ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
163
MIKROBIOTANING CANDIDA ALBICANS GA QARSHI HIMOYAVIY
RO’LI
Yoqubova M.
Mo’minov A.
Kokand Universtiy Andijon filiali “Mikrobiologiya, farmokologiya, normal va
patologik fiziologiyasi” kafedrasi o’qituvchisi
Kokand University Andijon Davolash ishi yo’nalishi talabasi
abdunosirovnamuslima_006@gmail.com]
https://doi.org/10.5281/zenodo.15647730
Annotatsiya.
Ushbu maqolada inson organizmidagi mikrobiotaning
Candida albicans zamburug’iga qarshi himoyaviy roli keng ko’lamda tahlil
qilingan. Candida albicans-opportinistik patogen bo’lib, odatda organizmda
simptomlarsiz mavjud bo’ladi, biroq muayyan sharoitlarda invaziv infeksiyalarni
keltirib chiqarashi mumkin. Sog’lom mirobiota uning ko’payishini cheklovchi
asosiy bilogik to’siqlardan biridir. Maqolada mikrobiota tarkibi, funksiyalari va
Candida albicans bilan o’zaro aloqalari ilmiy asosda yoritilgan. Shuningdek,
antbiotiklar, stress va boshqa omillar tufayli yuzaga keladigan disbioz
holatlarining Candida infeksiyalari rivojlnishiga qanday ta’sir qilishi haqida
ma’lumotlar berilgan.
Kalit so’zlar:
Mikrobiota, Candida albicans, disbioz, antifugal himoya,
immun tizimi, probiyotiklar, ichak mikrobiotasi, opportunistic pathogen
Mikrobiota – bu inson tanasida yashovchi mikroorganizmlar jamlanmasi
bo’lib, ular asosan ichak, teri og’iz bo’shlig’i nafas yo’llari va urogenital trakda
to’plangan. Ushbu mikroorganizmlar, jumladan bakteriyalar, zamburug’lar va
viruslar, odatda simbiotik tarzda yashaydi.
Ichak mikrobiotasi eng murakkab va zich shakillangan tizimlardan biri
hisoblanadi. U quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi: Oziq moddalarni
parchalaydi va foydali metabolitlar ishlab chiqaradi masalan, qisqa zanjirli yog’
kislotalari, immun tizimini faollashtiradi va rivojlantiradi, patogenlarga qarshi
raqobat olib boradi. Ichak epiteliyasini yaxlitligini ta’minlaydi. Sog’lom
mikribiota mikroblar orasida muvozanat saqlab, potensial patogen
mikroorganizmlarning ortiqcha ko’payishini cheklab turadi. Shu sababli,
mikrobiota disbalansi turli kasalliklarning, jumladan kandidiazning
rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Candida albicans – bu dimorfik zamburug’ bo’lib, u normal sharoitda
qo’ziqorin sifatida yashasa, ma’lum omillar ta’sirida gifa shaklga o’tib ,
patogenlik xususiyatlarini kuchaytiradi. Bu zamburug’ inson tanasining og’iz
bo’shlig’i, ichak, vagina va teri yuzasida yashashi mumkin. U odatda organizmga
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
164
zarar yetkazmaydi, biroq immun tizimi susayganida yoki mikrobiota disbalansga
uchraganda invaziv shaklga o’tib, infeksiyalarni chaqiradi.
Ichak mikrobiotasi va antifugal himoya
Ichak mikrobiotsi C.albicans ga qarshi eng kuchli himoyaviy to’siqlardan
biri hisoblanadi. Ichakda yashovchi bakteriyalar; past pH muhitini yaratadi, bu
esa C. albicans uchun noqulay; o’zlari uchun oziqni tez is’temol qilib, Candidani
och qoldiradi; immun hujayralarni faollashtirib, Candida ga qarshi javobni
kuchytiradi. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, antibiotiklar ta’sirida bu foydali
bakteriyalar yo’qolganida Candida albicans ichak devoriga yopishib, gifa
shakliga o’tib, yallig’lanishga olib keladi. Bu holat “leaky gut syndrome” va
sistematik kandidemiyaga olib kelishi mumkin.
Antibiotiklar, disbioz va Candida infeksiyalari
Antibiotiklar foydali bakteriyalarni yo’q qilib, mikrobiota balansini buzadi.
Ayniqsa keng ta’sir doirasiga ega antibiotiklar masalan, tetratsiklinlar,
sefalosporinlar, Lactobacillus va Bifidobacterium kabi himoyaviy turlarni
kamaytiradi, bu esa Candida albicans uchun bo’shashgan joy yaratadi.
Klinik kuzatuvlar: Atibiotikdan so’ng 2 -5 kun ichida og’iz bo’shlig’ida va
ichakda Candida ko’payishi kuzatilgan. Uzoq muddatli antibiotik terapiyasidan
so’ng vaginal kandidiaz xavfi ortadi. Immunosupressiv terapiyadagi bemorlarda
antibiotiklar bilan birga Candida infeksiyasi tez-tez uchraydi.
Probiyotiklar va mikrobiotani tiklash yo’li bilan profilaktika
Probiyotiklar - bu inson salomatligi uchun foydali bo’lgan tirik
mikroorganizmlar bo’lib, ular mikrobiotani tiklash va mustahkamlashda
qo’llaniladi. Candida albicans ga qarshi profilaktika va davolashda
probiyotiklarning roli katta ahamiyatga ega.
Foydali probiyotik turlar: Lactobacillus rhamnosus – pH ni pasaytiradi va
Candida ning yopishishini kamaytiradi. Lactobacillus reuteri – vodorod peroksid
ishlab chiqarib, antifugal ta’sir ko’rsatadi. Saccharomyces boulardii –boshqa
zamburug’lar bo’lishiga qaramay, cheklaydi va immun javobini kuchaytiradi.
Probiyotiklar nafaqat kandidiaz xavfini kamaytiradi, balki antibiotikdan so’ng
mikrobiotani tezroq tiklashga ham yordam beradi.
Etiologiyasi
Candida albicans
–
bu odatda inson organizmida yashovchi, ammo ma’lum
sharoitlarda patogenlik xususiyatga ega bo’ladigan dimorfik zamburug’dir. U
inson normal sharoitda og’iz bo’shlig’i, gastrointestinal tarakt, teri va vaginal
flora kabi joylarda joylarda yashaydi. Biroq, immun tizimini zaiflashganida yoki
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
165
mikrobota muvozanati buzilganda, turli infeksiyalarni keltirib chiqarishi
mumkin.
Epidemiologiyasi
Candida albicans –ko’pchilik insonlar organizmida, og’iz bo’shlig’i, me’da –
ichak yo’llari, qin va teri yuzasida tabiiy mikrobiotaning bir qismi sifatida
uchraydi. U sog’lom immunitetli odamlarga zarar keltirmaydi, lekin immunitet
zaiflashganda, mikrobiota muvozanati buzilganda yoki antibiotiklar uzoq
muddat qabul qilganda u patologik holatga o’tadi. Yangi tug’ilgan chaqaloqlarda ,
keksa yoshdagi odamlarda va homilador ayollarda yuqori xavf mavjud. OITS,
saraton kasalliklari, transplantatsiya olgan bemorlarda yoki kortikosteroidlar
qabul qilayotganlarda tez –tez uchraydi.
Xulosa
Mikrobiota inson organizmida homeostazni saqlashda va immun tizimni
rag’batlantirishda muhim omil bo’lib, Candida albicans ga qarshi tabiiy himoya
sifatida xizmat qiladi. Sog’lom mikrobiota, ayniqsa laktobatsillalar va
bifidibakteriyalar, zamburug’lar uchun noqulay muhit yaratish orqali C. albicans
ning kolonizatsiyasi va inviziyasini cheklaydi. Bu mikroblar tomonidan ishlab
chiqariladigan kislotali muhit, vodorod peroksid, bakteriotsinlar va boshqa
antimikrob moddalari zamburug’ning faoliyatini susaytiradi. Bundan tashqari,
mikrobiota
immun
tizimida
himoya
mexanizmlarini
faollashtirib,
zamburug’larga qarshi hujayraviy javobni kuchaytiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.
Iliev ID, Underhill DM. “Striking a balance: fungal commensalism versus
pathogenesis.” Curr Opin Microbiol. 2013.
2.
Mason KL, Erb Downward JR, Falkowski NR, et al. “Candida albicans and
bacterial microbiota interactions in the cecum during recolonization following
broad –spectrum antibiotic therapy.” Infect Immun. 2012.
3.
Kohler JR, Casadevall A, Perfect J, “The spectrum of fungi that infects
humans.” Cold Spring Harb Perspect Med. 2015.
4.
Huffnagle GB, Noverr MC. “The emeriging world of the fungal microbiome.”
Trends Microbiol. 2013.
5.
Arumugum M, et al. “Enterotypes of the human gut microbiome.”Nature.
2011.
6.
Neville BA, d’Enfert C, Bougnoux M-E. “Candida albicans commensalism in
the gastrointestinal tarct,” FEMS Yeast Res. 2015.
7.
Zhai B, et al. “High-resolution mycobiota analysis reveals dynamic
intestinal translocation preceding invasive candidiasis.”Nat Med. 2020