Авторы

  • Muhammad Otaboyev
    Guliston davlat universiteti o‘qituvchisi
  • Lola Egamnazarova
    Guliston davlat universiteti talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.cajei.126578

Ключевые слова:

Qo‘lda terilgan mashinada terilgan defoliasiya va desikasiya iflosligi namligi ko‘saklar organik aralashmalar paxta quritiladigan xirmonlar.

Аннотация

Paxtachilik xo‘jaliklarida yig‘im-terim ishlarini boshlashdan oldin barcha dalalar g‘o‘zaning ochilishiga qarab qaysi dala mashinada yoki qo‘lda terilishi bo‘yicha grafik tuzib chiqiladi. Dalani mashinada yoki qo‘lda terishga tayyorlashda g‘o‘zani defoliasiya va desikasiya qilish muhim ahamiyatga ega. Bunday usulda g‘o‘za barglarini terim oldidan sun’iy to‘ktirish terim mashinalari ish unumini oshirish bilan birga terilgan paxtaning ifloslik darajasini ham birmuncha kamaytirisha olib keladi. O‘z muddatida va yuqori sifatli o‘tkazilgan defoliasiya ko‘saklarning yetilishi va ochilishini tezlashtirib, birinchi terim paxtasini sovuq tushguncha yig‘ishtirib olishga imkoniyat yaratadi. Maqolada paxtani yig‘ib terib olishga tayyorlash va sifatli terim jarayonini tashkil etish bo‘yicha malumotlar berilgan..


background image

Page 5

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 06, Part 2 June 2025

www.in-academy.uz

URUG‘LIK CHIGIT TAYYORLASH TEXNOLOGIYASINI

ZAMONAVIY USULLAR ORQALI RIVOJLANTIRISH

Otaboyev Muhammad Faxriddin o‘g‘li

Guliston davlat universiteti o‘qituvchisi

Egamnazarova Lola Raxim qizi

Guliston davlat universiteti talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15673380

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 05-June 2025 yil

Ma’qullandi: 10-June 2025 yil
Nashr qilindi: 16-June 2025 yil

Paxtachilik

xo‘jaliklarida

yig‘im-terim

ishlarini

boshlashdan oldin barcha dalalar

g‘o‘zaning

ochilishiga qarab qaysi dala mashinada yoki qo‘lda
terilishi bo‘yicha grafik tuzib chiqiladi. Dalani
mashinada yoki qo‘lda terishga tayyorlashda g‘o‘zani
defoliasiya va desikasiya qilish muhim ahamiyatga ega.
Bunday usulda g‘o‘za barglarini terim oldidan sun’iy
to‘ktirish terim mashinalari ish unumini oshirish bilan
birga terilgan paxtaning ifloslik darajasini ham
birmuncha kamaytirisha olib keladi. O‘z muddatida va
yuqori sifatli o‘tkazilgan defoliasiya ko‘saklarning
yetilishi va ochilishini tezlashtirib, birinchi terim
paxtasini sovuq tushguncha yig‘ishtirib olishga
imkoniyat yaratadi. Maqolada paxtani yig‘ib terib
olishga tayyorlash va sifatli terim jarayonini tashkil
etish bo‘yicha malumotlar berilgan..

KEY WORDS

Qo‘lda

terilgan,

mashinada

terilgan, defoliasiya va desikasiya,
iflosligi,

namligi,

ko‘saklar,

organik

aralashmalar,

paxta

quritiladigan xirmonlar.

Paxta dalasini g‘o‘zaning pishib yetilishiga qarab qo‘lda yoki mashinada terishga

tayyorlash

. Gʻo‘za tupidagi ko‘saklar baravariga pishmaganligi sababli uning hosili bir necha

marta terib olinadi. Odatda g‘o‘za ko‘saklari avgustda ochila boshlab, sentyabr va oktyabr
oyining boshlarida yoppasiga ochiladi. Gʻo‘zaning pastki va yuqorigi shoxlaridagi
ko‘saklarning pishishi oralig‘ida 1,5-2 oy vaqt o‘tadi.

Defoliasiya sifasiz o‘tkazilganda mashinada terilgan paxtaga ho‘l barg va boshqa turli

organik aralashmalar qo‘shilib ketadi. Natijada paxta ifloslanishdan tashqari unga barg shirasi
yuqib, yashil-sariq rang bilan bo‘yaladi. Ma’lum bo‘lishicha bu rang paxtani qayta ishlashda
ham ketmasdan mahsulot sifatining pasayishiga olib kelar ekan.

O‘simlikka defoliantlar sifatli ta’sir etishi uchun uni o‘tkazish muddatini to‘g‘ri belgilash

muhim ahamiyatga ega. defoliasiya ni har bir tup o‘simlikda ikkitadan to‘rttagacha ko‘saklar
ochilganda va havoning harorati 17 S dan past bo‘lmaganda o‘tkazish maqsadga muvofiqdir.
Hozirgi kunda sanoatda kimyoviy defoliantlarning turli hillari ishlab chiqilmoqda. Ularni
ishlatish me’yori va muddatini mutaxassis raxbarligida belgilash ishning samarali bo‘lishini
ta’minlaydi.

Shuningdek, paxtani yig‘im-terim mavsumi boshlanishidan avval quyidagi chora-

tadbirlar ham amalga oshirilishi zarur bo‘ladi:

1) Paxta qabul qilish zavodlari (punktlari)da yangi hosilni qabul qilish uchun maydonlar,


background image

Page 6

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 06, Part 2 June 2025

www.in-academy.uz

sxemalar, tarozilar va zarur blanka qog‘ozlari oldindan tayyorlab qo‘yilishi kerak: (Tahlil
qilish laboratoriyalari ham).

2) Paxta yetishtirgan xo‘jaliklarda paxta quritiladigan xirmonlar (asfalt) tozalanib, dala

shiyponlari, tashish vositalari, fartuklar, paxtani topshirish uchun (yuk xati) blankalar, taxt
qilinadi. Dalalar begona o‘tlardan tozalanadi, paxta mashinada teriladigan bo‘lsa o‘qariqlar
ko‘milib, dala chetlari terim mashinasi qayrilishi uchun

10-12 m kenglikda tekislanadi. Xo‘jalikda qancha terimchi bor, qancha tashish texnikasi

bor, paxtaning qancha miqdori qo‘lda, qancha miqdori mashinada teriladi, bular oldindan
rejalashtirib olinadi. Agar urug‘lik paxta yetishtiriladigan bo‘lsa, dalalar aprobasiya ko‘rigidan
o‘tgan bo‘lishi, bunda komissiya urug‘lik paxta terib olish uchun mahsus ruhsatnoma
beradi.Urug‘lik paxtalar aloxida topshiriladi.

Terim boshlanishi oldidan g‘o‘za tuplarida kamida 2-3 tadan to‘liq pishgan (sog‘lom)

ko‘sak bo‘lishi kerak. Paxtani toza pishgan, ko‘saklardan terish, shuningdek sog‘lom, turli xas-
cho‘p aralashmalarisiz terib olish, shu xo‘jalikka qo‘shimcha iqtisodiy foyda bo‘ladi.

I

-terim-20-25% (2-3) ko‘sak ochilganda;

II

- terim qolgan xosilning 35-40% ochilganda teriladi.

III

- terim II terimdan 10-15 kun o‘tgach teriladi (yoki sovuq tushgandan so‘ng)

I

va

II

terim paxtalari I sanoat naviga topshiriladi.

III

- terim yaxshi (sifatli) bo‘lsa

I

sanoat naviga, pishmagan xom paxtalar bo‘lsa

II

sanoat

naviga olinadi. Odatda paxta dalasidan hosil 4 martagacha terib olinadi.

To‘rtinchi terimda ko‘sak va ko‘rak paxtaning chiqishiga qarab

III

yoki

IV

sortga qabul

qilinadi. Terim uyushqoqlik bilan o‘tkazilsa paxtaning 85-90% ni I- sortga topshirish mumkin.

Paxta terish mashinalari (PTM) ikki yoki to'rt qatorli qilib tayyorlanadi. PTM 0,9 yoki 1,4

klass traktorlariga yoki o'ziyurar shassiga o'rnatiladi. Mashina qator oralari 60 yoki 90 sm
qilib ekilgan g'o'za tuplaridagi ochilgan ko'saklarning chigitli paxtasini terishga mo'ljallangan.
Mashina terimi g'o'za tuplaridagi barcha ko'saklarning kamida 60 foizi ochilganda boshlanadi.
Bu davrga kelib o'rtacha nav g'o'zalar bo'yi 60... 100 sm, uzun tolali nav g'o'zalar bo'yi esa 150
sm bo'ladi. Mashina terimi oldidan g'o'zalar defoliatsiya qilinib, barglar sun'iy to'ktiriladi.
Shunda barglarning kamida 70 foizi to'kilishi lozim. Mashina terimi ikki marta bajariladi.
Birinchi terim ko'saklarning yarmidan ko'pi ochilganda, ikkinchi terim esa ikki xaftadan keyin
o'tkaziladi. Birinchi terimdan so'ng desikatsiya o'tkaziladi, ya'ni defoliatsiya natijasida biror
sabab bilan barglari to'kilmay qolgan maydonlardagi g'o'zalarga kimyoviy dorilar sepib, sun'iy
quritiladi. MX-1,8 rusumli traktorga yarim osma paxta terish mashinasi o'rta tola paxta
navlarining g'o'za qator oralari 90 sm bo'lgan maydonlardagi ochilgan paxtani terishga
mo'ljallangan.

Mashinaning texnologik ish sxemasi:

Mashinaning terim to‘liqligi, %, eng kamida

-90,0

Erga to‘kilgan paxta miqdori, %, ko‘pi bilan

-4,0

Yerga to‘kilgan ko‘k ko‘saklar soni, dona/pog.metr, ko‘pi
bilan

-0,3

Mashina paxtaning tabiiy sifatini pasaytirmasligi kerak

Bunkerdagi paxtaning iflosligi, %, ko‘pi bilan

-0,8


background image

Page 7

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 06, Part 2 June 2025

www.in-academy.uz

Paxtani o‘simlik shirasi va moy bilan ifloslanishi, paxtada
g‘o‘za shoxchalari va ko‘k ko‘saklar bo‘lishi mumkin
emas

Chigitning mexanik jarohatlanishi, %, ko‘pi bilan

-0,1

Terim paytida chigitdan tolaning ajralishi, %, ko‘pi bilan

-0,3

Mashina terimiga ajratilgan paxta maydonlariga qo‘yiladigan talablar

Mashina uchun ajratilgan maydonlar qo‘yidagi talablarga javob berishi lozim

:

- to‘rtburchak shakliga ega bo‘lishi;
- uzunligi kamida 500 metr va maydoni 4-6 gektardan katta;
- g‘o‘zalar bir tekis o‘sgan, hosildorligi esa gektariga eng kamida 25-30 sentner;
- ko‘chat soni gektariga o‘rtacha 100-120 ming tup;
- o‘simlik bo‘yi o‘rta tolali g‘o‘zalar uchun 80-100 sm, ingichka tolali g‘o‘zalar uchun 110-

120 sm;

- bir tup g‘o‘zadagi ko‘k va quruq barglar soni ko‘pi bilan 3 va 4 ta, mashina terimi

boshlangan paytda ko‘saklarning ochilishi 80 foizdan ortiq;

dalalar begona o‘tlardan toza;
dalaning boshi va oxirida mashinalar uchun 10-12 metr kenglikda tekislangan qayrilish

maydonchasi tayyorlanishi shart.

PTM dala bo'ylab harakatlanganda (2-rasm) ochilgan paxtasini ikki tomonlama va ikki

qayta teradi. Tup ko'targichlar 4 va old g'ildirakning suyrisimon ixotasi ikki qatorning g'o'za
tuplarini juft barabanlar o'rtasidagi ish tirqishiga yo'naltiradi. Barabanlar 1 ish zonasida
mashinaning harakat yo'nalishiga teskari tomonga aylanadi. Barabanlarning aylana tezligi

vb

mashina tezligi

vm

dan 1,3... 1,6 marta katta bo'lganidan barabanlar g'o'za tuplarini ortiqcha

og'dirmasdan tirqish tomonga tortadi. Shpindellar ish zonasida mashina harakati tomonga
aylanadi. Shunga ko'ra o'ng baraban shpindellari soat mili yo'nalishida, chap baraban
shpindellari esa qarshi tomonga aylanadi va bu shpindellar o'naqay va chapaqay tishli deb
ataladi. Barabanlarning aylanasi bo'ylab joylashgan shpindellar o'zining tishli sirti vositasida
ko'saklardagi ochilgan paxtani ilib olib, o'ziga o'raydi.

Baraban aylanishda davom etib shpindellarni paxta terish (ish) zonasidan olib chiqqach,

ularni ajratgichlar 7 zonasiga keltiradi. Bu zonada shpindellar teskari aylantirish
kolodkasining ponasimon tasmalariga duch kelib teskari tomonga aylana boshlaydi. Cho'tkali
ajratgichning aylana tezligi shpindellarnikidan olti hissa katta. Cho'tkaning qillari
shpindellarning tishlariga 0,5... 1,0 mm gacha botib turadi va shpindelga o'ralgan paxtani
yechib oladi. Paxta terish apparatining old va ketingi juft barabanlarining shpindellaridan
ajratib olingan paxta har qaysi tomonda uchta ajratgich yordamida qabul kamerasiga
uzatiladi. Qabul kamera tubi ochiq vertikal tirqishli trubadan iborat. Barcha og'ir qo'shilmalar
(kesak, mayda tosh, ko'k-yashil ko'saklar va b.) yerga to'kiladi, paxta esa ventilyator hosil
qilgan havo oqimi ta'sirida pnevmatik transport trubalari bo'ylab bunkerga boradi. Bunker
sig'imi 13,8 m. Vertikal shpindel (3-rasm) uch xil harakatda qatnashadi: mashina bilan
ilgarilanma, baraban 2 bilan uning markaziga nisbatan aylanma va o'z o'qi atrofida aylanma
harakat qiladi

.


background image

Page 8

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 06, Part 2 June 2025

www.in-academy.uz

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Otaboyev M. F., CLASSIFICATION OF MODERN FACILITIES USED IN THE STORAGE OF

COTTON FIBER AT THE "BEK CLUSTER" ENTERPRISE. SCIENTIFIC SUBSTANTIATION OF THE
EFFECT OF MOISTURE ON FIBER QUALITY DURING THE STORAGE OF COTTON RAW
MATERIALS. UIF = 8.3 | SJIF = 7.921. 3 st
2.

Otaboyev M. F., Isaqulova G. PRE-PLANTING CULTIVATION TECHNIQUES FOR

AGRICULTURAL CROPS. UIF = 9.1 | SJIF = 7.53 IBET | Volume 4, Issue 12, December I. 4 st.
3.

Ungarov A. INNOVATIVE METHODS OF FRUIT AND VEGETABLE PROCESSING

//International Conference On Higher Education Teaching. – 2023. – Т. 1. – №. 2. – С. 107-109.
4.

Otaboyev M. F., Alijonova D. A. THE EFFECT OF MOISTURE ON FIBER QUALITY DURING

THE STORAGE PERIOD OF COTTON RAW MATERIALS. SJIF IMPACT FACTOR (2022: 5.
705)(2023: 7. 471) (2024 - 8.02). 4 st.
5.

Otaboyev M. F., Qobulov I . “BEK CLUSTER” KORXONASIDA PAXTA TOLASINI SAQLASHDA

FOYDALANILAYOTGAN ZAMONAVIY QURULMALAR TASNIFI. PAXTA XOM ASHYOSINI
SAQLASHDA NAMLIKNING TOLASIFATIGA TA’SIRINI ILMIY ASOSLASH. UIF = 8.1 | SJIF =
5.685. 4 st
6.

Ungarov A., Sirojiddinov A. AGRAR SOHANI RIVOJLANTIRISHDA RESURSLARDAN

SAMARALI FOYDALANISH VA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR ISTIQBOLLARI //Eurasian
Journal of Academic Research. – 2023. – Т. 3. – №. 1 Part 3. – С. 16-18.
7.

Otaboyev M., Qabulov I. “Bek cluster” korxonasida paxta tolasini saqlashda

foydalanilayotgan zamonaviy qurulmalar tasnifi. Paxta xom ashyosini saqlashda namlikning
tolasifatiga ta’sirini ilmiy asoslash //Eurasian Journal of Academic Research. – 2022. – Т. 2. –
№. 6. – С. 174-177.
8.

Otaboyev, M., & Maxamadov, M. (2023). DALALARDAGI PAXTANI YIG ‘IB TERIB OLISHGA

TAYYORLASH VA TERIMNI TASHKIL ETISH TARTIB QOIDALARI. Евразийский журнал


background image

Page 9

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 06, Part 2 June 2025

www.in-academy.uz

технологий и инноваций, 1(6), 16-22...
9.

Otaboyev, Muhammad, and Dilorom Yuldasheva. "PAXTA XOM-ASHYOSINI QABUL QILISH

JARAYONINI TAKOMILLASHTIRISH." Евразийский журнал технологий и инноваций 1.4
(2023): 127-130.

Библиографические ссылки

Otaboyev M. F., CLASSIFICATION OF MODERN FACILITIES USED IN THE STORAGE OF COTTON FIBER AT THE "BEK CLUSTER" ENTERPRISE. SCIENTIFIC SUBSTANTIATION OF THE EFFECT OF MOISTURE ON FIBER QUALITY DURING THE STORAGE OF COTTON RAW MATERIALS. UIF = 8.3 | SJIF = 7.921. 3 st

Otaboyev M. F., Isaqulova G. PRE-PLANTING CULTIVATION TECHNIQUES FOR AGRICULTURAL CROPS. UIF = 9.1 | SJIF = 7.53 IBET | Volume 4, Issue 12, December I. 4 st.

Ungarov A. INNOVATIVE METHODS OF FRUIT AND VEGETABLE PROCESSING //International Conference On Higher Education Teaching. – 2023. – Т. 1. – №. 2. – С. 107-109.

Otaboyev M. F., Alijonova D. A. THE EFFECT OF MOISTURE ON FIBER QUALITY DURING THE STORAGE PERIOD OF COTTON RAW MATERIALS. SJIF IMPACT FACTOR (2022: 5. 705)(2023: 7. 471) (2024 - 8.02). 4 st.

Otaboyev M. F., Qobulov I . “BEK CLUSTER” KORXONASIDA PAXTA TOLASINI SAQLASHDA FOYDALANILAYOTGAN ZAMONAVIY QURULMALAR TASNIFI. PAXTA XOM ASHYOSINI SAQLASHDA NAMLIKNING TOLASIFATIGA TA’SIRINI ILMIY ASOSLASH. UIF = 8.1 | SJIF = 5.685. 4 st

Ungarov A., Sirojiddinov A. AGRAR SOHANI RIVOJLANTIRISHDA RESURSLARDAN SAMARALI FOYDALANISH VA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR ISTIQBOLLARI //Eurasian Journal of Academic Research. – 2023. – Т. 3. – №. 1 Part 3. – С. 16-18.

Otaboyev M., Qabulov I. “Bek cluster” korxonasida paxta tolasini saqlashda foydalanilayotgan zamonaviy qurulmalar tasnifi. Paxta xom ashyosini saqlashda namlikning tolasifatiga ta’sirini ilmiy asoslash //Eurasian Journal of Academic Research. – 2022. – Т. 2. – №. 6. – С. 174-177.

Otaboyev, M., & Maxamadov, M. (2023). DALALARDAGI PAXTANI YIG ‘IB TERIB OLISHGA TAYYORLASH VA TERIMNI TASHKIL ETISH TARTIB QOIDALARI. Евразийский журнал технологий и инноваций, 1(6), 16-22...

Otaboyev, Muhammad, and Dilorom Yuldasheva. "PAXTA XOM-ASHYOSINI QABUL QILISH JARAYONINI TAKOMILLASHTIRISH." Евразийский журнал технологий и инноваций 1.4 (2023): 127-130.