ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
80
IKKI QATLAMLI TRIKOTAJ TО‘QIMALARINI “LX-280-T” RUSUMLI
YASSI IKKI IGNADONLI TRIKOTAJ TО‘QUV MASHINASIDA OLISH
TAXLILI
I.I.Kamolova
Mustaqil izlanuvchi
Namangan tо‘qimachilik instituti
https://doi.org/10.5281/zenodo.14233644
Annotatsiya:
Ikki qatlamli trikotajda qatlamlarni biriktirilishi asosiy yoki
qо‘shimcha iplar yordamida amalga oshirish. Xomashyo sarfini kamaytirish
maqsadida trikotajning teskari yuzasini yetarli darajada tо‘ldirish uchun past
navli tabiiy kalava iplardan foydalanish tahlili keltirilgan.
Kalit so‘zlar:
Bir qavatli tо‘qima, ip, chiziqli zichligi, biriktiruvchi ip,
trikotaj zichligi, “LX-280-T” rusumidagi yassi ikki ignadonli zamonaviy trikotaj
tо‘quv mashinasi.
Bir qavatli tо‘qimani qо‘shimcha iplar bilan biriktirish mazkur guruhdagi
trikotajning barcha strukturasi uchun xos bо‘lib, ular shunday tо‘qiladiki, bunda
iplar trikotaj yuzasiga chiqmagan holda, old va orqa tomoni bо‘yicha barcha yoki
ba’zi bir halqa protyajkasi ustida press yarim halqa tashlanmasi kо‘rinishida
joylashadi. Shu bilan bog‘liq bо‘lgan holda, old va orqa qatlamlarni tо‘qish uchun
qо‘llaniladigan iplardan tola trkibi, fizik-mexanik kо‘rsatkichlari, chiziqli zichligi,
rangi bо‘yicha farq qiluvchi qо‘shimcha biriktiruvchi ip sifatida foydalanish
imkoni ham mavjud. Buning evaziga trikotajning parametrlari, xususiyatlari va
tashqi kо‘rinishi yaxshilanadi. Biriktiruvchi ip sifatida, tо‘qima tarkibi turiga
bog‘liq bо‘lmagan yuqori kirishuvchan ipdan foydalanish hisobiga, trikotaj
zichligini oshirishga, uning issiqlik saqlash xususiyatini va relyefli kо‘rinishini
yaxshilashga erishish mumkin. Ingichka biriktiruvchi iplarni qо‘llash hisobiga
trikotajni yuza tо‘ldirilishini oshirishga ham erishish mumkin bо‘ladi. Modomiki,
biriktiruvchi ip halqa bilan birga tо‘qilmas ekan, u holda asos ipi sifatida
arzonroq, kam pishitilgan, anchagina qalinroq kalava ipdan foydalanish ham
mumkin. Biriktiruvchi iplarni qisqaruvchanligini oshirish hisobiga qatlamlar
orasidagi masofani oshirish mumkin, buning natijasida qalin mato olinishiga
erishiladi. Tо‘qima qо‘shimcha iplar bilan biriktirilganligi tufayli, asosiy ipdan
foydalanib biriktirish usuli bilan olingan ikki qatlamli trikotaj uchun
sarflanadigan kalava ipga nisbatan, asosiy kalava ip sarfi kam bо‘ladi. Buning
natijasida trikotajni old va orqa tomonlari parametrlarini о‘zgartirish mumkin,
bu ikki qatlamli trikotajning optimal parametr-larini olishda juda muhim
ahamiyatga ega [1]. Biriktiruvchi iplarda nisbiy qisqarish kam bо‘lganligi sababli
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
81
trikotajning eni bо‘yicha chо‘ziluvchanligini anchagina chegaralash mumkin.
Agar trikotaj struktu-rasiga qandaydir yangi iplar yoki halqa tuzilishiga о‘xshash
elementlar kiritilsa, trikotajning xususiyati va parametrlarini о‘zgarishi bizga
ma’lum.
Xitoyning “LONG XING” firmasida ishlab chiqarilgan “LX-280-T”
rusumidagi yassi ikki ignadonli zamonaviy trikotaj tо‘quv mashina-sining
texnologik imkoniyatlaridan tо‘liq foydalanib, tо‘qima tarkibidagi iplarini
miqdorini trikotaj tо‘qimasini texnologik parametrlariga va fizik - mexanik
xususiyatlariga ta’sirini tadqiqotlash hamda ikki qatlam-li trikotaj tо‘qima
turlarini kengaytirish maqsadida, ikki qatlamli trikotaj tо‘qimasining 6 ta
variantini tuzilishi va olish usullari ishlab chiqildi. Ikki qatlamli trikotaj
tо‘qimasini yangi tuzilishini yaratishda, mavjud bо‘lgan ikki qatlamli trikotaj
tо‘qimalarining tuzilishlari va “LX-280-T” rusumidagi yassi ikki ignadonli
trikotaj tо‘quv mashinaning texnologik imkoniyatlari taxlil qilib chiqildi.
Tо‘qimani bog‘lovchi birikmalari bо‘yicha ikki qatlamli trikotajni bir nechta
asosiy guruhga ajratish mumkin: ikkita bosh tо‘qima (kо‘ndalangiga yoki
bо‘ylamasiga tо‘qilgan) biriktirib tо‘qilgan, hosilali tо‘qimalar,naqshli tо‘qilgan
tо‘qimalar, hosila va naqshli tо‘qilgan trikotaj tо‘qimalari. Biriktiruvchi
elementlarni hosil qilish usuli bо‘yicha ikki qatlamli trikotaj tо‘rtta kichik
guruhlarga bо‘linadi: futer usulida biriktirish (F), press usulida biriktirish (Pr),
arqoqli usulda biriktirish (A), qoplama usulda biriktirish (Q). Yangi tuzilishli,
shakl saqlovchi ikki qatlamli trikotaj tо‘qimalarini tuzilishini yaratishda
biriktirishning press usulidan foy-dalanildi. Taklif qilinayotgan ikki qatlamli
trikotaj tо‘qimalari “LX-280-T”rusumidagi yassi ikki ignadonli trikotaj tо‘quv
mashinasida quyida nomlari keltirilgan xomashyolardan foydalanib ishlab
chiqarilgan [2].
Ikki qatlamli trikotaj tо‘qimalarini ishlab chiqarishda chiziqli zichligi 20
teks paxta kalava ipidan va haqiqiy chiziqli zichligi 16,7 teksli ipak kalava
iplaridan foydalanib ikki qatlamli trikotajni 6 hil varianti ishlab chiqarilgan. Bu
ikki qatlamli trikotaj tо‘qimalarini ikki hil iplardan foydalanib ishlab
chiqarishdan maqsad, ikki qatlamli trikotajni eni va bо‘yi bо‘yicha pishiqligi va
shakl saqlash xususiyatlariga paxta va ipak iplarini chiziqliy zichliklarini ta’sirini
tahlil qilish hamda trikotajni shakl saqlash xususiyatlarini oshirish.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
82
a)
b)
Rasm -1. Ikki qatlamli trikotaj tо‘qimasining (a) tuzilishi va (b) grafikli yozuvi
Yassi ikki ignadonli “LX-280-T” rusumli mashinada olingan ikki qatlamli
trikotaj tо‘qimasining I - variantini tuzilishi va grafikli yozuvi 1 - rasmda
keltirilgan bо‘lib, uning tо‘qilishi quyidagicha amalga oshirilgan: - mashinaning
karetkasi chapdan о‘ngga harakatlanganda tо‘qimaning I - birinchi halqa
qatorini tо‘qishda oldi tomondagi ignadon toq ignalarida, ya’ni bitta igna tashlab,
ketma-ket chiziqli zichligi 20 teks x 2 paxta kalava ipdan hosilali glad halqa
qatorlari hosil qilingan. Mashina karetkasini о‘ngdan chapga harakatlanishida
hosilali glad tо‘qimasini II - ikkinchi halqa qatori tо‘qlgan. Mashina karetkasini
chapdan о‘ngga harakatlanishida tо‘qimani III – halqa qatori ort ignadonning toq
ignalarida chiziqli zichligi 20 teks x 2 paxta ipidan hosilali glad halqa qatori
tо‘qilsa, mashina karetkasini о‘ngdan chapga harakatlanishida hosilali glad
tо‘qimasini IV – halqa qatori ort ignadonning juft ignalarida hosilali glad halqa
qatorlari tо‘qilgan.
Tо‘qimaning rapportini eng oxirigi halqa qatorida hosilali glad qalqa
qatorlarini birlashtirgan lastik halqa qatorlarini protyajkalari ustiga chiziqli
zichligi 20 teks x 3 paxta ipli arqoq ipi, mashina karetkasini о‘ngdan chapga
harakatlanishi natijasida qо‘yilgan. Natijada, “LX-280-T” rusumli yassi ikki
ignadonli zamonaviy trikotaj tо‘quv mashinasining texnologik imkoniyatlaridan
tо‘liq foydalanib, mashinaning konstruktiv tuzilishiga hech qanday о‘zgartirish-
lar kiritmasdan ikki qatlamli trikotaj tо‘qimasini beshinchi varianti tо‘qib olindi.
Арқоқ Пахта
20 текс х 2
Пахта
20 текс х 2
Пахта
20 текс х 2
Пахта
20 текс х 2
Пахта
20 текс х 2
Пахта
20 текс х 2
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
83
Xulosa
Olingan ikki qatlamli trikotaj tо‘qimalaridan ayollar, erkaklar va bolalar ustki va
yengil ustki ikki qatlamli trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarishda foydalanish,
trikotaj mahsulotlari assortimentlari turlarini kо‘payishiga olib keladi.
Adabiyotlar:
1.
Mirusmanov B., Mukimov M.M. “Yangi tuzilishli ikki qatlamli trikotaj
tо‘qimalarini olish texnologiyasi” Maqola. “O‘ZBEKISTONDA FANLAR ARO
INNOVATSIYALAR VA ILMIY TADQIQOTLAR” //JURNALI. «BEST PUBLICATION»
Ilm-ma’rifat markazi © MATERIALLARI TO‘PLAMI 20-MAY, 2022-YIL . 8-SON
O‘ZBEKISTON. 2022.
2.
Kamalova I.I., Mirusmanov B. “Yangi tuzilishli ikki qatlamli trikotaj
tо‘qimalarini olish texnologiyasi”. “Zamonaviy ta”lim tiimini rivojlantirish va
unga qaratilgan kreativ g”oyalar, takliflar va yechimlar” mavzusidagi 34-sonli
Respublika ilmiy-amaliy online konferensiyasi materiallari to’plami.15-
aprel.2022y.
