Авторы

  • Muhammad Otaboyev
    Guliston davlat universiteti o‘qituvchisi
  • Mahliyo Abdusattarova
    Guliston davlat universiteti talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.cajei.126577

Ключевые слова:

Urug’lik paxtani qabul qilish Qo‘lda terilgan mashinada terilgan defoliasiya va desikasiya iflosligi namligi ko‘saklar organik aralashmalar paxta quritiladigan xirmonlar.

Аннотация

Dalani mashinada yoki qo‘lda terishga tayyorlashda g‘o‘zani defoliasiya va desikasiya qilish muhim ahamiyatga ega. Bunday usulda g‘o‘za barglarini terim oldidan sun’iy to‘ktirish terim mashinalari ish unumini oshirish bilan birga terilgan paxtaning ifloslik darajasini ham birmuncha kamaytirisha olib keladi. O‘z muddatida va yuqori sifatli o‘tkazilgan defoliasiya ko‘saklarning yetilishi va ochilishini tezlashtirib, birinchi terim paxtasini sovuq tushguncha yig‘ishtirib olishga imkoniyat yaratadi. Maqolada paxtani yig‘ib terib olishga tayyorlash va sifatli terim jarayonini tashkil etish bo‘yicha malumotlar berilgan.


background image

Page 10

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 06, Part 2 June 2025

www.in-academy.uz

PAXTANI QAYTA ISHLOVCHI KORXONALARNING

ISTIQBOLLI TEXNIKA VA TEXNOLOGIYALARI

Otaboyev Muhammad Faxriddin o‘g‘li

Guliston davlat universiteti o‘qituvchisi

Abdusattarova Mahliyo Uktamjon qizi

Guliston davlat universiteti talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15673410

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 05-June 2025 yil

Ma’qullandi: 10-June 2025 yil
Nashr qilindi: 16-June 2025 yil

Dalani mashinada yoki qo‘lda terishga tayyorlashda
g‘o‘zani defoliasiya va desikasiya qilish muhim
ahamiyatga ega. Bunday usulda g‘o‘za barglarini terim
oldidan sun’iy to‘ktirish terim mashinalari ish unumini
oshirish bilan birga terilgan paxtaning ifloslik
darajasini ham birmuncha kamaytirisha olib keladi. O‘z
muddatida va yuqori sifatli o‘tkazilgan defoliasiya
ko‘saklarning yetilishi va ochilishini tezlashtirib,
birinchi terim paxtasini sovuq tushguncha yig‘ishtirib
olishga imkoniyat yaratadi. Maqolada paxtani yig‘ib
terib olishga tayyorlash va sifatli terim jarayonini
tashkil etish bo‘yicha malumotlar berilgan.

KEY WORDS

Urug’lik paxtani qabul qilish,
Qo‘lda

terilgan,

mashinada

terilgan, defoliasiya va desikasiya,
iflosligi,

namligi,

ko‘saklar,

organik

aralashmalar,

paxta

quritiladigan xirmonlar.

Urug‘chilik xo‘jaliklarida urug‘lik paxta dalasi aprobasiya komissiyasining xulosasiga

ko‘ra yoki urug‘likka, yaroqsiz deb topilgan bo‘lsak umumiy paxta hisobida terib topshiriladi.
Urug‘lik uchastkalarida g‘o‘za tupida o‘rtacha 3-5 tagacha ko‘sak ochilganda I terim bajariladi.
Urug‘lik uchun paxta I-II marta ya’ni 10-15 oktyabrgacha terib olinadi. qolgani texnik paxtaga
topshiriladi

Barcha terilgan paxtalar xox u texnik yoki urug‘lik bo‘lsin, qabul qilingan paxtalar sifat

jihatidan Davlat Standarti talabiga javob berishi shart.

Qo‘lda terilgan paxta ham mashinada terilgan paxtaga o‘xshash to‘rtta sortdan iborat

bo‘lib, uning belgilari quyidagicha:

I-sort

- paxtani qo‘lda siqib ko‘rilganda tola elastik bo‘lib, qo‘yib yuborgach yana o‘z

shakliga qaytadi, tolalari yaxshi yetilgan, baquvvat dolka (chanoq) paxtasi ko‘pchib turadi.
Rangi g‘o‘za naviga va parvarishi sharoitiga qarab oq yoki och novvot rangli bo‘ladi. Shudring
va yomg‘ir ta’sirida tola sifatida mayda sariq dog‘lar uchrashi mumkin.

II-sort

- yakka chanoq paxtasi I-sortnikidan kichikroq, kamroq ukparlanib turadi. Bunda

suv yetishmasligi natijasida tezroq ochilgan yoki yetilmagan bo‘lsa ham past xaroratda-sovuq
tushgandan keyin ochilgan ko‘saklardan terib olinadi. Rangi naviga va parvarish sharoitiga
qarab oq yoki och yovvoyi rangli bo‘ladi. Shudring yoki yomg‘ir natijasida tola sirtida uncha
katta bo‘lmagan sariq dog‘lar hosil bo‘ladi.

III sort

- yakka chanoq paxtasi II sortnikidan kichkinaroq va kam ukparlanib turadi,

asosan ochilgan va chala ochilgan ko‘saklardan terib olinadi. III sort paxtaning tolasi to‘lishib
yetilmagan, ba’zan xom, rangi och xira rangdan och novvot ranggacha tovlanadi. Tola sirtida
sariq dog‘lar bo‘ladi.


background image

Page 11

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 06, Part 2 June 2025

www.in-academy.uz

IV sort

- Davlat standartiga muvofiq, sovuq urib rivojlanishdan to‘xtagan, yetilmagan

ko‘sak va ko‘raklardan chuvib olinadi. IV sort paxta tarkibida ko‘plab o‘lik tolalar bo‘ladi. Bu
hildagi paxtaning rangi och novvot rangdan to novot ranggacha tovlanadi, qo‘ng‘ir dog‘lari
bo‘ladi.

Qo‘lda terilgan paxtaning iflosligini va namligi

Paxta mashina yoki qo‘lda terilib, uning namligi va ifloslanishi tosh, shag‘al ip gazlama

parchalari, ko‘m-ko‘k ko‘sak yirik barg (satxi 4 sm2 ortiq bo‘lgan) ko‘m-ko‘k begona o‘tlar
aralashgan bo‘lsa qabul qilinmaydi. Agarda topshiruvchi bilan qabul qiluvchi (punkt,
zavodning klassifikatori) o‘rtasida ba’zi nav bo‘yicha kelishmovchilik bo‘lsa, bunday xollarda
maxsus asbob LPS-4 orqali tolaning havo o‘tkazuvchanligi va uzulish kuchiga qarab
laboratoriya sharoitida analiz o‘tkaziladi va shu asosida sort qabul qilinadi.

Xar bir xo‘jalik tayyarlov punktiga topshirilayotgan paxta sorti, mashina terimi va qo‘l

terimi bo‘yicha aloxida-aloxida g‘aramlarda saqlanadi.



Shpindelli mashinada terilgan paxta va podborning iflosligi hamda namligi

Standart bo‘yicha mashinada paxta terilganda quyidagi qoidalarga rioya qilinishi shart

ingichka tolali paxtadan urug‘li chigit tayyorlana-yotganda va o‘rta tolali paxtaning elita va 1
reproduksiya xosilini terayotganda mashinadan foydalanishga ruxsat etilmaydi.

Iflosligini aniqlash %

Namligini aniqlash %

Paxtaning
so‘rti

Aslida
bo‘lishi
kerak

Yo‘l qo‘yilishi

mumkin

Aslida
bo‘shi
kerak

Yo‘l qo‘yilishi

mumkin

I

0.5

3.0

8.0

9.0

II

1.0

5.0

10.0

10.0

III

1.9

8.0

11.0

11.0

IV

3.6

16.0

13.0

13.0

Iflosligi,%

Namligi, %


Paxta
Sorti

Aslida
bo’lishi
kerak

Yo’l

qo’yilishi

mumkin

qabul

chegarasining
normasi

Aslida
bo’lishi
kerak

Yo’l qo’yilishi mumkin, qabul
qilish

chega-rasining

normasi

mashina
terimi

podbor

Mashi

na terimi

podbor

I

0.5

10.0

16.0

8.0

10.0

14.0

II

1.0 10.0

16.0

10.0

12.0

16.0

III

1.9 12.0

18.0

11.0

15.0

18.0

IV

3.6 20.0

22.0

13.0

20.0

22.0


background image

Page 12

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 06, Part 2 June 2025

www.in-academy.uz

Urug‘lik chigit tayyorlanadigan maydonlardagi g‘o‘zani defoliasiya qilish uchun faqat

o‘simlikka yumshoq ta’sir etuvchi preparat ishlatiladi. Urug‘lik paxta ikki yarusli paxta terish
mashinasi bilan faqat bir marotaba teriladi. Bunda g‘o‘za bargi 80% ortiq to‘kilgan va g‘o‘za
tupidagi xosilning o‘rta xisobda 70-75% ochilgan bo‘lishi kerak. Chigitning mexanik
shikastlanishi 1% dan oshmasligi kerak.

Paxtani tayyorlov punktiga topshirishda xamma xujjatlarga qo‘lda terilgan paxta sifatiga

qarab, masalan: birinchi sortga-I, ikkinchi sortga-II, va xokazo yoziladi.

Agar topshirilayotgan paxta mashinada terilgan bo‘lsa yuk xatga «M» xarfi yoziladi.

To‘kilgan paxta qo‘lda va mashinada terilgan bo‘lsa «P» (podbor) harfi yoziladi. To‘kilgan
paxta qo‘lda terilsa, to‘kilgan paxta mashinada terilsa III- sort -«SHP» yoziladi. To‘kilgan paxta
va ko‘rak-ko‘sak qo‘lda terilib, dala sharoitida ko‘sak chiviydigan mashinada tozalansa tegishli
standart sort bo‘yicha qo‘lda terilgan deb qabul qilinadi. Mashina terimi paxta sortlari
bo‘yicha qabul qilish shartlari quyidagicha: (o‘rta tolali g‘o‘za navlari uchun).

I-sort

- paxtasi qo‘lda siqib qo‘yib yuborilganda ukparlanib asl shakliga qaytadi.

Gʻo‘zaning naviga, parvarishlash sharoitiga qarab I-sort paxta oq novvot rangda bo‘ladi. Tola
uzulish kuchi 4,4 g/k va undan yuqori. Shudring va yomg‘irdan so‘ng tola ustida sariq dog‘lar
paydo bo‘lishi mumkin.

Paxtasi yakka chigit paxta bo‘lib, bo‘lakchasi (chanoqdagi paxta) bir oz cho‘zilgan bo‘lib,

tolalari salgina buralgan.

II-sort

- paxtasi I-sortga nisbatan kamroq ukparlanadi, asosan to‘liq yetilgan. Kam

suvlikda past xaroratda va boshqa noqulay sharoitda ochilgan ko‘saklardan terib olinadi. Bu
sortli paxtaning rangi naviga va parvarishlash sharoitiga qarab oq yoki och novvot rangli
(ingichka tolali navlarda xiraroq) bo‘ladi. Shudring yoki yomg‘irdan keyin tolasida sariq
dog‘lar bo‘lishi mumkin. Tolaning uzilish kuchi 3,9-4,3 g/k. Paxtasi aloxida 1 dona chigitli
paxta va bo‘lakchasida cho‘zilgan tolalar uchrashi mumkin. Bu hildagi tolaning sirti yiltirab,
jilolanib turadi.

III-sort-

ochilgan va chala ochilgan ko‘saklardan terib olinadi, paxtasi asosan

yetilmagan, ichida xomlari ham aralashgan bo‘ladi. Bu sortga mansub paxta II- sortga nisbatan
xam kamroq ukparlanadi. qo‘lda siqilganda asl shakliga kam qaytadi. Rangi oqish xiradan och
novvot ranggacha bo‘lib, tola sirtida to‘q sariq dog‘lar uchraydi. Bo‘lakchasi cho‘zilgan, tolalari
buralgan. Unda aloxida-aloxida yetilmagan va cho‘zilmagan bo‘lakchalar aralashgan bo‘ladi.
Paxtasi yaltiroq, silliq chanoqlardagi xar hil kattalikdagi xom paxtani eslatadi. Tolaning uzilish
kuchi 3,2-3,8 g/k.

IV-sort

- xom to‘liq yetilmagan, chala ochilgan va ochilmagan ko‘raklardan terib olinadi.

Paxtasi qo‘lda siqilganda ko‘pchimaydi, ukparlanmaydi, asl xoliga qaytmaydi, rangi oq xira
yoki och novvot rangdan, to‘q novvot ranggacha tovlanadi, tola sirtida qoramtir (ingichka
tolali g‘o‘za navlarida paxtaning rangi och novvot rangdan sariq novvot ranggacha bo‘lib,
tolasida to‘q sariq) dog‘lar bo‘ladi. Unda o‘lik tolalar III- sortdagiga nisbatan ko‘p bo‘lib,
yaltirab tovlanib bo‘lakchasini deyarli qoplab turadi. Bu hildagi paxta asosan, ko‘sak va
ko‘raklar terib olingandan keyin ko‘sak chuviydigan mashinalardan o‘tkaziladi va tozalanib
chiqariladi. Bu sortda tolaning uzulish kuchi 3,1 g/k dan va undan past bo‘ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:


background image

Page 13

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 06, Part 2 June 2025

www.in-academy.uz

1.

Otaboyev M. F., CLASSIFICATION OF MODERN FACILITIES USED IN THE STORAGE OF

COTTON FIBER AT THE "BEK CLUSTER" ENTERPRISE. SCIENTIFIC SUBSTANTIATION OF THE
EFFECT OF MOISTURE ON FIBER QUALITY DURING THE STORAGE OF COTTON RAW
MATERIALS. UIF = 8.3 | SJIF = 7.921. 3 st
2.

Otaboyev M. F., Isaqulova G. PRE-PLANTING CULTIVATION TECHNIQUES FOR

AGRICULTURAL CROPS. UIF = 9.1 | SJIF = 7.53 IBET | Volume 4, Issue 12, December I. 4 st.
3.

Ungarov A. INNOVATIVE METHODS OF FRUIT AND VEGETABLE PROCESSING

//International Conference On Higher Education Teaching. – 2023. – Т. 1. – №. 2. – С. 107-109.
4.

Otaboyev M. F., Alijonova D. A. THE EFFECT OF MOISTURE ON FIBER QUALITY DURING

THE STORAGE PERIOD OF COTTON RAW MATERIALS. SJIF IMPACT FACTOR (2022: 5.
705)(2023: 7. 471) (2024 - 8.02). 4 st.
5.

Otaboyev M. F., Qobulov I . “BEK CLUSTER” KORXONASIDA PAXTA TOLASINI SAQLASHDA

FOYDALANILAYOTGAN ZAMONAVIY QURULMALAR TASNIFI. PAXTA XOM ASHYOSINI
SAQLASHDA NAMLIKNING TOLASIFATIGA TA’SIRINI ILMIY ASOSLASH. UIF = 8.1 | SJIF =
5.685. 4 st
6.

Ungarov A., Sirojiddinov A. AGRAR SOHANI RIVOJLANTIRISHDA RESURSLARDAN

SAMARALI FOYDALANISH VA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR ISTIQBOLLARI //Eurasian
Journal of Academic Research. – 2023. – Т. 3. – №. 1 Part 3. – С. 16-18.
7.

Otaboyev M., Qabulov I. “Bek cluster” korxonasida paxta tolasini saqlashda

foydalanilayotgan zamonaviy qurulmalar tasnifi. Paxta xom ashyosini saqlashda namlikning
tolasifatiga ta’sirini ilmiy asoslash //Eurasian Journal of Academic Research. – 2022. – Т. 2. –
№. 6. – С. 174-177.
8.

Otaboyev, M., & Maxamadov, M. (2023). DALALARDAGI PAXTANI YIG ‘IB TERIB OLISHGA

TAYYORLASH VA TERIMNI TASHKIL ETISH TARTIB QOIDALARI. Евразийский журнал
технологий и инноваций, 1(6), 16-22...
9.

Otaboyev, Muhammad, and Dilorom Yuldasheva. "PAXTA XOM-ASHYOSINI QABUL QILISH

JARAYONINI TAKOMILLASHTIRISH." Евразийский журнал технологий и инноваций 1.4
(2023): 127-130.

Библиографические ссылки

Otaboyev M. F., CLASSIFICATION OF MODERN FACILITIES USED IN THE STORAGE OF COTTON FIBER AT THE "BEK CLUSTER" ENTERPRISE. SCIENTIFIC SUBSTANTIATION OF THE EFFECT OF MOISTURE ON FIBER QUALITY DURING THE STORAGE OF COTTON RAW MATERIALS. UIF = 8.3 | SJIF = 7.921. 3 st

Otaboyev M. F., Isaqulova G. PRE-PLANTING CULTIVATION TECHNIQUES FOR AGRICULTURAL CROPS. UIF = 9.1 | SJIF = 7.53 IBET | Volume 4, Issue 12, December I. 4 st.

Ungarov A. INNOVATIVE METHODS OF FRUIT AND VEGETABLE PROCESSING //International Conference On Higher Education Teaching. – 2023. – Т. 1. – №. 2. – С. 107-109.

Otaboyev M. F., Alijonova D. A. THE EFFECT OF MOISTURE ON FIBER QUALITY DURING THE STORAGE PERIOD OF COTTON RAW MATERIALS. SJIF IMPACT FACTOR (2022: 5. 705)(2023: 7. 471) (2024 - 8.02). 4 st.

Otaboyev M. F., Qobulov I . “BEK CLUSTER” KORXONASIDA PAXTA TOLASINI SAQLASHDA FOYDALANILAYOTGAN ZAMONAVIY QURULMALAR TASNIFI. PAXTA XOM ASHYOSINI SAQLASHDA NAMLIKNING TOLASIFATIGA TA’SIRINI ILMIY ASOSLASH. UIF = 8.1 | SJIF = 5.685. 4 st

Ungarov A., Sirojiddinov A. AGRAR SOHANI RIVOJLANTIRISHDA RESURSLARDAN SAMARALI FOYDALANISH VA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR ISTIQBOLLARI //Eurasian Journal of Academic Research. – 2023. – Т. 3. – №. 1 Part 3. – С. 16-18.

Otaboyev M., Qabulov I. “Bek cluster” korxonasida paxta tolasini saqlashda foydalanilayotgan zamonaviy qurulmalar tasnifi. Paxta xom ashyosini saqlashda namlikning tolasifatiga ta’sirini ilmiy asoslash //Eurasian Journal of Academic Research. – 2022. – Т. 2. – №. 6. – С. 174-177.

Otaboyev, M., & Maxamadov, M. (2023). DALALARDAGI PAXTANI YIG ‘IB TERIB OLISHGA TAYYORLASH VA TERIMNI TASHKIL ETISH TARTIB QOIDALARI. Евразийский журнал технологий и инноваций, 1(6), 16-22...

Otaboyev, Muhammad, and Dilorom Yuldasheva. "PAXTA XOM-ASHYOSINI QABUL QILISH JARAYONINI TAKOMILLASHTIRISH." Евразийский журнал технологий и инноваций 1.4 (2023): 127-130.