Авторы

  • Nilufar Dilmurodova
    Alisher Navoiy nomidagi ToshDOʻTAU mustaqil tadqiqotchisi, TDIU dotsenti.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.78912

Ключевые слова:

estetik ideal syujet chizig‘i individual uslub an’anaviy realizm badiiylik kompozitsiya tugun yechim.

Аннотация

Maqolada adibning adabiyot masalalari, xususan, hikoyachilik borasida olib borgan kuzatuvlari ijodiy jarayon zavqi-qiynog‘i, so‘z san’atiga xos estetik-falsafiy tamoyillar, ijodkor dunyosi, jasorati va irodasiga borib taqalishi xususida so‘z yuritiladi. Shuningdek, adib hikoyaning kichik olamida katta olam yaratish orqali estetik ideali  yo‘nalishini belgilab berishi ta’kidlanadi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

65

IJODKOR ESTETIK IDEALI VA HAQIQAT JOZIBASI

Nilufar Dilmurodova

Alisher Navoiy nomidagi ToshDOʻTAU

mustaqil tadqiqotchisi,

TDIU dotsenti.

tel: +99897 7507529 nilu.01@mail.ru

O‘zbekiston

https://doi.org/10.5281/zenodo.15209867

Annotatsiya.

Maqolada adibning adabiyot masalalari, xususan, hikoyachilik

borasida olib borgan kuzatuvlari ijodiy jarayon zavqi-qiynog‘i, so‘z san’atiga xos
estetik-falsafiy tamoyillar, ijodkor dunyosi, jasorati va irodasiga borib taqalishi
xususida so‘z yuritiladi. Shuningdek, adib hikoyaning kichik olamida katta olam
yaratish orqali estetik ideali yo‘nalishini belgilab berishi ta’kidlanadi.

Kalit so‘zlar:

estetik ideal, syujet chizig‘i, individual uslub, an’anaviy

realizm, badiiylik, kompozitsiya, tugun,yechim.

Annotation.

The article examines the writer's reflections on the problems

of literature, in particular narration, the joys and sorrows of the creative
process, the aesthetic and philosophical principles inherent in the art of words,
the creative world, the depth of his courage and will. It is also emphasized that
the writer sets the direction for the aesthetic ideal, creating a large world within
the small world of the story.

Key work:

aesthetic ideal, storyline, individual style, traditional realism,

poetry, composition, node, solution

Ma’lumki, mutolaa, faqat mutolaa badiiyat sehri va haroratini teranroq

tuyish, obrazlar qiyofasida, ramzlar va iboralar tarkibida jam nafosatni va ruhiy
evrilishlar miqyosini yaqqolroq idrok etishga ko‘mak beradi. So‘z olamida
yashash ko‘nikmasi tufayli tafakkurimiz, ong-shuurimiz va qalbimizda badiiy-
estetik sintez, badiiy-estetik inqilob sodir bo‘ladi, so‘z bilan fikr, botin bilan
zohir, dil bilan dunyo birlashadi. Ana shu asnoda ezgu ma’no – estetik ideal
vujudga keladi.

Nemis olimi G.Gegel bu murakkab holatni kuzatib: “...har qanday so‘z o‘z-

o‘zicha emas, balki ma’nosi bilan ahamiyatlidir. Ruh, jonu dil insoniy ko‘z, yuz,
teri orqali, xullas, insonning butun qiyofasi orqali gavdalanadi va uning ma’nosi
bevosita voqelikdagiga qaraganda qandaydir boshqacharoq bo‘ladi”, - deb
ta’riflagan edi.

Ana shu ilmiy-estetik e’tirofga ko‘ra, demak, har qanday janrdagi badiiy

asar, xususan, hikoya janrida mazmun-mohiyat jozibadorligi teran ma’no-
maqsad vositasida ta’min etilishi lozim.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

66

Ko‘plab iqtidorli qalamkashlar singari, Xurshid Do‘stmuhammad ijodi,

malakasi va dunyoqarashi shakllanishiga jiddiy ta’sir o‘tkazdi. Adib bu jarayon
faollaridan bo‘lib, ulkan ma’naviy-ma’rifiy boylik hisoblangan so‘z olamining
kuzatilmagan qatlamlarini kuzatishga kirishdi, oddiy so‘zni badiiylashtirish,
ya’ni so‘zdagi isyonkorlik ruhini ilg‘ash va anglashga intildi, poetika zamirida
pinhon anglash qiyin mantiqni anglash mashaqqatidan cho‘chimadi, qolaversa,
bu mantiqnni hissiy idrok etish tamoyillariga suyandi.

Adib so‘z san’atini jo‘n hodisa sifatida tushunmaydi, uni moddiy va ruhoniy

dunyo sirlarini kashf etuvchi mo‘jizaviy vosita – barcha fanlar bilan aloqada
rivojlanuvchi ezgulik quroli deb biladi. Shuning uchun ham, har bir asarida
badiiy-estetik mezonlarni, binobarin, estetik idealini ohorli me’yorlar bilan
boyita bordi, badiiyat bilan ko‘ngil ko‘zini topishtirish orqali moddiy va ruhoniy
dunyo, turli zuhuriy va botiniy qiyofaga ega bo‘lgan odamlar, jamiyat va insonlar
psixologiyasi ko‘zgusi sanalgan har xil tarixiy va zamonaviy voqea-hodisalarni
sinchkovlik bilan kuzatadi.

Adib adabiyot masalalari, xususan, hikoyachilik borasida olib borgan

kuzatuvlar ijodiy jarayon zavqi-qiynog‘i, so‘z san’atiga xos estetik-falsafiy
tamoyillar, ijodkor dunyosi, jasorati va irodasiga borib taqaladi. Kichik epik
turga mansub bo‘lgan hikoya poetik miqyosi aslida so‘z dunyosi qadar
kengligini, ana shu poetik kenglikda turli ijtimoiy va axloqiy muammolarni
qamrab olish imkoni mavjud ekanini teran anglagan adib quyidagi dolzarb
nazariy mulohazani o‘rtaga tashlaydi: “Har safar yangi hikoyani xayolda pishitib
yurganingizda, uni qog‘ozga tushira boshlaganingizda avvalgilaridan zo‘rroq
asar yarataman degan tuyg‘u sizga rag‘bat berib turadi. Bu foydali tuyg‘u, lekin
hikoya yaratish musobaqa emas. Qaysidir boshqa yozuvchidan yoki bo‘lmasa
o‘zimning burungi hikoyalarimdan o‘zib ketadigan yangisini yozishga intilish
emas. Har bir hikoya – yangi ijodiy kayfiyat! Voqelikni o‘zgacha idrok etishga
harakat!”.

Demak, adib an’anaviy va moderncha usullarni yonma-yon yoki tutashtirib

samarali qo‘llar ekan, avvalo, o‘zida yangicha ijodiy kayfiyat uyg‘otishni, eng
muhimi esa,qadimiy dunyoni – tabiat va jamiyatni yangicha idrok etish,
odamzod ko‘ngini yangicha tushunishni xohlaydi. Har bir hikoya orqali yuz
bergan yoki yuz berishi mumkin bo‘lgan voqea-hodisalr ichkarisiga chuqurroq
kirib boradi, ayni paytda, yaxshi-yomon ichra g‘imirlab, o‘zligini topishga
urinadigan odamni yoki bunday intilishdan olisdagi odam dilini badiiy talqin
ob’ekti qilib oladi. Bunday kuzatuvlar orqali tuygan quvonchlari va azoblari
ruhlantiruvchi quvvatga ega bo‘ladi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

67

So‘z san’ati kenglikka intilish, joziba imkoniyatlari, hurlik ne’matlaridan

oziqlanish, ya’ni qadimiy olamning rang-barang qiyofasini shaklan va
mazmunan turfa poetik bo‘yoqlar vositasida namoyon etishni yoqtiradigan
ijtimoiy-badiiy va falsafiy-estetik hodisadir.

Adib hikoyaning kichik olamida katta olam – katta estetik ko‘lam yaratish

orqali estetik ideali yo‘nalishini belgilaydi, o‘quvchini, moddiy va ruhoniy
olamga jalb qilish barobarida, badiiy-estetik idealni ro‘yobga chiqaruvchi
voqelar ishtirokchisiga aylantiradi. Natijada, o‘quvchi muayyan asar
koppozitsiyasini tarang ushlab turgan badiiy-estetik ideal va u namoyon etgan
haqiqat jozibasidan ajralolmay qoladi, mutolaa jarayonida uning ma’rifiy-
tarbiyaviy miqyosi va boshqa turli qirralari qayta-qayta kashf etadi.

Adib hikoyalarida hayotiy go‘zallik bilan badiiy go‘zallik, an’anaviy va

majoziy modern tamoyillari asosida, hayotiy ziddiyatlar bilan qalb tebranishlari
uzviyligi zaminida hamkorlik qilishga kirishadi, mana shu jarayon keskin poetik
ruhda kechishi uchun teran hayotiy ma’nolar tashuvchi so‘zlar ishtirok etadi,
faol so‘zlar inqilobi – taranglashgan kompozitsiya botini va zuhuridagi poetik
mutanosiblik – erkin badiiy-falsafiy fikrlash yo‘sini – ruhiy olam tebranishlari
talqini badiiy sintez ishonarli me’yorlar bo‘yicha amalga oshganidan darak
beradi, ayni shu tushunchalar alal-oqibat hayotiy haqiqat estetik idealga aylanib
borishini ta’minlaydi.

Muhimi, adib individiul uslubi, an’anaviy realizm va majoziy modern

usullaridan oziqlangan holda, ana shu to‘rt tushuncha zaminida shakllangani
kuzatiladi. Adib qalamini hayotning qadam tegmagan turli so‘qmoqlari,
ruhiyatning nazar tushmagan murakkab qatlamlariga safarbar qilishdan
cho‘chimagani, obуektiv borliqni o‘z “men”i orqali hissiy edrok etish malakasini
to‘laqonli o‘zlashtirgani uchun uslubi betakror individiul xarakter kasb etgani
shubhasizdir.

Adabiyоtlar:

1.

G.Gegel. Go‘zallik va badiiy ijod (“Estetika” kitobidan). Jahon adabiyoti,

2006. yanvar.
2.

Do‘stmuhammad.X. Beozor qushning qarg‘ishi. Hikoyalar. T.: Sharq, 2007.

3-bet.
3.

Yo‘ldoshev Q. Yoniq so‘z. Yangi o‘zbek adabiyoti: ildizlar, belgilar,

bosqichlar. Sharq yulduzi, 2007. 1-son.

Библиографические ссылки

G.Gegel. Go‘zallik va badiiy ijod (“Estetika” kitobidan). Jahon adabiyoti, 2006. yanvar.

Do‘stmuhammad.X. Beozor qushning qarg‘ishi. Hikoyalar. T.: Sharq, 2007. 3-bet.

Yo‘ldoshev Q. Yoniq so‘z. Yangi o‘zbek adabiyoti: ildizlar, belgilar, bosqichlar. Sharq yulduzi, 2007. 1-son.