ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
145
O‘ZBEK TILIDAGI ZOOFRAZEOLOGIZMLARNING ETIMOLOGIK
XUSUSIYATLARI
Ochildiyeva Zuhra Xolnazarovna
oliy toifali fransuz tili fani o’qituvchisi,
Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti
https://doi.org/10.5281/zenodo.14748323
«Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi» uslubchisi. Hozirgi
kunda lingvokulturologiya, etnolingvistika ,psixolingvistika, va boshaqa
yo’nalishlar doirasida zoonimlar ,zoofrazeologizmlar va ularning etimologik
xususiyatlariga bag’islangan izlanishlar olib borilmoqda.ular zoologik terminlar
misolida muayyan xalqqa xos xususiyatlarni o’granishga xizmat qiladi.
Buzoq so‘zi ishtrokida “Ammamning buzog‘i”- lapashang, “Buzoqning
yugurgani somonxonagacha-ishning oxiri, buzoqning haqi-kimningdir risqi,
noma’qul buzoqning go‘shtini yebdi- degan zoofrazeologizm bekor gapiribdi
iborasining muqobili. Onasini sog‘dimmi, buzog‘ini och qo‘ydimmi-bir narsa
olgan bo‘lsam, badalini to‘laganman ma’nosida. Mol so‘zi ba’zan o‘z ma’nosida,
ba’zan boylik timsolida qo‘llanilgan. Masalan, jon omon bo‘lsa, mol bitar. Mol
olasi tashqida, odam olasi ichida. Bu ibora qadimda "Yilqi olasi tashqida, odam
olasi ichida" tarzida qo‘llangan hozirgi yilqi molga o‘zgargan.
Quyidagi birliklarda: Mol egasiga o‘xshamasa harom o‘ladi, mol ketsa,
molxona gullamaydi. Ushbu ibora vositasida yomonlikka qarshi qiziqqonlik
qilmaslik, og‘ir vazmin bo‘lish uqtiriladi. Ho‘kiz nomi bilan bog‘liq iboralar.
Ho‘kiz yiqilishi bilan qassob ko‘payadi, ya’ni og‘ir ish nihoyasiga yetgach, uni
bajaraman degan odam ko‘payadi.Ot ramzi orqali kishilar orasidagi muomala
munosabatlar ham aks etadi. Samimiy do‘stlik, yaqinlikni buzishga harakat
qilish, insonlar orasiga araz solishga urinish "Otni arpaga arazlatmoq", ya’ni bir
insonni uning eng yaxshi ko‘rgan narsasiga yoki hissiga qarama-qarshi qilib
qo‘ymoq iborasi orqali ifoda etiladi. Bu ibora bilan kelinni arazlatib qo‘yuvchi
qaynonalarga qarata aytilgan. "Somon yanchayotgan otning og‘zi bog‘lanmas"
iborasida-moddiy ne’matlar ichida yurgan, pul ishlari bilan mashg‘ul bo‘lgan
odam, istasa-istamasa undan foydalanishi ta’kidlansa, "Ko‘p arpa yegan ot
yorilib o‘ladi" iborasida ,buning zid ma’nosi aks etadi. Sharq xalqlari madaniy
turmushida tuyaning o‘rni beqiyos, shu sababli bizning, xalqimiz hayotida ham
tuya nomi qatnashgan bir qancha iboralarni ko‘rib o‘tamiz: Ignadek narsani
tuyadek qilmoq, bo‘rttirib, orttirib aytish;
Tuya qilmoq, aldamoq; Tuyani dumi yerga tekkanda; Tuya ko‘rdingmi yo‘q;
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
146
Tuya go‘shti yegan, uzoq muddatga kechkishi; Tuya asosiy komponent
bo‘lib kelgan quyidagi frazeologik birliklarni ham ko‘rib o‘tamiz. Bir ishning imi-
jimida bajarilishini "Na tuya yursin, na qo‘ng‘iroq jiringlasin" iborasi orqali ifoda
etiladi.
Tuya asosiy komponent bo‘lib kelgan quyidagi frazeologik birliklarni ham
ko‘rib o‘tamiz. Bir ishning imi-jimida bajarilishini "Na tuya yursin, na qo‘ng‘iroq
jiringlasin" iborasi orqali ifoda etiladi. Bu iboraning yuzaga kelishida karvonda
yuradigan tuya va uning bo‘yniga osib qo‘yiladigan qo‘ng‘iroq asos qilib olingan.
O‘zbekcha iboralarda eshak so‘zi boshqa hayvonlarga nisbatan faol
qo‘llanadi. Unga xos ba’zi salbiy xususiyatlar iboralarga asos qilib olingan bo‘lib,
ma’no ko‘chish majoz yo‘li bilan insondagi salbiy illatlarni qoralash uchun
qo‘llangan. Yana shuni ta’kidlash kerakki, iboralarda eshakni qaysar befarosat
hayvonligi ta’kidlangan. Eshak miya; Eshakday qaysar; Eshak tishlagan
tuyoqday: Eshakka so‘z, buzilgan go‘shtiga tuz ta’sir qilmaydi, iboralarida
qo‘llangan. Uning kundalik turmushga qanchalik foydali ekanligi har qanday
og‘ir mehnatga bardoshli ekanligiga quyidagi iboralarda alohida urg‘u berilgan.
Eshakday ishlamoq; Eshakning ishi halol, o‘zi harom; Eshak qurbonlikka
yaramaydi, lekin bebaho. Ushbu iborada ham eshakning mehnati tufayli
qiymatga ega ekani ta’kidlanadi. Eshakning ishi halol, o‘zi harom; Eshak
qurbonlikka yaramaydi, lekin bebaho. Ushbu iborada ham eshakning mehnati
tufayli qiymatga ega ekani ta’kidlanadi. Bunday iboralar sirasiga: Ishi bitguncha,
eshagi loydan ostguncha (ko‘prikdan); Eshakka do‘lana taqqanday-
yarashmagan; Burnidan eshak qurti tushmoq; Eshagining tushuvi qiymati; O‘lma
eshagim, yozga chiqamiz-sabrlilik; Eshak o‘ldiradigan sovuq; Salla o‘ragan bilan
eshak mulla bo‘lmaydi-ahmoq baribir ahmoq ma’nosida; "Xo‘tigi bor eshak uzoq
yo‘lga yaramas"-bolalari tez harakat qilishga xalaqit berishi aytiladi. "Ko‘chning
og‘iri eshakniki"-iborasida ham eshakning sekin yuruvchi hayvon ekanligiga
urg‘u beradi.Uy hayvonlari orasida frazeologiyada asosiy komponent bo‘luvchi it
va mushuk obrazi ham beqiyos o‘rin tutadi. It-sodiqlik, vafodorlik timsoli
sifatida "Itday vafodor bo‘lmoq"- frazeologizmining shakllanishiga sabab bo‘lgan
"Itning kunini ko‘rmoq", "Itning kunini solmoq"-iboralari esa itning hayoti yoki
turmush tarzi og‘ir ekanini badiiylashtirish asosida paydo bo‘lgan. "It mushuk
bo‘lib yashamoq" ibora esa asosan ko‘p janjallashadigan er va xotinlarga qarata
aytiladi. "Itdan bir suyak qarz bo‘lib yashamoq"-frazeologiyasida o‘ta kambag‘al
ahvolga tushib qolgan inson hayotiga qiyoslash asosida shakllangan.Peshanasi
sho‘r, adi-badi aytishmoq, podadan oldin chang chiqarmoq, so‘xtasi sovuq, boshi
osmonga yetmoq kabi bog‘lanmalar u yoki bu leksemalarning o‘zaro sintaktik
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
147
bog‘lanishi asosida yuzaga keladi. Frazemalar ham bog‘lanmalardir, ammo
frazemalar ko‘chma ma’noli, obrazli, turg‘un bog‘lanmalardir. Shuning uchun
ham turg‘un bog‘lanmalar ma’no xususiyatiga ko‘ra: 1) to‘g‘ri ma’noli turg‘un
bog‘lanmalar; 2) ko‘chma ma’noli turg‘un bog‘lanmalar20 ga ajraladi. To‘g‘ri
ma’noli turg‘un bog‘lanmalar narsa hodisalarning nomini atab, nominativ
vazifani bajarsa, ko‘chma ma’noli turg‘un bog‘lanmalar nominativ vazifa bajarish
bilan birga, narsa hodisani obrazli ifodalab tasvirlaydi Yusuf xos Hojibning “
Qutadg‘u bilig”asarida da arqun (chopqir ot), arslan (arslon), esri(qoplon), böka
(ajdarho), ayiq, to‘ng‘iz, böri (bo‘ri), tulki, tuya, it, ugi (ukki), čaγrï(lochin),
zag‘izg‘on, quzg‘un kabi hayvon va qushlar nomlari zikr etilgan.
Ayniqsa,lashkarboshi, sipohsolor qanday xislatlarga ega bo‘lishi kerak ekanligi
haqidagi bobda adib ajoyib o‘xshatishlarni keltirib o‘tadi. Asar tabdiliga nazar
tashlaydiganbo‘lsak, masalan:
To‘ng‘izdek chovut qiluvchi, bo‘ridek kuchli,
Ayiqdek hiylakor, qo‘tosdek qasoskor bo‘lishi kerak.
Ushbu birgina baytning o‘zida adib to‘rtta hayvonni o‘xshatish sifatida
olgan.Izohli lug‘atdan bu hayvonlar nomiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ularning
qanday xususiyatlarga ega ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Bo‘ri –
sutemizuvchilarningitsimonlar oilasiga mansub yirtqich hayvon; qashqir.
O‘zining qonxo‘rligi, kuchliligibilan ajralib turadi. Koʻchma ma’noda yovuz,
qonxoʻr, shafqatsiz odam timsolida ishlatiladi. Bo‘rining yesa ham, yemasa ham
og‘zi qon ya’ni yomonligi bilan tanilgan, yomonligini qoʻysa ham, qoʻymasa ham
— yomon degan maʼnoda ishlatiladigan ibora. Arslon – mushuksimonlar oilasiga
mansub bahaybat yirtqich sutemizuvchi hayvon; Sher. ko‘chma ma’noda
bahodir, zabardast, dovyurak odam haqida (shu jonivorga nisbat beriladi). Ya’ni
lashkarboshi, askarlar arslondek qo‘rqmas botir bo‘lishi nazarda tutilgan.
Qoplon – mushuksimonlar oilasiga mansub, terisi xol-xol,yirik sutemizuvchi
yirtqich hayvon. Qadimgi turkiy tilda ham shunday maʼnoni anglatgan bu ot asli
qaplan tarzida talaffuz qilingan.
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, hayvonlar majoziy ma’noda
ezgulik va yovuzlik, yaxshilik va yomonlik, tоʻg‘rilik va egrilik kabi
tushunchalarni ifodalab kelgan. Alohida ta’kidlash оʻrinliki, оʻzbek tili bоʻyicha
yaratiladigan izohli lug‘atlarda qоʻllangan hayvon nomlari etimologiyasini qayd
etish, ularning izohini keltirish maqsadga muvofiqdir. Ularni madaniyatimiz
taraqqiyoti bilan bevosita bog‘liq hodisa sifatida оʻrganish hamisha dolzarb va
ahamiyatlidir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Abdurahmonov G‘. (2011). To‘xliyev B., Rustamov A., Dadaboyev H.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
148
2.
Qutadg‘u bilig. I,II jildlar. –Toshkent:
3.
Ismoilov Gʻ. Zookomponentli frazeologik birliklarning etnomadaniy
4.
xususiyatlari // O‘zbek tilshunosligining dolzarb masalalari. №7. –
Toshkent:2013.
5.
Shabanov J., Hamidov X. Uy hayvonlari nomiga asoslangan maqol va
6.
iboralarning tarjimada berilishi // Tarjima masalalari. № 2. –Toshkent:
7.
ToshDSHI, 2014.
8.
4.Musayev Q. Tarjima nazariyasi asoslari. – Toshkent: Fan, 2005. - 184 b.
9.
jurnali, 1973, №1. -B.46-50.