Mualliflar

  • Bunyod Minnurov
    Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti ,,Tijorat banklarini boshqarish” mutaxassisligi magistratura talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.cajar.126712

Kalit so‘zlar:

yevroobligatsiyalar tijorat banklari kapital jalb qilish xalqaro moliya bozori investitsiya likvidlik moliyaviy barqarorlik.

Annotasiya

Mazkur maqolada O‘zbekiston tijorat banklarida yevrobondlardan foydalanishning amaldagi holati tahlil qilinadi. Yevrobondlar — bu xalqaro moliya bozorlari orqali kapital jalb qilishning muhim vositalaridan biri bo‘lib, banklar uchun uzoq muddatli, past foizli va diversifikatsiyalangan moliyalashtirish manbai hisoblanadi. Annotatsiyada yevrobondlar orqali kapital jalb qilishning afzalliklari, xususan, xalqaro investorlarga chiqish, kredit reytingining oshishi, bank likvidligini mustahkamlash kabi jihatlar yoritiladi. Shuningdek, bu jarayondagi muammolar — tartibga solishdagi cheklovlar, bozor ishtirokchilarining ehtiyotkorligi, va yuqori tranzaksiya xarajatlari ham tahlil qilinadi. Tadqiqotda banklar tomonidan yevrobond chiqarish tajribalari asosida ularning iqtisodiy samaradorligi baholanadi hamda kelgusidagi istiqbolli yo‘nalishlar tavsiya etiladi..


background image

Page 130

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 05, Part 2 May 2025

www.in-academy.uz

O‘ZBEKISTON TIJORAT BANKLARIDA

YEVROBONDLARDAN FOYDALANISHNING HOLATI VA

ULAR ORQALI KAPITALNI JALB QILISHNING

AFZALLIKLARI VA MUAMMOLARI

Minnurov Bunyod Akmal o‘g‘li

Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti

,,Tijorat banklarini boshqarish” mutaxassisligi

magistratura talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15424824

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 05-May 2025 yil

Ma’qullandi: 10- May 2025 yil
Nashr qilindi: 15-May 2025 yil

Mazkur maqolada O‘zbekiston tijorat banklarida
yevrobondlardan foydalanishning amaldagi holati tahlil
qilinadi. Yevrobondlar — bu xalqaro moliya bozorlari
orqali kapital jalb qilishning muhim vositalaridan biri
bo‘lib, banklar uchun uzoq muddatli, past foizli va
diversifikatsiyalangan

moliyalashtirish

manbai

hisoblanadi. Annotatsiyada yevrobondlar orqali kapital
jalb

qilishning

afzalliklari,

xususan,

xalqaro

investorlarga chiqish, kredit reytingining oshishi, bank
likvidligini mustahkamlash kabi jihatlar yoritiladi.
Shuningdek, bu jarayondagi muammolar — tartibga
solishdagi

cheklovlar,

bozor

ishtirokchilarining

ehtiyotkorligi, va yuqori tranzaksiya xarajatlari ham
tahlil qilinadi. Tadqiqotda banklar tomonidan yevrobond
chiqarish tajribalari asosida ularning iqtisodiy
samaradorligi baholanadi hamda kelgusidagi istiqbolli
yo‘nalishlar tavsiya etiladi..

KEYWORDS

yevroobligatsiyalar,

tijorat

banklari, kapital jalb qilish,
xalqaro

moliya

bozori,

investitsiya, likvidlik, moliyaviy
barqarorlik.

Jahon miqyosida moliyaviy bozorlarda integratsiya jarayonlari jadallashgan bir paytda,

milliy iqtisodiyotlar, ayniqsa bank-moliya institutlari uchun xalqaro kapital bozorlariga
chiqish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Global moliyaviy resurslar oqimini jalb qilish, xorijiy
investitsiyalarni faollashtirish, iqtisodiy o‘sish sur’atlarini jadallashtirishda yevrobondlar
(yevroot obligatsiyalar) muhim vosita sifatida tan olinmoqda. Xususan, rivojlanayotgan
mamlakatlar, jumladan O‘zbekiston uchun ham yevrobondlar orqali kapital jalb qilish
masalasi strategik ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda.

O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, o‘zining bank-moliya tizimini bozor

iqtisodiyoti talablariga mos holda isloh qilish, kapital bozorlarini shakllantirish va chet el
investitsiyalarini jalb etish borasida muhim qadamlar tashladi. Xususan, so‘nggi yillarda
respublika banklari tomonidan xalqaro moliya bozorlariga chiqish, xorijiy investorlar
ishonchini qozonish va o‘z faoliyatini diversifikatsiya qilish maqsadida yevrobondlar
chiqarish bo‘yicha dastlabki tajribalar orttirilmoqda. 2019-yilda O‘zbekiston Respublikasi
Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining ilk yevrobond chiqarishi, undan keyin tijorat
banklari — "O‘zmilliybank", "Ipoteka bank", "Asaka bank" kabi moliyaviy institutlar
tomonidan yevrobondlar joylashtirilishi milliy moliya sektorining yangi bosqichga
o‘tayotganidan darak beradi.


background image

Page 131

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 05, Part 2 May 2025

www.in-academy.uz

Bugungi globallashuv sharoitida milliy bank tizimlarining xalqaro moliyaviy

integratsiyasini ta’minlash, ularning kapital bazasini mustahkamlash, likvidlik va
barqarorligini oshirish masalalari alohida ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, rivojlanayotgan
mamlakatlar, jumladan O‘zbekiston uchun bu yo‘nalishlarda innovatsion moliyaviy
instrumentlardan foydalanish strategik muhim hisoblanadi. Ana shunday zamonaviy
vositalardan biri — yevrobondlar bo‘lib, ular banklar uchun uzoq muddatli va barqaror
kapital jalb qilish manbai hisoblanadi.

Yevrobond — bu xalqaro moliyaviy instrument bo‘lib, emitent (chiqaruvchi)

mamlakatidan tashqarida, odatda xorijiy valyutada joylashtiriladi. Yevrobondlar orqali kapital
jalb qilish banklar uchun bir necha muhim afzalliklarni taqdim etadi: uzoq muddatli likvid
resurslarga ega bo‘lish, xalqaro reyting agentliklarining e’tiborini tortish, xorijiy investorlar
bilan aloqalarni kengaytirish, moliyaviy ko‘rsatkichlarni yaxshilash, hamda ichki bozordagi
likvidlik muammolarini hal qilish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, xalqaro moliyaviy
bozorlarda ishtirok etish banklarning institutsional salohiyatini oshirish, risklarni boshqarish
tizimlarini takomillashtirish va xalqaro standartlarga mos faoliyat yuritishiga zamin yaratadi.

Shu bilan birga, yevrobondlar orqali kapital jalb qilish o‘ziga xos xavflar va muammolar

bilan ham birga kechadi. Ulardan eng muhimi — xorijiy valyuta bo‘yicha majburiyatlarning
ortishi, valyuta kursining o‘zgarishiga bog‘liq risklarning ko‘payishi, emissiya xarajatlarining
yuqoriligi va xalqaro moliyaviy hisobotlar standartlariga muvofiqlik talablaridir. Bundan
tashqari, investorlar ishonchini qozonish uchun banklar xalqaro reytingga ega bo‘lishlari,
mustahkam korporativ boshqaruv tizimiga ega bo‘lishlari, shaffoflik va ochiqlik tamoyillariga
qat’iy amal qilishlari lozim. Mazkur talablar mamlakatdagi ayrim banklar uchun hali ham
muayyan murakkabliklarni tug‘dirishi mumkin.

O‘zbekiston bank tizimida yevrobondlar orqali kapital jalb qilish hali rivojlanish

bosqichida bo‘lib, bu yo‘nalishda ilk bosqichlarda orttirilgan tajriba keyingi bosqichlarda
takomillashtirilmoqda. Masalan, 2021-yilda "Ipoteka bank" tomonidan 300 million AQSh
dollari miqdorida yevrobondlar joylashtirilgan bo‘lsa, 2023-yilda "Asaka bank" ham ilk marta
xalqaro obligatsiyalar chiqarishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu yutuqlar bank tizimining xalqaro
maydonda faol ishtirok etishiga va moliyaviy mustaqillikni ta’minlashiga xizmat qilmoqda.
Biroq, ushbu jarayonlar hali keng qamrovli va barqaror yo‘lga qo‘yilmagan. Yevrobondlar
orqali kapital jalb qilishda nafaqat texnik, balki institutsional, huquqiy va iqtisodiy
muammolar mavjud.

Shu o‘rinda savol tug‘iladi: yevrobondlar orqali kapital jalb qilish O‘zbekiston bank

tizimi uchun qanchalik foydali va real imkoniyatlarni taqdim eta oladi? Ularning amaldagi
holati qanday va qanday muammolar ularni to‘liq amalga oshirishga to‘sqinlik qilmoqda?
Ushbu ilmiy maqola aynan shu savollarga javob izlashga, mavjud tajribalarni tahlil qilishga va
istiqbolli yo‘nalishlarni belgilashga qaratilgan.

Tadqiqotning dolzarbligi shundan iboratki, yevrobondlar orqali kapital jalb qilish

mexanizmlarini chuqur o‘rganish, mavjud afzallik va kamchiliklarni tahlil qilish orqali
mamlakat tijorat banklari uchun samarali strategiyalar ishlab chiqish mumkin bo‘ladi. Bu esa,
o‘z navbatida, bank sektorining barqarorligi, investitsiyaviy jozibadorligi va xalqaro moliya
bozorlaridagi nufuzi oshishiga xizmat qiladi.

Mazkur maqola doirasida yevrobondlarning iqtisodiy mohiyati, ularning xalqaro moliya

bozorlaridagi o‘rni, O‘zbekiston tajribasida qanday qo‘llanilayotgani, ular orqali kapital jalb


background image

Page 132

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 05, Part 2 May 2025

www.in-academy.uz

qilishdagi asosiy afzalliklar va muammolar keng yoritiladi. Bundan tashqari, maqolada ilgari
surilayotgan tahliliy natijalarga asoslangan holda, O‘zbekiston tijorat banklarining
yevrobondlar orqali kapital jalb qilish jarayonini takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar
ham keltiriladi.

Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, 2024-yil 20-dekabr kuni faol tadbirkorlar bilan

uchrashuvda davlatimiz rahbari shunday dedi: “Tadbirkorlikni rivojlantirish – biz uchun
strategik vazifa. Bizning tayanchimiz ham, suyanchimiz ham, eng katta kuchimiz ham shu
sohada mujassam.”

1

Shuningdek, 2024-yil 30-may kuni "Asakabank" va Biznesni

rivojlantirish bankining investitsiya faoliyati bo‘yicha taqdimotida Prezident banklarning
yangi vazifalarini belgilab berdi: “Banklar o‘z ishini yangicha tashkil qilib, faqat kredit
ajratadigan markaz emas, balki o‘zi istiqbolli loyihalarni amalga oshiradigan va ularni
tayyor biznes sifatida tadbirkorlarga taqdim etadigan zamonaviy investitsiya-tijorat
tuzilmasiga aylanishi maqsadga muvofiq”

2

..

Xususan, banklarning resurs bazasini mustahkamlashda yevrobondlardan

foydalanish zamonaviy iqtisodiyot talablariga javob beruvchi dolzarb masaladir. Mazkur
mavzu milliy bank tizimining barqarorligini oshirish, xalqaro moliya bozorlariga chiqish va
iqtisodiyotning raqobatbardoshligini ta’minlash uchun strategik ahamiyatga ega.

O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy islohotlarining muhim yo‘nalishlaridan biri bank-

moliya tizimini mustahkamlash va uning xalqaro moliyaviy bozorlar bilan integratsiyasini
chuqurlashtirishdan iboratdir. Milliy bank tizimini raqobatbardosh va barqaror qilish, uzoq
muddatli moliyaviy resurslarni jalb qilish, shu jumladan yevrobondlar kabi xalqaro moliyaviy
instrumentlardan foydalanish zarurati ushbu tadqiqot mavzusining dolzarbligini belgilaydi.

Rivojlangan mamlakatlarda yevrobondlar uzoq muddatli moliyalashtirish vositasi

sifatida keng qo‘llanilib, tijorat banklari va korporatsiyalar uchun muhim investitsiya jalb
etish manbai hisoblanadi. Ushbu mamlakatlarda yevrobondlar bozori yuqori darajada
rivojlangan bo‘lib, ular kapital bozorining samarali ishlashini ta’minlashda muhim rol
o‘ynaydi. Ushbu bo‘limda AQSh, Yevropa Ittifoqi va Yaponiya kabi rivojlangan
mamlakatlarning yevrobondlardan foydalanish bo‘yicha tajribasi hamda ularning modellari
tahlil qilinadi.

AQSh tajribasi oladigan bo‘lsak global obligatsiyalar bozori yetakchisi hisoblanadi AQSh

dunyodagi eng yirik yevrobondlar bozori hisoblanadi. Bu yerda banklar, davlat tashkilotlari
va yirik korporatsiyalar muntazam ravishda xalqaro obligatsiyalar chiqaradi.

AQSh modelining asosiy xususiyatlari quydagilardan iborat hidoblanadi:

Kredit reytingi yuqori bo‘lgan banklar va korporatsiyalar – AQSh banklari o‘z

obligatsiyalarini past foiz stavkalari bilan chiqarish imkoniyatiga ega.

Xalqaro investorlarga yo‘naltirilgan bozor – AQSh yevrobondlari global miqyosda katta

talabga ega.

Federal Rezerv siyosati – AQSh Markaziy bankining foiz stavkalari yevrobondlar

bozoriga bevosita ta’sir qiladi.

Misol uchun, JPMorgan Chase

va Goldman Sachs kabi yirik banklar muntazam ravishda

yevrobondlar chiqarib, ularni xalqaro investorlarga taklif qiladi.



background image

Page 133

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 05, Part 2 May 2025

www.in-academy.uz

Yevropa Ittifoqi tajribasi: diversifikatsiyalangan yondashuv Yevropa mamlakatlari,

xususan, Germaniya, Buyuk Britaniya va Fransiya, yevrobondlar bozorida muhim o‘ringa ega.
Ushbu mamlakatlarning tijorat banklari va davlat tashkilotlari muntazam ravishda xalqaro
obligatsiyalar chiqaradi.

Yevropa modelining asosiy xususiyatlari quydagilardan iborat hidoblanadi:

Ko‘p valyutali emissiya – Yevropa tijorat banklari yevrobondlarni nafaqat yevroda,

balki AQSh dollari va boshqa valyutalarda ham chiqaradi.

Yuqori ishonchlilik darajasi – Germaniya va Fransiya kabi mamlakatlarda chiqarilgan

obligatsiyalar investorlar uchun xavfsiz hisoblanadi.

Yashil obligatsiyalar – Yevropada yevrobondlar ko‘pincha ekologik loyihalarni

moliyalashtirish uchun chiqariladi.

Masalan, Deutsche Bank

va

BNP Paribas muntazam ravishda xalqaro obligatsiyalar

chiqarib, ularni yirik investorlar orasida tarqatadi.

Yaponiya tajribasi nazr soladigan bo‘lsak past foiz stavkalaridan foydalanish.

Yaponiya

tijorat banklari va korporatsiyalari yevrobondlar orqali xalqaro kapital bozorlaridan arzon
resurslar jalb qilish imkoniyatiga ega. Yaponiya Markaziy bankining uzoq yillik past foiz
stavkalari siyosati bunga katta ta’sir ko‘rsatadi.

Yaponiya modelining asosiy xususiyatlari quydagilardan iborat hidoblanadi:

Past foiz stavkalari – Yaponiya banklari yevrobondlarni nisbatan past stavkalarda

chiqaradi.

Valyuta diversifikatsiyasi – Banklar va yirik korporatsiyalar yevrobondlarni asosan

AQSh dollarida chiqaradi.

Moliyaviy stabillik – Yaponiya banklari uzoq muddatli investitsiyalar uchun

yevrobondlarni muhim moliyaviy vosita sifatida ishlatadi.

Masalan, Mitsubishi UFJ Financial Group

va

Sumitomo Mitsui Banking Corporation

muntazam ravishda xalqaro obligatsiyalar chiqarib, ularni yevrobondlar bozori orqali
investorlarga taklif qiladi.

Rivojlangan mamlakatlar tajribasidan chiqargan xulosalar quydagilar hisoblanadi:

Yuqori kredit reytingi – Yevrobondlarni muvaffaqiyatli chiqarish uchun tijorat

banklarining xalqaro reyting agentliklari tomonidan yuqori bahoga ega bo‘lishi muhim.

Ko‘p valyutali obligatsiyalar – Banklar yevrobondlarni turli valyutalarda chiqarish

orqali investorlar uchun qulaylik yaratishi mumkin.

Diversifikatsiyalangan investor bazasi – Banklar xalqaro investorlarni jalb qilish uchun

turli strategiyalarni qo‘llashi lozim.

Markaziy bank va davlat siyosati – Yevrobondlar bozori rivojlanishi uchun markaziy

bank va hukumat tomonidan qo‘llab-quvvatlovchi siyosatlar amalga oshirilishi lozim.

Rivojlangan mamlakatlarning yevrobondlar bo‘yicha tajribasi shuni ko‘rsatadiki, tijorat

banklari xalqaro kapital bozorlaridan samarali foydalanish orqali o‘z barqarorligini oshirishi
mumkin. O‘zbekiston tijorat banklari ushbu mamlakatlarning ilg‘or tajribasidan o‘rganib,
yevrobondlar chiqarish jarayonida kredit reytingini oshirish, valyutalar diversifikatsiyasini
kuchaytirish va xalqaro investorlar bilan hamkorlikni rivojlantirishga e’tibor qaratishi lozim.

Nazariy asoslarni kirish qismidan boshlaydigan bo‘lsak Resurs diversifikatsiyasi

moliyaviy barqarorlikni ta’minlash va risklarni kamaytirishning asosiy tamoyillaridan biridir.
Tijorat banklari va boshqa moliyaviy institutlar o‘z kapital manbalarini diversifikatsiya qilish


background image

Page 134

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 05, Part 2 May 2025

www.in-academy.uz

orqali foiz stavkalari, valyuta kurslari va iqtisodiy o‘zgarishlardan kelib chiqadigan salbiy
ta’sirlarni minimallashtirishga harakat qiladilar. Yevrobondlar ushbu jarayonda muhim
moliyaviy instrument bo‘lib, banklarning uzoq muddatli moliyalashtirish imkoniyatlarini
kengaytiradi va kapital strukturasining barqarorligini oshirishga xizmat qiladi.

Resurs diversifikatsiyasining nazariy asoslari birinchi asosiy qaraydigan jihatlarimiz bu

Markowitz modeli hisoblanadi.

Resurs diversifikatsiyasi bir nechta nazariy yondashuvlarga

asoslanadi va ulardan birinchis Portfel nazariyasi (Markowitz modeli, 1952) hiobalandi. Bu
model orqali biz

portfel nazariyasi bo‘yicha aktivlar diversifikatsiyasi risklarni kamaytirishga

yordam beradi bu o‘z o‘rnida bozrni mo‘tadil rivojalinisiga olib kealdi.Yevrobondlar tijorat
banklari va investitsion kompaniyalar uchun portfel riskini kamaytiruvchi vosita sifatida
ko‘riladi.

Markowitz portfeli nazariyasi (o‘rtacha dispersiya tahliliga asoslangan yondashuv

tasodifiy o‘zgaruvchilarning kutilgan o‘rtacha qiymatlari va o‘zgarishlarini tahlil qilish
asosida) - ishlab chiqilgan Garri Markowitzning investitsion portfelni shakllantirish
metodologiyasi maqsad qilingan zarur daromad/xavf nisbati asosida aktivlarni optimal
tanlash 1950-yillarda u shakllantirgan g‘oyalar zamonaviy portfel boshqaruvining asosini
tashkil qiladi.

Markowitz rasmiylashtirgandan so‘ng, matematik nuqtai nazardan, shakllanish

muammosi optimal portfel muammo edi chiziqli ostida kvadratik optimallashtirish
cheklovlar. Ushbu toifadagi muammolardan biri optimallashtirish muammolari eng
o‘rganilgan sinflar, uchun ulardan juda ko‘p samaralilari bor algoritmlar.

Mumkin bo‘lgan portfellar maydonini yaratish Markowitz aktivlar sinfi vektoridan

foydalanishni taklif qildi ularning o‘rtacha kutilgan daromadlari va matritsasi kovariantlar.
Ushbu ma’lumotlarga asoslanib, turli xil portfellar mavjud xavf-daromad nisbati. Tahlil ikkita
mezonga asoslanganligi sababli menejer portfellarni tanlaydi.

Yoki samarali yoki yaxshilanmaydigan yechimlarni izlash orqali. Bu holda, har qanday

boshqa bir parametrda topilganidan yaxshiroq bo‘lgan yechim, albatta, boshqasida yomonroq
bo‘ladi. Yoki asosiy mezonni tanlash bilan (masalan, hosil past bo‘lmasligi kerak ma’lum
o‘lchamdagi) qolganlarini faqat mezon sifatida ishlatish cheklovlar.

Yevrobondlarning resurs diversifikatsiyasiga ta’siri bo‘yicha bir nechta tadqiqotlar olib

borilgan. Mishkin (2007) xalqaro moliya bozorlarining rivojlanishi va banklarning kapital jalb
qilish strategiyalari haqida fikr bildirgan. U yevrobondlar orqali kapital jalb qilishning tijorat
banklari likvidligi va barqarorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlaydi.

Sharpe (1964) portfel nazariyasi asosida risklarni diversifikatsiya qilishning ahamiyatini

ko‘rsatib o‘tgan bo‘lib, bu nazariya yevrobondlar orqali bank kapitalini diversifikatsiya qilish
bilan ham bog‘liqdir. Reinhart va Rogoff (2010) esa davlat qarz bozorlarining barqarorligini
oshirishda yevrobondlarning ahamiyatini o‘rganib chiqib, ularning global moliya tizimidagi
rolini tahlil qilgan.






background image

Page 135

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 05, Part 2 May 2025

www.in-academy.uz















O‘zbekiston tajribasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, Akhmedov (2020) tijorat banklarining

kapital jalb qilish strategiyalarini tahlil qilib, yevrobondlarning uzoq muddatli kapital
manbasi sifatidagi ahamiyatini ta’kidlagan. Uning tadqiqotida yevrobondlar tijorat banklari
moliyaviy mustahkamligini oshirish vositasi sifatida qaralgan.

Yevrobondlar ilk bor 1960-yillarda Yevropada paydo bo‘lgan bo‘lib, bugungi kunda

global moliyaviy tizimning muhim qismini tashkil etadi. Bu instrumentlar orqali banklar va
korporatsiyalar xalqaro moliyaviy resurslarni jalb qilib, o‘z moliyaviy salohiyatini
kengaytiradi. Ularning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:

Ko‘pincha AQSh dollari, yevro yoki boshqa barqaror valyutalarda joylashtiriladi;
Investorlar soni keng, geografiyasi esa xilma-xil bo‘ladi;
Odatda, uzoq muddatli (5-10 yil) bo‘ladi.
Yevrobondlar banklar uchun qulay moliyalashtirish vositasi bo‘lib, ularning likvidligi va

kredit faoliyatini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli, ushbu
instrumentdan foydalanish moliyaviy infratuzilmani mustahkamlash va xalqaro moliyaviy
bozorlar bilan integratsiyalashish uchun zarur hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi moliyaviy sektori 2017-yildan boshlab bosqichma-bosqich

isloh qilinmoqda. Banklar faoliyatida ochiqlik, raqobatbardoshlik va kapital bozorlari bilan
integratsiya darajasi ortib bormoqda. Xususan, 2019-yilda Tiklanish va taraqqiyot
jamg‘armasi tomonidan ilk bor xalqaro obligatsiyalar chiqarilishi tarixiy qadam bo‘ldi.

Yevrobondlar orqali xorijiy investorlar e’tiborini qozonishga va o‘zlarining xalqaro

maydondagi nufuzini oshirishga muvaffaq bo‘ldi. Biroq, bu yo‘nalish hanuzgacha cheklangan
banklar doirasida amalga oshirilmoqda va keng miqyosda tatbiq etilmayapti.

Yevrobondlar orqali tijorat banklari quyidagi muhim afzalliklarga ega bo‘lishi mumkin:
Ichki bank bozori ko‘pincha qisqa muddatli resurslarga tayanadi. Yevrobondlar esa 5–10

yil muddatga chiqariladigan, uzoq muddatli likvidlik manbai hisoblanadi.

Yevrobondlar xalqaro investorlar tomonidan sotib olinadi. Bu banklar uchun chet el

investitsiyalarini jalb qilish va moliyaviy xavflarni diversifikatsiyalash imkonini beradi.

Barqaror moliyalashtirish manbalariga ega bo‘lgan banklar o‘z faoliyatini yanada

ishonchli amalga oshirish imkoniga ega bo‘ladi.


background image

Page 136

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 05, Part 2 May 2025

www.in-academy.uz

Yevrobond chiqarish jarayonida banklar xalqaro reyting oladi, bu esa ularning imijini

yaxshilaydi.

Yevrobondlar chiqarish bankni xalqaro moliyaviy maydonda tanitadi va uning brendini

mustahkamlaydi.

Yevrobond chiqarish xalqaro auditorlar, yuridik maslahat, reyting xizmatlari, roadshow

va marketing tadbirlarini talab qiladi. Bu esa banklar uchun katta moliyaviy yuk hisoblanadi.

Obligatsiyalar odatda xorijiy valyutada chiqariladi. Valyuta kursining keskin o‘zgarishi

bank balansiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Yevrobondlar chiqarish uchun xalqaro standartlarga mos huquqiy bazaning yo‘qligi,

ayrim hollarda moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlarga moslashtirishdagi qiyinchiliklar
muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Yangi ishtirokchilar uchun xalqaro investorlarga ishonch uyg‘otish oson emas. Bu,

ayniqsa, nisbatan kichik banklar uchun jiddiy to‘siq hisoblanadi.

Bank tizimida xalqaro moliyaviy bozorlarda ishlay oladigan tajribali mutaxassislar

yetishmasligi mavjud.

O‘zbekiston bank sektorida yevrobondlardan keng foydalanishni rivojlantirish uchun

quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq:

Yevrobondlar chiqarishga oid qonunchilikni xalqaro talablar asosida yangilash,

jarayonlarni soddalashtirish kerak.

Dastlabki bosqichlarda banklar yevrobondlarini davlat kafolati ostida chiqarish orqali

investorlar ishonchini oshirish mumkin.

Bank xodimlari uchun xalqaro moliya, risk menejmenti, IFRS va yevrobondlar bo‘yicha

trening va sertifikatlash dasturlarini yo‘lga qo‘yish zarur.

Xalqaro moliyaviy institutlar (Masalan, IFC, EBRD, ADB) bilan hamkorlikda texnik

yordam olish orqali tajriba almashinuvini ta’minlash mumkin.

Banklar xalqaro reyting olishni odatiy amaliyotga aylantirishi, bu orqali xalqaro

investorlar bilan aloqalarni mustahkamlashi lozim.

Yevrobondlar orqali kapital jalb qilish O‘zbekiston tijorat banklari uchun keng

imkoniyatlar ochib beradi. Uzoq muddatli, arzon va barqaror moliyalashtirish vositasi sifatida
yevrobondlar banklarning raqobatbardoshligini oshiradi, moliyaviy barqarorlikni ta’minlaydi
va xalqaro bozorlarda ishtirokini kuchaytiradi.

Shu bilan birga, yevrobondlar chiqarish murakkab va mas’uliyatli jarayon bo‘lib, yuqori

darajadagi tayyorgarlik, xalqaro standartlarga muvofiqlik, shaffoflik va barqaror boshqaruvni
talab qiladi. Mavjud muammolarni bartaraf etish uchun davlat siyosati, tartibga soluvchi
organlar va banklarning o‘zaro hamkorligi muhim ahamiyatga ega.

Kelgusida bu yo‘nalishni strategik rivojlantirish orqali O‘zbekiston bank tizimi nafaqat

ichki, balki xalqaro bozorlarda ham muvaffaqiyatli ishtirok etishga, iqtisodiy o‘sish va
investitsiya jozibadorligini oshirishga xizmat qilishi shubhasizdir.

O‘zbekistonning moliyaviy sektori, ayniqsa tijorat banklari so‘nggi yillarda xalqaro

moliya bozorlariga integratsiyalashishga faol harakat qilmoqda. Bu jarayonning eng muhim
yo‘nalishlaridan biri sifatida yevrobondlar orqali kapital jalb qilish amaliyoti alohida o‘rinni
egallaydi. O‘zbekiston tijorat banklarining xalqaro obligatsiyalar chiqarish tajribasi – bu
nafaqat moliyaviy resurslar bilan ta’minlash, balki xalqaro moliyaviy nufuzni mustahkamlash,


background image

Page 137

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 05, Part 2 May 2025

www.in-academy.uz

bank tizimining raqobatbardoshligini oshirish, korporativ boshqaruv sifatini yaxshilash va
shaffoflikni kuchaytirish uchun katta imkoniyatdir.

Tadqiqot davomida yevrobondlar orqali kapital jalb qilishning banklar uchun quyidagi

asosiy afzalliklari aniqlab olindi:

1. Uzoq muddatli moliyalashtirish manbai: Ichki bozordagi qisqa muddatli depozit

resurslaridan farqli o‘laroq, yevrobondlar uzoq muddatli, barqaror va nisbatan past foizli
moliyalashtirish imkonini beradi.

2. Valyuta diversifikatsiyasi: Yevrobondlar odatda xorijiy valyutada chiqariladi, bu esa

xalqaro to‘lovlar, import/eksport operatsiyalari bilan bog‘liq ehtiyojlarni moliyalashtirishda
qulaylik yaratadi.

3. Xalqaro investorlarga chiqish: Yevrobondlar orqali banklar xalqaro investorlar

e’tiborini tortish imkoniga ega bo‘ladi, bu esa mamlakatga investitsiyaviy oqimni
ko‘paytirishga xizmat qiladi.

4. Reytingni oshirishga ko‘mak: Yevrobond chiqarish jarayoni odatda xalqaro reyting

agentliklari tomonidan baholanadi, bu banklar va mamlakat reytingining oshishiga hissa
qo‘shadi.

5. Korporativ boshqaruvni mustahkamlash: Yevrobond bozorlarida qatnashish banklar

uchun xalqaro moliyaviy standartlarga, shaffoflik va hisobdorlik tizimlariga moslashishni
talab qiladi. Bu esa umumiy boshqaruv sifatini oshiradi.

Xulosa qilib aytganda, yevrobondlar orqali kapital jalb qilishda quyidagi muammolar va

cheklovlar mavjudligi aniqlanmoqda:

1. Xarajatlarning yuqoriligi: Yevrobond chiqarish bilan bog‘liq emissiya xarajatlari,

huquqiy maslahatlar, reyting olish xarajatlari va marketing xarajatlari banklar uchun katta
moliyaviy yuk bo‘lishi mumkin.

2. Valyuta risklari: Valyutada jalb qilingan mablag‘lar kurs tebranishlariga sezgir bo‘lib,

bu bank balansiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

3. Huquqiy va tartibga solish muammolari: Ayni paytda yevrobond chiqarishning yuridik

asoslari to‘liq takomillashmagan bo‘lib, xalqaro amaliyotlarga to‘liq moslashtirilmaganligi
ayrim to‘siqlarni yuzaga keltiradi.

4. Investorlar ishonchini qozonishdagi murakkabliklar: Xalqaro bozorda raqobat yuqori

bo‘lib, yangi chiqayotgan banklar investorlarga o‘zining barqaror va ishonchli ekanligini
ko‘rsatishda qiyinchiliklarga duch keladi.

5. Ichki resurslar va kadrlar salohiyatining cheklanganligi: Banklarda xalqaro moliyaviy

bozorlar bo‘yicha tajribali kadrlar yetishmasligi, kompleks yondashuvni talab qiluvchi
yevrobond joylashtirish jarayonini murakkablashtiradi.

Shunga qaramay, yevrobondlar orqali kapital jalb qilish istiqbollari O‘zbekiston uchun

ijobiy baholanmoqda. Bu jarayonni muvaffaqiyatli rivojlantirish uchun quyidagi amaliy
tavsiyalarni ilgari surish mumkin:

1. Huquqiy bazani takomillashtirish: Yevrobondlar bilan bog‘liq qonunchilikni xalqaro

standartlarga mos ravishda takomillashtirish va yengillashtirilgan tartiblarni joriy etish zarur.

2. Davlat tomonidan kafolatlangan ilk yondashuv: Dastlabki bosqichlarda davlat kafolati

asosida banklar tomonidan chiqarilgan yevrobondlar investor ishonchini kuchaytiradi va
risklarni kamaytiradi.


background image

Page 138

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 05, Part 2 May 2025

www.in-academy.uz

3. Xalqaro reytinglar bilan ishlash: Banklar xalqaro reyting agentliklari bilan faol

ishlashi, o‘z faoliyatining shaffofligini oshirishi zarur.

4. Professional kadrlar tayyorlash: Yevrobondlar bilan ishlay oladigan moliyaviy

mutaxassislar tayyorlash, xorijiy tajribani o‘rganish va ichki salohiyatni kuchaytirish zarur.

5. Marketing va investorlar bilan aloqalarni kuchaytirish: Investorlar bilan ochiq va

samarali muloqot, yillik hisobotlarni xalqaro mezonlar asosida taqdim etish, investor
konferensiyalarida ishtirok etish muhim ahamiyatga ega.

Yevrobondlar orqali kapital jalb qilish bugungi kunda O‘zbekiston bank-moliya

sektorining yangi bosqichga o‘tishini anglatadi. Bu jarayon moliyaviy infratuzilmani yangilash,
banklar faoliyatini diversifikatsiyalash, moliyaviy barqarorlikni ta’minlash va iqtisodiyotga
qo‘shimcha tashqi resurslarni jalb qilishda katta imkoniyatlar yaratadi. Mazkur strategiya
O‘zbekistonning umumiy moliyaviy mustaqilligi va xalqaro moliyaviy tizimda o‘z o‘rnini
topishida muhim o‘rin tutadi.

Yakuniy xulosa sifatida aytish mumkinki, O‘zbekiston tijorat banklari tomonidan

yevrobondlar orqali kapital jalb qilishning amaldagi holati — bu rivojlanayotgan, ammo
istiqbolli yo‘nalishdir. Mazkur yo‘nalishdagi dastlabki muvaffaqiyatlar, tajribalar va mavjud
muammolarning tahlili asosida bosqichma-bosqich yondashuv ishlab chiqilsa, O‘zbekiston
xalqaro moliyaviy maydonda munosib ishtirok eta oladi. Bu esa nafaqat bank sektorining,
balki umuman mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Shavkat Mirziyoyev. “Yangi O‘zbekiston – taraqqiyot va islohotlar yo‘lida.” T.: O‘zbekiston,

2022. – 312 b.
2.

Shavkat Mirziyoyev. “Inson qadri uchun: yangi bosqichga o‘tishning muhim tamoyillari.” T.:

O‘zbekiston, 2023. – 280 b.
3.

Shavkat Mirziyoyev. “O‘zbekiston 2030: strategik maqsadlar va ustuvor vazifalar.”T.:

O‘zbekiston, 2023. – 350 b.
4.

Shavkat Mirziyoyev. “Iqtisodiy islohotlar va moliyaviy barqarorlikni ta’minlashning yangi

yo‘llari.”T:O‘zbekiston, 2021. – 290b.
5.

Armstrong, J. S., &Fildes, R. (1995). On the selection of Error Measures for Comparisons

Among Forecasting Methods. Journal of Forecasting, 14, 67-71.
6.

Armstrong, J. S., Collopy, F., & Yokum, J. T. (2005). Decomposition by causal forces: A

procedure for forecasting complex time series. International Journal of Forecasting, 21, 25-36.
7.

Artis, M. J. (1996). How Accurate are the IMF‟s Short-Term Forecasts? Another

Examination of the World Economic Outlook. IMF Working Paper WP/96/89.
8.

https://president.uz/oz/lists/view/7778

9.

https://oz.sputniknews.uz/20240530/bank-kredit-mirziyoev-biznes-taqdimot-

44137993.html
10.

https://ru.wikipedia.org/wiki/Финансовая_устойчивость

Bibliografik manbalar

Shavkat Mirziyoyev. “Yangi O‘zbekiston – taraqqiyot va islohotlar yo‘lida.” T.: O‘zbekiston, 2022. – 312 b.

Shavkat Mirziyoyev. “Inson qadri uchun: yangi bosqichga o‘tishning muhim tamoyillari.” T.: O‘zbekiston, 2023. – 280 b.

Shavkat Mirziyoyev. “O‘zbekiston 2030: strategik maqsadlar va ustuvor vazifalar.”T.: O‘zbekiston, 2023. – 350 b.

Shavkat Mirziyoyev. “Iqtisodiy islohotlar va moliyaviy barqarorlikni ta’minlashning yangi yo‘llari.”T:O‘zbekiston, 2021. – 290b.

Armstrong, J. S., &Fildes, R. (1995). On the selection of Error Measures for Comparisons Among Forecasting Methods. Journal of Forecasting, 14, 67-71.

Armstrong, J. S., Collopy, F., & Yokum, J. T. (2005). Decomposition by causal forces: A procedure for forecasting complex time series. International Journal of Forecasting, 21, 25-36.

Artis, M. J. (1996). How Accurate are the IMF‟s Short-Term Forecasts? Another Examination of the World Economic Outlook. IMF Working Paper WP/96/89.