Авторы

  • Maxbuba Xalmuxamedova
    Chirchiq davlat pedagogika universiteti “Texnologik ta’lim” kafedrasi katta o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.cajar.126882

Ключевые слова:

Kompetentlik Kasbiy Kompetentlik Haq Xilvat Dar Anjuman Kalima Zikr Voqif Bо‘Lmoq Sо‘Fiy.

Аннотация

Maqolada Naqshbandiya Tariqatining O’n Bir Qoidasi Va Uni Talabalar Kasbiy Kompetentligini Takomillashtirishga Qo’llash Masalalari О‘Z Aksini Topgan.


background image

Page 38

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

SJIF = 5.441

Volume 3, Issue 6, Part 3 Iyun 2025

www.in-academy.uz

NAQSHBANDIYA TARIQATINING O’N BIR QOIDASI VA UNI

TALABALAR KASBIY KOMPETENTLIGINI

TAKOMILLASHTIRISHGA QO’LLASH

Xalmuxamedova Maxbuba Aslanovna

Chirchiq davlat pedagogika universiteti

“Texnologik ta’lim” kafedrasi katta o‘qituvchisi

e-mail: maxbuba.xalmuxamedova71@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15718894

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 10-Iyun 2025 yil
Ma’qullandi: 15-Iyun 2025 yil

Nashr qilindi: 23-Iyun 2025 yil

Maqolada Naqshbandiya Tariqatining O’n Bir Qoidasi Va
Uni

Talabalar

Kasbiy

Kompetentligini

Takomillashtirishga Qo’llash Masalalari О‘Z Aksini
Topgan.

KEYWORDS

Kompetentlik,

Kasbiy

Kompetentlik, Haq, Xilvat Dar
Anjuman, Kalima, Zikr, Voqif
Bо‘Lmoq, Sо‘Fiy.

Kasbiy kompetentlikni shakllantirishning zamonaviy metodik tamoyillaridan biri — har

bir bilim, ko‘nikma va faoliyatni muayyan qadriyatlar bilan uyg‘unlashtirishdan iborat. Shu
asosda Naqshbandiya taʼlimotida ilgari surilgan qadriyatlar zamonaviy pedagogik amaliyotda
kompetent pedagog shaxsni yetishtirish uchun metodik asos sifatida xizmat qiladi.

Naqshbandiya tariqati vositasida oliy ta’lim muassasalari talabalarining kasbiy

kompetentligini takomillashtirishni eng avvalo uning qoidalari ya’ni rashhalarini о‘rganishdan
boshlanadi. Bu rashhalarning sakkiztasi Bahouddin Naqshbandning uvaysiy ustozi sanalmish
Abduholiq G‘ijduvoniy hazratlari tomondan va uchtasi Bahouddin Naqshband tomonidan
yaratilgandir. Ushbu qoidalarni hozirgi kunga tatbiq etish va talabalarning kasbiy
kompetentligini oshirish sifatida metodologik tahlil qilish orqali kо‘rib chiqish joizdir.
G‘ijduvoniy va Bahouddin Naqshband hazratlari о‘n bir rashhada lо‘nda ifodalangan ta’limotni
yaratganlar.

1. «Hush dar dam» (Ogohlik).

Hush sо‘z aql-hush, hushyorlik ma’nolarini, dam esa

nafas ma’nosini bildiradi. Bu shiordan xar bir olingan va chiqarilgan nafasda xushyor bо‘lish,
Allohni esdan chiqarmaslik ma’nosi о‘z aksini topgan. Ya’ni sufi har nafasida Allohni yod etib
turishi lozim. “Unga amal qilish natijasida har bir inson о‘z hayoti davomida nuqsonlardan
holi bо‘ladi, yuksak axloq sifatlarini о‘ziga singdiradi. Uning ichki dunyosi esa, g‘aflatdan holi
bо‘lib, mukammallashadi.”

Bu qoidani bо‘lg‘usi talabalarimizning kasbiy kompetentligini oshirishga qaratar

ekanmiz, har doim xushyor bо‘lib g‘aflatda qolmaslikni, о‘z kasbiy yеtuklik darajasini
oshirishda har bir bajarayotgan ishini mukammal о‘ylab bajarishni talab etadi. Shuningdek
kelajakda о‘quvchilar bilan ishlaganda ham xamisha e’tiborli bо‘lish, har daqiqada ularni
nazardan qochirmaslikni, ogoh bо‘lishni anglatadi. Nafasga xushyor bо‘lmoq insonni о‘zligini
tanishga olib keladigan eshikning kalitidir. О‘zligini anglamagan inson-о‘zgalarni ham tushuna
olmaydi.


background image

Page 39

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

SJIF = 5.441

Volume 3, Issue 6, Part 3 Iyun 2025

www.in-academy.uz

2. «Nazar bar qadam» (Xushyorlik).

Qadamga nazar solish qoidasi kishining

hayotida qо‘yadigan har bir qadami nazorat ostiga olinmoqligini ta’kidlaydi. Bu qoida о‘zlikni
tanishga, idora etishga qaratilgandir. Bunda inson har bir qо‘yilgan qadamini, har bir sо‘zini
va fe’li-xayolini nazorat qilib turmog‘i kerak. Insonning о‘z-о‘zini nazorat qilishi esa uni
komillika, Haqqa yеtaklaydi. “Nazar bar qadam” uldirki, soliqqqa yurganda va kelgonda
shaharu sahroda va barcha yеrda nazari pо‘shti poyida bо‘lsun, tokim oning nazari parokanda
bо‘lmasun va durust ermas joyga tushmasun”.

Bu qoidaga amal qilgan bо‘lg‘usi pedagog о‘z kasbiy faoliyati davomida о‘zini doimo

nazorat qiladi, о‘ylamasdan harakat qilmaydi, har bir bajargan ishi, gapirgan gapi, chiqargan
qarorini, qadamini о‘ylab bosadi. Bu hozirgi kunda pedagoglar uchun juda kerakli bо‘lgan
hislatlardan biridir. Zero pedagog о‘z ma’naviyati orqali о‘quvchilarga namuna bо‘lishi lozim,
qadami nojoiz bо‘lmasligi kerak. О‘zini nazorat qilgan insongina komillikka erishmog‘i
mumkin.

3. «Safar dar vatan»

(Harakatchanlik).

Vatanga safar qilish bu shiorda har odamda

asliga va Haqqa safar qilish ma’nosi ilgari surilgan, ya’ni har qadamda asl maqsadga — Haq
tomonga yurish. “Safar dar vatan” ul tururkim, solik tabiati bashariyda safar qilur, ya’ni sifati
bashariydin sifati malakiyga va safoti zamimadin sifoti hamidaga intiqol etar” Inson tirik
ekan uning hayot yо‘li safardan iboratdir. Bu safar yurish ma’nosida ham, Haqni tanish
ma’nosida ham yuritiladi. Zero talaba о‘z ustida tinimsiz ishlashi va komillik darajasiga yеtishi
uchun tinmay izlanadi. Haqni tanish bо‘lg‘usi pedagog uchun bilimning yuqori darajasiga
yеtishi va kasbiy kompetentlikka erishish uchun doimiy harakatda bо‘lishni bildiradi.

«Safar

dar vatan» qoidasi, ichki chuqur ruhiy harakat bо‘lib, unda inson о‘z ichki olamida safar qiladi
va bu harakat davomida inson о‘zini anglay boshlaydi.

4. «Xilvat dar anjuman». (Jamiyatparvarlik)

“Oydilarkim, “xilvat dar anjuman”

bazohir boxalq va babotin bohaq. …oydilarkim, nisbati botiniy bu tariqada ondog‘
tushubdurkim, dilning jam’iyati maloda va suvrati tafriqa kо‘broq ondin tururkim xilvatda”.

Shayx Sayyid Abdulqodir Giyloniy hazratlari shunday deb yozadi: ”Xilvat ham, uzlat ham

ikki shaklda kо‘riladi: zohiriy va botiniy.

Xilvat holining zohirdagi ma’nosi shuki, inson (о‘z) nafsini о‘rgangan narsalaridan ayirib,

ma’naviy tuyg‘ularning ochilishiga yо‘l beradi; о‘rinsiz fe’llari bilan xalqqa aziyat
yetkazmasligi uchun о‘zini chekka bir joyga olib, odamlardan uzoqlashadi”

Uning oddiy ifodasi jamoa ichida yakkalik yolg‘izlik demakdir. Hazratdan

«tariqatingizning asosi nimadan iborat?», deb sо‘raganlarida, "Xilvat dar anjuman ba zohir bo
xalq va ba botin bo Haq",-deb javob berganlar. Bu jumla «xilvat dar anjuman»ning mantiqiy
arhidir. Xalq orasida Haq bilan birga bо‘lish, ya’ni sо‘fiyning dunyoviy ish bilan mashg‘ul
bо‘lishiga qaramay, el qatori bir inson sifatida yashashi, shu orqali ma’naviy holini
atrofidagilardan maxfiy tutishini bildiruvchi bu qoida naqshbandiya tariqatining shioridir.”

Jamoada, insonlar orasida bо‘lsada yuragida, qalbida hamisha Allohga bо‘lgan

muhabbati bо‘lmog‘i lozimdir. Hozirgi kunda bu qoidani talabalarga ham qо‘llash joizdir. Zero
talaba doimo о‘z ustida ishlamog‘i о‘zining ishida yuksak darajaga erishishi uchun tinmay
о‘qishi, о‘rganishi kerak. His tuyg‘ularini kо‘rsatmasdan omma orasida ham о‘z ichki
kechinmalarini jilovlay olishi va kelajakda ustoz bо‘lganda ham о‘z muammolarini
о‘quvchilarga kо‘rsatmasligi lozimdir.


background image

Page 40

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

SJIF = 5.441

Volume 3, Issue 6, Part 3 Iyun 2025

www.in-academy.uz

5. «Yodkard» (Onglilik).

Yod et. “yodkard” deb ataladi va til yoki dil zikri bilan bog‘liq

masaladir. “Zikrdin maqsad uldirkim, kо‘ngil hamisha muhabbat va ta’zim vaz’i bila Haq
subhonahu va ta’ologa ogoh bо‘lsun”. Bu shiorda nafasini tutib turib til va dil bilan birdaniga
tavxid zikrini qilish kо‘zda tutilgan. Zikrni faqatgina tilida emas, balki qalbi bilan aytish va
buni nafas olmasdan qaytarish lozimligidir. Bо‘lg‘usi pedagoglar ham ustozlaridan olgan
bilimlarni qunt bilan egallab, bu ishga chin kо‘ngildan ixlos bilan qarashlari, qiyinchiliklarni
sabr va bardosh bilan yеngishlari lozimdir. Bu ularni albatta kelajakda о‘z kasbining yеtuk
mutaxassisi bо‘lishiga olib keladi.

6.«Bozgasht» (Malakalilik).

Sо‘ngra о‘t. Buning ma’nosi inson umrining foniyligi,

undan albatta boqiy dunyoga qaytajakligi ta’kidlanadi. Bu shiorda maqsad va matlab faqatgina
Allohning rizosi bо‘lishi kо‘zda tutilgan. Bunda solix zikr qilib bо‘lgach “Iloxi anta maqsudi va
rizoka maqsudi” deydi va buning ma’nosini о‘ylaydi. Buning ma’nosi esa Iloxim, Sen
maqsudimsan va roziliging matlubimdir, deganidir.

“…bu kalimai bozgasht nafiy etguvchidirhar xovotirenikim, yaxshi va yamondin kelur, to

aning zikri xolis bо‘lsun va oning sirri mosuvodin forig‘ oylanur. Va agar mubtadiy badoyati
zikri kalimai bozgashtda о‘zidin sidq mavjud topmasa, kerakkim, oni tark etmasun, oning
uchunkim, daraja-badaraja sidqning asarlari zohir bо‘lur”[137].

Talabalarga diniy bilimlarni berishning asosi ham ularni hayoti davomida tо‘g‘ri

yashashi, gunohdan tiyilishi, naqshbandiya tariqatining asosi bо‘lgan poklik, xaromdan hazar
qilish kabi hislatlarni rivojlantirish demakdir.

7

.

«Nigohdosht» (Diqqatlilik). K

ishi о‘zini har qanday shaytoniy yomon yо‘llardan pok

saqlashi kerakligini uqtirishdir. Nigoh sol. Bu shiorda qalbni xavotirdan saqlash kо‘zda
tutilgan. Bu orqali qalbga Allohning muxabbatidan boshqa narsa kerak emasligi.

“Bu rashha haqida Sa’dudin Koshg‘ariy shunday deb yozadi:”…bu kalimaning ma’nosida

aytadiki, bir soat, ikki soat yoki undan kо‘p vaqt, imkoni boricha, о‘zini xayolu fikrlardan
asrasin, shundan sо‘nggina boshqa narsa haqida fikrlasin”.

Xayol inson diqqatini har tomonga chalg‘itadi. Inson fikrini keraksiz hayollar bilan

buzmasligi va barcha о‘y-hayollarini yomon fikrlaridan holi qilishga qaratishi kerakdir.
Bо‘lg‘usi pedagoglar barcha о‘y-hayollarini asosiy vazifa о‘z bilim va kо‘nikmalarini
rivojlantirishga qaratishi lozim, ma’nan о‘sib kamolga yеtishi, hamda tashqi muhitning
keraksiz ta’sirlaridan о‘zini ehtiyot qilishi kerak.

8. «Yoddosht» (Izchillik).

Yodga ol. Bu shiorda har lahzada Alloh taoloni yodda tutish

zarur. Haq subhanahu va taoloni doimo zavqu-shavq bilan yodda (xotirada) tutib, ogoh
bо‘lishdir. Bu inson о‘z diqqatini boshqara boshlaganini kо‘rsatadigan muhim psixologik
holat. Ushbu hislatlar talabalarda diqqatini boshqara olish va bor kuchini kasbiy faoliyatini
rivojlantirishga qaratishi kerakligini anglatadi.

Ma’lumki, naqshbandiya tariqatida Bahouddin Naqshbandning о‘zlari asos solgan

rashhalar alohida ahamiyat kasb etadi. Ular uchta bо‘lib,tariqatning 9,10,11-rashhalaridir:

9. «Vuqufi zamoniy» (Zamonaviylik).

Zamondan voqif bо‘lmoq. Bu shiorda solih о‘zi

yashagan zamonni bilmog‘i va undan unumli foydalanmog‘i kо‘zda tutilgan. Buning ma’nosi
sо‘fiy о‘z umridagi har bir daqiqani, soniyani Allohga shukr aytish bilan va uning bandalariga
faqat yaxshilik qilish bilan о‘tkazmoqlikni bildiradi. “…vuqufi zamonikim, yо‘l
yurguvchilarning korguzorandasi turur, ul tururkim, banda о‘z ahvolig‘a voqif bо‘lsunkim, har


background image

Page 41

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

SJIF = 5.441

Volume 3, Issue 6, Part 3 Iyun 2025

www.in-academy.uz

zamonda oning sifati va holi ne turur: mujibi shukr tururmu yo mujibi uzr (Bahouddin
Naqshband)”.

Hozirgi kunda talabalar ushbu qoidaga amal qilib zamon bilan xamnafas bо‘lishi va fan-

texnika yangiliklaridan, texnologiyalardan foydalana olishi hamda ushbu bilimlarini kasbiy
faoliyatlarida qо‘llay olishi kerakligini kо‘rsatadi. Zamonlar о‘zgaradi va har bir zamonda
asosan insonni о‘zi о‘zgaradi, uning dunyoqarashi о‘zgaradi, lekin fundamental g‘oyalar
hamisha barhayot bо‘lib qoladi.

10. «Vuqufi adadiy» (Uzviylik)

- Adaddan voqif bо‘lmoq. Bu shiorda sufiy zikr qilishda

unda talaffuz qilinadigan lafzlarning adadiga alohida e’tibor berish kо‘zda tutilgan Adaddan
voqif bо‘lmoq. Buning ma’nosi zikr jarayonida tartib, son alohida о‘rin tutishligini qayd
etishdan iborat. «..ul zikrda adadni rioya etmakdin iboratdur». Muqaddas duolarni,
kalimalarni zikr qilinishini bilish va unga rioya qilish kerakligini uqtiradi. Bо‘lajak pedagoglar
bilim olganda tartib bilan har bir olgan bilimlarni eng boshidan chuqur о‘rganmoqliklari,
soddadan murakkabiga tomon qunt bilan bilimlarni о‘zlashtirishlari maqsadga muvofiqdir.

11. «Vuqufi qalbiy» (Qalbi poklik) -

Qalbdan voqif bо‘lmoq. Bu shiorda qalbni

Allohning zikri, fikri va amri ila mashg‘ul qilmoq haqida sо‘z boradi.

Naqshbandiya tariqatida zikr mahfiy bо‘ladi, ovoz chiqarilmaydi va buning ma’nosi

sо‘fiyning zikri qalban bо‘lmog‘i zarurligini ifodalaydi. Bahouddin Naqshband hazratlari
shunday deb yozadi:”…nafy (inkor) paytida bashariyat vujudi unitiladi, isbot paytida esa
Ilohiyat jazabasidan hosil bо‘lgan tasarruflar ta’siri yorqin his etiladi”.

Bо‘lg‘usi pedagoglar olayotgan bilimlari, bajarayotgan ishlarini qalban his etish va chin

dildan bajarish, bu ishga bor kuch va g‘ayratlarini qaratmog‘i bu qoidani albatta hayotga
tatbiq etish lozimligini kо‘rsatadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Shayx Sayyid Abdulqodir Giyloniy. “Sirrul-asror”, “Maktubot”/ Tarjimon, sо‘zboshi va lug‘at-
izohlar muallifi Otabek Jо‘raboyev. – T.: “Movarounnahr” nashriyoti, 2005 yil. – 226 bet. – 125-
bet.
2.A.Abdullayev “Tasavvuf va uning namoyondalari” Ilmiy ommabop risola. www. ziyouz.com
kutubxonasi. 67-68 bb
3.Rashahotu aynil-hayot (“Obihayot tomchilari”): tarixiy-ma’rifiy asar.- T.: Abu Ali ibn Sino
nomidagi tibbiyot nashriyoti, 2004.
4.Qilicheva K.Y. Oliy ta’lim tizimida tasavvuf ta’limoti vositasida talabalar ma’naviyatini
shakllantirish. P.f.dokt. diss… – Toshkent: 2009.
5.Xalmuxamedova M. A. Naqshbandiya tariqatida kasb-hunar egallashga da’vat/ Academic
Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021 ISSN: pp. 2181-1385
6.Naqshbandiya tariqati vositasida texnologik ta’lim yo‘nalishi talabalarining kasbiy
kompetentligini takomillashtirish. Monografiya. – T.: «MALIK PRINT CO», 2022. UDK: 373:
159.9 KBK: 74.00 ISBN 978¬9943¬7922¬2¬7 (28.01.2022. TVCHDPI № 10-buyrug‘i sonli )

Библиографические ссылки

Shayx Sayyid Abdulqodir Giyloniy. “Sirrul-asror”, “Maktubot”/ Tarjimon, sо‘zboshi va lug‘at-izohlar muallifi Otabek Jо‘raboyev. – T.: “Movarounnahr” nashriyoti, 2005 yil. – 226 bet. – 125-bet.

A.Abdullayev “Tasavvuf va uning namoyondalari” Ilmiy ommabop risola. www. ziyouz.com kutubxonasi. 67-68 bb

Rashahotu aynil-hayot (“Obihayot tomchilari”): tarixiy-ma’rifiy asar.- T.: Abu Ali ibn Sino nomidagi tibbiyot nashriyoti, 2004.

Qilicheva K.Y. Oliy ta’lim tizimida tasavvuf ta’limoti vositasida talabalar ma’naviyatini shakllantirish. P.f.dokt. diss… – Toshkent: 2009.

Xalmuxamedova M. A. Naqshbandiya tariqatida kasb-hunar egallashga da’vat/ Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021 ISSN: pp. 2181-1385

Naqshbandiya tariqati vositasida texnologik ta’lim yo‘nalishi talabalarining kasbiy kompetentligini takomillashtirish. Monografiya. – T.: «MALIK PRINT CO», 2022. UDK: 373: 159.9 KBK: 74.00 ISBN 978¬9943¬7922¬2¬7 (28.01.2022. TVCHDPI № 10-buyrug‘i sonli )