh kurashchilarda tezkor-kuch
sifatlari yetarli darajada rivojlanmagan deb baholashga asos bo'ldi.

Kurashchilarda maxsus tezkor-kuch sifatini rivojlantirish maqsadida olib borilgan pedagogik

tadqiqotlardan so'ng tadqiqotning samarasini baholash maqsadida tadqiqot va nazorat guruhlariga
mansub kurashchilar ko'rsatkichlari statistik tahlil qilindi. Chunonchi, maxsus rezina bilan
ishlashda tadqiqot guruhi kurashchilarda o'rtacha arifmetik qiymati 28 ni tashkil qildi. Nazorat
guruxida kurashchilarda o'rtacha arifmetik qiymati 23 ni tashkil qildi. Maxsus tezligi
rivojlantirish uchun 15 soniya davomida o'z vazndan kichik sherik bilan oyoq oldida oyoq bilan
chalish usullarni bajarish tadqiqot guruhi kurashchilarda o'rtacha arifmetik qiymati 10 ni tashkil
qildi. Nazorat guruhida kurashchilarda o'rtacha arifmetik qiymati 9 ni tashkil qildi. 20 soniya
yotgan holdan qo'llarni bukib yoyish tadqiqot guruhi kurashchilarda o'rtacha arifmetik qiymati
18 ni tashkil qildi. Nazorat guruhida kurashchilarda o'rtacha arifmetik qiymati 16 ni tashkil qildi.
10 soniya gimnastika qo'shpoyada qo'llarni bukib yoyish tadqiqot guruhi kurashchilarda o'rtacha
arifmetik qiymati 13 ni tashkil qildi. Nazorat guruhida kurashchilarda o'rtacha arifmetik qiymati
10 ni tashkil qildi. Bir daqiqa davomida katta bolg'ani o'ng va chap tomonga harakatlantirish
tadqiqot guruhi kurashchilarda o'rtacha arifmetik qiymati 30 ni tashkil qildi. Nazorat guruhida
kurashchilarda o'rtacha arifmetik qiymati 30 ni tashkil qildi. Tadqiqot guruhida ushbu
ko'rsatkichlar ustunlikka ega ekanligi ma'lum bo'ldi. Tadqiqotga jalb qilingan kurashchilarning


background image

tezkor-kuch sifatlarini rivojlanish yuqori deb xulosa qilishga asos bo'la oladi. Ehtimol, mazkur
vaziyat pedagogik tadqiqot guruhiga mansub yosh kurashchilarni alohida e'tibor doirasida
ekanligi ularning ruhiy-emotsional holatini ijobiy pog'onaga biroz ko'tarilganligidir.

Xulosa

1.Ilmiy-uslubiy adabiyotlar tahlili shuni ko'rsatadiki, so'nggi yillarda kurashchilar

tayyorgarlik bosqichlarining mashg'ulotlari kattaligi va yo'nalish tizimlarini takomillashtirishga
katta e'tibor qaratilmoqda. Trenirovkadan tashqari shakllarda amaliyot bilan bog'liq harakat
malakalari va ular bilan bog'liq bo'lgan maxsus tezkor-kuch sifatlarning rivojlantirishga
qaratilgan mashqlarning samaradorligi kurash bo'yicha yetakchi mutaxasis olimlar tomonidan
o'rganilgan.

2.Kurashchilarda tayyorgarlik bosqichidagi maxsus tezkor-kuch sifatlarini rivojlantirishda

jarayonida alohida ahamiyat berish kerak. Bu esa kurashchilarning musobaqalarda yuqori
natijalarga erishishi muhim ahamiyat kasb etadi.

3.Kurash bo'yicha sportchilarni tayyorlashda yuklamalarning kattaligi va yo'nalishiga ko'ra

mashg'ulotlarni ratsional almashlash, tajriba natijasi ko'rsatkichlari asosida amaliyotda tanlangan
yo'nalish dasturiga muvofiq tuzilgan mikrosikllar

Sportchilarning maxsus ish qobiliyatini, sport natijalarining jiddiy ko'tarilishini ta'minlab

beradi. Kurash bilan shug'ullanuvchilarning maxsus tezkor-kuch sifatlarini rivojlantirishda
asosiy yo'nalishlaridan biri me'yorlangan mashqlardan foydalanishdir.

Foydalanilgan Adabiyotlar

1. "Jismoniy tarbiya va sport to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi qonuni (yangi tahrir).

"Xalq so'zi" gazetasi 174(6357)-sonida e'lon qilingan 2015yil 5 sentyabr.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Jismoniy tarbiya va ommoviy sportni yanada

rivojlantirish chora tadbirlari to'grisida"gi PQ-3031 sonli Qarori - 2017 yil 3-iyun .

3. Mirziyoyev Sh.M. "Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga

ko'taramiz" Toshkent 2017 yil.

4. Kerimov F.A Sport kurashi nazaryasi va usuliyati T.2007y

5. Turaboyev B.S., Daminov I.A. "Dzyudo" T.2014 yil.

6. Tastanov N.A Yunon-rim kurashi nazaryasi va uslubiyati T;2014 y.

Библиографические ссылки

"Jismoniy tarbiya va sport to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi qonuni (yangi tahrir). "Xalq so'zi" gazetasi 174(6357)-sonida e'lon qilingan 2015yil 5 sentyabr.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Jismoniy tarbiya va ommoviy sportni yanada rivojlantirish chora tadbirlari to'grisida"gi PQ-3031 sonli Qarori - 2017 yil 3-iyun .

Mirziyoyev Sh.M. "Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz" Toshkent 2017 yil.

Kerimov F.A Sport kurashi nazaryasi va usuliyati T.2007y

Turaboyev B.S., Daminov I.A. "Dzyudo" T.2014 yil.

Tastanov N.A Yunon-rim kurashi nazaryasi va uslubiyati T;2014 y.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов