ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
35
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI -
FUQAROLARNING MEHNAT QILISH HUQUQLARINI RO‘YOBGA
CHIQARISH KAFOLATIDIR
Yuldashev Ikboljon Rakhimovich
O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi katta o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14850351
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mustaqilligimizning mustahkam
poydevori, demokratik va fuqarolik jamiyatining huquqiy asosidir. Unda shaxs,
uning xayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy
qadriyat sifatida e’tirof etilgan.
Mamlakatimiz fuqarolarining munosib hayot kechirishini ta’minlash
Konstitutsiyamizda ko‘zlangan asossiz maqsadlaridan biridir. Insonning
iqtisodiy va ijtimoiy huquqlari Konstitutsiyamizda alohida bob sifatida berilib,
fuqarolarning munosib turmush tarzi uchun zaruriy iqtisodiy va ijtimoiy
huquqlari mustaxkamlangan. Xususan, Konstitutsiyamizning 42-moddasida
belgilanishicha, “Har kim munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin
tanlash, xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan qulay mehnat
sharoitlarida ishlash, mehnati uchun hech qanday kamsitishlarsiz hamda
mehnatga haq to‘lashning belgilangan eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan
tarzda adolatli haq olish, shuningdek ishsizlikdan qonunda belgilangan tartibda
himoyalanish huquqiga ega.
Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori insonning munosib turmush
darajasini ta’minlash zarurati hisobga olingan holda belgilanadi.
Homiladorligi yoki bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad
etish, ishdan bo‘shatish va ularning ish haqini kamaytirish taqiqlanadi.” .
Ushbu moddaga asosan, har bir shaxs o‘z manfaatlari va xohshiga ko‘ra
qanday faoliyat bilan shug‘ullanishini, qaysi kasbni tanlashni o‘zi erkin xal etadi.
Har kim ish beruvchiga bevosita murojaat qilish yoki mehnat organlarining
bepul vositachiligi orqali o‘zlariga maqbul keladigan ish bilan band bo‘ladilar.
Fuqarolar ma’lum bir korxonada ishlash uchun mazkur korxonaning ishga qabul
qilishga vakolatli bo‘lgan mansabdor shaxs (ish beruvchi)ga murojaat etadi.
Taraflar o‘zaro kelishuvga asosan mehnat shartnomasini tuzish bilan qonuniy
mehnat munosabatlariga kirishadilar.
Yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni va ular bilan bevosita
bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishning
asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
36
mehnat huquqlarining tengligi, mehnat va mashg‘ulotlar sohasida
kamsitishni taqiqlash;
mehnat erkinligi va majburiy mehnatni taqiqlash;
mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklik;
mehnat
huquqlari
ta’minlanishining
va
mehnat
majburiyatlari
bajarilishining kafolatlanganligi;
xodimning huquqiy holati yomonlashishiga yo‘l qo‘yilmasligi .
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksining 26-voddasiga asosan
xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar
ushbu Kodeksga muvofiq ular tomonidan tuziladigan mehnat shartnomasi
asosida yuzaga keladi.
Qonunchilikda yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda yoxud
tashkilot ustavida (nizomida) belgilangan hollarda va tartibda yakka tartibdagi
mehnatga oid munosabatlar mehnat shartnomasiga asosan quyidagilar
natijasida yuzaga keladi:
lavozimga saylanish yoki tegishli lavozimni egallash uchun tanlovdan o‘tish;
lavozimga tayinlash yoki lavozimga tasdiqlash;
vakolatli davlat organlari tomonidan ishga yuborish;
O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatiga bo‘lgan huquqqa
doir tasdiqnoma berish;
ota-onaning har ikkisining yoki ota-onadan birining (ota-onaning o‘rnini
bosuvchi shaxsning) roziligi;
ish beruvchining zimmasiga mehnat shartnomasini tuzish majburiyatini
yuklatish to‘g‘risidagi sud qarorini qabul qilish;
shaxsiy mehnatdan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan va fuqarolik-huquqiy
xususiyatga ega shartnoma asosida yuzaga kelgan munosabatlarni sud
tomonidan yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar deb e’tirof etish.
Mehnat shartnomasi tegishli tarzda rasmiylashtirilmagan taqdirda, xodim
va ish beruvchi o‘rtasidagi yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar ish
beruvchining yoki uning shunga vakolatli bo‘lgan vakilining ijozati bilan yoki
topshirig‘iga ko‘ra xodimga haqiqatda ishlashga ruxsat etilganligi asosida ham
yuzaga keladi.
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga ko‘ra “Mehnat shartnomasi
xodim bilan ish beruvchi o‘rtasida muayyan mutaxassislik, malaka, lavozim
bo‘yicha ishni ichki mehnat tartibiga bo‘ysungan holda taraflar kelishuvi,
shuningdek mehnat tzg‘risidagi qonunlar va boshqa normativ xujjatlar bilan
belgilangan shartlar asosida xaq evaziga bajarish haqidagi kelishuvdir”.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
37
M.Gasanov va G.Sokolovning fikricha, mehnat shartnomasi har bir kishining
konstitutsiyadagi mehnat qilish huquqi amalga oshirilishining asosiy tashkiliy-
huquqiy shakli, mehnat huquqiy munosabatlari paydo bo‘lishini shartlovchi
yuridik fakt, har bir kishi tomonidan ishning erkin tanlanishining va xodimni
mehnatga majburlashga yul qo‘ymasligining muxim kafolati hisoblanadi .
Professor M.Usmonova va Yu.Tursunov esa mehnat shartnomasiga xodim
bilan ish beruvchi o‘rtasida yuz bergan yuridik fakt, ushbu faktni o‘zida qayd
etuvchi yozma xujjat hamda mehnat munosabati taraflarning qonuniy huquq va
manfaatlarini muxofazalashning yuridik vositasi sifatida qaraydi.
Xorijiy mutaxassislarning fikricha mehnat, huquqi nazariyasi mehnat
shartnomasini fuqarolar mehnat qilish huquqini ro‘yobga chiqarish shakli,
mehnat munosabatlari yuzaga kelishi va amalga oshishi asosi xamda mehnat
xuquqi fani institutlaridan biri sifatidagina emas, balki xodim bilan ish beruvchi
o‘rtasida yuz bergan yuridik fakt, ushbu faktni o‘zida qayd etuvchi yozma xujjat
hamda mehnat munosabati taraflarining qonuniy huquq va manfaatlarini
muxofazalashning yuridik vositasi deb hisoblaydi.
Qisqa qilib aytganda, mehnat shartnomasi xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi
mehnat munosabatlarni o‘rnatuvchi va ikki tomonning huquq va
majburiyatlarini belgilab beruvchi huquqiy xujjatdir.
Xodim va ish beruvchining huquq va majburiyatlarini, qolaversa, mamlakat
fuqarolarning ma’lum bir ish bilan bandligini ta’minlashda mehnat
shartnomasini to‘g‘ri tuzish, uni qonuniy rasmiylashtirish muxim axamiyat kasb
etadi. Mehnat shartnomasini tuzish deganda xodim bilan ish beruvchi o‘rtasida
shartnoma shartlari bo‘yicha belgilangan tartibda rasmiylashtirish bo‘yicha
kelishuvga erishish nazarda tutiladi.
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga muvofiq mehnat
shartnomasini tuzishda xodimni ishga qabul qilishga yo‘l qo‘yiladigan yosh,
ishga qabul qilishni g‘ayriqonuniy ravishda rad etishga yo‘l qo‘yilmasligi,
qarindosh-urug‘larning davlat korxonasida birga xizmat qilishlarini cheklash,
ishga qabul qilish vaqtida talab qilinadigan xujjatlar, ishga qabul qilishni
rasmiylashtirish tartibi, uning kuchga kirishi, ishga qabul qilishda dastlabki
sinov va boshqa tartib-koidalar keltirib o‘tilgan.
Yuqoridagi qoidalar asosida tuzilgan mehnat shartnomasi huquqiy
tomondan qonuniy xisoblanib, ishga kiruvchi shaxs “xodim” maqomiga ega
bo‘lib, ish beruvchi bilan mehnat munosabatlariga kirishishini ta’minlaydi.
Shundan so‘ng xodim shartnomada belgilab qo‘yilgan kundan boshlab o‘zining
mehnat vazifalarini bajarishga kirishmog‘i lozim. Agar mehnat shartnomasida
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
38
ishning boshlanish kuni haqida shartlar mavjud bo‘lmasa, xodim mehnat
shartnomasi imzolangan ish kunining (smenanint) ertasidan kechikmay ishga
kirishadi.
Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, mehnat shartnomasi tuzgan xodimning
belgilangan muddatda ishni boshlamasligi mehnat shartnomasini bekor
bo‘lishiga olib kelishi uchun asos bo‘lishini, ba’zi MDH davlatlari, xususan
Turkmaniston Respublikasining mehnat qonunchiligida uchratishimiz mumkin.
O‘zbekistan Respublikasining Mehnat kodeksi va boshqa mehnat
munosabatlarini tartibga soluvchi qonun xujjatlarida bu xaqda maxsus ko‘rsatib
o‘tilmagan.
Mazkur xolatni O‘zbekistan Respublikasi qonunchiligiga ishga qabul qilib
mehnat shartnomasi tuzgan xodimning ketma-ket yetti kalendar kuni
mobaynida hech qanday asossiz va uzrli sabablarsiz o‘z mehnat vazifalariga
kirishmasligi mazkur mehnat shartnomalarining qonuniy kuchga ega emas deb
hisoblab mehnat shartnomasining bekor qilish asoslaridan biri sifatida kiritilishi
maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Xulosa qilib aytganda, fuqarolarning qonuniy tuzilgan mehnat
shartnomalari vositasida ish beruvchi bilan mehnat munosabatlariga kirishishi
majburiy mehnatga jalb qilinishining oldini olish bilan birga ularning
konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirishda muhim omildir. Bularni
ta’minlashda mehnat shartnomasini tuzishning huquqiy jihatlarini yanada
rivojlantirib borish esa ustivor vazifadir
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi. Qonunchilik ma’lumotlari
milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/837/0241-son
2.
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi - https://lex.uz/ru/docs/-
6257288
3.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi - Qonunchilik ma’lumotlari
milliy
bazasi,
29.10.2022-y.,
02/22/798/0972-son;
12.04.2023-y.,
03/23/829/0208-son;
4.
Gasanov.M.Yu. Trudovoe pravo Respubliki Uzbekistan. Obshaya chast. –
T.:”LESSON PRESS”, 2016. B.125
5.
Tursunov.Y., Usmanova. M. Mehnat huquqi.-T.:TDYuI, 2014.