ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
14
XORIJIY DAVLATLAR JINOYAT QONUNCHILIGIDA ZOʻRLIK
ISHLATIB SODIR QILINADIGAN TALON-TAROJ JINOYATLARINI
KVALIFIKASIYA QILISH MASALALARI
Saliyev Otabek Ilxom o‘g‘li
O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish
akademiyasi magistraturasi bitiruvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.13762638
Kalit so‘zlar:
Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi, talon-toroj qilish,
aybdor, bosqinchilik, xavfli retsidiv jinoyat.
Xorijiy jinoyat qonunchiligida zoʻrlik ishlatib talon-taroj qilish uchun
javobgarlikning oʻziga xos xususiyatlariga toʻxtaladigan boʻlsak, shuni ta'kidlash
kerakki, bosqinchilik va talonchilik uchun shaxs hayoti va sogʻligini qoʻshimcha
ob'ekt sifatida ajratish faqat sovet qonunchiligi merosi ta'siri ostida jinoyat
qonunchiligi shakllangan mamlakatlar (asosan, MDH davlatlari) uchun xos
belgidir.
Koʻpgina rivojlangan mamlakatlarda mutlaqo boshqacha yondashuv
mavjud boʻlib, unga koʻra talon-taroj paytida zoʻrlik ishlatish har doim
bosqinchilik (ingliz tilida “robbery” yoki yuridik jihatdan neytral “heis”) sifatida
kvalifikasiya qilinadi.
Talonchilikka Oʻzbekiston qonunchiligida ochiq usulda sodir qilingan
oʻgʻirlik sifatida qaraladi. Ushbu qoida Amerika, Buyuk Britaniya, Fransiya va
Germaniya jinoyat qonunchiligi bilan oʻxshashdir, ammo agar biz zoʻrlik ishlatib
talon-taroj qilishning alohida tarkibiy qismlarini koʻrib chiqadigan boʻlsak, bu
holda juda katta farqlar mavjudligini koʻrishimiz mumkin.
Rivojlangan mamlakatlarda zoʻrlik ishlatib talon-taroj qilish uchun
javobgarlik toʻgʻrisidagi qoidalar mulkni himoya qilishga qaratilgan boʻlib, unga
tajovuz qilish ushbu qilmishning ijtimoiy xavfliligini baholashda asosiy mezon
sifatida e'tirof etiladi.
Agar AQSh Qonunlar toʻplami 18-boʻlimining 103-bobiga e'tibor
qaratadigan boʻlsak, bosqinchilik jinoyati tarkiblarining kvalifikasiyasi qilmishni
sodir etgan sub'ektlarning turlariga qarab ob'ektiv tomondan farq qiladi. Shuni
ta'kidlash kerakki, AQSh qonunchiligi Oʻzbekiston jinoyat qonunchiligida
boʻlgani kabi, bosqinchilik oʻzganinng mulkini zoʻrlik yoki zoʻrlik ishlatish bilan
qoʻrqitib tortib olishni nazarda tutadi. Jinoyat hujum boshlangan paytdayoq
tugallangan hisoblanadi, bu ham Oʻzbekiston jinoyat qonunchiligidagi kesik
tarkibli bosqinchilik bilan mos keladi. Oddiy bosqinchilik uchun javobgarlik
AQSh
Qonunlar
toʻplamining
2111-moddasida
belgilab
qoʻyilgan.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
15
Bosqinchilikning kvalifikasion turlari 2112-2119 – moddalarida belgilab
qoʻyilgan boʻlib, bankni, pochta yoki pochtachini, temir yoʻllarni, tashish
vositalarini va boshqalarni talon-taroj qilishni oʻz ichiga oladi.
Bankni talon-taroj qilganlik uchun javobgarlik AQSh Qonunlar toʻplamining
2113-moddasi “A” bandi bilan belgilangan boʻlib, ob'ektiv tomondan bu tajovuz
joylashgan joyidan qat'i nazar, har qanday kredit muassasasining mol-mulkini
“talon-taroj qilishga” qaratilishi bilan kvalifikasiya qilinadi.
Bosqinchilik ob'ektiv tomonining konstruktiv elementi boʻlgan hujum
(“assault”) AQSh jinoyat huquqida bosqinchilikning kvalifikasion xususiyati
sifatida e'tirof etiladi.
AQSh qonunchiliga koʻra, agar mulk egasi uni tortib olinishiga qarshilik
koʻrsatsa va bu qarshilik huquqbuzar tomonidan bartaraf etilsa, bunday
qilmishni bosqinchilik deb kvalifikasiya qilish uchun kifoya qiladi (masalan,
jinoyattchi jabrlanuvchini urib, narsalari tortib oladi; jinoyatchi ayolning
qulogʻidan zirakni tortib, uning qulogʻi ogʻrishiga sabab boʻladi). Oʻzbekistonda
bunday harakatlar, qoida tariqasida, zoʻrlik ishlatib sodir qilinadigan talonchilik
sifatida kvalifikasiya qilinadi.
Shunga oʻxshash, ammo biroz boshqacha konstruksiya Buyuk Britaniya
jinoyat qonunichiligida ham keltirilgan. Buyuk Britaniyada talon-taroj uchun
javobgarlik 1968, 1978 i 1996 yillardagi “Oʻgʻrilik toʻgʻrisidagi aktlar” va sud
presedentlari bilan tartibga solinadi.
1968-yilgi aktning 8-bandiga muvofiq, bosqinchilik oʻgʻirlikning bir turi
hisoblanib, mol-mulkni oʻgʻirlagan va buni amalga oshirishdan oldin yoki buni
amalga oshirishda davomida yoxud buni amalga oshirish maqsadida har qanday
shaxsga kuch ishlatgan yoki kuch ishlatish bilan qoʻrqitgan yoxud shu
harakatlarni amalga oshirishga harakat qilgan shaxs bosqinchilik sodir qilishda
aybdor hisoblanadi.
Britaniyalik huquqshunoslarning ta'kidlashicha, zoʻrlik yoki zoʻrlik
ishlatish tahdidi bilan bogʻliq har qanday talon-tarojni bosqinchilik sifatida
tavsiflash lozim. Xususan, agar shaxs ayolning sumkasini tortib olishga harakat
qilsa va ayol qarshilik koʻrsatsa, u bosqinchilikda aybdor deb topilishi kerak
(xuddi qurol bilan bankda bosqinchilik sodir etgan kabi). Xuddi shu tarzda,
boshqa birovning soatini topib olib, keyin soatni qaytarib berishni talab qilgan
egasini urgan kishi bosqinchilikda aybdor deb topiladi. Ushbu xatti-harakatlar
Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga binoan, hayot yoki sogʻliq uchun
xavfli boʻlmagan zoʻrlik ishlatib sodir etiladigan talonchilik (Jinoyat kodeksi 166-
moddsi 2-qismining “a” bandi) deb tasniflanadi.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
16
Bundan tashqari ingliz qonunchiligida oddiy, zoʻrlik ishlatmasdan sodir
etiladigan talonchilik ham oʻgʻirlik tarkibiga kiritilgan. Oʻgʻirlik (“Theft”)
tushunchasi nafaqat oʻzganing mulkini yashirin ravishda talon-taroj qilishni,
balki oʻzganing mulkini ochiqdan ochiq talon-taroj qilishni ham, ya'ni
talonchilikni ham qamrab oladi va jabrlanuvchini bu mulkdan abadiy mahrum
qilish niyatida “oʻzganing mol-mulkni insofsiz oʻzlashtirish” deb ta'riflanadi.
Fransiyaning 1992 yilda qabul qilingan yangi Jinoyat kodeksi mulkka qarshi
tajovuz qilishning turli shakllarini batafsil tartibga soladi. Fransiyada boshqa
odamlarning mol-mulkiga yashirin yoki ochiq, zoʻrlik ishlatib yoki ishlatmasdan,
qurolli yoki qurolsiz egalik qilish bilan bogʻliq barcha jinoiy hujum turlari
oʻgʻirlikning yagona konsepsiyasi bilan qamrab olinganligini alohida ta'kidlash
zarur.
Bosqinchilik uchun javobgarlik Fransiya Jinoyat kodeksining 311-5 – 311-
11–moddalari bilan tartibga solinadi. 311-5–moddaga koʻra, bosqinchilik
shaxsga nisbatan zoʻrlik ishlatib sodir etiladigan oʻgʻirlik hisoblanadi. Aybdor
oʻzganing mol-mulkiga egalik qilishga intiladi, shu maqsadga erishish uchun
shaxsga ataylab tahdid yaratuvchi usulni tanlaydi, bu tahdidni amalga
oshirishga tayyor turadi. Bu konsturksiya Oʻzbekiston jinoyat qonunchiligiga
oʻxshab ketadi. Bundan tashqari, Fransiya Jinoyat kodeksining 311-8-moddasiga
muvofiq, talon-taroj vaqtida jinoyatchida qurolning mavjud boʻlishi undan
foydalanishga tayyorligini koʻrsatadi, bunda qilmish bosqinchilik sifatida
kvalifikasiya qilinadi.
Zoʻrlik ishlatib talon-taroj qilish uchun javobgarlikni belgilovchi fransuz
jinoyat huquqi normalarini baholab, shuni ta'kidlash mumkinki, shaxsga
nisbatan zoʻrlik ishlatish fakti qilmishning juda katta ijtimoiy xavfliligini
belgilovchi mezon sifatida e'tirof etiladi. Bosqinlik talon-tarojning bir turi deb
tan olinsa-da, tajovuz ob'ekti, birinchi navbatda, shaxsning hayoti va sogʻligi
hisoblanadi. Shuni ta'kidlash kerakki, fransuz jinoyat qonunchiligida talon-taroj
qilingan mol-mulkning qiymatiga qarab bosqinchilik uchun javobgarlikni
farqlovchi qoidalar yoʻq. Chunki bu qilmishni ijtimoiy xavfli deb topishda inson
hayoti va sogʻligiga qilingan tajovuz muhim rol oʻynaydi.
Zoʻrlik ishlatib talon-taroj qilganlik uchun javobgarlik Germaniya Jinoyat
qonunchiligida biroz boshqacha tartibga solingan boʻlib, ushbu jinoyatlar uchun
javobgarlik masalasi Germaniya Federativ Respublikasi Jinoyat kodeksining
249-252-moddalarida nazarda tutilgan.
Zoʻrlik ishlatib talon-taroj qilganlik uchun javobgarlik, birinchi navbatda,
shaxsga hujumning xususiyatiga qarab farqlanadi, chunki kvalifikasiyaviy
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
17
belgilar jabrlanuvchining hayoti va sogʻligʻi kabi qoʻshimcha ob'ektlarga hujum
qilish bilan bogʻliq, shuningdek, Germaniya Jinoyat kodeksining 250-moddasi
qoidalariga muvofiq, hatto jabrlanuvchining hayotiga haqiqiy tahdid
bosqinchilikning kvalifikasiyaviy belgisi sifatida e'tirof etiladi.
Zoʻrlik ishlatib talon-taroj qilishda shaxsga hujum tabiati bilan bir qatorda,
Germaniya Federativ Respublikasi Jinoyat kodeksi qurolning mavjudligi,
uyushgan guruh tomonidan hujum sodir qilinganligi, jabrlanuvchining qarshilik
bostirish
vositalari(masalan,
jabrlanuvchini
bogʻlab
qoʻyish)dan
foydalanilganligi kabi kvalifikasiyaviy xususiyatlarini nazarda tutadi.
References:
1.
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitusiyasi // Oʻzbekiston Respublikasi
qonun hujjatlari milliy bazasining rasmiy veb-sayti – www.lex.uz
2.
Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi // Oʻzbekiston Respublikasi
qonun hujjatlari milliy bazasining rasmiy veb-sayti – www.lex.uz
3.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1999 yil 30 apreldagi 6-
sonli “Oʻzgalar mulkini oʻgʻrilik, talonchilik va bosqinchilik bilan talon-toroj
qilish jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori // Oʻzbekiston
Respublikasi qonun hujjatlari milliy bazasining rasmiy veb-sayti – www.lex.uz
4.
Sirin M.A. Osobennosti otvetstvennosti za nasilstvennie xisheniya chujogo
imushestva v zarubejnom ugolovnom prave. Mejdunarodniy jurnal gumanitarnix
i estestvennix nauk, 2020, 76-b
5.
U.S.
Code.
//
[Elektron
manbaa].
–
https://www.law.cornell.edu/uscode/text/18/part-I/chapter-103
6.
P.Bakunov. Zoʻrlik ishlatib sodir etiladigan talon-toroj jinoyatlari.
Monografiya. Mas'ul muharrir: yu.f.n., dos. M.Usmonaliev. -T.: TDYuI nashriyoti,
2011. 332 bet.
7.
I.R.Astanov. Zoʻrlik ishlatib sodir etiladigan jinoyatlar va ularni tergov
qilishning oʻziga xos jixatlari: oʻkuv qoʻllanma..-T. TDYuU, 2015. - 140 b.
8.
Usmonaliev M., Bakunov P. Talonchilik uchun javobgarlikni
liberallashtirish muammolari: Magistrantlar u-n oʻquv qoʻllanma/ Usmonaliev
M., Bakunov P.; TDYuI; Mas'ul muxarrir: M.X.Rustamboev. - T.: TDYuI, 2007.- 44
b.
9.
Code
pénal
(France)
//
[elektron
manbaa]
–
https://www.legislationline.org/documents/section/criminal-
codes/country/30/France/show
10.
German criminal code. // [Elektron manbaa]. – https://www.gesetzeim-
internet.de/englisch_stgb/
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
18
11.
Theft
Act
1968.
//
[Elektron
manbaa].
–
http://www.legislation.gov.uk/ukpga/1968/60/contents