ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
29
BADIIY ASARLARNI O ‘ZBEK TILIGA TARJIMA QILISH
XUSUSIYATLARI
Djalilova Nilufar Dilshodovna
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU, Chet tillar fakulteti
nilufar_dd@mail.ru
https://doi.org/10.5281/zenodo.15396547
Annotatsiya.
Mazkur tadqiqot badiiy asarlarni o‘zbek tiliga tarjima qilish jarayonining
o‘ziga xos xususiyatlari, tarjimon duch keladigan asosiy muammolar va ularni
hal etish yo‘llari tahliliga bag’ishlangan. Unda tarjimonlik san’atining nazariy va
amaliy jihatlarini, shu bilan birga, asliyatdagi frazeologik birliklarning tarjimada
berilishi yoritilgan.
Kalit so ‘zlar.
Badiiy tarjima, frazeologik birliklar, tarjima nazariyasi, badiiy mahorat,
adekvat tarjima.
O‘zbek tilida tarjima nazariyasi fani uzoq va sermazmun tarixiy
taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan fandir. Qadimgi zamonlardan boshlab, ayniqsa
fors va arab tillaridan ko‘plab asarlar tarjima qilingan bo‘lib, bu jarayon o‘zbek
tilining ilmiy va badiiy adabiyotlar bilan boyishida muhim ahamiyat kasb etgan.
Tarjima san’ati esa yillar davomida nafaqat shakllandi, balki o‘zgarib,
takomillashib, har bir davrning zamonaviy talablari bilan uyg‘unlashdi. XX asrga
kelib, tarjima nazariyasi yanada jiddiy ilmiy asosga ega bo‘lib, tarjimonlik va
tarjimashunoslik yo‘nalishida chuqur izlanishlar olib borildi. Tadqiqotlar
sonining ortishi bu sohaning alohida ilmiy tarmoq sifatida qaralishiga zamin
yaratdi.
Tarjima san’ati, o‘z navbatida, insoniyat madaniyatining taraqqiyotida
alohida o‘rin tutadi. Har bir tarjima – o‘z davrining ijtimoiy va madaniy
manzarasini aks ettiruvchi, til vositasida ifodalangan hodisadir.
O‘zbek tarjima nazariyasining rivojlanishi oddiy bir jarayon emas. U har bir
davrda turli yondashuvlar, uslublar, qarashlar va metodlar orqali boyib bordi.
Bu esa uni bugungi kunda ham dinamik, o‘zgaruvchan va ilmiy jihatdan dolzarb
sohalardan biriga aylantirdi.
Ingliz adabiyotining o‘zbek tiliga tarjima qilinishi XX asrning boshlaridan
boshlab faol rivojlanib kelmoqda. Dastlabki bosqichlarda bu tarjimalar asosan
mashhur klassik yozuvchilarning (Uilyam Shekspir, Charls Dikkens, Mark Tven)
asarlari bilan cheklangan bo‘lsa, keyinchalik ingliz adabiyotining janr jihatidan
xilma-xil namunalari, xususan, detektiv, fantastika, sarguzasht, tarixiy romanlar
ham tarjima qilina boshlandi. Bu jarayon o‘zbek kitobxonining badiiy
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
30
dunyoqarashini kengaytirishga, g‘arb adabiyoti bilan tanishuviga, hamda
tarjimonlar maktabining shakllanishiga xizmat qildi.
O ‘tgan asrda o‘zbek tiliga ingliz adabiyotidan qator muhim asarlar mahorat
bilan tarjima qilindi. Masalan, U. Shekspirning "Hamlet", "Otello", "Romeo va
Julietta" asarlarini Mirtemir, A.Qahhor va G. G‘ulom kabi yirik adiblar o‘zbek
tiliga olib kirganlar. Ch. Dikkensning "Oliver Tvist" asari Mirmuhsin tomonidan
o‘zbek kitobxoniga yetkazilgan. Shu bian birga, M. Tvenning "Tom Soyerning
sarguzashtlari" va "Geklberri Finn" kabi asarlari ham o‘zbek tiliga tarjima
qilingan bo‘lib, ularning tarjimonlari orasida O‘. Mirzayev, Yo‘. Solih kabi tajribali
adiblar bor. Bu tarjimalar ingliz adabiy merosining o‘zbek adabiy muhiti bilan
uyg‘unlashuvini ta’minlabgina qolmay, balki milliy tarjima maktabining
taraqqiyotiga ham xizmat qilgan.
Ushbu jarayonda T.M. Ridning "The Headless Horseman" asari muhim o‘rin
tutadi. Bu asar o‘zbek tiliga "Boshsiz chavandoz" nomi ostida tarjima qilingan.
Mazkur tarjima o‘zbek kitobxonini XIX asr Amerika janubidagi ijtimoiy
munosabatlar, turmush tarzi, tabiat manzaralari va hayajonli voqealarga boy
sarguzashtli hikoya bilan tanishtiradi. Tarjimon tomonidan matndagi xalqona
iboralar, frazeologik birliklar, xarakterlar nutqi, muallifning betakror uslubi iloji
boricha o‘zbek tilining badiiy imkoniyatlari asosida moslashtirilgan.
"Boshsiz chavandoz" asarining o‘zbek tiliga tarjimasi o‘zbek adabiy tarjima
maktabi uchun muhim tajriba bo‘lib xizmat qilgan. Asarda uchraydigan
murakkab iboralar, metaforalar va sarguzasht janriga xos bo‘lgan keskin
voqealar tarjimonning til sezgirligi va badiiy mahoratini namoyon qilgan.
Tarjimon asardagi frazeologik birliklarni aks ettirishda ba’zida to‘g‘ridan-to‘g‘ri
tarjimaga, ba’zida esa mos ifodalarni topishga harakat qilgan.
O‘zbek tilidagi tarjima asosan XX asrning ikkinchi yarmida amalga
oshirilgan. Bu tarjima o‘zbek tilining badiiy uslubiy imkoniyatlaridan
foydalangan holda asarning mazmun-mohiyatini keng qamrab olgan. Ammo
aynan frazeologik birliklarning tarjimasi – ba’zan so ‘zma-so ‘z, gohida
kontekstual, ba’zida esa funksional yondashuvlar orqali amalga oshirilgan. Bu
holat tarjimada adekvatlik va ekvivalentlik darajasini o‘rganishni taqozo etadi.
Asarning o‘zbek tiliga tarjima qilinishi, Amerika adabiyotining o‘ziga o‘zbek
madaniyati va tiliga mos ravishda o‘rganish va ifodalash zaruratidan kelib
chiqdi. Tarjimonlar o‘zbek tilida madaniy xususiyatlarni o‘zlashtirish,
Amerikaning janubiy mintaqasidagi xalq urf-odatlarini, tabiat tasvirlarini,
shuningdek, o‘sha davr ijtimoiy tizimini o‘zbek kitobxoni uchun tushunarli va
qiziqarli tarzda ifodalashga harakat qilishgan.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
31
O‘zbek tiliga tarjima qilish jarayonini o‘rganish bo‘yicha ham bir qator
ilmiy tadqiqotlar mavjud. S. A. Iskandarov, A. D. Shermuhamedov, R. A. Rajabov,
S. Muhammadjonov kabi olimlar o‘zbek tilidagi tarjimalarning tahlilini olib
borganlar. Ular, ayniqsa, asar matnining frazeologik va stilistik moslashuviga
e’tibor qaratganlar.
Tomas Mayn Ridning “Boshsiz chavandoz” asarini o‘zbek
tiliga tarjima qilishdagi
eng katta muammolar
quyidagilardan iborat:
lingvistik qiyinchiliklar. Asarda ishlatilgan murakkab til, jargon, idiomatik
iboralar va maxsus atamalarni o‘zbek tilida aynan ekvivalentini topish qiyin.
So‘zma-so‘z tarjima ma’noni yo‘qotishi yoki noaniqlik keltirib chiqarishi
mumkin;
madaniy tafovutlar va lingvakulturologik muammolar. Asarda aks etgan
AQSh, xususan Texas shtatining tarixiy, ijtimoiy va madaniy konteksti o‘zbek
o‘quvchisi uchun begona bo‘lishi, shuning uchun madaniyatga oid elementlarni
to‘g‘ri yetkazish, urf-odatlar va qadriyatlarni moslashtirish katta qiyinchilik
tug‘diradi;
badiiy matnning o‘ziga xosligi. Asarning badiiy ruhini, muallif uslubini va
syujetining o‘ziga xosligini saqlab qolish, tarjimada uning estetik va emotsional
ta’sirini yetkazish murakkabdir;
tarjima strategiyalarini tanlashdagi muammolar. So‘zma-so‘z tarjima
ko‘pincha asarning ma’nosini to‘liq yetkazolmaydi, shuning uchun tarjimon
dinamik ekvivalentlik va madaniyatga moslashtirish usullaridan oqilona
foydalanishi zarur.
Shu sababli, “Boshsiz chavandoz”ni o‘zbek tiliga tarjima qilishda tarjimon
nafaqat til bilimiga, balki madaniyatlararo muloqot va lingvakulturologiyaga oid
chuqur tushunchaga ega bo‘lishi, shuningdek, tarjima usullarini mahorat bilan
qo‘llashi lozim. Bu muammolarni yengib o‘tish asarning o‘zbek o‘quvchisi uchun
tushunarli va badiiy jihatdan boy tarjimasini yaratishga imkon beradi.
Asarda muallif badiiy-tasviriy vositalar, iboralardan unumli foydalanib,
ushbu til birliklari romanning ta’sirchanligi, hissiy-emotsional bo 'yoqdorligini
oshirishga xizmat qilgan. Asarni o ‘zbek tiliga tarjima qilishda tarjimonlar
mazkur xususiyatlarga e’tibor berishadi. Bu jarayonda tarjimon
frazeologizmning asl ma’nosi va obrazliligini saqlab qolishi shart, ammo so‘z
tartibi yoki lug‘aviy tarkibda farqlar bo‘lishi mumkin;tarjima jarayonida
frazeologik birliklarning til tuzilishini ko‘chirib olish emas, balki ularning
obrazini yetkazish muhimdir; ba’zan frazeologizmlarni antonimik usulda, ya’ni
salbiy ma’noni ijobiy yoki aksincha ifodalab tarjima qilish mumkin. Tarjima
qilinayotgan frazeologizmlar o‘zbek tilining uslubiy va lug‘aviy xususiyatlariga
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
32
mos kelishi lozim. Masalan, asardan inglizcha frazeologizmlar uchun o‘zbek
tilidagi ma’no jihatidan yaqin, obrazli muqobillar tanlanadi. Masalan:
"to promise wonders»
iborasi «oltin tog‘ni va’da qilmoq"
"East or west home is best"
iborasi «O‘z uying - o‘lan to‘shaging".
Badiiy asarlarni o‘zbek tiliga tarjima qilish bu nafaqat til bilimini, balki
ijodiy yondashuvni ham talab qiladigan murakkab jarayon hisoblanadi. Har bir
tarjima asari bu muallif va tarjimonning hamkorlik mevasidir. Tarjimon o‘z
ishida nafaqat matnni, balki uning ruhini ham o‘zbek o‘quvchisiga yetkaza olishi
zarur.
Adabiyotlar:
1.
Axmedova, M. (2019). Tarjima nazariyasi asoslari. Toshkent: O‘zbekiston
Milliy universiteti nashriyoti.
2.
Nasirova, Z. (2018). Lingvistik va madaniy moslashtirish tarjima
jarayonida. Toshkent: Fan va texnologiya.
3.
Qo‘chqorov, U. (2015). Badiiy tarjima san’ati va muammolari. Toshkent:
G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyt va san’at nashriyoti
4.
G‘aniev, S. (2007). Tarjima nazariyasi va amaliyoti. Toshkent: O‘zbekiston
davlat jahon tillari universiteti nashriyoti.
5.
Комиссаров В.Н. Теория перевода (лингвистические аспекты).
Москва: Высшая школа,1990.
6.
Baker, M. (1992). In Other Words: A Coursebook on Translation. London:
Routledge.
7.
Newmark, P. (1988). A Textbook of Translation. New York: Prentice Hall.