ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
80
YANGI O’ZBEKISTONDA ICHKI TURIZM TARAQQIYOTI
Soliyev Anvar O’tkir o’g’li
Samarqand shahar Sharof Rashidov nomidagi
Samarqand Davlat Universiteti Tarix fakulteti
2-kurs magistranti
Nasrullayev M.I.
Ilmiy rahbar:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15401675
Annotatsiya:
Mazkur maqolada Yangi O’zbekistonda ichki turizmni rivojlantirish
borasida amalga oshirilgan islohotlar, xorij tajribasini o’rganish istiqbollari
hamda mahalliy sayyohlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida so’z
yuritilgan.
Kalit so’zlar:
ichki turizm, BTT, O’zbekiston bo’ylab sayohat qil, Cashback,
mahalliy sayyohlar, marketing strategiyasi, raqamli platformalar, To‘rt faslning
har birida sayohat, Click smile, Saudiya fasllari, Turizm qishlog’i.
Аннотация:
В данной статье рассказывается о реформах, проводимых в новом
Узбекистане по развитию внутреннего туризма, о перспективах изучения
зарубежного опыта, а также о создаваемых возможностях для местных
туристов.
Ключевые слова:
внутренний туризм, BTT, путешествие по
Узбекистану, кэшбэк, местные туристы, маркетинговая стратегия,
цифровые платформы, путешествие в каждый из четырех сезонов, Click
smile, саудовские сезоны, туристическая деревня.
Annotation:
This article talks about the reforms implemented in the development of
domestic tourism in the New Uzbekistan, the prospects for studying the foreign
experience and the opportunities created for local tourists.
Keywords:
domestic tourism, UNWTO, travel through Uzbekistan,
Cashback, local tourists, marketing strategy, digital platforms, travel in each of
the Four Seasons, Click smile, Saudi seasons, Tourism Village.
Ichki turizm – bu O‘zbekiston Respubiikasida doimiy yashaydigan
fuqarolarning O‘zbekiston hududi bo‘ylab qiladigan sayohati hisoblanadi.
Bu turizm turi odamlarning o'z mamlakatida, turli hududlarda sayohat qilib,
ularning madaniyati, tarixi, tabiiy go'zalliklarini, diqqatga sazovor joylarini
o'rganishiga imkon beradi. Ichki turizm, avvalo, iqtisodiyotni rivojlantirishga,
mahalliy biznes va xizmat ko'rsatish sohasini qo'llab-quvvatlashga, shuningdek,
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
81
odamlarning o'z mamlakatlaridagi hududlarga xos xususiyatlarni yanada
chuqurroq tushunishlariga yordam beradi.
Butun Jahon turizm tashkiloti tavsiyalari asosida O‘zbekiston bo‘yicha
2015-yilda
o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, chiquvchi turistlar sonining
kiruvchi turistlarga nisbatan 0,4 kishiga ko‘pligini ko‘rsatdi.
Bu vaziyat
O‘zbekiston fuqarolarining oilaviy budjetidan bevosita
turistik maqsadlarga
ajratilgan qismi ortib borayotganligini ifodalaydi.
Yuqoridagi keltirilgan, ichki
turizm va tashqi turizm haqidagi ma’lumotlar, O‘zbekiston sharoitida ichki
turizm salohiyatidan
samarali foydalanish yetarli darajada emasligini
ko‘rsatmoqda.
1
Yurtimizda mahalliy aholini sayyohlik yo’nalishiga qiziqishini
oshirish borasida ko’plab islohotlar o’tkazish va ichki turizmda yangi
imkoniyatlar yaratish lozimligini belgilab berdi. Dunyodagi safarlarining 80-90
foizi ichki turizm ulushiga to‘g‘ri keladi. Unga qilinadigan xarajatlar xalqaro
turizm xarajatlaridar 5-7 barobar kam bo‘ladi. Ayniqsa, turizmning bu turi
AQSH, Fransiya, Angliya mamlakatlarida ommabop hisoblanadi.
Asosiy qism
Yangi O’zbekistonda ichki turizmni salohiyatini oshirishda qonunlar,
farmon va qarorlarning ahamiyati juda kattadir. Masalan, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-fevraldagi PQ 3514-sonli “Ichki turizmni
jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori
2
ga
muvofiq, “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” ichki turizmni rivojlantirish dasturi
ishlab chiqilib, teleko’rsatuvlar, matbuot va tashqi bannerlar orqali targ’iboti
amalga oshirildi. Dastur doirasida kam ta’minlangan oila farzandlari, yetim
bolalar, faol xotin-qizlar va nuroniylar sayohatlarini tashkil etishda Davlat
budjeti hisobidan imtiyozlar berildi. Ichki turizm rivojlanishi uchun yuqori
salohiyatga ega bo‘lgan Beruniy tumani Oltinsoy qishlog‘i, Buloqboshi tumani
Shirmonbuloq qishlog‘i Samarkand tumani Mirankul qishlog‘i kabi tumanlar va
shaharlar ro’yxati shakllantirildi. Mahalliy sayyohlarning ushbu ro’yxat asosida
eng maftunkor turizm maskanlariga sayohatlarini tashkil etish yo’lga qo’yildi.
2022-yilda ichki sayohat qiluvchilar soni 2017- yilga nisbatan 107,0 foizga
o‘sib, 11,3 mln nafarni tashkil qildi. 2022-yildagi ichki turistik sayohatlar soni
2021-yilga nisbatan 1,97 baraborga oshgan bo‘lsa, xalqaro turistik sayohatlar
soni 2,78 barobarga oshganligini ko‘rishimiz mumkin. Bu esa, xalqaro
turizmning o‘sish sur’atlari ichki turizmga nisbatan yuqori ekanligini anglatadi.
Shu bilan birga ichki turizm marketingi va reklama xizmatlari yetarli darajada
yo‘lga qo‘yilmagan va mahalliy aholi uchun O‘zbekistonning jozibador turistik
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
82
manzillari va sayohatlarni tashkil etuvchilar to‘g‘risida ma’lumot beruvchi
nashrlar yetarli emasligini ko’rsatdi.
Ushbu kamchiliklarni bartaraf etish uchun ichki turizm salohiyatini
oshirish borasida o’zgarishlar, zamonaviy talablarga mos onlayn platformalar
shakllantirilishi yo’lga qo’yib borilmoqda. 2022-yil 1-sentyabrdan boshlab
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari mahalliy sayyohlar uchun “O‘zbekiston
bo‘ylab sayohat qil!” dasturi doirasida respublika hududlari bo‘ylab ichki
sayohatlarni amalga oshirish xarajatlarining bir qismini qaytarish –“Cashback”
tartibi joriy etildi. 2022-yil 1-iyuldan boshlab “Turizm mahallasi”, “Turizm
qishlog‘i” yoki “Turizm ovuli” maqomi berilgan fuqarolar yig‘inlari hududlarida
mehmon uylari, ovqatlanish va savdo shoxobchalari, ko‘ngilochar joylar tashkil
etgan tadbirkorlar uchun 3 yil davomida soliq va ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz
miqdorida belgilandi.
3
Cashback joriy etish uchun respublika byudjetining
qo‘shimcha mablag‘laridan 2023 yil 1 yanvardan boshlab 30 mlrd so‘m berilishi,
mahalliy tadbirkorlar uchun soliq imtiyozlari qo’llanilishi biznes rivoji va
mahalliy sayyohlar uchun yengilliklar yaratdi.
Ichki turizm muammolari yillar davomida to’planishi asta-sekinlik bilan
islohotlar orqali o’z yechimini topib bormoqda. Jahon mamlakatlarining ichki
turizmni rivojlantirish tajribasidan foydalanish O’zbekistonda mahalliy turistlar
uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochishi mumkin. Ichki turizm yaxshiroq
rivojlangan mamlakatlar qatoriga quyidagilar kiradi:
1.Turkiyada oxirgi yillarda ichki turizm barqaror rivojlanmoqda. Turkiya
Statistika tashkiloti ma‘lumotlariga ko‘ra, Turkiyadagi mahalliy sayyohlar soni
2019-yilda o‘tgan yilga nisbatan 11,4 foiz ortib, jami 56,88 million kishiga yetdi.
Bu o’sishning sabablaridan biri hukumatning ― Turkiya turizm haftaligi, ―
“O’z yurtingni kashf et!” kabi kampaniyalar bilan ichki turizmni rivojlantirishga
qaratilgan harakatlaridir. Shuningdek, gastronomik turizm, madaniy turizm va
sarguzasht turizmi kabi turizm turlarining rivojlanishiga olib keldi.
2. Saudiya Arabistoni o’zining turizm sanoatini ham ichki, ham xalqaro
miqyosda rivojlantirishga katta sarmoya kiritmoqda. 2019-yilda mamlakat ichki
turizmni rivojlantirish va mamlakatning madaniy merosi, tabiiy diqqatga
sazovor joylari va zamonaviy ko’ngilochar takliflarini namoyish etishga
qaratilgan ― “Saudiya fasllari!” tashabbusini boshladi. Tashabbus yil davomida
mamlakatning turli hududlarida o'tkaziladigan turli tadbirlar va festivallarni o'z
ichiga oldi.
4
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
83
O’zbekiston boy madaniy merosi, tarixiy arxitekturasi va ajoyib tabiat
manzaralarga boy turizm salohiyatidan foydalangan holda, ichki turizm
rivojlangan davlatlar xususan, Turkiya va Saudiya Arabistoni turizm tajribasidan
o’rganish va turizm tizimiga tadbiq qilish dolzarb ahamiyatga ega.
Ichki turizm borasida qonunchiligimizda qabul qilingan yana bir muhim
qarorlardan biri Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-oktabrdagi 646-sonli
“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” ichki turizm yarmarkasini tashkil etish va
o‘tkazish tartibi to‘g‘risida” qarori va Nizomi hisoblanadi. Unga ko’ra, 2024-
yildan boshlab har yili ichki turizm yo‘nalishidagi turoperatorlarning
mahsulotlarini turistlarga taqdim qilish maqsadida “To‘rt faslning har birida
sayohat” turizm mavsumining ochilishi doirasida “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat
qil!” ichki turizm yarmarkasi tashkil etilish belgilandi. Hududiy ichki turizm
yarmarkasini har yili mart va avgust oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi,
viloyatlar va Toshkent shahrida o’tkazish to’g’risida qaror qabul qilindi.
5
Bu esa
o’z navbatida turoperatorlar, dam olish maskanlari, mehmonxonalar, transport
tashkilotlari va boshqa turdagi turizm xizmatlarini taqdim qiluvchi tadbirkorlik
subyektlari faoliyatini mahalliy sayyohlar o’rtasida targ’ibotini rivojlantiradi.
Xulosa
Yangi O’zbekiston ichki turizm sohasida so’nggi yillarda sezilarli rivojlanish
ko’rsatkichlarini namoyish etmoqda. Yurtimiz maftunkor manzillari ko'pligi
bilan haqiqatan ham sayohatchilarni o'ziga rom etish va ularning sayohatlarida
o'chmas iz qoldirish imkoniyatiga ega. Ichki turizm rivoji bir necha omillarga
bog’liq:
“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” ichki turizmni rivojlantirish dasturini
amalga oshirish ishlarini yanada takomillashtirish;
Davlat korxonalari, turizm tashkilotlari va mahalliy hamjamiyatlar uchun
infratuzilmaga sarmoya kiritish;
o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillarida O‘zbekistonning ichki turizm
imkoniyatlarini targ‘ib qiluvchi maxsus nashrlar tayyorlash va nashriyot
subyektlarda turizm burchaklarini tashkil etish choralarini ko‘rish;
raqamli platformalar va ijtimoiy tarmoqlar orqali O'zbekistonda sayohat
qilish imkoniyatlari haqida ma'lumot tarqatilishi orqali ichki turistlarni jalb
etish;
ichki turizm marketing strategiyasini takomillashtirish va transport
infratuzilmasi holatini yaxshilash;
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
84
chet el mamlakatlarining ichki turizmni isloh qilishi tajribasini o’rganish va
O’zbekistonga xorij tajribasini, yangi turizm turlarini tadbiq etish kabi
vazifalarni amalga oshirish lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-fevraldagi PQ 3514-
sonli “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”
gi qarori
2.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-oktabrdagi 646-sonli “O‘zbekiston
bo‘ylab sayohat qil!” ichki turizm yarmarkasini tashkil etish va o‘tkazish tartibi
to‘g‘risida” qarori va Nizomidan olingan
3.
M.R. Boltaboyev, I.S. Tuxliyev Turizm: nazariya va amaliyot darslik
Toshkent “Barkamol fayz media” nashriyoti 2018 yil 400 bet
4.
Daminov O. N. O‘zbekistonda ichki turizmni rivojlanish bosqichlari Journal
of Economy, Tourism and Service Vol. 3, No. 6, 2024 ISSN: 2181-435X 113
5.
Nurmatova S. Davronova O. A. O’zbekistonda ichki turizm rivojlanishdagi
mavjud bo’lgan muammolar va ularning yechimlariga berilgan takliflar maqola
2023-yil, dekabr. Maxsus son. Yashil iqtisodiyot va taraqqiyot ilmiy jurnal