Авторы

  • Jumagul Isaqova
    ilmiy tatqiqotchi Farg’ona

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.75918

Ключевые слова:

Bolalar adabiyoti hajviy-yumoristik retrospektiv psixologizm falsafiy didaktika

Аннотация

Maqolada istiqlol davri bolalar adabiyoti va bolalar  yozuvchilari  haqida ma’lumot berilgan.  Tahlilda zamonaviy o’zbek bolalar adabiyotida  yaratilgan asarlar, hamda ularning o’ziga xos bo’lgan xususiyatlari haqida to’xtalib o’tamiz. Unda bugungi kunda ijodkorlarimiz yaratgan asarlaridagi mavzu va g’oya  tushunchalari  nazariy asoslari asosida  tahlil qilingan.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

125

ISTIQLOL DAVRI BOLALAR ADABIYOTINING O`ZIGA XOS

XUSUSIYATLARI.

Isaqova Jumagul

ilmiy tatqiqotchi Farg’ona

https://doi.org/10.5281/zenodo.15110798

Annotatsiya.

Maqolada istiqlol davri bolalar adabiyoti va bolalar

yozuvchilari haqida ma’lumot berilgan. Tahlilda zamonaviy o’zbek bolalar
adabiyotida yaratilgan asarlar, hamda ularning o’ziga xos bo’lgan xususiyatlari
haqida to’xtalib o’tamiz. Unda bugungi kunda ijodkorlarimiz yaratgan
asarlaridagi mavzu va g’oya tushunchalari nazariy asoslari asosida tahlil
qilingan.

Abstract.

The article provides information about childern’s literature and

children’s writers of the period of independence.In the analysis,we will dwell on
the works creted in modern Uzbek children’s literature and their unique
features.In it, the themes and concepts of the works created by our artists today
are analyzed in theoretical.

Абстрактный

. В статье представлены сведения о детской литературе

и детских писателях периода независимости.В анализе остановимся
напроизведениях, созданных в современной узбекской детской
литературе, и их уникальных особенностях В нем в теоретической
Галактике А13 анализируются темы и концепции произведений,
созданных нашими художниками сегодня.

Kalit

so‘zlar

:Bolalar

adabiyoti,

hajviy-yumoristik,

retrospektiv,

psixologizm, falsafiy, didaktika

Key words:

Children’s literature, comic and humorous, retrospective,

psychologism, philosophical, didactic.

Ключевые слова:

Детская литература, комическая и юмористическая

ретроспективный, психологизм философский дидактический

Davr va adabiyot munosabat g’oyat murakkab muammodir. Chunki

zamonning asosiy belgisi uning tinimsiz harakatdaligi, o’zgarib turishi bo’lsa, asl
adabiyotning bosh xususiyati uning o’zi yaratilgan zamonga qaraganda ko’proq
yashashga intilishi, barqarorroq bo’lishga urinishidir.

Mustaqillik davri o`zbek

bolalar adabiyoti hayotni o`rganish-bilishning badiiy vositasi sifatida muhim
ahamiyat kasb etadi. U zamondoshlar, jumladan, yosh avlodning ruhiy holatini
teran tadqiq etishga, fikr doirasini kengaytirishga, his va tushunchalarining
shakllanib, voqelikka to`g`ri munosabatda bo`lishga da’vat etadi. Bugungi
adabiyot tom ma’noda hayot darsligiga aylanayotgani shu jihatdan e’tirofga
sazovor.Mustaqillik davri bolalar adabiyotida ko’zga tashlangan g’oyat muhim


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

126

xususiyatlardan biri inson ongini, dunyoqarashini, uning ma’naviy olamida yuz
berayotgan ziddiyatlarni tahlil etishga kirishdan boshlanganidir.Bu esa asarning
bosh markazida inson obrazining turganligidan dalolat beradi.”O’zining tabiiy
xatti-harakati, ma’naviy dunyosining rang-barangligi va kemtiklari bilan bo’lsa-
da mukammallikka intilayotgan inson obrazini tasvirlash orqali , adib o’quvchini
ezgulikka oshno etishni niyat qiladi”.

1

Istiqlol davri yangi bolalar adabiyotining maydonga kelishiga

jamiyatimizdagi ijtimoiy, siyosiy,iqtisodiy o’zgarishlarning bolalarimiz
tarbiyasiga katta ta’sir ko`rsatgani bejiz emas. Ayni shu davrda bolalar
adabiyotimiz tom ma’nodagi haqiqatga tik boqadigan adabiyotga aylandi, yosh
avlodni erksevarlik tuyg`ulari ruhida tarbiyalashda ilk qadamlarini qo`ydi. Bu
ishga badiiy so`z qudrati bilan hissa qo`shib kelayotgan iste’dodli
yozuvchilarning yangi avlodi yetishib chiqqanligi ko’ramiz. Ya’ni, nafaqat Anvar
Obidjon, T.Adashboyev, Miraziz A’zam, R.Tolipov, S.Barnoyev singari
professional adib va shoirlarning o`zgacha talqin hamda yo`nalishdagi ijod
namunalari balki Q.O`tayev, H.Imonberdiyev, K.Turdiyeva, Abdurahmon Akbar,
Dilshod Rajab, Rustam Nazar, Vali Ahmadjon, S.Inoyatov, Qo`zi Ismoil, Zafar
Isomiddin,Erpo`lat Baxt kabi ijodkorlarning bolalar adabiyotiga “yangi havo”
olib kirishlari bilan e’tibor qozondi.

Bunda yosh qahramonlar xarakteri tahlili masalasiga alohida e’tibor

qaratilishi, shakl va mazmun jihatdanda yangi tamoyillar kasb eta borgani
yorqin ko`rina boshladi. Milliy bolalar matbuoti ham mavzu material, g`oyaviy-
badiiy

jihatdan

o`sib,

bolalar

ijodkorligi

namunalari

ko`proq

ommalashtirilayotgani

ta’kidga

loyiq.Shu

bilan

birga

yangi

asr

kichkintoylarining qiziqishlari, ruhiy, ma’naviy olami, ularning ijtimoiy hayotga
munosabati masalalari aks etgan asarlar tahlili orqali o`quvchilarda axloqiy-
ma’rifiy, ijtimoiy-siyosiy tarbiyani shakllantirishga ahamiyat berilayotgani
diqqatga sazovor. Binobarin, istiqlol davri o`zbek bolalar adabiyotida jamiyat
taraqqiyoti bilan bog`liq mavzu talqinlari ustuvorligi (A.Akbar, E.Malikov, Hamza
Inoyatov asarlarida); kichkintoylar va bolalar fe’l-atvoridagi xarakter
xususiyatlarning

hajviy-yumoristik,

fantastik,

sarguzasht

ifodasi

(S.Quronov,Q.Shermatov ijodida); bolalar va o`smirlarning murakkab ruhiyat
olami (Tohir Malik, Normurod Norqobilov psixologizm) teran aks etgan asarlar,
qolaversa, tabiat va jamiyat muammolari falsafiy talqin etilayotgan badiiy ijod
namunalari ( Zafar Isomiddin, Erpo‘lat Baxt, Abdusamad Ko'chimov

asarlari)

ko`zga tashlanadi.

1

Y.Solijonov Haqiqatning sinchkov ko'zlari T.:2009


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

127

Bolalar

adabiyotining

yuksalyotgani,

yangilanyotganligi

undagi

izlanishlarning nechog’lik samarali bo’layotganligi, eng avvalo, unda
yaratilayotgan qahramonlarning badiiy salmog’i bilan o’lchanadi.Bolalar
adabiyoti haqida gap ketganda birinchi o’rinda badiiy qahramon tushunchasiga
e’tibor qaratishimiz kerak.Hozirgi kundagi aksar asarlardagi qahramonlar
bolalarni zamon bilan hamnafas holda yaratilish kerak. Zamonaviy o’zbek
bolalar adabiyotida qahramonlar an’anaviy va zamonaviy unsurlarni o’zida
mujassam etgan murakkab obrazlar sifatida gavdalanmoqda. Qahramonlar real
hayotga yaqinroq bo’lib ular jamiyatdagi muammolarni boshdan
kechiradi.Ayniqsa, fan-texnika rivojlangan davrda kitobxon diqqat markazini
o’ziga jalb etuvchi ajabtovur qahramonlar ko’zga tashlanmoqda.Bu ham
yoshlarni hayratlanishga ularda keng tasavvur doiralarni kengaytirishga harakat
qilmoqda.

Ma’lumki, qadimgi bolalar adabiyotida bo’lib o’tadigan voqelikni asosan

muallif tomonidan bayon qilish an'anasi ustun turadi.Keyinroq bu an’ana
yangilanib muallifi bayoni vujudiga personaj nuqtayi nazari kirib kela
boshladi.Bu xususiyat, ayniqsa, Q.Shermatov, D.Mo’minova,S.Quronov,
N.Jabborova,G.Tojiboyeva,Q.Kenja asarlarida uchratish mumkin.

U bu bilan ayni

damda hikoyachi, balki muallifning g’oyaviy niyatini ifodalovchi kabi
xususiyatlarni ham ifodalab kelmoqda.Bolalar adabiyotidagi yana bir
xususiyatlardan biri asarga retrospektiv nutqidan unumli foydalanish.
“Retrospektiv-ba’zan muallif asar voqealarini bayon qilishda ularning
xronologik (vaqt bo’yicha ) tartibini buzishi – voqea davomida oldinroq bo’lib
o’tgan hodisalarga qaytadi.Bu o’tmishda sodir bo’lgan voqealarni qaytib eslash,
xotirlash”.

2

Jumladan, Nurillo Otaxonning “Eski daftar” asarida Jasur obrazi

orqali beriladi.

“Bugun shkafning bir chetida chang bosib yotgan eski daftarlarimni topib

oldim.Uni qo’limga olib varaqlay boshladim.Har sahifada bolalik xotiralarim
yashirin edi.”Men kattalarning gapini tinglayman, ammo o'z fikrimni ham
aytaman”.Buni uchinchi sinfda yozgan ekanman.O’shanda ustozim doim:Jasur,
sen baquvvat bolasanku, lekin fikringni aytishga tortinasan.”,- der edi.Endi esa
men kattalashdum.O’sha tortinishlarim qayerga ketdi? Nahotki, bolaligimdagi
ishonchim bugun mendan uzoqlashgan bo’lsa”.

3

An’anaviy bolalar adabiyotida mavzu asosan yaxshilik va yomonlik

tuyg’ularining kurashi tasvirlangan bo’lsa bugungi kunda bu tushunchalar

2

Adabiyot darslik T.2022

3

Bolalar antologiyasi T.2016


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

128

o’rnini oilaviy munosabatlar, ekologik muammolar, bolalar huquqlari, fan-
texnika yutuqlari, ijtimoiy tarmoqlar ta’siri kabi keng ko’lamli mavzular ham
qamrab olinmoqda.Bu esa yosh bolalarning faqat ertak olamida emas, real
hayotda ham to’g’ri yo’l topishga o’rgatadi.Jumladan, Erkin A’zamning “Cho’l va
bo’ri “asarida yurtimizda o’rmon hududlarining yo’qolib borishi, Xolboy
To’xtaboyevning “Sirli olamga sayohat” asarida suvning ifloslanishi va uning
tirik mavjudotlar keltirayotgan zararlari, Anvar Obidjonning “Sohil” asarida
Plastik chiqindilar va tabiat ifloslanishi kabi ekologik muammolar haqida fikr
yuritiladi.

O’tgan asar bolalar adabiyoti asarlarida didaktika yetakchilik qiladi.

Bolalarga to’gridan to’g’ri nasihat berish ularni to’g’ri yo’lga yo’naltirish juda
ham zarur masalalardan biri.Hozirgi kunda maskur bu usul eskirib o’z
ahamiyatini yo’qotib asarning badiiy qimmatini tushirib yuboradi.Istiqlol davri
bolalar adabiyotida esa voqealar rivoji davomida bola sodir bo’layotgan asar
syujetida turli detallar, tasviriy vositar, tabiat tasviri orqali o’zini o’zi
tarbiyalash, xulosa chiqarishga hattoki o’zini jazolanishi kabi usullar bilan
yangilanib bormoqda. Buni yozuvchi Xurshid Do’stmuhammadning “Sehrli
ko’zgu” asarida ko’zgu detali orqali boladagi o’z-ozini anglash tushunchasi
ifodalangan.

Zamonaviy o’zbek bolalar adabiyoti globallashuv sharoitida yangi

xususiyatlarga ega bo’lib bolalarning qiziqishlari dunyoqarashi va ehtiyojlari
mos ravishda rivojlanmoqda.Realistik qahramonlar, dolzarb mavzular yangi janr
va uslublarning paydo bo’lishi hamda yurtimizda raqamli texnologiyalarning
tatbiq etilishi bu adabiyotning asosiy vazifalaridan biridir.Kelajakda bolalar
adabiyotining rivoji bolalar dunyoqashini shakllantirishga va ularning ma’naviy
kamolotiga xizmat qilishda davom etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1. Solijonov Y. Haqiqatning sinchkov ko'zlari T. 2009
2. Adabiyot darslik T.2022
3.Bolalar antologiyasi T.2016
4.Normatov U. Ijod sehri T.2001

Библиографические ссылки

Solijonov Y. Haqiqatning sinchkov ko'zlari T. 2009

Adabiyot darslik T.2022

Bolalar antologiyasi T.2016

Normatov U. Ijod sehri T.2001