ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
58
JAHON IQTISODIYOTI VA XALQARO MUNOSABATLARDA YANGI
O’ZBEKISTONNING TUTGAN O’RNI VA AHAMIYATI
Quvatova Zaxro Orifjonovna
Bojxona Qo’mitasi Bojxona Instituti o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15709070
Annotatsiya.
Hozirgi zamon jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy
munosabatlar – juda murakkab va dinamik holda rivojlanayotgan tizim bo‘lib,
o‘z tarkibida xalqaro iqtisodiy munosabatlar (tashqi savdo aloqalari kapital
chiqarish, valyuta - kredit munosabatlari, ishchi kuchlari migratsiyasi, iqtisodiy
integratsiya jarayonlari va h.k.) orqali bir-birlari bilan o‘zviy bog‘langan turli
xildagi milliy xo‘jaliklarni o‘z ichiga olgan global xo‘jalik mexanizmi bo‘lib
hisoblanadi. Ushbu maqola iqtisodiy rivojlanish jahonning barcha davlatlari
uchun umumiy tabiiy qonuniyatlar asosida borib, ya’ni bozor munosabatlarining
alohida ajratib olingan ko'rinishi yoki milliy libosi yo‘q, ammo rivojlanishning
o‘ziga xos xususiyatlari, yo‘llari mavjud bo‘lib, ular jahonning u yoki bu
mamlakatlarini jug‘rofiy o‘mi, tabiiy sharoiti, iqlimi, tabiiy resurslari, aholisi,
iqtisodiy rivojlanish darajasi va munosabatlarining ko‘pgina boshqa sabablariga
ko‘ra turlicha bo‘ladi. Shuningdek, mustaqillikdan song, asosan XXI asrda
O’zbekiston davlatining jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlarda tutgan
o’rni mavzusida yozildi. Maqolada Yangi O’zbekistonng jahon iqtisodiyotidagi
hissasi, import va eksport ulushi hamda xalqaro munosabatlarda tutgan o’rni
haqida aytib o’tiladi.
Kalit so’zlar:
Yangi o’zbekiston, jahon iqtisodiyoti, import, eksport, tashqi
va ichki bozor, milliy iqtisodiyot, xalqaro munosabatlar, tashqi savdo, xalqaro
tashkilotlar, global savdo bozori.
Yangi O'zbekiston – bu shiddat bilan o'zgarayotgan, islohotlar yo'lidan dadil
odimlayotgan va jahon hamjamiyatida o'zining munosib o'rnini egallashga
intilayotgan mamlakatdir. So'nggi yillarda o'zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar
mamlakatning iqtisodiy va siyosiy qiyofasini tubdan o'zgartirdi. Bu o'zgarishlar
O'zbekistonning nafaqat mintaqaviy, balki global miqyosdagi rolini ham
oshirmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi oʻz milliy manfaatlaridan kelib chiqqan
holda ochiq, oʻzaro manfaatli va konstruktiv xalqaro munosabatlarni olib
bormoqda. Maʼlumki, asrlardan beri xalqaro munosabatlar qadimdan insoniyat
ijtimoiy, madaniy hamda maʼnaviy rivojining muhim omili sifatida rivojlanib
kelgan. Ayniqsa, ohirgi yillarda mamlakatimizda xorijiy davlatlar bilan doʻstona
munosabatlarni mustahkamlash orqali yurtimizda yashab kelayotgan barcha
millat va etnik guruhlar madaniyati, maʼnaviy qadriyatlari, milliy anʼana va urf-
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
59
odatlarini saqlash hamda har tomonlama rivojlantirish tamoyillariga tayanib
faoliyat yuritmoqda. O’zbekistonda siyosiy va davlat mustaqilligi kamol topishi
bilan uning bozor munosabatlariga asoslangan milliy iqtisodiyoti borgan sari
shakllana boshladi. Milliy iqtisodiyot bu ma’lum bir davlat hududida tarixan
tashkil topgan, bir-biri bilan maqsadi va mehnat taqsimoti bog’liq bo’lgan
tarmoqlarning yig’indisidir. Yagona tizim sifatida milliy iqtisodiyot o’ziga xos
bo’lgan munosabatlari, boshqaruv tizimi, umumiqtisodiy infrastrukturasi va
mustaqil qonunchiligiga ega bo’lgan mustaqil davlatchilikni taqozo qiladi.
Hozirgi kunda mamlakatimizda yashab kelayotgan 130 dan ortiq millat va elat
vakillarining birgalikda, ahil va hamjihatlikdagi oʻzaro munosabatlari taʼsirida
koʻpmillatli xalqimizning turmush tarzi ham yanada yaxshilanib bormoqda. Shu
oʻrinda taʼkidlash joizki, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning
tashabbuslari va yuqori saviyadagi muzokaralarda faolligi tufayli “Dunyoga
ochiqlik siyosati”ga sodiq qolayotgan Yangi Oʻzbekistonning yangi hamkorlari,
xayrixohlari ortib bormoqda. Davlatimiz rahbarining xalqaro tashriflari
natijasida mamlakatimiz xorij davlatlari bilan faol diplomatik munosabatlarni
yoʻlga qoʻydi. Xususan, bir qator yirik davlatlar bilan munosabatimiz strategik
sheriklik darajasigacha koʻtarildi.
Yangi Oʻzbekistonning xalqaro munosabatlardagi oʻrni sezilarli darajada
oshib bormoqda. Oʻzbekiston xalqaro munosabatlarining eng muhim ustuvor
yoʻnalishi qoʻshni, birinchi oʻrinda, mintaqaviy davlatlar bilan aloqalar va har
tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashdan iborat. Mamlakat
oʻzining geosiyosiy joylashuvi, tabiiy resurslari va iqtisodiy rivojlanish salohiyati
bilan mintaqadagi muhim oʻyinchilardan biriga aylandi. O‘zbekiston Markaziy
Osiyodagi muhim geostrategik hududda joylashgan bo‘lib, yirik tranzit va
logistika yo‘llarining chorrahasida turadi. Bu holat mamlakatning xalqaro
iqtisodiy va siyosiy aloqalaridagi ahamiyatini oshiradi. Har bitta rivojlangan va
rivojlanayotgan yirik davlatlar kabi oʻzbekiston ham jahon iqtisodiyotiga oʻz
hissasini qoʻshib kelmoqda. Jahon iqtisodiyotiga hissasini qoʻshish deganda faqat
eksport mahsulotlarini sotish emas, balki import mahsulotlari qabul qilish ham
nazarda tutiladi. Albatta mamlakatda eksport hajmi import hajmidan koʻp
boʻlishi uchun mamlakatning iqtisodiyotiga foyda keltiradi. Biroq boshqa
tarafdan olib qarasak, mamlakat ichki mahsulotlarining haddan ziyod tashqi
bozorga chiqishi davlatning ichki bozoriga salbiy taʼsir qilishi ham mumkin.
Shuning uchun koʻpgina davlatlar iqtisodiyotida baʼzan import hajmi eksport
hajmidan koʻproq boʻladi, baʼzida esa teskari hodisa kuzatiladi. Tashqi savdo
deganda esa import va eksport hajmlarining umumiy yigʻindisi hisobga olinadi.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
60
So‘nggi yillarda O‘zbekiston Xitoy, Rossiya, Yevropa Ittifoqi, Turkiya, Janubiy
Koreya va boshqa mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy hamkorlikni
kengaytirdi. Erkin iqtisodiy zonalar va xorijiy sarmoyalar uchun yaratilgan qulay
sharoitlar mamlakatning iqtisodiy o‘sishiga turtki bo‘lmoqda.
Mamlakatimiz 1991-yil 21-dekabrda Oʻzbekiston MDH davlatlari safiga
qoʻshilgan boʻlib, bir yil oʻtib esa Oʻzbekiston 1992-yil 2-mart sanasida BMT
tashkiloti rasman aʼzosiga aylandi. Bundan tashqari quyidagilarni ham misol
keltirishimiz mumkin:
• Jahon savdo tashkiloti (1991-yil 21-dekabr)
• ECOSAN (1993-yil 20-sentyabr)
• Osiyo Parlament Assambleyasi (2006-yil)
• Interpol (1994-yil)
• Magate (1994-yil 21-yanvar)
• UNESCO (1993-yil 26-oktyabr)
• UNIDO (1992yil)
• OPEC (2017-yil 30- noyabr) (kuzatuvchi sifatida)
Oʻzbekiston umumiy hisobda 50 dan ortiq nufuzli Xalqaro tashkilotlarning
teng huquqli aʼzosi hisoblanadi. Oʻzbekiston xalqaro tashkilotlarda, xususan
BMT, SHHT va MDH kabi tuzilmalarda faol ishtirok etib, mintaqaviy xavfsizlik,
barqarorlik, va ekologik muammolarni hal qilishda muhim rol oʻynaydi.
Mamlakatning iqtisodiy va investitsion siyosati tashqi savdo aloqalarini
diversifikatsiya qilish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, va yangi bozorlar bilan
hamkorlik oʻrnatishga qaratilgan.
Oʻzbekistonning MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasining
oshishi, mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi va global savdo bozorlariga chiqish
yoʻllarini kengaytirishdagi muhim omildir. MDH mamlakatlari bilan barqaror
savdo aloqalarini mustahkamlash, iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va
transport infratuzilmasini takomillashtirish orqali, oʻzbekistonning xalqaro
savdo maydonida mustahkam oʻrin egallashiga erishish mumkin. Shu bilan
birga, mavjud savdo aloqalarini yanada rivojlantirish va yangi imkoniyatlarni
izlash mamlakat iqtisodiyoti uchun katta ahamiyatga ega boʻladi.
Statistik maʼlumotlarga koʻra, oʻzbekistonning 2024 yildagi MDH
mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 8,8 milliard aqsh dollarini tashkil
etib, ushbu koʻrsatkichning 32,9 foizi MDH mamlakatlariga toʻgʻri kelmoqda. Bu
oʻtgan yilning shu davrlariga nisbatan 4,9 foizga koʻpdir. Bu davrda
oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasining 32,9 foizi MDH mamlakatlariga
toʻgʻri keldi. Bunda 3,1 milliard dollar eksport, 5,7 milliard dollar esa import
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
61
tashkil etgan. Bu oʻzbekistonning ushbu mintaqa bilan faol savdo aloqalari olib
borayotganini koʻrsatadi. Mamlakatimizning asosiy savdo hamkorlaridan biri
Rossiya Federatsiyasi hisoblanadi. Oʻzbekistonning MDH mamlakatlari bilan
savdo aylanmasida eng katta ulush Rossiyaga toʻgʻri kelmoqda. Ushbu mamlakat
bilan savdo aylanmasi 4 milliard 782 million dollarni tashkil etdi. Bu esa
umumiy savdo hajmining 55 foizini tashkil etadi. Rossiyaga 1 milliard 354,3
million dollar eksport qilindi va 3 milliard 427,7 million dollarlik mahsulot
import qilindi. Rossiya bilan savdo aloqalarining koʻpligi, ikkala mamlakat
oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlikning chuqurligi va turli sohalarda hamkorlik
imkoniyatlarining kengligi bilan taʼriflanadi. Davlatimizning keyingi yirik savdo
hamkorlaridan biri bu Qozogʻiston davlati hisoblanib, savdo aylanmasi 1 mlrd.
581,6 mln. Dollarni tashkil etgan. Ushbu koʻrsatkichlar Qozogʻiston davlati bilan
yillik savdo hajmining muhimligini koʻrsatadi. Davlatimiz Qozogʻiston orqali
boshqa davlatlar bilan ham savdo aloqalarini amalga oshiradi, bu esa ikki davlat
oʻrtasidagi savdo hajmining oshishiga hissa qoʻshadi. Turkmaniston ham
mamlakatimizning asosiy savdo hamkorlaridan biri boʻlib, ushbu davlat bilan
savdo aylanmasi 455,5 million dollarni tashkil etgan. Bu koʻrsatkich
oʻzbekistonning Markaziy Osiyodagi muhim savdo hamkorlaridan biri bilan
barqaror savdo aloqalari mavjudligini namoyon etadi. Turkmaniston oʻzbekiston
uchun muhim neft va gaz yetkazib beruvchi davlat hisoblanadi. Oʻzbekistonning
toʻrtinchi yirik savdo hamkorlaridan biri bu Qirgʻiziston davlati va ushbu davlat
bilan savdo aylanmasi 294,3 million dollarni tashkil etdi. Oʻzbekiston va
Qirgʻiziston oʻrtasidagi savdo aloqalari yaqin yillar ichida rivojlanib bormoqda.
Bu hamkorlik ikki davlat oʻrtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga
xizmat qiladi. Shuningdek, Belarus bilan ham faol savdo aloqalarini olib boradi.
Ushbu davlat bilan mamlakatimizning savdo aylanmasi 265,2 million dollarni
tashkil etdi. Belorus davlati bilan savdo aloqalarining kuchayishi, ikki davlat
oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlikni yanada mustahkamlash va yangi bozorlarni
ochish imkoniyatlarini yaratib beradi.
Xulosa oʻrnida shuni aytish kerakki, mamlakat tashqi iqtisodiy aloqalarini
rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari global va mintaqaviy miqyosda
jadal oʻsib bormoqda. Bu tendensiyalar iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash,
savdo va investitsiyalarni ragʻbatlantirish hamda barqaror rivojlanishni
taʼminlash uchun muhim ahamiyatga ega. Oʻzbekiston Markaziy Osiyo va koʻplab
rivojlangan xorijiy davlatlar bilan iqtisodiy integratsiyani kuchaytirib, savdo
aloqalarini rivojlantirmoqda. Bu esa oʻz navbatida, mamlakatning xalqaro
nufuzini oshirish bilan bir qatorda, Markaziy Osiyoning barqaror va ulkan
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
62
imkoniyatlarga ega hamkorlik makoniga aylanishiga xizmat qilmoqda
Yangi
O'zbekiston jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlarda tobora muhim rol
o'ynamoqda. Mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar O'zbekistonning
iqtisodiy raqobatbardoshligini oshirish, investitsiya muhitini yaxshilash va
tashqi savdo aloqalarini kengaytirishga xizmat qilmoqda. Bundan tashqari,
O'zbekistonning ochiq va konstruktiv tashqi siyosati mamlakatning xalqaro
nufuzini oshirdi va mintaqaviy barqarorlikni ta'minlashga hissa qo'shmoqda.
Kelajakda Yangi O'zbekiston jahon hamjamiyatining faol va mas'uliyatli a'zosi
sifatida o'z o'rnini mustahkamlaydi, deb ishonch bilan aytish mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.
https://uz.wikipedia.org/wiki/Jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar
2.
https://tiu-edu.uz/media/books/2024/05/22/1654853598_1.pdf
3.
https://cedr.uz/2024/10/04/yangi-o%CA%BBzbekistonning-xalqaro-
munosabatlarda-tutgan-o%CA%BBrni
4.
http://kitob.sies.uz/frontend/web/kitob/kitob_005fbe0357575f3
5.
https://muhaz.org/17-mavzu-jahon-iqtisodiyoti-va-xalqaro-iqtisodiy-
munosabatlar.html
6.
https://www.spot.uz/oz/2022/09/26/alibaba-uzbekistan