JINOIY-HUQUQIY NIZONI SUDGACHA HAL QILISH SHAKLI SIFATIDA YETKAZILGAN MULKIY ZARARNING O‘RNI QOPLANISHI MUNOSABATI BILAN JINOYAT ISHLARINI TUGATISH.

Abstract

Hozirgi kunda aholining sud tizimidan noroziliklarining kelib chiqishining asosiy sabablaridan biri sud majlislarining o‘z vaqtida bo‘lmayotgani, yoki bo‘lmasa, sud protsessiga taklif etilgan shaxslarning, ya’ni taraflar yoxud ularning vakillari jarayon boshlanishini uzoq vaqt kutib qolishlari, umuman belgilangan sud majlislari boshqa kunga qoldirilishi kabi holatlar hisoblanadi. Bularning asosiy sababi sifatida sudlarning ish hajmi oshib ketganligi bilan baholash mumkin.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Adizov , A. (2024). JINOIY-HUQUQIY NIZONI SUDGACHA HAL QILISH SHAKLI SIFATIDA YETKAZILGAN MULKIY ZARARNING O‘RNI QOPLANISHI MUNOSABATI BILAN JINOYAT ISHLARINI TUGATISH. Academic Research in Modern Science, 3(46), 112–115. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/arims/article/view/49657
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Hozirgi kunda aholining sud tizimidan noroziliklarining kelib chiqishining asosiy sabablaridan biri sud majlislarining o‘z vaqtida bo‘lmayotgani, yoki bo‘lmasa, sud protsessiga taklif etilgan shaxslarning, ya’ni taraflar yoxud ularning vakillari jarayon boshlanishini uzoq vaqt kutib qolishlari, umuman belgilangan sud majlislari boshqa kunga qoldirilishi kabi holatlar hisoblanadi. Bularning asosiy sababi sifatida sudlarning ish hajmi oshib ketganligi bilan baholash mumkin.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

112

JINOIY-HUQUQIY NIZONI SUDGACHA HAL QILISH SHAKLI

SIFATIDA YETKAZILGAN MULKIY ZARARNING O‘RNI QOPLANISHI

MUNOSABATI BILAN JINOYAT ISHLARINI TUGATISH.

Adizov Alibek Oybek o‘g‘li

https://doi.org/10.5281/zenodo.14241807

Hozirgi kunda aholining sud tizimidan noroziliklarining kelib chiqishining

asosiy sabablaridan biri sud majlislarining o‘z vaqtida bo‘lmayotgani, yoki
bo‘lmasa, sud protsessiga taklif etilgan shaxslarning, ya’ni taraflar yoxud
ularning vakillari jarayon boshlanishini uzoq vaqt kutib qolishlari, umuman
belgilangan sud majlislari boshqa kunga qoldirilishi kabi holatlar hisoblanadi.
Bularning asosiy sababi sifatida sudlarning ish hajmi oshib ketganligi bilan
baholash mumkin.

Shuningdek, statistik ma’lumotlarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak ham, 2023

yil davomida jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 73.797 nafar shaxsga
nisbatan 58.418 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan bo‘lsa , 2024 yilning o‘tgan 9 oyi
davomida 44 ming 758 ta jinoyat ishi va 97 ming 195 ta jinoyat ishi materiali,
449 ming 984 ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish,
164 ming 953 material ko‘rib chiqilgan .
Lekin hozirgi kunda rivojlangan jahon hamjamiyatlari jinoyat ishlari bo‘yicha
sud-huquq sohasida ilg‘or islohotlar amalga oshirilib, mazkur islohotlar
natijasida umumyurisdiksiya sudlarida, xususan, jinoyat sudlarida ish hajmi
sezilarli ravishda kamayib, ishlarni ko‘rishda yuqori samaradorlikka
erishilmoqda. Jumladan, sudlarda sun’iy intellektdan keng foydalanilmoqda,
sudgacha bosqichda hal qilish usullari takomillashtirilmoqda.
Endigi navbatda esa, zararning to‘liq qoplanishi munosabati bilan nizoni
sudgacha hal qilish instituni takomillashtirish hamda uning salbiy va ijobiy
tomonlariga to‘хtalamiz.

Zararning o‘rni qoplangan taqdirda ko‘rib chiqilayotgan jazo choralarini

qo‘llash to‘g‘risidagi masala sud tomonidan uni tayinlashning umumiy
normalariga muvofiq va o‘rni qoplangan zararning miqdorini, shuningdek
ishning boshqa holatlarini hisobga olgan holda hal qilinadi. Masalan, JKning 55-
moddasi birinchi qismining “b” bandiga asosan yetkazilgan zararni ixtiyoriy
ravishda bartaraf qilish jazoni yengillashtiruvchi holatlar hisoblanadi. Shu bilan
bir qatorda zarar o‘rnini qisman qoplash jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini
jiddiy kamaytiruvchi holat deb tan olinishi va yengilroq turdagi jazoni tayinlash
uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin (JKning 57-moddasi). Bu yerda jazoni
yengillashtiruvchi holat deb tan olinishi uchun zararning qanday qismining o‘rni


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

113

qoplanishi kerak, degan savol vujudga keladi. Oliy sud Plenumining “Jazolarni
liberallashtirish to‘g‘risidagi qonunni iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga
nisbatan qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi 21.05.2004 yildagi 4-son
qarorining mazkur masala borasida so‘z boradi.

Mazkur Plenum qarorida o‘g‘irlik va firibgarlik yo‘li bilan fuqarolarning

mulkini talon-toroj qilganlik uchun jinoiy javobgarlik talon-toroj summasi
miqdoridan qat’i nazar kelib chiqadi. Biroq, talon-toroj miqdori bazaviy
hisoblash miqdorining o‘ttiz baravaridan oshmagan har bir holda surishtiruv,
tergov organlari va sudlar ayblanuvchining (sudlanuvchining) shaxsiga oid
ma’lumotlarni hamda moddiy zararning qoplanganligini inobatga olgan holda
jinoyat ishini Jinoyat kodeksining 65 va 66-moddalariga asosan tugatish
masalasini muhokama etishi kerak.
Jinoyat kodeksi Maxsus qismining qator moddalari normalarida muayyan shart
mavjud bo‘lib, unga ko‘ra quyidagi hollarda mahkumga nisbatan ozodlikdan
mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoning qo‘llanilishi istisno
etiladi:

JK 167, 168, 170, 180, 181, 1811, 184, 1852, 1924, 19211-moddalarida

nazarda tutilgan jinoyatlar uchun — jinoyat oqibatida yetkazilgan moddiy zarar
qoplangan taqdirda;

JK 132, 173, 175, 198, 202 va 233-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar

uchun — jinoyat oqibatida yetkazilgan moddiy zarar uch karra miqdorida
qoplangan taqdirda.
Shuningdek, eng e’tiborli jihatlaridan biri qonun moddiy zarar qoplangan
hollarda ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash tariqasidagi jazo
tayinlanmasligi haqida Jinoyat kodeksi Maxsus qismining moddalarida nazarda
tutilgan shartlar qo‘llanilishi imkoniyatini mahkumning sudlanganlik holati bilan
bog‘lamaydi. Bundan kelib chiqadiki, qonunda belgilangan mazkur huquqiy
kafolatlar retsidiv jinoyatga, shu jumladan, muqaddam ozodlikdan mahrum
qilish yoki ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni o‘tab chiqqan shaxslarga
nisbatan ham qo‘llaniladi.

Shu bilan birga, xorijiy davlatlar jumladan Rossiya misolida oladigan

bo‘lsak, yetkazilgan zarar jabrlanuvchilarga ixtiyoriy ravishda qoplanishi
natijasida ko‘plab hollarda jinoiy ish qo‘zg‘atish rad etilib tamomlangan.

Jinoyatlar tufayli yetkazilgan zararni qoplash huquqiga fundamental

ta’riflar berib, jahon hamjamiyati universal xarakterdagi yana bir xalqaro hujjat
sifatida 1990-yil 14-dekabrda qabul qilingan Birlashgan Millatlar Tashkilotining
ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan chora-tadbirlarning minimal


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

114

standart qoidalarini (Tokio qoidalari) ishlab chiqdi. BMT Bosh Assambleyasining
45/1103 rezolyutsiyasi bilan. Ozodlikdan mahrum qilish bilan bog'liq bo'lmagan
jazo choralari orasida ular hukm chiqarishda ruxsat etilgan deb e'tirof etiladi:
jabrlanuvchiga tovon to'lash, kompensatsiya to'lash (8.2.f-band), shuningdek,
tiklash choralari. Ushbu hujjat BMTga a'zo davlatlarga milliy amaliyotda qo'llash
uchun tavsiya etiladi.

Xorijiy tajriba shuni ko‘rsatadiki, jinoiy huquqbuzarlik sodir etishda

aybdor shaxsning etkazilgan zararni ixtiyoriy ravishda qoplash tashabbusi jinoiy
ta’qibni amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar tomonidan jinoyat protsessining
har qanday bosqichida, sud maslahat xonasiga olib chiqilgunga qadar idrok
etilishi va amalga oshirilishi lozim.

Shu bilan birga, bir muhim jihatga e’tiborimizni qaratishimiz kerak. Ya’ni

jazo va boshqa huquqiy ta’sir choralari jismoniy azob berish yoki inson qadr-
qimmatini kamsitish maqsadini ko‘zlamaydi hamda jazo mahkumni axloqan
tuzatish, uning jinoiy faoliyatni davom ettirishiga to‘sqinlik qilish hamda
mahkum, shuningdek boshqa shaxslar yangi jinoyat sodir etishining oldini olish
maqsadida qo‘llaniladi.

Huquqbuzarlik sodir etishda aybdor shaxsning etkazilgan zararni ixtiyoriy

ravishda qoplash tashabbusi esa uning tuzalish yo‘liga o‘tganligini hamda jinoyat
maqsadiga erishish imkoni mavjudligiga dalolat beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 30.04.2023.Oliy Majlis

Axborotnomasi. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y.,
03/23/837/0241-son;
2.

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksi. Rasmiy nashr. T.:

O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi, 2016, 383 b.
3.

O‘zbekiston

Respublikasining

Jinoyat-protsessual

kodeksi//

https://lex.uz/docs/111460
4.

Oliy sud Plenumining “Jazolarni liberallashtirish to‘g‘risidagi qonunni

iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga nisbatan qo‘llashning ayrim masalalari
haqida”gi 21.05.2004 yildagi 4-son qarori.
5.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004 yil 21 maydagi

“Yarashuv ishlari yuzasidan sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori, 2002 y. 25
oktyabr.
6.

Sahadinov S.M. Sud muhokamasida jinoyat-protsessual yarashuvni

takomillashtrish muammolari: yurid. fan. nomzodi..... dissertatsiyasi// T. 2005.
TDYUI.
7.

http://www.lex.uz (O‘z.R. qonun hujjatlari to‘plami)


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

115

8.

http://www.gov.uz (O‘z.R. Hukumati portali)

9.

http://www.jstor.org. (Huquqiy jurnallar to‘plami)

10.

httr://www.consultant.ru

11.

httrs://ec.eurora.yeu

12.

httrs://www.refworld.org

References

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 30.04.2023.Oliy Majlis Axborotnomasi. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/837/0241-son;

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksi. Rasmiy nashr. T.: O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi, 2016, 383 b.

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi// https://lex.uz/docs/111460

Oliy sud Plenumining “Jazolarni liberallashtirish to‘g‘risidagi qonunni iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga nisbatan qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi 21.05.2004 yildagi 4-son qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004 yil 21 maydagi “Yarashuv ishlari yuzasidan sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori, 2002 y. 25 oktyabr.

Sahadinov S.M. Sud muhokamasida jinoyat-protsessual yarashuvni takomillashtrish muammolari: yurid. fan. nomzodi..... dissertatsiyasi// T. 2005. TDYUI.

http://www.lex.uz (O‘z.R. qonun hujjatlari to‘plami)

http://www.gov.uz (O‘z.R. Hukumati portali)

http://www.jstor.org. (Huquqiy jurnallar to‘plami)

httr://www.consultant.ru

httrs://ec.eurora.yeu

httrs://www.refworld.org