Page 36
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
Volume 3, Issue 6, Part 3 Iyun 2025
www.in-academy.uz
BOSHLANG ‘ICH SINFDA KITOBXONLIK FAOLIYATIGA
ZAMONAVIY YONDASHUV.
Qalandarova Xonzoda Jo ‘rabek qizi
Urganch davlat pedagogika instituti
``Boshlang ‘ich ta ‘lim fakulteti``
224-guruh III-bosqich talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15710675
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 10-Iyun 2025 yil
Ma’qullandi: 14-Iyun 2025 yil
Nashr qilindi: 21-Iyun 2025 yil
Maqolada ta’lim jarayonida interaktiv metodlar,
innovatsion texnalogiyalar, pedagogik va axborot
texnalogiyalar, ya’ni o‘quv jarayonida qo‘llashga bo‘lgan
qiziqish; e’tibor kundan- kunga kuchayishi va bunday
bo‘lishining
sabablari
berilgan.
Zamonaviy
texnalogiyalarni o‘quvchilarning o ‘zlari bilimlariga
tayangan holda topishi, mustaqil o ‘rganib tahlil
qilishlariga, hatto xulosalarni ham o ‘zlari keltirib
chiqarishlariga o‘rgatish va kitobxonlik faoliyatini
yanada oshirish.
KEYWORDS
interektiv metodlar,zamonaviy
badiiy kitoblar, o ‘quv jarayoni,
ta ‘lim tizimi,o ‘quvchilarni
rivojlanishi shakillanishi,bilim
olish, tarbiyalash,kutibxonalar.
Kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish-buyuk maqsadlarimizga erishishning muhim
kafolatidir. Shavkat Mirziyoyev
Boshlang ‘ich sinflarda kitobxonlik faoliyatiga zamonaviy yondashish usullari
bolalarning kitob o ‘qishga bo ‘lgan qiziqishini oshirish va ularga yanada interaktiv va qiziqarli
tajriba yaratishga yordam beradi. Masalan quyidagi zamonaviy yondashuvlarni aytsak:
1.
Raqamli kitoblar:
Bolalar uchun raqamli kitoblar va electron o‘quv
qurilmalardan foydalanish kitob o ‘qishni qiziqarli va interaktiv qiladi. Bolalar ekran orqali
o‘qishdan zavq olishadi va bu texnalogiyalar ular uchun yanada qiziqarli bo‘ladi.
2.
Audiokitoblar:
O ‘qish qiyin bo ‘lgan bolalar uchun audiokitoblar ajoyib vosita
hisoblanadi. Bu orqali ular hikoyalarni tinglab, ularni tushinish va kitoblarga qiziqishlarini
oshirishlari mumkin.
3.
Interaktiv dasturlar:
O ‘quvchilarga kitoblarni o ‘qish va tushinishga yordam
beradigan turli dasturlar mavjud. Bu dasturlar orqali bolalar kitoblar haqida o ‘ylash va javob
berish imkoniyatiga ega bo ‘ladilar.
4.
Vertual haqiqat va kengaytirilgan haqiqat:
VR va AR texnalogiyalari
kitobxonlikni yangi darajaga olib chiqishi mumkin. Bolalar kitoblar ichiga kirib, voqealarni
jonli ravishda boshdan kechirishi mumkin.
5.
Onlayn kutibxonalar:
Onlayn kutubxonalar bolalarga ko ‘plab kitoblarga
osongina kirishi imkoniyatini beradi va ular bu yerda barcha kitoblarni topishlari mumkin bo
‘ladi. Bu orqali ular ko ‘proq kitoblar o ‘qishlari va bilimlarini kengaytirishlari mumkin.
6.
Ijodiy yozish:
Bolalarga o ‘z hiklyalarini yozish imkoniyatini berish, ularni kitob
o ‘qishga bo ‘lgan qiziqishini oshirishga yordam beradi. Ular o ‘qigan kitoblaridan ilhomlanib,
o ‘z hikoyalarini yaratishadi.
Page 37
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
Volume 3, Issue 6, Part 3 Iyun 2025
www.in-academy.uz
Bu zamonaviy yondashuvlar yordamida bolalarning kitobxonlik faoliyatini oshirish ,
ularning o ‘qish qobiliyatlarini rivojlantirish va ilm-fanga bo ‘lgan qiziqishlarini yanada
kuchaytirishga yordam beradi.
7.Gamifikatsiya:
Bolalarning o ‘qish jarayonini qiziqarli qilish uchun gamifikatsiya
ulullaridan foydalanish mumkin. Masalan, kitob o ‘qish uchun ballar berish, o ‘qilgan kitoblar
uchun mukofotlar yoki sertifikatlar taqdim etish bolalar uchun motivatsiya yaratadi.
Tadqiqot Natijalar Va Muhokama
Kitobxonni shakllantiruvchi pedagog uchun va mustaqil o'qish san'atini o'rganuvchi
o'quvchilar uchun kitob qanday asosiy ma'noga ega? Mazkur savolni hal etish uchun biz
kitobning ijtimoiy ahamiyati nuqtai nazaridan uning ta'riflariga murojaat etdik. Bunday
ixcham ta'riflardan biri A.Gersen keltiradi: "...yozma ifodalangan va umumiy foydalanishga
taqdim etilgan tajriba bu kitobdir".Bunday ta'riflarni biz yana kitobga e'tiborlarini qaratgan
o'tmish va hozirgi zamonning boshqa ko'pgina buyuk allomalarining ta'riflarida uchratamiz:
"suhbatdosh", "ustoz", "mash'ala", "o'qituvchi", "do'st", "bebaho meros", "inson orqali
ko'rinadigan olam", "xalqlar tarixi", "o'tmish tajribasi", "inson aqlining merosi", "fikr kemasi",
"inson kashf etgan buyuk mo'jiza" -bu va shu kabi bolalikdan o'zlashtirilgan tasavvurlar
kitobni kashf etgan inson uchun g'urur hissini uyg'otadi, kitob oldida biz uchun zarur bo'lgan
va insoniyat tomonidan to'plangan tajribani saqlash joyi va yetkazish vositasi sifatidagi
predmet oldida kabi e'zozlash hissini tug'diradi.
Xulosa
Boshlang ‘ich sinfda bolalarga kitobga bo ‘lgan qiziqishini oshirishda turli metodlardan
va zamonaviy texnalogiyalardan foydalanilsa bu kitobxonlik faoliyatini yanada oshiradi va
hozirda o ‘sib kelayotgan yosh avlodga ham zamon bilan hamnafas bo ‘lishni ham
ananalarimiz va milliyligimizni birgalikda olib borishni o ‘rgatadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Mirziyayev SH.M. Erkin va farovon, demokratik O ‘zbekiston davlatini birgalikda barpo
etamiz.-Toshkent.:O ‘zbekiston.2016