Authors

  • Ubaydullohon Shodmonov
    ISFT (International school of finance technology and science) instituti Fundamental iqtisodiy fanlar kafedrasi katta oʻqituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.cajar.126787

Keywords:

Ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlari voyaga yetmaganlar qarovsiz bolalar profilaktik tadbirlar huquqiy asoslar o‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasi jinoyatchilikning oldini olish ijtimoiy reabilitatsiya jamoatchilik nazorati monitoring mexanizmlari.

Abstract

Maqola O‘zbekiston Respublikasida voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlari faoliyatini tartibga solishning huquqiy asoslari va amaliy mexanizmlarini tahlil qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 3 avgustdagi 490-son qarori asosida tashkil etilgan 14 ta markazning faoliyati, ular tomonidan 3 131 nafar voyaga yetmaganlarga ko‘rsatilgan yordam va natijalari ko‘rib chiqiladi. Markazlarning asosiy vazifalari, jumladan, qarovsiz bolalarni aniqlash, ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish, reabilitatsiya va profilaktik tadbirlar tashkil etish kabi yo‘nalishlar tahlil etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-263-son va “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-371-son qonunlari markazlar faoliyatining huquqiy asoslari sifatida keltiriladi. 2022 yilda voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning 6,3 foizga o‘sishi profilaktik tadbirlarning yetarli emasligini ko‘rsatadi. Maqolada markazlar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar, jumladan, huquqiy mexanizmlarni mustahkamlash, monitoring tizimini joriy etish, jamoatchilik nazoratini kengaytirish va onlayn kuzatuv tizimini yaratish kabi chora-tadbirlar keltiriladi. Maqola voyaga yetmaganlar huquqlarini himoya qilish va ularni ijtimoiy hayotga moslashtirishda markazlarning rolini oshirishga qaratilgan.


background image

Page 72

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 05, Part 3 May 2025

www.in-academy.uz

VOYAGA YETMAGANLARGA IJTIMOIY-HUQUQIY YORDAM

KO‘RSATISH MARKAZI FAOLIYATINI TARTIBGA SOLISH

TARTIB-TAOMILLARI

Shodmonov Ubaydullohon To‘raho‘jayevich

ISFT (International school of finance technology and science) instituti

Fundamental iqtisodiy fanlar kafedrasi katta oʻqituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15475607

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 10-May 2025 yil
Ma’qullandi: 15- May 2025 yil

Nashr qilindi: 20-May 2025 yil

Maqola

O‘zbekiston

Respublikasida

voyaga

yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish
markazlari faoliyatini tartibga solishning huquqiy
asoslari va amaliy mexanizmlarini tahlil qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021
yil 3 avgustdagi 490-son qarori asosida tashkil etilgan 14
ta markazning faoliyati, ular tomonidan 3 131 nafar
voyaga yetmaganlarga ko‘rsatilgan yordam va natijalari
ko‘rib chiqiladi. Markazlarning asosiy vazifalari,
jumladan, qarovsiz bolalarni aniqlash, ijtimoiy-huquqiy
yordam ko‘rsatish, reabilitatsiya va profilaktik tadbirlar
tashkil etish kabi yo‘nalishlar tahlil etiladi. O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi, “Voyaga yetmaganlar
o‘rtasida

nazoratsizlik

va

huquqbuzarliklarning

profilaktikasi

to‘g‘risida”gi

O‘RQ-263-son

va

“Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-371-
son qonunlari markazlar faoliyatining huquqiy asoslari
sifatida keltiriladi. 2022 yilda voyaga yetmaganlar
tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning 6,3 foizga o‘sishi
profilaktik tadbirlarning yetarli emasligini ko‘rsatadi.
Maqolada markazlar faoliyatini takomillashtirish
bo‘yicha takliflar, jumladan, huquqiy mexanizmlarni
mustahkamlash, monitoring tizimini joriy etish,
jamoatchilik nazoratini kengaytirish va onlayn kuzatuv
tizimini yaratish kabi chora-tadbirlar keltiriladi. Maqola
voyaga yetmaganlar huquqlarini himoya qilish va ularni
ijtimoiy hayotga moslashtirishda markazlarning rolini
oshirishga qaratilgan.

KEYWORDS

Ijtimoiy-huquqiy

yordam

ko‘rsatish markazlari, voyaga
yetmaganlar, qarovsiz bolalar,
profilaktik tadbirlar, huquqiy
asoslar,

o‘zbekiston

respublikasi

konstitutsiyasi,

jinoyatchilikning oldini olish,
ijtimoiy

reabilitatsiya,

jamoatchilik

nazorati,

monitoring mexanizmlari.

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 3 avgustdagi

“Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatishni yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi 490-son qarori bilan ota-ona yoki ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxslar
nazoratisiz va qarovisiz qolgan, ijtimoiy jihatdan xavfli ahvoldagi oilalarda yashayotgan,
davlat va jamoatchilik yordamiga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmaganlar (keyingi o‘rinlarda —


background image

Page 73

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 05, Part 3 May 2025

www.in-academy.uz

qarovsiz bolalar) bilan ishlash bo‘yicha faoliyatni samarali tashkil etish, shuningdek, voyaga
yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlari tashkil etildi.

Ushbu markazlar jami Respublikamizda 14 ta xiosblanib ushbu markazlarda 3131 ta

voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatildi. Shuningdek, ushbu voyaga
yetmaganlarni markaz tomonidan 2997 tasi ota-onasi yoki o‘rnini bosuvchi shaxslarga, 44tasi
Respublika o‘g‘il va qiz bolalar O‘TMga, 34tasi ixtsosolashtirilgan o‘quv ta’lim muassasalariga,
29tasi mehribonlik uylar va oilaviy bolalar uyiga, 28tasi vasiylik va homiylik
organlariga topshirilgan.

Ushbu qaror bilan Markazlar faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilan:
qarovsiz bolalarning shaxsini aniqlash, ularning o‘qishi va xulq-atvorini, oilasidagi

muhitni hamda qarovsiz qolishiga sabab bo‘lgan omillarni to‘liq o‘rganish;

qarovsiz bolalarning ijtimoiy-huquqiy holatiga baho berish va tibbiy tekshiruvdan

o‘tkazish natijasiga ko‘ra ularni ota-onasiga topshirish yoki tegishli ixtisoslashtirilgan ta’lim,
ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya, bolalar yoki sog‘liqni saqlash muassasalariga
joylashtirilishini tashkil etish;

qarovsiz bolalarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish, shu jumladan, ularni oziq-ovqat,

birlamchi kiyim-kechak va ashyoviy ta’minot buyumlari bilan ta’minlash, vaqtincha saqlash va
kasb-hunarga o‘rgatish tadbirlarini tashkil etish.

Ushbu markaz faoliyatiga ehtiyoj sifatida profilaktika inspektorlari, mahalla faollari

hamda ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda yetarli profilaktik tadbirlar tashkil etilmaganligi
oqibatida 2022 yilning 12 oyida voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar 2 404
tani (2 404/2 262) tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 142 taga yoki 6,3 foizga
oshgan.

Shuningdek, ushbu markazni tashkil etilishiga huquiy asos sifatida O‘zbekiston

Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan 77-moddasida

“ota-onalar va ularning o‘rnini

bosuvchi shaxslar o‘z farzandlarini voyaga yetguniga qadar boqishi, ularning tarbiyasi, ta’lim
olishi, sog‘lom, to‘laqonli va har tomonlama kamol topishi xususida g‘amxo‘rlik qilishga
majburdirlar. Davlat va jamiyat yetim bolalarni hamda ota-onasining vasiyligidan mahrum
bo‘lgan bolalarni boqishni, tarbiyalashni, ularning ta’lim olishini, sog‘lom, to‘laqonli va har
tomonlama kamol topishini ta’minlaydi, shu maqsadda xayriya faoliyatini rag‘batlantiradi”

deb

ta’kidlangan.

Ushbu jumlada davlatga

voyaga yetmaganlarni boqishni, tarbiyalashni, ularning ta’lim

olishini, sog‘lom, to‘laqonli va har tomonlama kamol topishini ta’minlash

vazifasi yuklatilgan.

Shu bois ushbu markazni tashkil etishga ehtiyoj tug‘ilgan.

Bundan tashqari qomusimizning 79-moddasida

“davlat yoshlarning intellektual, ijodiy,

jismoniy va axloqiy jihatdan shakllanishi hamda rivojlanishi uchun, ularning ta’lim olishga,
sog‘lig‘ini saqlashga, uy-joyga, ishga joylashishga, bandlik va dam olishga bo‘lgan huquqlarini
amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi” deb ta’kidlanishi, ushbu ishlarni negizida

ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazining asosiy vazifalari belgilangan bo‘lib,
bular quyidagilar:

ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy, tibbiy-

pedagogik yordam ko‘rsatish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;


background image

Page 74

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 05, Part 3 May 2025

www.in-academy.uz

bolalarning yoshiga xos bo‘lgan psixofiziologik moyilliklari, qobiliyatlari, qiziqishlari,

bolalar hayoti va sog‘lig‘ini saqlash talablariga muvofiq tarzda voyaga yetmaganlarning
ijtimoiy moslashuvi va reabilitatsiyasi bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;

voyaga yetmaganlarda qonunga itoatkorlik xulq-atvorini shakllantirishga, ularni ijtimoiy

himoya qilish va har tomonlama rivojlantirishga yordam berishga yo‘naltirilgan tadbirlarni
amalga oshirish.

voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning oldini olish

bo‘yicha yakka tartibdagi profilaktika ishlarini tashkil etish.

Chunonchi, voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning oldini

olish maqsadida tashkil etilgan bu markazlar O‘zbekiston Respublikasining 2010 yil 29
avgustdagi “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning
profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-263-son Qonunining 12-moddasiga binoan ijtimoiy-huquqiy
yordam ko‘rsatish markazlari o‘z vakolatlari doirasida quyidagilar kirishi belgilandi. Bular:

birinchidan

, uch yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlarning

shaxsini aniqlash, hayoti, sog‘lig‘ini muhofaza qilish yoki ular tomonidan takroran
huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish maqsadida ularni kecha-kunduz qabul qilishni
hamda vaqtincha saqlashni ta’minlaydi;

ikkinchidan

, olib kelingan voyaga yetmaganlar bilan yakka tartibdagi profilaktika ishini

olib boradi, voyaga yetmaganlarning nazoratsizligi, qarovsizligiga, huquqbuzarliklar yoki
boshqa g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etishiga imkon beradigan sabablar va shart-
sharoitlarni aniqlaydi hamda bu haqda tegishli davlat organlarini va boshqa tashkilotlarni
xabardor qiladi;

uchinchidan

, voyaga yetmaganlarni ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalariga

olib boradi, shuningdek ushbu muassasalarda saqlanayotgan voyaga yetmaganlarni
joylashtirish bo‘yicha boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirishi yoki ijtimoiy-huquqiy
yordam ko‘rsatish markazlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga
oshirishi mumkin.

Ushbu moddaning o‘ziga hosligi shundaki ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish

markazlariga quyidagi kontingentdagi voyaga yetmaganlar joylashtirilishi mumkinligi
belgilangan:

Boquvchisini yo‘qotib yoki ularni beparvoligi tufali nazoratsiz yoki qarovsiz qolganlar;
ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalarini, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan

mahrum bo‘lgan bolalar uchun ta’lim muassasalarini yoxud boshqa bolalar muassasalarini
o‘zboshimchalik bilan tark etganlar yoki ushbu muassasalardan qochganlar;

ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan o‘n olti yoshgacha bo‘lganlar;
ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etgan, lekin jinoiy javobgarlikka tortish mumkin bo‘lgan

yoshga to‘lmagan yoxud ruhiy holatining buzilganligi bilan bog‘liq bo‘lmagan holda
rivojlanishda o‘z yoshiga nisbatan ancha orqada qolishi oqibatida sodir etgan qilmishining
ahamiyatini to‘la ravishda anglab yetishga qodir bo‘lmaganlar, agar voyaga yetmaganlarning
hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilishni ta’minlash yoki ular tomonidan takroran ijtimoiy xavfli
qilmishlar sodir etilishining oldini olish zarur bo‘lsa, shuningdek ularning shaxsi
aniqlanmagan yoxud ularning aniq yashash joyi bo‘lmasa yoki o‘zlari ijtimoiy xavfli qilmishlar
sodir etgan O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashamayotgan bo‘lsa;


background image

Page 75

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 05, Part 3 May 2025

www.in-academy.uz

ma’muriy javobgarlikni keltirib chiqaradigan huquqbuzarliklarni sodir etganlar, agar

ularning shaxsi aniqlanmagan bo‘lsa yoxud ularning aniq yashash joyi bo‘lmasa yoki o‘zlari
huquqbuzarliklar sodir etgan O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashamayotgan
bo‘lsa;

o‘zining ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasasiga joylashtirilishi to‘g‘risidagi

masalaning sud tomonidan ko‘rib chiqilishini vaqtincha kutib turganlar;

sudning ajrimiga ko‘ra ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasasiga yuborilayotganlar.
O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi

to‘g‘risida”gi O‘RQ-371-son Qonunining 3-moddasiga binoan ijtimoiy reabilitatsiya qilish va
ijtimoiy moslashtirish — huquqbuzarlikdan jabrlanuvchiga, g‘ayriijtimoiy xulq-atvorli,
huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan, huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga huquqiy,
ijtimoiy, psixologik, tibbiy, pedagogik va boshqa turdagi yordam ko‘rsatishga, shuningdek
ularga jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor normalari va qoidalarini singdirishga qaratilgan
chora-tadbirlar majmui deb tarif berilgan bo‘lsa ushbu tushunchani amalda ijrosini ta’minlash
ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlari vazifasi hisoblanadi.

Qonunning 45-moddasiga binoan Huquqbuzarliklardan jabrlanuvchilarga yordam

ko‘rsatuvchi ixtisoslashtirilgan muassasalar davlat organlari va nodavlat notijorat
tashkilotlari qonunchilikka muvofiq huquqbuzarliklardan jabrlanuvchilarga yordam
ko‘rsatuvchi ixtisoslashtirilgan muassasalar tuzishi mumkin. Ixtisoslashtirilgan muassasalar
huquqbuzarliklardan jabrlanuvchilarga huquqiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy, pedagogik va
boshqa turdagi yordam ko‘rsatadi deb ta’kidlangan bo‘lsa ushbu markazlar aynan shu vazifani
bajaradi.

Huquqbuzarliklardan jabrlanuvchilarga yordam ko‘rsatuvchi ixtisoslashtirilgan

muassasalarni tuzish va ularning ishini tashkil etish tartibi qonunchilikda belgilanadi.

Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi faoliyatini

tartibga soluvchi normalarni takomillashtirishdan maqsad va ehtiyoj:

Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi faoliyatini tartibga

soluvchi normalarni takomillashtirishdan maqsad bu

1) nazoratsiz voyaga yetmaganlarga oid qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqishning

barcha bosqichida, shu jumladan Vazirlar Mahkamasiga kiritish jarayonida ijtimoiy-huquqiy
yordam ko‘rsatish markazlari ishtirokining huquqiy asoslarini takomillashtirish;

2) ichki ishlar organlari huzuridagi ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi ustidan

nazorat organlari tomonidan monitoringni amalga oshirishning aniq mexanizmlarini joriy
qilish hamda huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish;

3) voyaga yetmaganlarining huquqlarini himoya qilishda va ularni jinoyat sodir

etmasligi uchun qayta tarbiyalashga, ularni barcha sohalarda qullab quvvatlashda,
shuningdek, ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi faoliyatini turli maqsadli dasturlar
ishlab chiqilishida ishtirok etishi va ularning ijrosi ustidan monitoring olib borishning
huquqiy mexanizmlarini yaratish;

4) nazoratsiz voyaga yetmaganlar muammolari bilan shug‘ullanuvchi ijtimoiy-huquqiy

yordam ko‘rsatish markazlari tashkil etilishini qo‘llab-quvvatlash;

5) ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlari faoliyatni qonun hujjatlari va davlat

dasturlarida belgilangan chora-tadbirlarning ijrosini barcha uchun ochiq bo‘lgan onlayn
kuzatib borish tizimini joriy qilish;


background image

Page 76

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 05, Part 3 May 2025

www.in-academy.uz

6) ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlarining faoliyati samaradorligini baholab

borish, davlat dasturlari ijrosi hamda davlat organlari faoliyati yuzasidan hisobotlarni
tayyorlashda ichki ishlar organlari va maxalla yettiligi bilan hamkorlikdagiga oid yo‘l
xaritasini ishlab chiqish;

7) ichki ishlar organlari huzuridagi ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlari

tomonidan o‘z vazifalarini amalga oshirishning o‘zaro manfaatdor va amaliy mexanizmlarini
yaratish;

8) jamoatchilik nazorati, davlat boshqaruvi va ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishda

ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlari ishtiroki darajasini oshirish, shuningdek,
davlat organlarining ochiqligi va oshkoraligini yanada kengroq ta’minlash.

Adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-mart kunidagi “Jamoat xavfsizligini

ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat
jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6196-son Farmoni.
2.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.

3.

O‘zbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni (2008-

yil 7-yanvar).
4.

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni.

5.

O‘zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”.

6.

O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi.

7.

O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi.

8.

O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni.

9.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-avgustdagi “Voyaga

yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatishni yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi 490-sonli Qarori.
10.

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi.

11.

O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi.

12.

O‘zbekiston

Respublikasining

2019-yil

28-avgust

kunidagi

“O‘zbekiston

Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi
O‘RQ-558-son Qonuni.
13.

O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 29-sentyabrdagi “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida

nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni.

References

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-mart kunidagi “Jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6196-son Farmoni.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.

O‘zbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni (2008-yil 7-yanvar).

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni.

O‘zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”.

O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi.

O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi.

O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-avgustdagi “Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 490-sonli Qarori.

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi.

O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi.

O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 28-avgust kunidagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-558-son Qonuni.

O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 29-sentyabrdagi “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni.